Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi reja I. Kirish II. Asosiy qism



Download 31,76 Kb.
bet5/6
Sana29.05.2022
Hajmi31,76 Kb.
#615895
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya Ramazon

Tabiiy resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilishning shakl va usullari

Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish har bir obъektdan oqilona foydalanishni taъminlaydi.


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar», – deb ko'rsatilishi har bir tabiat resurslaridan foydalanuvchilar mazkur obъektlardan oqilona foydalanishlari va ularni muhofaza qilib, ko'z qorochig'a asrashlariga undaydi.
Shuning uchun ham, tabiat resurslariga nisbatan davlat mulkchiligini) muhofaza qilish tabiat resurslaridan foydalanuvchi subъektlarning mulk huquqini muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lib, korxona, muassasa, tashkilotlarning ushbu holat yuzasidan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish, bu borada davlat nazoratini olib borish, hamda nojo'ya hatti- harakatlar, yaъni ekologik huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun yuridik javobgarlik belgilash bilan bevosita bog'liq.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko'rsatilganidek, mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan ko'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Mazkur g'oya tabiat resurslaridan foydalanuvchilarga nisbatan bir qator maъsuliyatlar yuklaydi. Bunda er, er osti boyliklari, suv o'rmon, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosidan noto'g'ri foydalanganlik uchun faqat yuridik javobgarlikka tortish emas, balki ularning tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan mulk huquqini muhofaza qilishdan iborat. Bunda davlat tomonidan bir qator maъsuliyatli ishlar olib borish talab etiladi, masalan ekologik va agrar qonunlarning mohiyatini tushuntirish, zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash, ekologik huquqiy taъlim va tarbiyani, ekologik huquqiy maъnaviyat va madaniyatni oshirish, tabiat obъektlaridan foydalanishni nazorat etish va boshqalar. Ushbu talablarni amalga oshirishda asosan jamoatchilik va mahalla qo'mitalarining faol ishtiroki katta rol` o'ynaydi. Shunday ekan, tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish asosan sud tartibida va maъmuriy tartibda olib boriladi.
Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini sud tartibida himoya qilish er, suv, er osti boyliklari, havo, o'rmon, o'simlik va hayvonot dunyosiga nisbatan egalik huquqi, mulk huquqi, bitim va shartnomalarning qonuniyligi oqibatida etkazilgan moddiy va maъnaviy zarar, tabiat obъektlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish huquqlarini buzganlik uchun etkazilgan zararlar yoki sodir etilgan ekologik jinoyatlarning ko'rib chiqishda namoyon bo'ladi.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish maъmuriy tartibda ham olib borilishi mumkin. Bunda sodir etilgan ekologik huquqbuzarliklar uchun maъmuriy organlar tomonidan maъmuriy jazolar qo'llanilishi, mansabdor shaxslarning chiqargan tegishli aktlari yuqori organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini muhofaza qilish metodi, maъlum huquq tarmog'i talabi asosida olib boriladi. Umuman olganda tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqini, davlat mulkchiligini qonun asosida qo'riqlash asosan intizomiy-huquqiy, maъmuriy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va jinoyat-huquqiy usullar orqali amalga oshiriladi.Har qaysi usul o'zining alohida xususiyatiga ega bo'lib, etkazilgan zarar, uning oqibati, qonunga xilofligi hamda daъvo arizasida ko'rsatilgan holatlarning qay darajada sodir etilganligi bilan bog'liq.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki tabiatdan foydalanish jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiy etishining muhim shartidir, taъbir joiz bo'lsa, davlat iqtisodiy qudrati va salohiyatining moddiy asosidir. Kishilik jamiyati tabiiy resurslardan foydalanmagan holda mavjud bo'la olmaydi va bunday sharoitda barqaror rivojlanish to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emas. Shunday ekan, tabiatdan foydalanish bu muqarrar voqeilikdir. O'z navbatida inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlar uyg'un muvozanatda rivojlanishi lozim bo'ladi.respublikani samarali va barqaror rivojlantirish yo'lida hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko'zlab, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni uyg'unlashtirgan holda amalga oshiriladigan faoliyatdir.Tabiatdan foydalanish huquqi esa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat obъektlari, tabiiy resurslar va tabiiy komplekslardan foydalanish bilan bog'liq faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari majmui sifatida ifodalanadi.
Tabiatdan foydalanish maъlum meъyorlarda bo'lishi, tabiatning o'zini o'zi qayta tiklash qobiliyatini taъminlashi kerak. Barqaror rivojlanish ham aynan tabiiy resurslardan hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanishni taъminlashni ko'zda tutadi. Tabiat foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy-ekologik munosabat-larga kirishish, ushbu munosabatlarda maъlum huquq va majburiyat¬larga ega bo'lish hamda ularni amalga oshirish uning subъektlariga taalluqli bo'lib, ular esa o'z navbatida tabiatdan foydalanish huquqining subъektini tashkil etadi. Tabiatdan foydalanish huquqining subъektlari – yuridik va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Tabiatdan foydalanuvchi – har qanday yuridik va jismoniy shaxs, chunki har qanday korxona yoki inson hayot shart-sharoitlari va tabiat resurslaridan foydalanadi, tabiatsiz mavjud bo'la olmaydi. Hattoki kosmik parvoz sharoitida ham kosmonavtlar tabiatdan foydalanuvchi bo'lib qoladilar, chunki ular orbitaga chiqqandan keyin sarflaydigan resurslar ham Erdan olingan. Iqtisodda asosan tabiatdan foydalanuvchi – korxonalar, tabiatdan foydalanuvchi – muassasalar, tabiatdan foydalanuvchi – idoralarga bo'linadi, chunki ularning faoliyati bevosita tabiiy resurslarga asoslangan va tabiiy resurslarni olish bilan bog'liq .Ushbu subъektlarning xatti-harakatlari esa maъlum bir obъektga qaratilgan bo'lib, bu esa o'z navbatida tabiatdan foydalanish huquqining obъektini tashkil etadi.

Download 31,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish