Talab va ehtiyoj


Umumiy o‘rta ta’limning amaldagi DTS va yaratilayotgan



Download 108 Kb.
bet2/3
Sana01.06.2022
Hajmi108 Kb.
#627192
1   2   3
Bog'liq
OFUixUuH3TWMXfviXkut93eekp5eYpNSrCB67s2T (1)

Umumiy o‘rta ta’limning amaldagi DTS va yaratilayotgan
Milliy o‘quv dasturining qiyosiy tahlili







Amaldagi DTS
(2017 y)

Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi (2021-2027)

Farqi/takomillashtirishdan kutilayotgan natijalar

1

12 yillik ta’limning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari

Umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari va har bir sinf bo‘yicha o‘quvchilar faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar

Har bir fan va sinf uchun o‘quvchilarda shakllantiriladigan va rivojlantiriladigan ko‘nikmalar belgilanadi.

2




Umumta’lim fanlari kontsepsiyalari

Barcha fanlarning konsepsiyalari orqali fanning maqsad va vazifalari, o‘qitishni rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash va fanlararo uzviylik hamda uzluksizligini ta’minlanishi kabi tamoyillar belgilanadi.

3

Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida fanlar soni:
1-4-sinflarda 10 ta,
5-11-sinflarda 13-15 ta, o‘quv yuklama 327 soatdan iborat.
Ayrim fanlar haftasiga 0,5 yoki 1 soatdan o‘qitiladi (bu samarasiz).

Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida fanlar soni:
1-4-sinflarda 9-10 ta,
5-9-sinflarda 11-14 ta,
10-11-sinflarda 12 ta yo‘nalishda variativ o‘quv rejalari, o‘quv yuklamasi 314 soatdan iborat, fanlarga ajratilgan soatlarning eng kichik hajmi 1 soat bo‘lib, bunday fanlar kamaytiriladi. O‘quv reja ilg‘or xorijiy tajribaga ko‘ra takomillashtiriladi.

Umumta’lim fanlari soni va o‘quv yuklamalari optimallashtiriladi: Atrofimizdagi olam (1-2-sinf), Tabiatshunoslik (2-4-sinf), Biologiya (5-6-sinf), Geografiya (5-6-sinf), Fizika (6-sinf) fanlarini integratsiyalash va optimallashtirish natijasida
1-6-sinflarda Tabiiy fanlar (Sceince) joriy etiladi, Tarbiya, Matematika, Informatika, Texnologiya, Geografiya va Iqtisod, Tabiiy fanlar tarkibiga integratsiya qilinadi, natijada fanlar soni optimallashadi.
10-11-sinflarda ayrim fanlarni tanlov asosida o‘qitish joriy etiladi.

4

Umumta’lim fanlari o‘quv dasturlari mazmuni 80% nazariya va 20% amaliyotga yo‘naltirilgan. Dasturlar mazmuni chiziqli o‘qitishga moslashgan, masalan, Biologiya fani
5-sinfda Botanika (o‘simlik dunyosi),
6-sinfda Zoologiya (hayvonot dunyosi), 7-11-sinflarda esa odam va uning evolutsiyasi, barchasi bir-biridan ayro ravishda ketma-ket o‘qitilgan.

Umumta’lim fanlari o‘quv dasturlari mazmuni 50% nazariya va 50% amaliyotga yo‘naltiriladi va spiralsimon o‘qitiladi, masalan, Biologiya fani
7-11-sinflarda borliq, tabiat va insonning yaxlit evolyutsiyasini soddadan murakkabga tamoyili asosida inson, flora va fauna uyg‘unlikda o‘rganiladi.
Hayotga bog‘lab, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablari va spiralsimon o‘qitish metodologiyasi asosida o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Biologiya fani 1-6-sinflarda Tabiiy fanlar (Sceince) tarkibida o‘qitiladi va
7-11-sinflarda alohida fan sifatida o‘qitiladi va bunday yondashuv o‘quvchida borliqni, atrof-muhitni yaxlit tasavvur qilish, unda o‘zining munosib o‘rnini topishga ko‘maklashadi.

5

Boshlang‘ich sinflarda ayrim fanlar bo‘yicha darslikning metodik qo‘llanmasi va o‘quvchi daftari joriy etilgan.

O‘qitishning samarali metodologiyasi joriy etiladi. O‘qituvchi kitobida dasturda berilgan har bir mavzuni o‘qitish va o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi ilg‘or metodlar, o‘quv topshiriqlari beriladi.

Har bir fan va sinf bo‘yicha o‘qituvchi kitobi (o‘qituvchi konspekti bosqichma-bosqich to‘liq bekor qilinadi), tegishli fanlar bo‘yicha 1-11-sinflar uchun o‘quvchi ish daftarlari joriy etiladi.
O‘qituvchi kitobi 2021-2022 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.

6

Umumta’lim maktablari 5-11-sinf o‘quvchilarini baholashning 5 ballik reyting tizimi joriy etilgan. Baholashning bitta “summativ” metodikasi joriy etilgan.



Umumta’lim maktablari
1-11-sinf o‘quvchilari faoliyati natijalarini baholashning milliy tizimi yaratiladi. O‘quvchilarda savodxonlik, kompetentsiyalar va shaxsiy sifatlarni baholashning samarali metodikalari joriy etiladi.

Amaldagi baholash tizimi aksariyat hollarda o‘quvchilarning bilimini baholashga mo‘ljallangan bo‘lib, asosan summativ baholash metodologiyasi qo‘llanilgan.
Kelgusida baholashning zamonaviy metodologiyalari joriy etiladi. O‘quv dasturiga kiritilgan har bir mavzu bo‘yicha 3 darajali tabaqalashtirilgan o‘quv topshiriqlari va nazorat materiallari ishlab chiqiladi va yagona elektron bazaga joylashtriladi. O‘qituvchi kitobiga baholash mezonlari va instrumentlari kiritiladi.

7

O‘qituvchilarni tayyorlash DTS, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi davlat talablari asosida joriy etilgan.

Milliy o‘quv dasturiga mos ravishda akomillashtiriladi.

O‘quv dasturlari o‘qituvchilarning metodik ehtiyojlari asosida 3 darajali tabaqalashtirilgan tarzda ishlab chiqilishi va malaka oshirish kurslari zamonaviy shakllarda, jumladan, masofaviy, kredit-modulli va shakllarda tashkil etilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 5 martdagi 67-son buyrug‘i hamda 2020-yil 31-martdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 92-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ta’lim markazi ijodiy guruhi tomonidan taqdim etilgan “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturlari loyihalari” ta’limni isloh qilishdagi vazifalardan biri sifatida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning “Ona tili” va “Adabiyot” milliy o‘quv dasturlarining dastlabki shakli hududiy xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari hamda tegishli oliy ta’lim muassasalariga, xalq ta’limi xodimlariga taklif-munosabatlarini bildirishlari uchun taqdim etildi. Telegram ijtimoiy tarmog‘i Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan “Milliy o‘quv dasturi muhokamasi” https://t.me/dastur_muhokamasi kanali tashkil etildi. Bu kanal orqali keng jamoatchilik, mutaxassislar “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi” loyihasini yanada takomillashtirish uchun muhokamada ishtirok etishgan.


Dasturning mazmun-mundarijasida “Filologiya fanlari tavsifi va integratsiyasi”, “Maktab bitiruvchilarida filologik fanlar bo‘yicha rivolantiriladigan umumiy kompetensiyalar” talablari, “Filologiya fanlari orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar”, “Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tilini uzluksizlikda o‘qitishning milliy konsepsiyasi”, “Ona tilini o‘qitishning maqsad va vazifalari”, “Ona tilini o‘qitishning asosiy tamoyillari va zamonaviy yondashuvlari”, “Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar”, “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga Ona tili fanidan qo‘yiladigan talablar (2-11-sinflar)”, “Tushuntirish xati”, “Mavzuviy rejalashtirish” kabi qismlar qamrab olingan.
Umumiy ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida sinovdan o‘tkazish. ora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish:

  • xorijiy ekspertlar va tajribali o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan umumiy ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish hududiy markazlaridan ekspertizadan o‘tkazish; 

  • ekspertiza xulosalari asosida Milliy o‘quv dasturi loyihasini takomillashtirish.

“Milliy o‘quv dasturi asosida mavzular soni 40 foizga qisqarishi kutilmoqda”, – dedi Respublika ta’lim markazi Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov yangi milliy o‘quv dasturining avvalgilaridan farqi haqida ma’lumot berib, bu dasturga ko‘ra songa emas, sifatga e’tibor qaratilishini bildirdi: “Tahlillarga diqqat qaratsak, 2018-yilga qadar umumta’lim maktablarida 23ta fan o‘qitilgan bo‘lsa, o‘tgan ikki yil mobaynida fanlar soni maqbullashtirilishi evaziga bu miqdor 17 taga tushirildi. Xalqaro tajribaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, misol uchun, Buyuk Britaniyada o‘quvchilar umumta’lim davrida 6 tadan 12 tagacha fanni o‘zlashtirishadi.
Fanlar soni ko‘pligi o‘quvchining fanni o‘zlashtirishi uchun ajratadigan vaqt me’yorini oshirib yuboradi. Masalan, umumta’lim maktablarida 5-6 ta fan uchun har kuni o‘rtacha 4,5 yoki 5 soat vaqt ajratiladi.
O‘quvchi darsda o‘tilgan fanlar yuzasidan uyda tayyorlanishi uchun har bir fanga taxminan 20-30 daqiqadan vaqt ajratadi. Ya’ni uyga vazifani bajarish uchun o‘quvchi o‘rtacha 2-3 soat vaqt ajratadi. Agar unga ko‘maklashuvchi shaxs bo‘lmasa, o‘quvchidan uyga vazifani bajarish yanada ko‘proq vaqtni talab etadi.
Guvohi bo‘lganimizdek, o‘quvchi har kuni 7-8 soat vaqtini o‘quv fanini o‘zlashtirishga sarflamoqda.
Xalqaro tajribada, misol uchun, Finlandiya tajribasiga ko‘ra, o‘quvchilar har kuni fanlarni o‘zlashtirish uchun 4 soat ajratadi.
O‘quv darslari va o‘zlashtirish soatlari ortib ketishi natijasida:

  • O‘quvchi mavzularni o‘zlashtirishga ulgurmaydi;

  • Bu esa uning fanga nisbatan qiziqishini susaytiradi;

  • Natijada o‘quvchi darsdan bezib, o‘zlashtirish uchun ichki rag‘bat topmaydi;

  • Shuningdek, o‘quvchida o‘zining qiziqishlari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun vaqt ajrata olmaydi.

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida tayanch o‘quv rejasini takomillashtirish hamda o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish belgilandi. Bunda ko‘zlangan asosiy maqsad endi songa emas, sifatga urg‘u berish, turli fanlardagi takrorlarning oldini olishdan iborat.
Tahlillarga ko‘ra, amaldagi o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarga haftasiga o‘rtacha 33ta yangi mavzu o‘tiladi. Bu - o‘quvchi bir hafta mobaynida 33ta mavzuni o‘zlashtirishi kerak degani. Amaldagi o‘quv dasturi asosida yaratilgan fanlar o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlik – integrasiya mavjud emasligi hisobiga o‘quvchilar olgan bilimlarni mantiqan bog‘lay olmaydi. Natijada darsda olgan bilimini hayotdagi vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmasi rivojlanmay qoladi.
Amaldagi dasturda o‘quvchilar 1-sinfdan 11-sinfga qadar 6790 ta mavzuni o‘zlashtirishi kerak. Milliy o‘quv dasturi asosida mavzular sonini 40 foizga qisqarishi kutilmoqda”, dedi Shuhrat Sattorov.
U mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi tarzda kiritilishini ta’kidlagan.
“Avvalgi o‘quv dasturlari mazmuni 90 foiz nazariyadan iborat bo‘lib, o‘qitish metodikasi yodlatishga yo‘naltirilgan. Yangi Milliy o‘quv dasturi mazmuni 50 foiz nazariya, 50 foiz amaliyotdan iborat bo‘ladi va bu o‘quvchining mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘quv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida o‘quvchilarda shakllangan ko‘nikmalar baholanadi. Fanlar soni va o‘quv yuklamalari optimallashtirilib, o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra fanlarni tanlab o‘qish imkonini beruvchi variativ o‘quv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.
Milliy o‘quv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda o‘qitiladi. Ya’ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yo‘naltirilgan tarzda kiritiladi”, - dedi u.
Xulosa o‘rnida, tahlillarga ko‘ra shuni aytish mumkinki, xalq ta’limi tizimida ilk bor joriy etilishi kutilayotgan umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi tizimli va yaxlit ishlab chiqilayotgan milliy hujjat bo‘lib, 2017-yilda joriy etilgan Davlat ta’lim standartini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘qitish va baholashning samarali metodologiyalari asosida bosqichma-bosqich joriy etish orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Milliy o‘quv dasturlaridagi o‘ziga xoslik:

  1. Filologiya fanlari tavsifi va integratsiyasi

  2. Maktab bitiruvchilarida rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar

  3. Fanlarni o‘qitish konsepsiyasi

  4. Bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar

  5. Fanga oid kompetensiyalarning sinflar kesimida rivojlantirilishi (sinflar kesimida qo‘yiladigan talablar)

  6. Fan o‘quv dasturlari

  7. Sinflar kesimida baholanadigan kompetensiyalar, baholash usullari va mezonlari

Ona tili va adabiyot fani darslarida amalga oshirish lozim bo‘lgan asosiy masala o‘quvchida so‘zga qiziqish va e’tibor hissini muntazam sur’atda o‘stirib borishdan, ularga so‘zning ahamiyati, turli matnlarda tutgan o‘rnini tushuntirishdan iborat. Fanlararo bog‘lanishni tafakkurning rivojlanishiga qiyoslash mumkin. Fanlarni o‘zaro bog‘lab o‘rganish, u yoki bu fan bo‘yichao‘rganilayotgan voqea-hodisa haqida o‘quvchida jonli mushohada qilish malakasini o‘stiradi. Bu bilan o‘quvchi voqea-hodisa haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. O‘qituvchi ona tili, adabiyot fanlarini boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lagan holda oʻqitar ekan, yangi materialni bayon qilish, mustahkamlash jarayonida, shuningdek, takrorlash, umumlashtirish vaqtida u yoki bu mavzu yuzasidan o‘rni bilan bog‘laydi va o‘quvchini mantiqiy, tahliliy mushohadaga undovchi turli mazmunga oid matnlardan foydalanadi. Bunday matnlardan foydalanish o‘quvchini ijodiy fikrlash, matnni tushunishga o‘rgatadi hamda ularning bilimi va dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi. Yosh avlod ma’naviyatini rivojlantirish o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishtirish, milliy an’ana, bayram, urf-odatlar asosida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni taqozo etadi. Bunda, jumladan, o‘zbek adabiyotining ixcham va go‘zal namunalari, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi vakillarining ijodiy merosini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Bu jarayonda o‘rganilayotgan so‘z va so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, so‘zni grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish, so‘zlarni o‘rinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan to‘g‘ri baholay olish, jumla tuzish va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi.
“Ona tili” nafaqat leksik va grammatik me’yorlarni o‘rgatuvchi, balki o‘quvchi nutqiy faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish, to‘g‘ri o‘qish, orfoepik va orfografik me’yorlarni qoʻllash salohiyatini rivojlantirishiga xizmat qiladigan fandir. O‘quvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona tili darslarida o‘qib tushunishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tilini puxta o‘zlashtirgan o‘quvchi boshqa fanlarni qoniqarli o‘zlashtiradi. O‘qish savodxonligi mukammal bo‘lgan o‘quvchi boshqa fanlarda o‘rganayotgan matnlarni o‘qish orqali mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqati rivojlantiriladi. Shuningdek, o‘quvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarinishakllantirish ko‘zda tutiladi. Ona tili o‘quv dasturida sinflar kesimida quyidagi bo‘limlar yuzasidan mavzular kiritilgan: “Men, sen, u va ular”, “Tabiat ne’matlari”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Kasbim – faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”, “Til va dil”, “Tarix xazinalari”, “San’at va madaniyat”, “ Huquqimiz – haqimiz”
Fanlarni o‘qitish konsepsiyasi 7 bobdan iborat. Adabiyot o‘qitishni rivojlantirish strategiyasi va ustuvor yo‘nalishlari deb nomlanuvchi 6-bobida:
-“Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida Adabiyot o‘quv fanining moddiy-texnik bazasini xalqaro standartlarga javob beradigan darajada jihozlash;
- o‘qitish jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ta'lim zamonaviyligiga erishish: raqamli texnologiyalar bilan ta'lim texnologiyalarining integratsiyasini ta'minlash;
- adabiyot o‘quv faniga doir elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, darsliklarning multimediali ilovalari kabi o‘quv metodik majmualarni joylashtirish tizimini yaratish kabi masalalarning kiritilishi bugungi kunda ahamiyatlidir.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish