Ta’limda elektiron darsliklardan foydalanishning dolzarbligi, yutuqlari va rivojlanish istiqbollari



Download 18,34 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi18,34 Kb.
#793817
Bog'liq
3 Xurramov L.Yo. Tosh PD Un tezis 21



TA’LIMDA ELEKTIRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI, YUTUQLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Xurramov Latif Yoqubboy o’g’li
(samarqand davlat universiteti, latif.xurramov.90@mail.ru)
Ushbu maqolada zamonaviy electron ta’lim jarayonining afzalligi, ahamiyati va istiqbollari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi zamonaviy jamiyat hayotidagi ta’limning alohida o’rni bilan belgilanadi.
Inson salohiyatining sifati, odamlarning tabiiy va ijtimoiy muammolarga qarshi turishga tayyorligi ko’p jihatdan ta’lim tizimining samaradorligiga bog’liq. Milliy ta’limni takomillashtirish jarayonida zamonaviy texnologiyalar har yili tobora kuchayib bormoqda, ularning joriy etilishi ta’limni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga, shuningdek kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlash sifatini yaxshilashga va ta’limning yaqinlashishiga ilm bilan yordam beradi. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalari qatorida ta’lim jarayoniga ham keng joriy etilib borilmoqda. Oliy ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa yangi imkoniyat hamda jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish — bu ta’lim jarayonlarini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi bo’lib, ta’lim sifatining oshishida namoyon bo’ladi hamda talabalarda ta’lim olishga intilishlarining kuchayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun-mohiyati bilan: «Turli predmet, obyektlar va hodisalar haqida axborot to’plash, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, tarqatish hamda foydalanish uchun yangi zamonaviy usul va mexanizmdir» [1,12-b.].
Zamonaviy ta’lim yuqori darajada axborotga boyligi bilan ajralib turadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi aynan shu jihatga asoslangan. Ta’limda yangi o’qitish usullaridan foydalanish zarurati ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi elektron nashrlar yaratilishiga sabab bo’ldi. Biz “axborotni himoyalash” fanida elektiron darslik yaratdik. Elektron darslik o’zida nazariy axborot va amaliy topshiriqlarni, foto va audiomateriallarini jamlaydi. Elektron darslik — bu talabalarda o’zlashtirishi uchun hamda ko’nikma va malakalar orttirishida zarur bo’lgan bilimlar bayon etilgan o’quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega bo’lgan vositadir. Bu darslik o’quv materiali mantiqiy bayon etilishi, yuqori darajada texnik jihozlanishi hamda badiiy jihatdan bezatilganligi bilan o’ziga xosdir. Bu elektron darslik qog’ozli darslikka nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega:

  • foydalanishda oddiyligi va qulayligi;

  • elektron darslik resurslarini yangilab borish imkoniyatining mavjudligi;

  • ta’lim jarayonini avtomatlashtirish va ta’lim xizmatlarini taqdim etish tezligini oshirish;

  • axborotlarning to’liqligidan iborat.

Ta’limda elektron darslik kabi innovatsion texnologiyadan foydalanish, elektron darslikning ta’lim jarayonida tutgan o’rni, elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatidagi mavzularda quyidagi olimlar: A. A. Kuznetsov, A. A. Grechixin, T. M. Lepsova, E. S. Polat, V. A. Vul, V. M. Gasov, A. M. Siganenko, V. N. Ageyev, M. M. Subbotin, Yu. M. Sivenkov, E. Yu. Semenov va boshqalar (Chervyakova Ya. I., Chibisova O. V. Elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatida Eksperimental ta’lim xalqaro jurnali — 2010. 4-son) ilmiy izlanishlar olib borganlar. [2,32-b.].
Elektron darslik yaratish o’quv materialini yanada chuqurlashtirib o’rganish va uni kelgusida amaliy faoliyatda qo’llash zarurati bilan bog’liq. Elektron darslik ustida o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash talabalarga mustaqil ishlash va o’zini namoyon etish, tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi, talabaga bo’lajak mutaxassislik bo’yicha salohiyatli shaxs bo’lishiga imkon beradi. Bu talabalar shaxsini takomillashtirish, ijodiy tafakkuri va qobiliyatini shakllantirishni ta’minlovchi optimal sharoit yaratadi. Axborot jamiyati sharoitlarida ta’lim sohasida rivojlanishning zamonaviy odimlari, masalan, talabalar mustaqil ishlari sonining o’sib borishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalardan muntazam ravishda, bilimlari sifati va darajasini oshirishni talab etadi. Ta’lim jarayoni uchun o’quv materialini talabalar ishtirokida tayyorlash — talabalarning ilmiy faoliyatining boshlang’ich bosqichida ularning tashabbuskorligi va mustaqilligini, o’z bilimi doirasini kengaytirishda mas’uliyatliligini oshirish, ilmiy izlanish ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish yo’lidagi yordam beruvchi muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’z oldimizga talabalar ishtirokida namunaviy elektron darslik yaratish loyihasini amalga oshirish vazifasini qo'ydik. [3,18-b.]
Elektron darslik ustida olib boriladigan ishlar bir necha bosqichdan iborat. Birinchi navbatda, uning rejasini tuzish masalasi turadi, unda talabalar mutaxassisligining o’ziga xosligi nazarda tutiladi. Reja quyidagilardan iborat bo’lishi shart:

Loyihani amalga oshirishdan maqsad — talabalar seminar, sinov va imtihonlarga tayyorlanishida foydalanadigan qulay elektron ko’rinishda o’quv qo’llanmasini yaratishdan iborat. Maqsad quyidagi vazifalar bilan yanada aniqlashtiriladi: talabalar lug’at boyligini oshirish; dunyoqarashni kengaytirish; kommunikatsion malakalarni rivojlantirish; kasbiy-mutaxassislik bilimlari darajasini oshirish va boshqalar. Elektron darslikni ishlab chiqish va nashr etishda asosiy bosqich turli manbalardan axborotlarni yig’ish va tahlil qilish bo’lib hisoblanadi. Darslikni yaratishda uning bo’limlariga chet el mualliflarining maqolalari, davriy matbuot va elektron resurslar materiallari ham kiritilishi zarur. Elektron darslikning asosiy tarkibiy qismi maxsus kompyuter dasturi yordamida talabalar tomonidan yaratilgan audioyozuvlar bo’lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, elektron darslik shunchaki yozma materiallar jamlanmasigina emas, balki audio-qo’llanma bo’lib ham hisoblanadi, eshitish va vizual foydalanish uchun taqdim etishga mo’ljallangan axborot majmuasidir. Elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo’nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim metodlaridan, aynan — elektron darslikdan foydalanib o’qitish ta’lim sifatini oshiradi, axborot olish jarayonini qisqartiradi hamda ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi.
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Красильникова В. А. Использованиеинформационных коммуникационных технологий в образовании: учебное пособие; ОГУ. 2-е изд. перераб. и дополн. Оренбург: ОГУ, 2012. 291 c.

  2. Захарова И. Г. Информационные технологии в образовании. — М.: Издательский центр «Академия», 2010. — 192 с.

  3. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования / Под ред. Е. С. Полат. — М., 2011.

Download 18,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish