Ta’limiy: o'quvchilarga his-hayajon gaplar haqida ma’lumot berish; his-hayajon gaplarni o'qish ohangini o'rgatish; F. K gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu,



Download 44,19 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi44,19 Kb.
#317926
Bog'liq
3a ona tili 3



Sana: 24.10 21 Sinf:3 "A" Fan: Ona tili

Mavzu: His-hayajon gap (99-100-mashq)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o'quvchilarga his-hayajon gaplar haqida ma’lumot berish; his-hayajon gaplarni o'qish ohangini o'rgatish; F.K Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;

Tarbiyaviy maqsad: gap tuzishni o’rgatish orqali o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish; gaplardan ifoda etilgan mazmunni anglab olish; tabiatni kuzatish va asrashga o'rgatish. o‘quvchilarga tinchlik, do‘stlikni qadrlash kabi xislatlarni singdirib borish; yaxshi niyatlar qilishga o'rgatish. T.K mustaqil ma‘noga ega bo’lgan bir necha so’zdan tuzilgan so’zni topish va namuna asosida so’zlar tuzish;

Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. gap tugagandan so‘ng keyingi gapni bosh harf bilan yozish qoidalarini eslatish; T.K Husnixatga o’rgatishning vazifasi harf, so’z, gap va matnni to’g’ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash.Oquvchilarni

darsga tayyorlash.

II.O’tilgan mavzularni so’rab baholash.

Uyga vazifani so’rab,baholanadilar. O’rganilgan mavzular yuzasidan savollar berib,javob olinadi. 98-mashq. Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlarining har biriga bittadan gap yozing.



III.Yangi mavzu bayoni

Berilgan mavzlarni to’liq tushuntirib boriladi.Qoidalar asosida mashqlarni bajartiriladi. Yangi mavzu e’lon qilinib, o’quvchilar diqqati doska oldiga terib qo’yilgan turli xil rasmlarga qaratiladi. Rasmlarda sho’x-shodon o’g’il-qizlarning har xil quvnoq holatdagi rasmlari tasvirlangan.

O’quvchilar rasmdagi holatni his qilib, shu asnoda his-hayajon anglatgan gaplar tuzadilar. Masalan: Arg'imchoq uchish qanday maza! Voy-bo‘, gullarning chiroyliligini! Voy, suv biram muzdek! Oh, tog‘ havosi biram toza! Oh, buncha shirin tarvuz ekan! kabilar.

Gaplarning har biri ustidan suhbat o’tkaziladi.

Kamola, sen qanday gap tuzding?

Arg’imchoq uchish qanday maza!

Gapdan qanday ma’no anglashilyapti? (His-hayajon ma’nosi anglashilyapti. Bunday gaplarning oxiriga undov (!) belgisi qo’yiladi.)



Boshqa o’quvchilar tomonidan tuzilgan gaplardan yana bir-ikkitasi yuzasidan shunday suhbat o’tkaziladi. O'qituvchi javoblarni umumlashtiradi va qoida chiqariladi: Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap undov gap deyiladi. Undov gapning oxiriga undov (!) belgisi qo'yiladi. Qoida kitobdan bolalarga o'qitiladi.



Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap his-hayajon gap deyiladi.

His-hayajon gapning oxiriga undov (!) belgisi qo‘yiladi.

99- mashq. O‘qing, gaplar qanday mazmun anglatyapti,ularning oxiriga qanday belgilar qo‘yilgan?
Bahorda daraxtlar qiyg‘os gullaydi. Gulkosalar ichiga boshini suqib turgan asalarini ko‘rganmisiz? Ari gul shirasi bilan oziqlanadi, undan asal tayyorlaydi.

Oh, asal juda mazali! Yana uning ko‘p dardlarga davoligi-chi!

Asalning mazasi, foydasi haqida his-hayajon bildirgan gapni o‘qing.

100- mashq. O‘qing.

Kuz keldi. Bog‘da qip-qizil olmalar va sap-sariq noklar pishdi. Ishkomlarda uzumlar tovlanadi. Muso bularni ko‘rib, juda quvondi va otasiga dedi:

Eh, kuz qanday ajoyib fasl!



Nima uchun oxirgi gapdan keyin undov belgisi qo‘yilganligini tushuntiring.

Kuz haqida 2—3 ta gap tuzib yozing.

Unda his-hayajonni bildirgan gaplar ham qatnashgan bo‘lsin.

IV.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Bu darsda nimalarni bilib oldik? Turli xil savollarga berilgan javoblardan 2—3 ta gap yoziladi. Gap oxirida tinish belgisi qo'yiladi. O'quvchilar ko'chirib yozadilar.



V.Baholash

Mavzu qoidalari yod oldirilib, gaplar tuzdirib boriladi. Mashqlar asosida faol qatnashgan o’quvchilar baholanib boriladi.

VI. Uyga vazifa berish va yakunlash. 101- mashq. Har bir gapni o‘ziga xos ohang bilan o‘qing. So‘roq va his-hayajon gaplarni ko‘chiring.


Download 44,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish