Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari


Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish va o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash yo’llari



Download 179,05 Kb.
bet9/18
Sana01.05.2022
Hajmi179,05 Kb.
#601036
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlash (2) (1)

Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish va o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash yo’llari.


Muayyan bir foydali ishni kishi hayoti davomida ko’p marta bajarishi, natijada u uning ruhiga singib milliy qadriyatiga aylanishi hayot tarzi sifatida baholanishi mumkin. Har bir insonning hayot tarzi turlicha bo’ladi. Bu faoliyat u yashayotgan hudud, millati, egallagan bilimlari, mehnat faoliyati sohasi, e’tiqod qilayotgan diniga juda ham bog’liq.


Haqiqatdan ham, ma’rifatli bo’lishga intilish, inson milliy g’ururining eng muhim mezonlaridan biridir. Ma’rifat, eng avvalo milliy g’ururning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va ma’lum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, kasb-hunar kollejlarining o’quvchilarida “Ma’naviyat asoslari” fani bo’yicha olib borilgan maruzalar, mashg’ulotlar davomida umumnazariy tushunchalarga ega bo’lish bilan bir paytda milliy g’ururni- unung qismlaridan biri xalq manaviyati tashkil qilishini anglatish va tarbiyalash lozim bo’ladi.
“Tarbiya keng ma’nodagi u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoy- tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini taminlovchi vazifasi.
Tarbiyalashning tor ma’nosi - ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida ijtimoiy amaliyotning har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarini va rollarning bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsning ongli, maqsadga yo’naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni.
Tarbiyalash ijtimoiylashtirishning asosiy xalqasi bo’lib u o’qitish bilan uzviy ravishda bog’liqdir hamda ta’lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi” – deyiladi
“Pedagogika nazariyasi fanidan izohli lug’at” da.
Demak, “tarbiyalash ijtimoiylashtirishning asosiy xalqasi bo’lib u o’qitish bilan uzviy ravishda bog’liq” bo’ladigan bo’lsa, tarbiya jarayoni milliy
voqelikning, ya’ni bizning masalamizda yoritilayotgan mavzu milliy g’urur tarbiyasining ham nazariy asoslarini ham ko’zda tutadi.
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini milliy g’ururli insonlar qilib tarbiyalashda o’qitiladigan barcha maxsus va nomutaxassislik fanlari, ayniqsa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o’rni salmoqli.
Bunda birinchi navbatda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Tarix”, “Axloqshunoslik”, “Adabiyot” kabi fanlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu fanlarning mohiyat-mazmuni o’quvchilarning siyosiy saviyasini o’sishiga, dunyoqarashini shakllantirishga, o’tmishda bo’lgan va hozirgi kunda bo’layotgan xalqaro siyosiy voqealarni to’g’ri baholashga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti muammolariga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishda o’quvchi-yoshlarning ta’lim- bilimlarga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirishga, mustaqil dunyoqarash, ish yuritish, milliy iftixor va umuminsoniy qadr-qimmat tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
Psixologlardan M.Davletshin, E.G’oziyev, G’.Shoumarov, B.Qodirov, M.Karimova, Sh.Baratov va boshqalar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi o’quvchilarning psixik jihatlari, ruhiy xususiyatlarini tadqiq etganlar. Lekin, bevosita o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi, ma’lum jarayonlari faoliyatiga bag’ishlangan psixologik, metodik tadqiqotlar keng ko’lamda olib borilmaganligi, ushbu tizim faoliyatida psixologik ishlarning tashkil etilishida ma’lum nazariy muammolarni vujudga keltiradi.
Kasb-hunar kollejlaridagi ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida o’quvchilarni milliy g’uruli qilib tarbiyalashning muhim vositasi sifatida barcha darslarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Chunki, pedagogika o’quv kursi fani sifatida o’quvchilarni badiiy, mifologik, tarixiy-adabiy, nazariy bilimlar bilan qurollantirish va shu jarayonida badiiy asar vositasida har tomonlama shakllangan shaxsni hamda komil insonni voyaga yetkazish vazifasini bajaradi. Ayniqsa, tarix hayotni haqqoniy tasvirlash,
voqelikni taraqqiyot jarayonida ko’rsatish orqali o’quvchilarning irodasi, ongi, shuuriga ta’sir etib, ularni ma’naviy shakllantirish uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, pedagogikaning bilim berish, tasvir- фчищкщеб estetik (ijodiy fikrlash), ruhiyat, ijtimoiy, amaliy (semiotic), huzur- halovat bag’ishlash (idionistik), o’zaro aloqa (kommunikatsiya) kabi o’ziga xos jihatlari bilan bevosita shaxsning, xususan, o’quvchilarda milliy g’urur shakllanishiga sezilarli ta’sir etadi.
Tarbiya tizimining rivojlanishi jarayonining rivojlanishida aks ettiriladi, ya’ni ijtimoiylashtirish, o’zini tarbiyalsh va kasbiy ta’sir ko’rsatishda o’z ifodasini topadi. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan shakllantiruvchi-jamiyat, individning o’zi va pedagogning bio obyekt bilan o’zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi.
Jamiyat to’g’risida. “Ijtimoiylashtirish” tushunchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi. Tadqiqotchilar uning qadriyatli ko’rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilmiy material to’plangan, sotsiologik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini talqin qilish, albatta, qarama-qarshi bo’lgan ijtimoiylashtirish konsepsiyasining shakllanishiga olib keladi. Qattiq ijtimoiylashtirish deb, ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional maktab vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to’la jalb etish sifatida belgilaydilar.
Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, “moslashish”, “qulaylik”, “tenglik”, muvozanati tushunchalariga tayanadi.Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa-individlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi.Bu konsepsiyaga “yangi insonparvarlashtirish” tarafdorlari qarshi. Ular ijtimoiylashtirishda o’z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o’zini amalga oshirishi o’zini namoyon etishiga to’sqinlik qilayotgan elementlarni tanqidiy yengishni ko’radilar.
Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta’sir ko’rsatish to’g’risida gap yuritilayotgan bo’lsa, ikkinchi holatda, “ijtimoiylashtirish va shaxs” tushunchalarini to’la adashtirish sodir bo’lmoqda. Ta’lim tizimidagi ijtimoiylashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o’zini tarbiyalash bilan almashtiirshga, tarbiyachi kasbiyligi esa shakllanayotgan shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda. Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab chiqish muammosiga e’tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlikni shaxs ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratadi.
Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtai-nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillashtirishga olib kelmaydi. To’g’ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlari bilan to’la bog’lab qo’yishga yo’l qo’yish mumkin emas. Lekin, bari bir jamiyat insonga ta’sir ko’rsatadi va ta’sir ko’rsatishini hisobga olmay bo’lmaydi. Ijtimoiylashtirish- muhit, jamiyatning shaxsga ta’siri demakdir. Shu bilan birga ta’sir ko’rsatish, bu yetarli bo’lmasa ham shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi.
Jamiyat - “umuman, alohida kuch - o’ziga hos insoniy munosabatlar va o’zaro aloqalardir. Bu narsalar bo’lmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi”. Muomalalar davomida yuzga keladigan insonlar munosabatlari - mana shu jamiyat demakdir.
Biz ijtimoiylashtirish to’g’risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham, biomuhit va kosmos ham inson ko’ziga ko’rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bo’lmasa ham, tasodifan (ko’rinishi bo’yicha, mohiyati bo’yicha esa muqarrar va qonuniy) insonga ta’sir ko’rsatib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko’zga ko’rinmas ta’sir ko’rsatish, nazorat qilib bo’lmaydigan jarayon. Muhitning u yoki bu elemantlari qachon, qanday ketma- ketlikda, qanday shaxs bilan munosabatlarga kirishishni bilib bo’lmaydi. Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo’lgan, dunyoqarashiga yod bo’lgan tabiat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda quvonch his etish qiyin bo’ladi. Odam o’zi o’z
hayotini tashkil etadi, г nima qilishini o’zi tanlaydi: dunyoga qarab xursand bo’ladi, agarda unda o’z hayotini ko’rsa. Biroq, taqdir shaxsan tanlash imkoniyatini chegaralaydi. Taqdir boshqalar tomonidan amalga oshirilgan, avvalgi avlod tanlagan mavjud vaziyatni odam oldiga qo’yadi, u bilan baholashib bo’lmaydi. Uni meros kabi, shaxsiy turmushning bir asosi sifatida qabul qilish kerak va mana shu tajribalarga hurmat bialn munosabatda bo’lish kerak. Muhit o’zida insonga monand axborotlarni yetkazadi, shaxs yuzaga kelishi to’g’risida ma’lumotlar beradi, shu bilan birga bu axborotlarni insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni o’zlashtirishi mumkin. Shunda uning hayoti taqdirga qarshi bo’lib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga to’siq bo’lmaydi. Uning dunyoga munosabati- quvonchli yoki amaliy shaklda bo’lmasin, mazmuni bo’yicha ancha chuqur bo’ladi.
Shuning uchun jamiyat go’yoki tabiiy ravishda bolaga o’zining yaxshi tomonini namoyon etishga, unga ‘kulib boqishga” harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga, o’ziga xos munosabat faqat beg’araz emas, balki jamiyatning g’amxo’rligi hamdir. U asrlar davomida shakllangan eng to’g’ri tamoyillashtirish yo’lidir. Faqatgina mana shu narsa shaxsning tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga jalb etib, insonni keng jamos va xodisalar bilan munosabatlarda bo’lishi imkoniyatini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs uchun baholash shaxsiy mezon ishlab chiqishda asosiy me’yor bo’lib qoladi-mana shunga ijtimoiylashtirish deyiladi. U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan mustaqil jarayon hisoblanadi, shaxsga rol o’yinini ‘qiyinlashtirish’ alohida vazifani bajaradi. Mana shusiz, u anglab yetilmagan bo’lib , jamiyatda yakkalanib qoladi. Shaxs madaniyatning yaratuvchisi , muhitning tomiri - ijodiy shaxsni yaratishda zarur shart. Va ijtimoiylashtirish jarayonini mustaqilligini tan olish, bu jarayonni insonparvarlashtirish yo’nalishini takomillashtirishdagi har qanday urinishlardan voz kechishni anglatmaydi. Insonparvar bo’lmagan, yangi shaxsning faoliyati sababsiz bostirilishi, individning layoqati, intilishlar I hisobga olinmay ijtimoiy vazifalarni majburlash sodir
bo’ladigan insonga muhitning ta’sir ko’rsatishi bilan ijtimoiylashtirihshga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ijtimoiylashtirish -- bu shakllanayotgan shaxsning va uning mumkin bo’lgan shaklini belgilobchi birlikning o’zaro aloqalari jarayonidir. “insonparvarlashtirish” tushunchasi ko’pincha ma’naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi.
Hozirgi kunda bu keng qo’llaniladigan tushuncha, umumiy yo’nalish ahamiyatiga ega. Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy taraqqiyot to’g’risida gapirish mumkin emas. Insonparvarlik -- bu inson qanday bo’lishi, uning mohiyati qandayligi to’g’risida o’ylash ham g’amxo’rlikdir. Bu o’zini anglashdir va shu bilan bir vaqtda, mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina vosita sifatida qarashga har qanday urinishlarni doimiysizligi ifodasidir. Shundan so’ng vatanparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko’zda tutadi. Ijtimoiy hayotda sub’yektning barqarorligini ta’minlash mexanizmini shakllantirish - bu g’oya hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy guruh, kattami yo kichikmi, hamda shaxs va jamiyat ozmi ko’pmi shakllangan o’z g’oyasini paydo qiladi. G’oya obyektiv bo’lmagan dunyo ko’rinishini emas, balki g’oya yetkazuvchi saqlanib qolishi ta’minlanadigan doirada dunyoga qarash tizimini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan. Albatta, g’oya chuqur rivojlantirilgan bo’lsa, agar sub’yektning boshqa sub’yektlar bilan aloqasi hisobga olingan bo’lsa, unda bunday ob’yektiv ong ijtimoiy rivojlanishi umumiy tendensiyasiga ham qarama qarshilik qiladi, hatto deyarli mos kelishi mumkin. Lekin u bilan hech qachon batamom birday bo’la olmaydi, chunki jamiyat va uning alohida sub’yekti o’xshash, bunday bo’la olmaydi.
G’oyasiz - markazga intilgan yo’nalish sub’yektning mana shu bilimlar tizimisiz - ijtimoiy fikr umuman mavjud bo’lmaydi, ular markazga intilgan kuchlarni entropiya kuchlarini, sub’yektning buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G’oyalar doirasida asosiy ijtimoiy qadriyatlar to’g’risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma’naviy
madaniyat shakllanishi uchun asos bo’lib qoladi, uning yordamida g’oya doirasida mavjud qadriyatlar uchun xos bo’lgan egoistik aksent yo’qotiladi, insonparvarlashtirish to’g’risida tasavvurlar shakllantiriladi.
Ijtimoiylashtirish ta’siri va o’zini tarbiyalash, odatda yana bir jarayonga

  • shaxsni tarbiyalash deb atalgan , ya’ni pedagogning ijobiy faoliyati bilan bog’liqdir. Ushbu faoliyatning mohiyati - ijtimoiylashtirish va o’zini tarbiyalash jarayonlarini boshqarishdan iborat. Haqiqatdan ham, siyosiy va pedagogik jarayonlarda o’xshashliklar ko’p. Ularning ikkisi ham ko’plab omillarga juda bog’liq. Siyosatning “imkoniyatlar san’ati” kabi tushunchasi pedagogikaga ham mos keladi. Ko’pincha bunday imkoniyat hajmi bilib turib oshirib yuboriladi, ba’zan , aksincha, kamaytiriladi. Ba’zan insoniyat hamjamiyati ma’naviy hayoti yuksak obro’li odamlari tarbiya to’g’risidagi masalani bekor qiladilar. Masalan, L. N. Tolstoy shunday yozadi: “…tarbiya, biz o’qitish, tarbiyalashni xohlar ekanmiz, murakkab va qiyinligicha qoladi. Agarda boshqalarni biz faqat o’zimiz orqali tarbiyalashimiz mumkinligini tushuntirib olsak, unda tarbiya masalasi yo’qoladi va hayot to’g’risidagi masala qoladi: o’zim qanday yashashim kerak!8

Bunday tarbiya to’g’risidagi masala shunga qaramay qoladi. Hatto “o’zimiz qanday yashashimiz kerak”, “o’z hayot talablari hayot talablari bilan mos kelishi qobiliyatiga qanday qilib ega bo’lish mumkin?” oxirgi savolni hal etganda, odam (birinchi navbatda bola, lekin ba’zida kattalar ham) ichki va tashqi ta’sirni tizimlashtirish, ularga mos ravishda javob qaytarib, shaxs shakllanishini tushunib va bog’lashga yordam beruvchi pedagog,o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
O’qituvchiga bo’lgan zamonaviy talablar, asosan , uch oily vazifani qamrab oladi:

  1. Fan bo’yicha o`qituvchining bilimi puxta va aniq bo`lmog`i lozim ;




8 Tolstoy L.N., asarlar to’plami, 22 tom, I. 1984y. 19t. 346 bet

  1. Pedagogik mahoratga ega bo`lmog`i lozim;

  2. Oldindan berilgan bilimning samara bilan mos ravishda o’qitish jarayonini loyihalashtira bilish malakalariga ega bo’lishi lozim.

O`qituvchi, tarbiyachi inson hayotida bolalik rolini tushunib, individni shakllantirish jarayonini madaniyatga, ijtimoiy hayot qarama – qarshiliklariga va bilimga yo’naltirilishi kerak. Natijada bola va hayot ittifoqi yanada keng va jarayonli bir yo’nalishda boradi. Jamiyat shaxs qobiliyatlarini cheklamaydigan, uning o’sishiga to’siq bo’ladigan bunday vaziyatni qo`rish zarur bo’ladi. Bunday vaziyat muvofiqligi pedagogik jarayonning majburiy sharti hisoblanadi. Shaxs rivojlanishning eng erta bosqichlarida jamiyat ehtiyojlariga uning munosabati shakllana boshlaydi. Bu munosabat tarbiyalanuvchining birinchi pedagoglari - ota- onalarining o’ta mehribonliklari sababli egoistik ko’rinish olishi mumkin.
Ko’pchilik ota-onalar o’z bolalarining talablarini bajarishga harakat qiladilar va to’laqonli hayotga tayyorlash, asosiy yo’l mana shundan iborat deb hisoblaydilar. Bunday tarbiyachilar jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatlari to’g’risida tasavvurlarini yo’qotadilar. Ba’zan bu holat hattoki anglab yetishgan bo’lsa ham, bolalarga mehr qo’ygan tarbiyachilarni xavotirga solmaydi. Ular o’z vazifalarini faqat bir yoqlama tushunadilar - ovqat yana ovqat berish va yana berish. Biroq tarbiyachining jamiyatga nisbatan mas’uliyatsizligi oxir-oqibat tarbiyalanuvchining halokatiga olib keladi, chunki amalda o`lar oshirishgan farzand ijtimoiy hayotga tayyor bo’lmaydi.
Shunday qilib, o`qituvchi tarbiyachilar shaxs oldida ham va jamiyat oldida ham javobgar hisoblanadi. Bunday majburiyatlarini buzganda, tarbiyachi ijtimoiy hayot buzulishi va shaxsning inqiroziga sabab bo’ladi.
Shvetsariya pedagogi Pestolotsiy insoniylik mohiyati ichki yo’nalganlik va faqat harakat qilmaslik erkinligi bo’lmaganda normal amalga oshirilishi mumkin emas deb uqtiradi. Falsafiy nuqtai nazardan bu tushunarli: harakat o’z qarama-qarshiligidagi sharoitda o’z o’lchamini topadi. Sotsiologiyada esa
madaniyat tushunchasi orqali ijtimoiy harakat o’lchamini aks ettiradi. Shaxs munosabati bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bosqichlar orqali rivojlanadi. Atrofdagilardan uzoqlashishga ehtiyoj his etadigan davrda o’z tarbiyalanuvchisini chindan yaxshi ko’radi. Lekin, buni tarbiyachilar ba’zan tushunib yetmaydi. Bunday xolatda ko’pchilik tarbiyani takomilashishiga yordam bermaydi. Ba’zida esa mehribon pedagog o’z tarbiyalanuvchilari bilan munosabatlarga doimiy tayyorgarligi bilan, odatda faqat jismoniy emas balki anglab yetilmagan intellektual emotsional tinchlikka extiyoji qoniqtirmaganligi sababli yuzaga keluvchi norozilik hissini keltirib chiqaradi.O’qituvchini ham, o’quvchini ham o’z ishidan ko’ngli qolishidan saqlash uchun tarbiyani butun hayoti davomida faqat kasbiy vazifasiga qaratilmasligi kerak. Balki tarbiyalanuvchi bilan pedagog munosabatda tinchlik va dam olish zarur. Pedagog pedagogik mehnat mazmunini aniqlashda bu munosabat jarayonida shakllanayotgan shaxs va jamiyat ijtimoiylashishi va o’zini tarbiyalash jarayoni o’rtasida nizolarga yo’l qo’ymaslik maqsadini qo’yuvchi shaxslar degan fikrdan kelib chiqdik. Pedagogik faoliyat rivojlana borgan sari mana shu maqsadga erishishning ko’plab vositalari ishlab chiqilgan.Asta sekinlik bilan ular jamlanadi va yagona kasbiy faoliyat ichida ikkita faoliyat turini tashkil qiladi:
1. Rivojlantiruvchi faoliyat;
2 .Muvofiqlashtiruvchi tartibga keltiruvchi bir tizimga soluvchi faoliyat.
Chunki rivojlantiruvchi faoliyat, kasbiy tarbiyaviy faoliyat yuqorida aytilgan maqsadini bajarishga bevosita yo’naltirilmagan. Bu tarbiya muammosini o’rganuvchi ko’plab tadqiqotchilar tarbiyalash so’zining “asl mazmunida” o’qitishga kiritilmasliklariga olib keladi. Biroq, bundan boshqa nuqtai-nazar ham mavjud. Bu nuqtai nazar o’qitishni, rivojlantiruvchi faoliyatni tarbiyalash faoliyatining bir qismi va hatto, rivojlantiruvchi faoliyatning atributi sifatida qaraydi. Bola tug’ilgandan boshlab qisman potensial, qisman aktuallashtirilgan shaxs hisoblanadi. Tug’ilgan bolaga nisbatan jamiyat ma’lum xususiyatdagi talab ishlab chiqadi.Lekin jamiyat bola bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Jamiyatda ushbu individga u katta bo’lganida qo’yiladigan talablar,
ehtiyojlar murakkab zanjirini shaxs va jamiyat munosabatlari “dispetcheri”- pedagog sedan chiqarmasligi kerak. To’g’ri, pedagog o’zaro munosabatlarga shaxsni tayyorlar ekan, uni rivojlantirmasligi va to’playotgan bilimlarini tizimlashtirishga yordam bermasligi mumkin emas. Faqat rivojlantirish - o’qitish yoki uyg’unlashtirish, insonparvarlikka mos, ijtimoiy qoidalarga yo’naltirilgan kasbiy tarbiya ortda qolishi va butun kasbiy faoliyat muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
Tarbiyani o’qitishdan alohida qarab, biz bu jarayonni faqat qanday bo’lmasin, mustaqillikdan emas, balki mavjud subyektdan ham mahrum etamiz. Qaysi pedagog tarbiyalanuvchini rivojlantirmay, bilimlarini boyitmay, ya’ni uni o’qitmay dars berishi, qoida, me’yor, sifat haqida tasavvur berishi mumkin.
Zamonaviy dunyoda o’zini ta’limsiz jamiyatda teng huquqli da’vogar deb his etishi qiyin. Shu bilan bir vaqtda ilmlilik - bu anglab yetiladigan “yashirin(patent)” bilimlariga asoslangan shaxsning holati. Biroq o’qitishsiz jamiyatda shaxs o’zaro munosabatlarini samarali yo’lga qo’yish mumkin emas, degan fikrni to’g’ri deb hisoblab, biz uni aniqlab olishimiz kerak: “kasbiy pedagogning faoliyati tabiiy bir qismi, elementi sifatida o’qitish qanday bo’lishi kerak?” rivojlanishni ta’lim, bilimlar yetkazish jarayoni sifatida o’qitish jamiyat bilan aloqalar o’rnatish jarayoniga, ijtimoiy qoidalarni o’zlashtirish va ijtimoiy- ma’naviy ishonchlarini shakllantirish jarayoniga nisbatan qarama-qarshi bo’lmasligi kerak.
Ijtimoiy hayotimizda yangilanish ishi qizg’in tus olgan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tilayotgan bugungi kunda o’quvchi yoshlar tarbiyasiga yangicha yondoshuvlarni taqozo etmoqda. Zotan, amalda qo’llanilib kelingan va’zxonlik, nasixatgo’ylik kabi tarbiya usullarining ta’sir kuchi pasayib bormoqda. Vaholanki, mustaqil mamlakatimizning kelajak vorislari Prezident I.A.Karimovning alohida ta’kidlaganidek, boshqalarga tobe bo’lmagan, mustaqil fikrlay oladigan, tadbirkor, erkin shaxs bo’lib voyaga yetmoqlari lozim.
Ma’lumki, tarbiya jarayonida qo’llanilgan bir necha usul, shakllar mavjud. Bular orasida o’quvchi shaxsiga ta’sir ko’rsatishda individual
yondoshuv usuli o’zining samaradorligi bilan ajralib turadi. Bu usulning afzalligi shundaki, o’qituvchi o’quvchi bilan yanada yaqinlashadi, o’quvchi esa o’zining ichki hissiyotlarini ochiq. Erkin holda bayon qiladi. Guruhiy tarzdagi suhbat chog’ida esa o’quvchi o’zining ichki kechinmalarini, orzu-istaklarini ochiq-oydin bayon etishdan o’zini tiyadi. Natijada ko’rsatilayotgan tarbiyaviy ta’sirning natijasi yaxshi bo’lmaydi. Shu boisdan ham o’tmishda ota-bobolari- miz tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning bu usulidan unumli foydalanib kelishganilar. Hozirda ushbu usuldan ta’lim jarayonida keng ko’lamda foydalanilmoqda. Bunga misol tariqasida repititorlik maktabini ko’rsatish mumkin.
Bu o’rinda shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, har qanday tarbiyaviy usul, shakl, vositalarining tasiri o’z-o’zidan yuzaga chiqmaydi balki ulardan to’g’ri o’z vaqtida unumli ravishda foydalanishga bog’liqdir. Shunday ekan tarbiya ishida individual yondoshuv usulining ham samarali bo’lishligi quydagilarga bog’liqdir.

  • Mazkur usulni qo’llash uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko’rishi rejalashtirilishi lozim;

  • Ushbu usulni qo’llanishi uchun tegishli vaziyat yaratilishi lozim

  • Individual yondoshuv jarayon umumpedagogik talablar asosida xissiyot extiroslarga berilmagan xolda do’stona samimiyatli ravishda tashkil etilishi;

  • Individual yondoshuviga jarayoni o’quvchining erkin fikr yuritish o’zining ichki kechinmalarni bayon qilishga tegishli sharoit yaratilishi;

  • Individual yondoshuv turli shakllarda (og’zaki yozma faoliyat kabi)amalga oshirilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kelajak yosh avlodni oila, jamiyat, davlat oldidagi o’z ijtimoiy vazifalarini to’la anglab yetadigan har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan. Bu borada avvalo oilaning, barcha ta’lim
muassasalarning, shuningdek ijtimoiy tashkilotlarining yetakchilik tashkilotchi- lik, rahbarlik qilishdagi o’zaro uzviyligi ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Hozirgi taraqqiyotning jadal suratlar bilan ilgarilab ketishida inson omilining o’rni beqiyos hisoblanadi. Chunki, har qanday shaxsning mehnatga, shu jamiyat ma’naviy-siyosiy jarayonlariga, iqtisodiyotiga bo’lgan, kechayotgan ijtimoiy munosabatlarga bo’lgan qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir shaxs u yoki bu oilaning, biron-bir jamoa, guruh, tashkilot, idoraning, umuman olganda ushbu jamiyatning a’zosi hisoblanib o’z dunyoqarashi, faoliyati bilan ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Shu jihatdan olib qaralganda inson munosabatlari, qarashlari va faoliyatlarining qanchalik ijtimoiylashuvi, ya’ni uning oila, ushbu jamiyat manfaatlarini uzviy qo’shib olib borishligi o’ta muhim, dolzarb masaladir.
Demak, insonni ijtimoiylashuvi, ijtimoiy muhitga monand tarbiyalanishi bugungi kunda, oila, jamiyat, davlat oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani to’laqonli hal etishda oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining faoliyatini yagona tizim asosida yo’lga qo’yish zarur. Tarbiya amaliyotidan ma’lumki, har qanday ishlab chiqilgan ta’lim- tarbiya tizimi, agar muhit bilan, to’g’rirog’i mazkur ijtimoiy tuzum sharoiti bilan to’g’ri kelmasa, u holda bu tizim ko’zlangan maqsadni to’laqonli amalga oshira olmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya tizimi birinchi navbatda mazkur ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda shaxs tarbiyasiga muhitli yondoshuvni amalga oshirishni talab etadi.
Keyingi yillarda ijtimoiylashtirish, ijtimoiy moslashish muammolari bilan bog’liq holda muhit fenomeniga (ayniqsa, bu o’rinda oila muhitiga) bo’lgan qiziqishlar bir qator pedagog tadqiqotchilarning (B.N.Almazov, V.G.Bagapov, A.V.Mudrik, V.A.Slastenin va boshqalar) e’tiborini o’ziga tortmoqda.
Hozirda tadqiqotchilar tomonidan keng muhokama etilayotgan tarbiyaviy tizim va uni amalga oshirishdagi tarbiyaviy maydon, (avvalo oilaviy sharoit) ijodiy labaratoriyalar (bu o’rinda ijtimoiy maqsadni ko’zlab tashkil etilgan turli
yoshlar guruhlar, jamoalari) ijtimoiy institutlar, birlashmalar ushbu muammolar yechimida muhitni ta’sirini boshqarishga va uning munosabatlari texnologiyasiga ko’proq e’tibor berish zarurligini aytmoqdalar.
Shu sababli muhitni ayniqsa, oila muhitining imkoniyatlarini to’laroq aniqlash, xalqimizning bu boradagi boy tarbiya merosini o’rganish va ulardan unumli foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga, eng muhimi pedagog- tashkilotchilar, jamoat tashkilotlari o’shanday muhitni, tarbiyaviy maydonni yaratish, uning mexanizmini ochib berish va bu o’rinda ta’lim muassasalari yetakchiligini ta’minlashning optimal variantlarini ishlab chiqish mazkur masalani hal etishni yanada oydinlashtiradi.
Bunday tarzda hal etish esa shaxs faoliyatini maqsadli yo’lga qo’yish, uning ijtimoiylashuvini tezlashtirish, unga ta’sir etishni samarali bo’lish imkoniyatlarini ko’rsatib beradi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, ushbu masala o’quvchi shaxsini shakllantirish va rivojlantiirsh jarayonini muhit vositasi ila boshqarishning texnologiyasini o’z ichiga oladi. Amaliy jihatdan esa, subyekt pedagogni muhit bilan birgalikda boshqarish, harakat tizimi, ya’ni tarbiya natijalarini tashxis qilish, loyihalash va natijali bo’lish vositasiga aylantirishga qaratilgan faoliyat tizimidir.
Bu o’rinda biz - oila tarbiyasidagi mavjud bo’lgan va davom etib kelayotgan an’ana va odatlarga alohida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Tarbiya nazariyasi va amaliyotida o’quvchi shaxsning rivojlanishi va shakllanishi jarayonini boshqarish haqida turli qarashlarda o’quvchi rivojlanishida muhitni, muhitli yondoshuv (faoliyatli, munosabatli, tizimli, shaxsiy va boshqalar)ning ortib borayotgan ahamiyatini hisobga olish zarurligi aytilmoqda. O’quvchi shaxsida zarur insoniy fazilatlarni tarbiyalash uchun ota- ona, tarbiyachining o’rni sezilmagan holda ma’lum yo’nalish, maqsadni asos qilib olgan muhitli jarayon orqali tarbiya maydonini yaratish bugungi kunda pedagogika fanidagi yangicha yo’nalishdir. Bu o’rinda oilaviy muhit muhim vosita vazifasini bajarishi mumkin.
Xalqimizning odatda an’anaviy ta’sir usullari, ko’rsatmalar, topshiriqlar berish, ijroni talab etish, buyruq berish kabi usullari orqali bolalarni u yoki bu faoliyatni bajarishga o’rgatib borilgan. Lekin bu o’rinda bajarilayotgan ishni ijtimoiy zarurati, o’quvchi kelajak faoliyatidagi ahamiyati, o’rni ochib berilmagan. Demak, u yoki bu topshiriq, ko’rsatmalar, buyruq, talablar qo’yilayotgan tarbiyaviy maqsad ota-onaning ta’sir kuchi, obro’si yoki ulardan qo’rqish hissi orqali bajarilgan. O’quvchi u yoki bu faoliyatga kirishar ekan, uning tub mohiyatini tushunmasdan ko’r-ko’rona bajarishga harakat qilgan. Shuning bilan birga bu o’rinda ota-momolarimizni qadimda oila tarbiaysida foydalanib kelingan muhitli yondashuv tajribasi bugungi kunda kam e’tibor berilayotganini ko’ramiz. Qadimda ota-momolarimiz tomonidan juda unumli foydalanib kelingan muhitli yondoshuv usuli tarbiya jarayonida samarali foydalanib kelinganligini bilamiz.



Download 179,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish