Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya


VA  SERTIFIKATLASHTIRISH  BO‘YICHA  XALQARO



Download 15,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/296
Sana29.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#79139
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   296
Bog'liq
580db6c45711c

VA  SERTIFIKATLASHTIRISH  BO‘YICHA  XALQARO 
TASHKILOTLAR
5.1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti — Britaniya muhan- 
dislik  standartlari  assotsiatsiyasi  (British  Engineering  Standards 
Association)  1901-yilda  tashkil  etilgan  bo‘lib,  biroz  keyinroq, 
Birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi,  Germaniya qo‘mi- 
tasi  (1918-y.),  Amerika  qo‘mitasi  (1918-y.)  va  boshqalar tashkil 
topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini 
taqozo  qildi.  Shu maqsadda  1926-yili standartlashtirish  bo‘yicha 
milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. 
ISA ning tarkibiga 20 mamlakat kirdi.
1938-yili  Berlin  shahrida  standartlashtirish  bo‘yicha  Xalqaro 
qurultoy  ochildi.  Uning  tarkibi  turli  texnika  sohalari  bo‘yicha 
32  ta  qo‘mita  va  kichik  qo‘mitalardan  tashkil  topdi.  1939-yili 
boshlangan  Ikkinchi jahon  urushi  ISA  ning  faoliyatini  to ‘xtatib 
qo‘ydi.
Hozirgi  Xalqaro  standartlashtirish  tashkiloti  (International 
Standards  Organization)  1946—1947-yillari  tashkil  topdi,  u 
qisqacha  ISO  deb  yuritiladi.  Bu  nufuzli  tashkilot  Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, 
rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — xalqaro 
miqyosdagi tovar almashinuvida va o ‘zaro yordamni yengillashtirish 
maqsadida  dunyo  ko‘lamida  standartlashtirishni  rivojlantirishga 
ko‘maklashish hamda  aqliy,  ilmiy,  texnik va  iqtisodiy faoliyatlar 
sohasida hamkorlikni rivojlantirishdir.
188


Bu maqsadlarni amalga  oshirish  uchun:
— dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan 
sohalarda  uyg‘unlashtirishni  yengillashtirish  uchun  choralar 
ko‘rish;
— xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqish  va  chop  etish  (har  bir 
standart  uchun  uning  faol  tashkiliy  va  kichik  qo‘mitalarining 
uchdan  ikki  qismi  ovoz  bersa  va  umumiy  ovoz  beruvchilarning 
to ‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart m a’qullanishi mumkin);
—  o ‘z  qo‘mita  a ’zolarining  va  texnik  qo‘mitalarning  ishlari 
haqida  axborotlar almashinuvini tashkil etish;
—  sohaviy  masalalar  bo‘yicha  m anfaatdor  bo‘lgan  boshqa 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
ISO  rahbar  va  ishchi  qo‘mita  idoralaridan  tashkil  topgan. 
Rahbar  idoralari  tarkibiga  Kengashning  yuqori  idorasi  —  Bosh 
assambleya,  Kengash,  ijroiya  byurosi,  texnik byuro,  kengashning 
texnik qo‘mitalari va markaziy kotibiyat kiradi.
ISO da  prezident,  vitse-prezident,  g‘aznachi  va  bosh  kotib 
lavozimlari  mavjud.  Bosh  Assambleya  —  ISO  ning  Oliy  rahbari 
bo‘lib,  ISO ning  yig‘ilishi  uch  yilda  bir  marta  boladi.  Uning 
sessiyasida prezident uch yil muddatga saylanadi.
Bosh  assambleya  o‘tkazish  vaqtida  sanoat  sohasida  yetakchi 
mutaxassislar  ishtirokida  xalqaro  standartlashtirishning  muhim 
muammolari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
ISO  kengashi  yiliga  bir  marta  o‘tkazilib,  unda  tashkilotning 
faoliyati,  xususan,  texnik idoralarning  tuzilishi,  xalqaro  standart- 
larning  chop  etilishi,  kengash  idoralarining  a ’zolari hamda texnik 
qo‘mitalarning raislarini tayinlash va boshqa masalalar ko‘riladi.
ISO  tarkibini  ikkita  tashkilot  tashkil  etadi:  1944-yilda  asos 
solingan  ISA va  BMT  qoshidagi  standartlarni  muvofiqlashtirish 
q o ‘m itasi 
—  U N S C C   (uning  bosh  qarorgohi  L ondonda 
joylashgan).
ISO  ni  yaratishdan  maqsad  —  xalqaro  miqyosda  sanoat 
standartlarini unifikatsiyalashtirish va muvofiqlashtirishni yengil­
lashtirish.  Hozirgi kunda  150  ta  davlat  ISO  tashkilotining  a ’zosi 
hisoblanadi.
189


ISO xalqaro nohukumat tashkilotdir.  ISO ning rasmiy tili rus, 
ingliz  va  fransuz  tillari  hisoblanadi.  Tashkilotning  budjeti  yillik 
a ’zolik to ‘lovlari va ISO nashrlaridan olingan mablag‘lardan shakl- 
lantiriladi.
ISO ning qonunchilik idorasi Bosh assambleyasi bo‘lib,  u har 
uch yilda bir marotaba yig‘ilish o ‘tkazadi.
Bosh assambleyaning sessiyalari orasida ISO rahbariyati prezi- 
denti boshchiligida  kengash o‘tkazadi. ISO Kengashi o‘z faoliyatini 
ISO  bosh  direktori  boshchiligida  Ijroiya  qo‘mitasi  va  Markaziy 
kotibiyati orqali  amalga oshiradi.
ISO ning asosiy qo‘mitalari Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy- 
texnik axborotlar tamoyilini  o ‘rganish bo‘yicha doimiy qo‘mita — 
INFCO,  Mahsulotlarni  attestatsiyalash  qo‘mitasi  —  SERTICO, 
rivojlanayotgan  mamlakatlarga  yordam  ko‘rsatish  qo‘mitasi  — 
DEVCO  hisoblanadi.
ISO  ning  eng  muhim  idorasi  Standartlashtirish  tamoyillarini 
ilmiy o‘rganish bo‘yicha doimiy qo‘mita (The Standing Committee 
for Study of Scientific Principles of Standardization) hisoblanadi. 
U  qisqartirilgan  holda  ISO/STAKO  yoki  oddiygina  STAKO 
(STACO)  deb  nomlanadi.
ISO ning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilgan texnik qo‘mitalari 
(ISO /TK )  va  q o ‘mitaosti  qo‘m italari  (IS O /T K /P K )  xalqaro 
standartlarni ishlab chiqishni bajaradi.
1994-yilga kelib, ISO tarkibiga 100 ta milliy tashkilot, jumladan, 
M DH mamlakatlari ham a ’zo bo‘ldi.
ISO ning eng muhim yo‘nalishlari sifat, axborot texnologiyalari, 
xalqaro  standartlar bilan ishlovchi boshqa kooperatsiyalar,  atrof- 
muhit,  ta ’lim yo‘nalishlari hisoblanadi.
ISO  quyidagi hujjatlarni nashr etadi:
— harfli indeksi va sonli raqami mavjud bo‘lgan xalqaro  stan­
dartlarini  (masalan,  ISO  1000);
— guruhli mavzulari va qo‘llanish sohasi bo‘yicha joylashtirilgan 
xalqaro  standartlarning yillik katalogini  (ISO  Catalogue);
— ISO tuzilmasi va uning har bir texnik qo‘mitasining faoliyati 
sohasi  haqidagi  axborotlardan  tarkib  topgan  yillik  m a’lumot 
(ma’lumotnoma)larni  (ISO  Memento).
190


ISO  a ’zolari  yoki  muxbir-a’zolari  mamlakatda  standartlash- 
tirishni  rivojlantirish  darajasiga  aloqadorligidan  kelib  chiqib, 
standartlashtirish  b o ‘yicha  milliy  standartlashtirish  tashkiloti 
bo‘lishi  mumkin.  ISO  tarkibiga  kirish  to ‘g‘risidagi  takliflar  ISO 
markaziy kotibiyatiga jo ‘natiladi  (Shveysariya,  Jeneva  shahri).
1972-yilgacha  standartlashtirish  bo‘yicha  ISO  hujjatlariga 
tavsiya sifatida  qaralgan.  Hozirgi vaqtda bunday hujjatlar ISO  ga 
a ’zo  davlatlarning  barchasi uchun xalqaro  standartlar mavqeyiga 
ega.
Hozirgi paytda ISO sayyohlik,  mehmonxona,  moliya,  sug‘ur- 
talash  xizmatlari,  xo‘jalik  texnikalarini  ta ’mirlash  bo‘yicha  xiz­
matlar,  kadrlarni tayyorlash  va  ta ’lim bo‘yicha  xizmatlarni  stan­
dartlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlarni rivojlantirmoqda.
ISO  1995-yilda  Internetda o ‘zining http://www.iso.ch.  nomli 
sahifasini ochdi.
ISO  tashkilotining  tashkiliy tuzilmasi  5.1-rasmda  keltirilgan. 
Bosh boshqaruv organi Bosh assambleya bo‘lib hisoblanadi.  Bosh 
assambleya  sessiyalari  o ‘rtasidagi  davrda  tashkiliy  ishlarni  stan­
dartlashtirish  bo‘yicha  milliy  tashkilotlar  vakillari  kiruvchi  ISO 
Kengashi boshqaradi.
ISO Kengashiga yettita -  STACO,  PLACO,  INFCO, CASCO, 
DEVCO,  COPOLCO  va  REMCO  qo‘mitalari  bo‘ysunadi.
STACO  ISO  Kengashiga  xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqish 
usuli va tamoyillari bo‘yicha uslubiy va axborot yordam ko‘rsatadi.
U  asos  soluvchi  standartlashtirish  tamoyillarini  o ‘rganish  va 
ushbu sohadagi optimal natijalarga  erishish bo‘yicha tavsiyalarni 
tayyorlaydi.  STACO  savdoni  rivojlantirish  uchun  xalqaro  stan­
dartlarni qo‘llash bo‘yicha terminologik seminarlarni tashkillash­
tirish bilan ham shug‘ullanadi.
PLACO  tomonlarning  ishlarini  tashkillashtirish  va  texnik 
muvofiqlashtirish,  ISO ning ishlarini rejalashtirish bo‘yicha tavsiya- 
larni tayyorlaydi.
CASCO mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar va sifat tizimi stan­
dartlari talablariga muvofiqlikni tasdiqlash, sinov laboratoriyalari- 
ning layoqatliligi va sertifikatlashtirish idoralariga tegishli masalalar
191



Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish