Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari



Download 179,05 Kb.
bet10/18
Sana01.05.2022
Hajmi179,05 Kb.
#601036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlash (2) (1)

I bobga xulosa.


Xulosa qilib shuni aytish joizki, ijtimoiy hayotimizda yangilanish ishi qizg’in tus olgan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan bugungi kunda o’quvchi-yoshlar tarbiyasiga yangicha yondoshuvlarni taqazo etmoqda. Davlat oldidagi o’z ijtimoiy vazifalarini to’la anglab yetadigan har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan paytda har qanday shaxsning mehnatga, shu jamiyat ma’naviy-siyosiy jarayonlarga, iqtisodiyotiga bo’lgan, ijtimoiy munosabatlarga bo’lgan harakatlari muhimdir. Shu jihatdan olib qaralganda, inson munosabatlari, qarashlari va faoliyatlarining qanchalik ijtimoiylashuvi, ya’ni uning oila ushbu jamiyat manfaatlarini uzviy qo’shib olib borishligi muhim, dolzarb masaladir.
Demak, insonni ijtimoiylashuvi, ijtimoiy muhitga monand tarbiyalanishi bugungi kunda, oila, jamiyat davlat oldida turgan asosiy vazifasi ekanligi, ushbu vazifani to’laqonli hal etishda hamkorlik faoliyatini yagona tizim asosida yo’lga qo’yish zarur.

II bob. Kasb-hunar kollejlari ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchi- talabalarni ijtimoiy faoliyatlar asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-psixologik asoslari.


II-1. Kasb-hunar kollejida pedagogika-psixologiya darslari asosida olimlarning inson faolligi va faoliyatlar orqali shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash haqidagi qarashlari.

Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha “actus”- harakat, “activus”-faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxs hayotidagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiriladigan mavhum fikrlarimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham pedagogika va psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglash muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.


Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:

  1. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.

  2. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanishi, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.

Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlash, yuzlarini silashi, ko’zlaridan oqqan sog’inch
yoshlarida ko’rsak, ichki faollik - o’sha ko’z yoshlarni keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri) ko’rib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda, ko’z bilan bog’lab bo’lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo’ladi.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning extiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi o’zligini nomoyon qiladi.Demak,faollik yoki inson faoliyati nafaol jarayon bo’lmay u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi.Yani faoliyat inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan undagi turli tuman ehtiyojlardan kelib chiqadig boan hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.Bu yosh bolaning real predmetlari mohiyatini o’z tasavvurlar doirasida bilishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati,bu rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash. Shuning xarakterliligi inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lib turadi. Faoliyat turi - jismoniy va aqliy harakatlar.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda nomoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga- predmetga qaratilgani uchun ham faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyati va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan maruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali bilimlar zaxirasini
boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli xarakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganligiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muxit va undagi narsa hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqish nuqtai nazaridan ichki aqliy psixik faoliyat tashqi faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba ortirib borilgan sari sekin asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib beradi. Buni nutq faoliyati sifatida oladigan bo’lsak bola dastlabki so’zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi,keyinchalik ichida o’ziga gapirishga o’rganib o’ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ichki psixologik, tashqi muvofiqlik nuqtai nazardan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy ham jismoniy motor harakatlar mujassam bo’ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o’ylayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xatto tana va qo’l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelayotgandek yoki yangi fikrni topib undan mamnuniyat xis qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementlar ishini amalga oshirayotgan misol uchun ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon harakatlari ham aqliy komponentlardan holi emas u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mehannizmlar vositasida amalga oshiriladigan turli tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quydagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

  • Pertsevtiv – yani bular shunday harakatlarki ularni oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi.

  • Menemik faoliyat – narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi esga tushurilishi hamda esda saqlab turishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi. Fikrlash faoliyati – aql fahm- farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat.

  • Imitativ (image - obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham farqlanadi. Masalan: shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko’pincha qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi. Masalan: har birimizshu tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko’nikmalar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Ko’nikma va malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham o’quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko’nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar faqat malakani oladigan bo’lsak, uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Oddiy namoyish etish yo’li bilan;

  • Tushuntirish yo’li bilan;

  • Ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan.

Hayotda ko’nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyat klassifikatsiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot - shaxs individual rivojlanish jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri

  • inson bo’lish, odamlarga o’xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirilgan ehtiyojlaridan kelib chiqdi. Shaxs o’z taraqqiyotini aynan shu faoliyat bilan uzviy ravishda bog’liqligini chuqur his qilishi va anglashi lozim. Bu muhim bir vosita va aloqa quroli.

O’yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tmonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamuguncha, kattalar xatti- harakatlarning ma’no va mohiyatini anglab yetaklaydi.
O’qish - inson faoliyatida hamda shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi, albatta, biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir. Har qanday kasbni egallash nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi.
Faoliyatni tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivatsiya” tushunchalari kiritiladi. Motivatsiya tushunchasi motiv tushunchasidan kengroq. Ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar mazmunini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxsni xulqini tushuntirib berish kerak
bo’lganda ishlatiladi, ya’ni “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?” degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutish sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub`yektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi, tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlarini kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini ichkaridan ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi maqsadga erishishning vositalari kerak, aks holda dastur hech narsani bermaydi. Masalan: ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishni orzu qilib, uning oldiga juda og’ir tarbiyalash shartlarini qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda, bola qiyinchilik bilan, boshqarib bo’lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy sharoitda qiynaladigan shaxsning xulqiga jamiyatga mos bo’ladi.
Turli kasb egalari faoliyati motivlarni o’rgatishda motivlar xarakterini bilish va ularni o’zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib bunday nazariyani asoschilari amerikalik olimlar D. Maklenlad, D. Adkinson va nemis olimi X. Xenauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishni ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan: faqat muvaffaqiyatli motiv bilan ishlaydiganlar oldindan
ishonch bilan shunday ish olib boradilarki, nima qilib bo’lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oily maqsad bo’ladi. Ular hali ishni boshlamay turib yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha harakatlarini ma’qulllashlarini biladilar. Bu yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini balki barcha tashqi imkoniyatlar, tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar. Yana bir boshqa insonlar xulq- atvorni muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shakllarini kuzatish mumkin. Masalan: ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo’lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimiznga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak oxir oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab “O’zi sira omadim yurishmaydigan odammanda” degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko’tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishsa, ikkinchi toifa vakillari har qanday ishni yakunlashdan so’ng uning natijasidan qatiy nazar ruhan tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o’rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffaqiyatga yo’nalgan shaxslarning o’zlariga nisbatan qo’ygan talablarni darajasi ham yuqori bo’lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo’ladi. Bundan tashqari har birimizdagi o’zimizdagi real qobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatidagi o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan: o’zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki mag’lubiyatga uchrasa ham unchalik qayg’urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib boshidan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati ma’lum ma’noda motivlar harakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnati, odamlarga va o’z- o’zlariga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarida namoyon bo’lishini ma’suliyatli ish oldidan o’zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo’ladi. Masalan: ma’suliyatli shu oldidan o’zimizni imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi o’quvchilar imtihon oldidan juda qayg’uradilar, hattoki qo’rqadilar ham. Ular uchun imtihon topshirish juda katta tashvishdir. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshidan kechirib ichidan hayajonlanayotgan bo’lsalar ham buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo’lib, sira qiynalmaydilar. Tabiiyki, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyat va faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shakldagi davogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o’qituvchi bilan tortishmaydilar ham. Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy motivlaridan tashqari shaxsiy xislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak. Motivlarning anglanganlik darajasi, ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatiga uchratganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy tajriba xulq motivlari avval ta’kidlaganimizdek ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attutud”) hodisasi orqali tushuniladi. Demak, ijtimoiy ustanovka, shaxsning ijtimoiy ob`yektlar, xodisalar, guruhlar va shakllarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatini u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan: Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas, g`arb investorlariga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug’ullanadigan albatta puldor,
badavlat deb baholaymiz va xokazo. Bu tasavvurlar bahova hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tayotgan ijtimoiy ustanovkalar bo’lib, ularning mazmun-mohiyati asosida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq subyekt faoliyat va faoliyat va ma’suliyatlilik muammosi. Shaxsning empiric psixologiyasi asosida metodologik shart-sharoitlar yotadi. Uning asosida esa, boshqaruvchi sifatida ijtimoiy yoki tabiiy muhit bo’lmasida insonning shu muhitga moslashuvi tamoyili yotadi, metodologik tahlil boshlang’ich uchta moslashish tamoyili variantlarini ko’rsatish imkonini beradi: gomeostatik, gedonistik, progmatik. Muhitga moslashish masalalari bo’yicha psixik faoliyatni

  1. Petrovskiy muvofiqlik, moslik pastulati deb atalgan fikr tashkil etadi. Bu pastulatning muhim sharti shaxsni yaxlitligini mexanik tushunishlik nuqtai nazaridan talqin etilishidir. Shunday qilib, nazariy tahlil etish “moslik pastulati” empirik tasavvurdagi quyidagi konseptual model mavjudligini ko’zda tutadi. Unga binoan, faollikning har qanday ko’rinishi – ularning shakli, turidan qat’iy nazar yagonadir. Ularning ichki maqsadi va “yakuniy vazifasi” sub`yektining individual yagonaligini ta’minlashi va namoyon etishdagi ibrati bo’lib, bu uning imkoniyatini ustunligi deb hisoblanadi. Pastulat sub`yektining dunyoni bilish hayotiy emas, balki ba’zi haqiqiy o’zaro munosabatlari tomonlarini aks ettiradi. Moslashish xulq-atvor harakatlari zarurligi so’zsizdir. Inson ijodkor, inson- yaratuvchi, so’z oldiga yanada yangi va yanada murakkab maqsadlarni qo’yadi. O’zini boshqarish tuyg’usini moslay, insonning asosiy talablari qatoriga qo’yadi va shunday deb belgilaydi. “Inson kim bo’lsa osishni bilishi kerak. Bu talabni biz samostulizatsiya deb atashimiz mumkin. Mening fikrimcha har qanday qobiliyat ham, iste’dod ham shu bilan birga sabab talab, intilish hisoblanadi”. Olport Moslauga qarshi fikr bildirib, shaxsni u shakllantiradigan tizimdagi obyektiv aloqalardan tashkil bo’ladigan xodisa sifatida, shaxs markazining tavsifi sifatida, uning shakllanishiga , shasning tabiiy borlig’i sifatida belgilaydi. “Shaxs tizimi jiddiylik holatini pasaytirishga , vazminlikka, bir tekislikka intilmaydi, balki aksincha barqarorlikni buzishga shiddatlik holatiga

intiladi”. Olportning xizmatlari insonning shaxsiy tizimi faollashuvi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab berishdan iborat: tizim qanchalik ochiq bo’lsa, determinatsiya shunchalik faol va shunchalik erkin bo’ladi… bu nuqtai nazardan erkinlik tushunchasi qonuniy tarkibni inkor etishni bildirmaydi. Psixologiyada S. Rubinshteynning qoidasi umumiy qabul qilingan metodologik asos hisoblanadi, “tashqi sabablar har doim ichki sharoit orqaligina vositasi sifatida ta’sir ko’rsatadi. Determinatsiyaning bunday tuzilishi tahlil jarayonlarining qonuniyatlarini tushunish uchun shaxs ichki sharoitlari to’plami yaxlitligi sifatida ega bo’ladigan haqiqiy ahamiyati bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quvchi ta’lim jarayonida o’z faoliyatini ishlatib ma’naviy boyliklarni bilim, ko’nikma- malaka ijodiy faoliyat tajribasini o’zlashtiradi.
O’zlashtirish keng qamrovli insoniy xodisa bo’lib, u deyarli barcha fanlarda o’rganiladi. U falsafa, boshqa ijtimoiy fanlar, shuningdek, psixologiya va pedagogikada ham tadqiq qilinadi. Bola o’zlashtirish jarayonida o’zgalar tajribasidan o’tgan haqiqatlarni o’z tajribasi bilan o’zgalar tajribasiga qo’shilib ko’rsatishning asosiy omili o’quvchilarning o’quv biluv faoliyatidir. Faoliyatni keng ma’noda tavarak-atrofdagi narsa-hodisalarga munosabatini amalga oshirish vositasi deb qaraymiz.
Narsa-hodisalarga munosabatni amalga oshira turib o’quvchi o’rganadi. O’rganishning ikki turini farq qilamiz:

    1. Odatiy o’rganish. O’quvchilar o’rtoqlari bilan fikrlayotganda, quyida o’yinda ishtirok etganda, tevarak-atrofdagi narsalar, shuningdek, katta yoshli kishilar, ota va ona, bob ova buvi, qo’shnilar va maktabga kelguncha tasodigfan uchrashgan kishilar bilan muloqotda bo’lish jarayonda ham o’rganadi. Bunday o’rganishni narsalar va odamlar bilan uchrashuv jarayonidagi kundalik odatiy o’rganish deb qayd etamiz.

    2. Rejali o’rganish. Ta’lim jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladi. U ma’lum dastur, darslik, rejim asosida tashkil etilib, u yoki bu ta’limiy maqsadlarni hal etishga qaratiladi. O’rganishning ana shu ikkinchi ko’rinishi zaminida bolalarning o’quv biluv faoliyati yotadi. Biz o’rganishning ikkinchi

turi haqida fikr yuritamiz. Ta’lim sharoitida o’quvchilar o’zlarining o’quv biluv faoliyatini o’qituvchilar va murabbiylar rahbarligid amalga oshiradilar. O’quv- biluv faoliyati istiqbolga yo’nalgan ijtimoiy hodisa bo’lib, o’ziga xos qator xususiyatlarga ega: u birinchi navbatda ijtimoiy harakterni belgilaydi. Oquv- biluv faoliyati normative faoliyatdir. Uni tashkil etish, boshqarish faoliyatni olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj tarqqiyotning ma’lum bir davrida , masalan bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart- sharoitlar va г yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor shu istakning ortida esa, o’sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  1. Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, uyqu) jinsiy moslashuv ehtiyojlari.

  2. Ijtimoiy ehtiyojlar – bu mehnat qilish, bilim olish va axloqiy-ma’naviy ehtiyojlar.

Ehtiyojlarni biologic hamda ijtimoiy turlariga bo’lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Masalan, ovqatga bo’lgan ehtiyojni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun to’y-marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib qo’yganligini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi hashar bo’lsachi, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon
so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bog’liq narsa deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanilmasligi ham mumkin. Ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi. “Nega?” degan savolga “O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman” deb javob beradi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi. Ya’ni dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv- konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashxur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok etish va baholashga ega bo’ladi. Shunisi ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyatdagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosini reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik
–diepozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajribaga tayangan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, talaba semestr yaqinligini bilib ko’proq harakat qiladi. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni maqsadli shaxsda va aynan ularning tabiati va zaruriyatiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun, talabaning o’quv nazorat qilishda davlat ta’lim standartlariga rioya qilinadi. Uning yutuq va kamchiliklariga tarqqiyot darajasidan barcha: ota-ona, jamoatchili, davlat manfaatidir. Binobarin, o’quv- biluv faoliyatining taraqqiyoti mamlakatimiz istiqboli bilan uzviy bog’liq.
O’quvchi darsga kelgach, o’qituvchi rahbarligida shakllantiriladi. U o’zgalar- o’qituvchi rahbarligida rivojlanish, shakllanish, tarbiyalsh bosqichiga o’tkazadi. Bu xodisalar inson faoliyatida umrbod davom etadi, ta’lim sharoitida o’quvhcilar oldiga qo’yilgan topshiriq, o’quv yumushlari, muammo, o’quv savollari o’ziga xos qiyinchilik bo’lib, ularni hal qilish o’quvchilarni tarqqiyotiga yetaklaydi. Boshqacha yanada ommabop qilib aytganda, ta’lim jarayonidagi salbiy ziddiyatlarni hal qilish yo’li bilan o’quvchi kamolot pog’onalaridan yuqoriga ko’tarila boradi.
O’quvchilarni bilish jarayonida sub`yekt-ob`yekt munosabati bir tomonlama ta’sir bo’lmay aksincha, ular o’rtasidagi dialektik o’zaro ta’sirdir. Ularning bir-biriga ta’siri asosida insonning ijtimoiy-tarixiy amal yotadi. Predmetlarga ongli maqsad asosida yo’nalganlik faoliyatining insongagina dahldor tomoni bo’lib, u xulq ijtimoiy me’yorlari, belgilar hamda ularning mazmun va ma’nolarida xatti-harakatlarini amalga oshirish vositalari ishlab chiqarish qurollari, vositalari bilan aloqadorlikda namoyon bo’ladi.
Faoliyatning sub`yektligi – faolligi uning oldin egallagan bilim, hosil qilingan tajriba bilan bog’liqligida bilishning ehtiyoji va maqsadlar bilan aloqadorligida u yoki bu xatti-harakatni amalga oshirishga tayyorligida ko’zga tashlanadi.
Mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish darajalari, faollik, samaradorlik ko’p jihatdan faoliyat sub`yektiga bog’liq. Shuning uchun inson faoliyatining umumiy ko’rinishiga faoliyat subyektini o’rganishga ehtiyoj tug’iladi. Shunday qilib, bilish xodisalarini sub`yekt va ob`yekt munosabatida tahlil qilish falsafada allaqachon isbotlangan yetakchi tamoyillardan sanaladi. Keyinchalik bilish xodisalarni subyekt va obyekt munosabatida tahlil etish asta-sekin psixologiya sohasida ko’cha boshlaydi.
L. Vigotskiy tafakkur va nutq xodisalarni sub`yekt va obyektning o’zaro ta’siri nuqtai nazaridan tahlil qilib tushunchaning ikki xil xususiyatini ajratadi: tafakkur aktlarning predmetlarini tushunchalarda qamrab olish; tushunchaning ob`yekt predmetlariga munosabatini so’zda aks ettirish. Bilish faoliyatini
o’rganish tafakkur to’g’risidagi “madaniy-tarixiy” konsepsiyaning shakllanishiga olib keladi. Shu bilan birga u bilish faoliayatida belgining, masalan so’zning xususiyatlarini tahlil qilib, bola tafakkuri taraqqiyotida uch bosqichni ajratadi: sinkretik bosqich. Bu maktabgacha tayyorgarlik davriga to’g’ri keladi. Bola berilgan shakllardan tartibsiz ko’plikni (bolaning bir o’yinchoq yoniga boshqa birini keltirib qo’yishini eslang) hosil qiladi.
Narsalarning tasodifiy, ko’zga tashlangan belgilariga ko’ra bir guruhga to’plash sinkretik faoliyatdir. Keyinchalik bola narsa-xodisalarni faqat subyektiv xususiyatlariga o’ra emas, shu bilan birga narsa-xodisaning obyektiv xodisalariga ko’ra alohida-alohida guruhlarga ajratadi. Bu bola tafakkuri tarqqiyotidagi navbatdagi bosqichdir. Bu bosqichda so’z belgi bola bilishida yetakchi vositaga aylana boshlaydi. L. Vigotiskiy analiz va sintezni inson aqliy faoliyati operatsiyalari usullari shaklida tahlil qiladi. Bolaning tafakkuri, fikrlashida asta-sekin so’z belgi katta rol o’ynay boshlaydi. Inson tafakkurining turli bosqichlarida qanday belgilar qo’llanishiga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. Masalan, kompleks bilan tushunch ao’rtasidagi farq birinchisi, ya’ni kompleks narsalarning nimi so’zni funksional qo’llashdagi umumiylik bilan izohlanadi. Komplekslar vositasida fikrlash asta-sekin bola ishlatadigan so’zning bir-biriga mos kelishi, ularning bir-biriga tushunilishi so’z belgi vositasida amalga oshishini L. Vigotiskiy birinchilardan bo’lib sub`yekt va ob`yekt munosabatida izohlaydi.
Ammo u sub`yekt va ob`yekt munosabatida ularning birinchisini – insonni rivojlantirishda, ikkinchisi – ob`yektni sobitlikda farqlaydi. Aslida esa sub`yektdagi o’zgarishlar ob`yektning, uning o’zgarishlar ta’sirida, ularning o’zaro ta’sirida yuzaga keladi. Bu qonuniytni asoslashga psixologlardan birinchi bo’lib, S. Rubinshteyn erishgan edi. Uning yozishicha, fikrlash jarayoni va nazariy bilim o’zaro uzviy bog’langan. Ammo ularning o’zaro dialektik bog’liqligi, ularni tafakkuri va faoliyatni bir-biriga teng xodisalar deb qarashga olib kelmasligi kerak. Faoliyatning psixologik tomonlarigina dahldor. Har qanday xatti-harakat, har qanday faoliyat amaldahi individni, shu faoliyat
subyektini o’zi ham, uning psixologik mohiyatini o’rganishga o’tar ekanmiz, balki amaliy va nazariy faoliyat sohasini tahlil qilamiz. S. Rubinshteyn aytganidek, “Insonni ongli mvjudot va faoliyat subyekti mavqeida o’rganish mumkin”.
Individ o’zaro ta’sir doirasidagina o’zaro ta’sir sub`yektiga aylanadi. Sub`yekt jismga teng bo’lmaganidek, konkret ilmiy ma’noda obyekt ham, jism ham muhitga teng emas. “Individ subyekt sifatida amal qila turib subyekt va obyekt tizimining komponenti sanaladi. Mashxur didaktik olim Yu.Babanskiy o’zining qator asarlarida ta’lim jarayoni xususiyatlarini o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’sir xususiyatlaridan kelib chiqib bayon qilgan. U ta’limni optimlashtirish, intivinlashtirish, tahlil metodlari mohiyatini o’qitish va o’qish faoliyatlarini birligidan ularning o’zaro kirishuvidan izlagan edi. Pedagogikada ham insonning bilish ijodiyotini sub`yekt-ob`yekt tizimida tahlil qilish zarurligini mutaxassislar asta-sekin e’tirof etmoqda.

II-2. Kasb-hunar kolleji ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarni ijtimoiy faollikkka o’rgatishda o’qitishning qiziqarli faol usullaridan foydalanishning pedagogik asoslari.


“Erkin va mustaqil ommaviy qiziqarli va faol usullar har tomonlama rivoj topishi lozim”. I.A.Karimov


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tendensiyalaridan biri inson faoliyatining hamma sohalari shuningdek, ta’lim sohasining qiziqarli faol faol usullarning kirib kelishi, ta’limning tubdan qayta qurishni taqazo qiladi. Qiziqarli faol usullardan foydalanish yangi pedagogik texnologiyaning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishga sharoit yaratb beradi.

  • Har bir individga ta’lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta’lim tizimi;

  • Bilish jarayonini tashkil etishni o’zgartirish;

  • Ta’limni axborot-metodik ta’minlashning boshqarishning samarali tizimini yaratish;

  • Qiziqarli faol usullarni o’ziga xos xususiyatlaridan foydalanish va uni qo’llay bilish.

Ta’limning qiziqarli faol usulidagi muammosini yechishga ilmiy yondoshuv o’quvchilarning kompleks bilim, malaka, ko’nikmalari shaxsiy sifatlarini shakllantirish orqali professional vazifalarni samarali bajarish va qiziqarli faol usullarni tushunish va uni sezish bu usullar vazifalarini hal etish eng muhim maqsaddir.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida qiziqarli faol usullardan foydalanish tajribasidan:
Qiziqarli faol usul darslarda o’quv-biluv faoliyati guruhlarda tashkil etishning o’ziga xosliklari mavjud.

    • Bu shakldagi o’quvchilar guruhlarga bo’linib, har bir guruhga aniq alohida vazifalar beriladi.

Har bir guruh alohida ya’ni bir xil ya’ni biror yetakchi rahbarligida tashkil etiladi:

    • Guruhlarga topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg’ulot yakunida har bir ishtirokchi yoki guruh a’zosining qanchalik hissa qo’shganligi hisobga olinadi.

    • Guruhlar tarkibi doimiy bo’lmasligi mumkin, ular shunday tartibda shakllantiriladiki, topshiriqni bajarishda har bir guruh a’zosiga o’zining maksimal hissasini qo’shish imkoniyati muhiti yaratiladi.

    • Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin. Odatda guruhlarda 4-6 hafar a’zo ishtirok etadi.

Uning tarkibiga beriladigan topshiriqlarning mazmuni va harakterlariga qarab o’zgartirishlar kiritishi mumkin.
Guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash ko’nikmalariga ega bo’lgan o’quvchilarning bo’lishi kutilgan natijalar beradi.
Guruhiy o’quv-biluv ishlarini tashkil etishda ayrim o’quvchilarning individual yordamiga muhtojliklari seziladi. Shunday vazifalarda o’qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bo’lmagan o’quvchilarga yordam berib borishi maqsadga muvofiq.
Guruhli o’quv-biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, tabiiy fanlardan tashkil topgan amaliyot, nutq o’stirish mashg’ulotlari (diveloge) materialni o’zlashtirish, tarixiy materiallarni o’zlashtirish va mehnat darslarida juda qo’l keladi. Bu holatlarda o’zaro muloqot o’rganish mustaqil izlash yaxshi natija beradi.
Guruhli o’quv-biluv faoliyati yan o’quv mavzuviy konferensiyalari, munozara, mushoira, debat, savol-javob ma’lum mavzudagi kichik ma’ruzalar o’rganishda ham juda qo’l keladi.
Bunday o’quv-biluv faoliyatida guruh a’zolari juda faollik ko’rsatadilar, o’z fikr pozitsiyalarini himoya qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. Guruhli o’quv-biluv faoliyatini tashkil etishda guruh a’zolari orasida vazifalar aniq taqsimlansa, o’zaro hamkorlik to’g’ri yo’lga qo’yilsa samarali natija beradi.
O’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini guruhli tashkil etishda quyidagi elementlar hisobga olinmog’i kerak;

  1. O’quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash o’quv topshiriqlarni aniq qo’yish, guruhda ishlash bo’yicha tushuncha berish, reglament o’rnatish.

  2. O’quv topshiriqlarini bajarish bo’yicha reja tuzish uni muhokama qilish, uni hal etish yo’llarini aniqlash va ishni olib boorish bo’yicha o’zaro vazifalarni taqsimlash.

  3. O’quv topshiriqlarni bajarish bo’yicha ishni tashkil eta bilish.

  4. Guruhdagi ishni tashkil etishda ish jarayoni va a’zolar ish jarayonini kuzatish va zarur hollarda yordamga kelish.

  5. Guruhda topshiriqlarni bajarish jarayonida o’zaro tekshiruv va nazorat olib borishni yo’lga qo’yish.

  6. Guruhlarga natijalarni bajarish natijalari bo’yicha axborot berish, sinfda munozaralar o’tkazish, ish jarayonining borishiga qoshimch ava tuzatishlar kiritib boorish.



TRENING.
Qiziqarli faol metodlarda ishlash va o’sha sharoitlarda ishlash malakalarini hosil qilish uchun treninglar tashkil etadi.
Treningda ishtirok etuvchilar ma’lum bo’lgan metodlar o’z o’quv faoliyatlaridan foydalanish uchun malaka va ko’nikmalarni hosil qiladilar. Treninglar davomida mavjud bo’lgan yangi metodlar muhokama qilinadi, o’rganiladi, ko’nikmalar hosil qilinadi. O’zlari shu asosida yangicha ishlash faoliyatini o’rganadilar. Umuman treninglar qo’shimch ata’lim olishning asosiy formalaridir. Treningning o’ziga xosligi shundaki, mutaxassisni o’z faoliyatida bo’ladi. O’qituvchi o’z o’quv-biluv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil ish yuritish, qarorlar qabul qilishni o’rganadilar.

  • Mutaxassislar trening tashkil etuvchi mashg’uloti tavsiya etadi.

  • O’z faoliyatini tashkil etuvchi mashg’ulotlar.

  • Komanda bo’lib o’qishga tayyorgarlik.

  • Boshqalarni o’qitish ko’nikmalarini olish.

  • Qo’shimcha ta’lim oluvhci ehtiyojini qondirish.

O’qituvchi ta’lim mazmunini bayon etish bilan kuchini, mahoratini ishga solish, dadil ko’rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar yordamida yaxshilab tushuntirishga harakat qiladi. O’qituvchi o’quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr yuritadilar. Ta’lim mazmunini birmuncha o’zlashtirishga erishadilar.
Interfaol usullar asosida dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay muhit yaratiladi. O’quvchilarning o’zaro axborot olish va berish uchun sharoit tug’diriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishdan hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlar asosida bilimlarni bir-biriga ilhomlanib, ruhiy qoniqish paydo bo’lib, vaqt o’tganini bilmay qoladilar. Har bir ishtirokchilar ta’lim mazmunini mualliflardek his etadilar, ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar.



Download 179,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish