Tajriba ishi №7 Mavzu: Sement xajmining bir tekis o‘zgarishini aniqlash
Ishdan maqsad: Sement xajmining bir tekis o’zgarishini, markasini aniqlash va tajriba qurilmalarini o`rganib chiqish.
Asbob va uskunalar: Vika asbobi, asbob stoli, xamir kesuvchi pichoq, tarozi, suvli bak, rezina shlang, naychalar, isitish asbobi, lupa, rostlagichli asbob, kurakchalar, qoliplar
Reaktivlar: 1.sement xamiri
2.sement qotishmasi,
3.qum
4.mineral qo‘shimchalar,
5.suv.
Asbobning tuzilishi va ishning bajarish tartibi Sementning qotishi sementosh xajmining o’zgarishi bilan kuzatiladi. Biroq sementdagi erkin CaO va MgO larning so’nishi sement xamiri toshdek qotib qolgandan keyin xam davom etganligidan toshning xajmi ortadi; bu xol qotib qolgan betonlar va qorishmalar xajmining noteks o’zgarishiga va yorilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Sement xajmining bir tekis o`zgarishini bilish uchun sementda tayyorlangan namuna-kulchalar suvda qaynatiladi. Kulchalar tayyorlash uchun 400 g sementdan normal quyuqlikda xamir koriladi, shu xamirdan tarozida xar biri 75 g keladigan to`rtta zuvala tortiladi. Xar bir zuvala mashina moyi surtilgan aloxida shisha plastinkalar ustiga quyiladi. Zuvalalar kulchadek 'yoyililshi uchun plastinkani stolning chetiga sekin-sekin urish kerak; shunda diametri 7-8 sm va o`rta qismining qalinligi 1 sm cha keladigan kulchalar xosil bo’ladi. Kulchalarning yuzi suvda xo’llangan pichoq bilan chetidan o’rtasiga tomon silab tekislanadi. Shu tariqa tayyorlangan namunalar shisha plastinkaga joylanib, gidravlik qopqoqni vannada (22-rasm) 24 so’ng tutiladi; vannadagi xarorat 20±5°C bo’lishi kerak. So’ngra kulcha 6 lar shisha plastinkadan olinib, bak 4 ichidagi panjara tokcha 5 ga joylanadi (23-rasm). Bakdagi suv satxi o’zgarmasligi uchun bak rostlagich 1 ga rezina shlang yordamida tutashtirilgan bo’ladi. Rostlagich og’ziga o’rnatilgan naycha 2 bakdagi suvning satxi kulchalar yuzidan 4-6 sm balandroq bo’lishini ta’minlaydi. Keyinchalik bakning qopqog’i 3 yopiladi va bak isitadigan asbob ustiga quyiladi. Bakdagi suv 30-45 munutda qaynaydi, namunalar shu suvda 4 soat qaynatiladi; ular bakda turgan xolda 20±5"S gacha sovushi lozim; shundan keyin bakdan olinib, sinchiklab ko’zdan kechiriladi. Qaynatilgan namuna-kulcha yuzida uning chetiga etib turadigan radial yoriqlar yoki lupa orqali ko’rinadigan yoxud oddiy ko’zga xam ko’rinadigan to’rsimon qil yoriqlar paydo bo’lmasa va namunalar qiyshaymasa sement sifatli xisoblanadi.
9-rasm. Sinash vaqtida sement kulchalari qaynatadigan bak va suv satxini rostlab turadigan rostlagich. Laboratoriyada normal quyuqlikdagi sement xamirdan kulcha tayyorlanadi; demak, jami 4 ta kulcha tayyorlanadi. Shundan keyin o`qituvchi talabalarga namunalarni sinash usulini, apparatlarning tuzilishini tushuntiradi, Etalon-kulchalarni va qotayotgan sement xajmining bir tekis o`zgarishini aniqlash paytida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan va sinovdan o’tolmagan (yorilib ketgan yoki qiyshaygan) namuna-kulchalarni ko’rsatadi.
10-rasm. Sement xajmining bir tekis o`zgarishini aniqlashda sinovdan normal o’tgan kulchalar:
a-kulchaning xajmi normal o’zgargan; b-kulcha ko’rib yorilgan.
Navbatdagi darsda namuna-kulchalarni sinovdan o’kaziladi; shundan so’ng xar bir talabaga bittadan kulcha beriladi; ular shu kulchalarga qarab sementning sifatiga baxo beradilar.
Talabalar laboratoriya ishlari daftariga sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan va sinovdan o’tmagan kulchalarning tasvirini chizadilar.
11-rasm. Sement xajmining bir tekis o‘zgarishini aniqlash paytida sinovdan o‘tmagan kulchalar: a-kulcha yorilib-yorilib ketgan; b-kulcha radial yo’nalishlarda yorilgan: v-kulcha qiyshaygan.
Tekshirish uchun savollar 1.Sement qotishi nima?
2.Sementni fizik xossalarini tushuntiring?
3. Gidravlik tambali vannaning tuzilishini tushuntiring?
4. Sinash vaqtida sement kulchalari qaynatadigan bak va suv satxini rostlab turadigan rostlagich qanday tuzilgan
5.Sinovdan o‘tgan va o’tmagan kulchalar bir-biridan qanday farq qiladi?