Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a


O‘zbekistonda “inson kapitalini” rivojlantirish –Innovatsion rivojlantirish strategiyasini bosh maqsadi



Download 2,31 Mb.
bet103/160
Sana22.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#574267
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
2 5384125690360632943 (1)

O‘zbekistonda “inson kapitalini” rivojlantirish –Innovatsion rivojlantirish strategiyasini bosh maqsadi.

1.Innovatsiya tushunchasi va turlari.O‘zbekistonda Innovatsion rivojlantirish strategiyasini bosh maqsadi– “inson kapitalini” rivojlantirish.


2.Bilimga asoslangan iqtisodiyotda “inson kapitali”ning roli.
3.O‘zbekiston rivojlanish Strategiyasini vazifalari va asosiy yo‘nalishlari.
Innovatsiya tushunchasi va turlari.O‘zbekistonda Innovatsion rivojlantirish strategiyasini bosh maqsadi– “inson kapitalini” rivojlantirish.
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim shartidir.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy majlisga murojaatnomasida ta’kidlanganki:” Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha soxalarni tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz.Chunki zamon shiddat bilan rivojlangan borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr,yangi g‘oyaga,innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.” 7
Innovatsiya bu insonning aqliy mehnati natijasida yaratilgan yangilik, ilm fan yutuqlari.Innovatsiyaning bir nechta tushunchalari bor.Masalan ,innovatsiya deb ishlab chikarish jarayonning yo‘lga qo‘yilishi,biznesni yuritishda marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishi, ish o‘rinlarini tashkil etishni yoki tashqi aloqalarni o‘rnatilishini o‘zida mujassamlashtirgan faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Innovatsiyaning yana bir tushunchasi xam ishlatiladi. Innovatsiya deb yangi kiritilgan yoki takomillashtirilgan maxsulot,ish ,xizmat deb xisoblanadi.
”Innovatsiya bu kelajak degani.Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak,uni aynan innovatsion g‘oyalar,innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.”8
Innovatsiya bu g‘oyaning tovarga, ishga,xizmatga aylanishi.Bu qo‘yidagi sxemada ko‘rsatilgan. Innovatsiyaning asosiy turlari texnologik, ijtimoiy, maxsulotlik, tashkiliy, marketing turlari bo‘ladi.
Bilimga asoslangan iqtisodiyot iqtisodiyotning sanoat rivojlanishidan keyingi va innovatsion iqtisodiyotning oliy bosqichi hisoblanadi. Bunda ko‘pincha “bilimga asoslangan iqtisod” atamasi “innovatsion iqtisodiyot” sinonimi sifatida ishlatiladi. Ammo bilimga asoslangan iqtisodiyot – innovaison iqtisodiyotni rivojlantirishning oliy bosqichidir.
Jahon banki ekspertlarining ta’rifiga ko‘ra: “Bilimga asoslangan iqtisodiyot – o‘zining o‘sishi va raqobatdoshligini oshirish uchun bilimlarni yaratadigan, tarqatadigan va ulardan foydalanadigan iqtisodiyotdir”9.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mutaxassislari tomonidan bilimga asoslangan iqtisodiyotga batafsilroq ta’rif berilgan, ya’ni u “bilimlar barcha tarmoqlar, barcha sektorlar, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini boyitadigan iqtisodiyotdir. Ayni paytda bunday iqtisodiyot turli shakllardagi bilimlardan foydalanibgina qolmasdan, balki mazkur bilimlarni yuqori texnologiyali mahsulotlar, yuqori malakali xizmatlar, ilmiy mahsulot va ta’lim sifatida yaratadi”10 (4–chizma).
Bir so‘z, bilan aytganda iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishi mamlakat taraqqiyoti va xalq farofonligining muhim shartidir. Va bu jarayon uzluksiz, doimiy davom etadigan jarayon bo‘lishi zarur. Chunki bugungi kunda dunyoda texnika va texnoligiyalar shu qadar tez yangilanayapdiki, bu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni kuchaytirib yubormoqda. Raqobatga bardosh berish zarurati ishlab chiqarish korxonalarini texnik texnologik jihatdan, kadrlarni bilim va ko‘nikmalar jihatidan doimiy yangilab, zamonaviylashtirib borishni talab etmoqda.
Iqtisodniyotni modernizatsiya qilish jarayonlari innovatsiyalarning joriy qilinishi bilan birga yuz beradi. Birini ikkinchisisiz tasavvur qilish mumkin emas. Innovatsiya jarayonlari modernizatsiyaning ichida ketadi. Agar modernizatsiyalashni strategiya deb olsak, innovatsiya jarayonlarini strategiyani amalga oshirish borasidagi taktik faoliyat desa bo‘ladi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish