1.Mustaqil ish bajarishning maqsad va vazifalari
Mustaqil ishning asosiy maqsadi-professor-o‘qituvchi rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish hamda talabalarda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
-fanlardan o‘z bilimlarini mustaqil tarzda o‘rganish va puxta o‘zlashtirish;
-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
-axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanish;
-o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarni hosil qilish;
-elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
-internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishni o‘rganish;
-berilgan topshiriqning rasional echimini belgilash;
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
-mshlab chiqilgan echim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilishga tayyorlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |