Talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari



Download 23,59 Kb.
bet1/3
Sana11.06.2022
Hajmi23,59 Kb.
#655086
  1   2   3
Bog'liq
Solijonova Dildora ADU Xorijiy tillar


TALABALARDA TARJIMONLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Isroilova Dildora1
Solijonova Dildoraxon2
1Andijon davlat universiteti, p.f.b.d. (PhD), dotsent
2Andijon davlat universiteti, magistrant


Annotatsiya: Maqolada tarjima kompetensiyasini shakllantirish uchun zamonaviy texnologiyalar tasvirlangan. Keltirilgan texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va istiqbollari haqida material mavjud. Maqola talabalar erishgan natijalar darajasini baholashda, ularning ta'lim faoliyati va shaxsiy o'sishida muqobil vositasi sifatida qaralishi mumkin.
Kalit so’zlar: tarjima, tarjima kompetensiyasi, tarjima kompetensiyasini shakllantirishga oid texnologiyalar.

Globallashuv jarayoni chuqurlashib, millatlararo munosabatlar kengayib borayotgani sari tarjimonning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish hamda rivojlantirishga bo’lgan ehtiyoj yanada ortmoqda. Jahonda malakali tarjimonlarni tayyorlashda tillararo va madaniyatlararo muloqotni tushunish, millatlararo muloqotda muammolarni malakali hal etish, tarjima sifatini oshirish, kasbiy odob- ahloqni shakllantirish va rivojlantirish, real vaziyatlarda tarjimonlar tayyorlashni takomillashtirish kabi vazifalar asosida ilmiy tadqiqotlarni olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Tarjima nazariyasi, asliyat va tarjimaning turlari, og’zaki va yozma , sinxron va ketma-ket tarjima, kompetentlik, tarjima kompetensiyasi, tarjimonni zukko va ta’sirchan shaxs sifatida ko’rish doirasida ko’pkina chet el tadqiqotchilarining ko’p ilmiy ishlari ma’lum.
O’zbek tarjimonlik maktabini asoschisi Omon Mo’minov tarjimonlar tayyorlashda ko’plab o’quv dasturlar va darsliklar ishlab chiqdi va shu sohani yanada rivojlantirdi. Professor G’.Salomov va professor J.Sharipov rahbarligida tarjimashunoslik maktabi olimlari tarjima nazariyasining umumfilologik muammolarini tadqiq qilishgan. I.To’xnasinov tarjimon –mutaxassislar tayyorlash prinsiplari va kasbiy kompetensiyalari doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan, qator ilmiy maqolalar va monografiyalari chop etgan. I.G’ofurov, N.Qambarov, G.Salomov, E.Muratova, Q.Musayev, U.Yo’ldosheva va boshqalar tarjimonlikni o’rganish va o’qitish muammolari bilan shug’illanganlar.
Hozirgi kunda tarjimani o’qitishda va tarjimonlar tayyorlashda ko’plab metodlar mavjud. Ammo muayyan maqsadga erishish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda bir qator kompetensiyalarni shakllantirish, hamda madaniyatlararo muloqot vaqtida shaxslararo hamkorlik va hamkorlikni amalga oshirishda esa umumiy madaniy bilimlar juda ham zarur.
Tarjima kompetensiyasini shakllantirishning asosiy vazifasi tarjimada ko’plab bilimlarni uzatish va foydalanish, asosiy ko’nikma qobiliyatni shakllantirish uchun zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanish zarurligini belgilaydi[5].
O’quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish juda ham samaralidir. Chunki zamonaviy texnika hayotimizni ko’p jabxalarini tubdan o’zgartira oldi, shu jumladan o'quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Ko’plab zamonaviy texnologiyalarni tahlil qilib, biz talabalarda tarjima qobilyatini shakllantiradigan hamda ularning mustaqil ishlashini ta’minlaydigan texnologiyalarni ishlab chiqdik:

  1. o’yinlar texnologiyasi

  2. turli bosqichli ta'lim texnologiyasi;

  3. hamkorlikda ta'lim texnologiyasi;

  4. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

  5. tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi;

  6. test-sinov texnologiyasi;

Pedogogik o’yinlar texnologiyasi tushunchasi o’quv jarayonini o’yin shaklida tashkil etish texnikalari va usullari o’z ichiga oladi. Bundan ko’p vaqt oldin olimlar inson aqliy faolyatini rivojlanishida o’yinlar muhim ekanligini ta’kidlashgan. Shunday qilib, Platon o'yin- eng foydali faoliyat turlaridan biri ekanligini isbotladi, Aristotel esa uni ruhiy manba, ruh va tananing uyg'unligi deb hisoblaydi. Hozirgi kunda o’yinlar texnologiyasi innovatsion ta’lim texnologiyalaridan biridir.
Tarjimani o’qitishda bir necha o’yinlardan foydalanib, talabalarda tarjima kompetensiyasini shakllantirishga erishish mumkin. O’yinlar talabalarda tafakkurini faollashtirish va ularning shaxsiy salohiyatini ochib berishga ko’maklashadi. Misol qilib, “Intervyu” (ishga kiruvchi ish beruvchiga intevyu beradi), “Film orqali” (xorijiy tildagi dialoglardan iborat videofilm ko‘rsatiladi, talabalar dialoglarni yozib olishlari va tarjima qilishlari kerak) olishimiz mumkin.
Tarjima qilishni o’qitish asosan talabalarning tajima qilinayotgan tilini bilish darajasi bilan belgilanadi. Talabalar bilimini hisobga olish va o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga mos keladigan topshiriqlardan foydalanish muhimdir.[1]

Download 23,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish