Tа’limni tаshkil etish turlаri vа shаkllаri. Dаrs – tа’limni tаshkil etishning аsosiy shаkli sifаtidа taʼlim turlari va shakllarining tavsifi


Taʼlimni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi



Download 282,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.03.2022
Hajmi282,23 Kb.
#486660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
talimni tashkil etish shakllari

Taʼlimni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi. 
Jahon pedagogik fani va amaliyotida taʼlimni tashkil etishning turli shakllari 
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi taʼlimni tashkil etishga oʼz 
taʼsirini oʼtkazadi. 


Аyni vaqtda taʼlimning quyidagi shakllari ajratib koʼrsatiladi: individual
individual-guruhli, sinf-dars, lektsion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan 
tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular oʼquvchilarni qamrab olishi, 
oʼquvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining 
nisbatlari, mustaqilligi darajasi va oʼqish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari 
kabi belgilariga koʼra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) 
individual;
2) 
sinf-darsli;
3) 
maʼruza-seminarli. 
Qadim zamonlarda mavjud boʼlgan oʼqitishning eng qadimgi shakli 
taʼlimning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-
avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo boʼlishi bilan 
qavm boshligʼi turli belgilar yordamida oʼzining tajribalarini yoshlarga oʼrgatgan. 
Oʼqituvchi va oʼquvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida 
repetitorlikni koʼrsatish mumkin. Oʼqishni tashkil etishning individual shakli antik 
davr va oʼrta asrlarda yagona usul boʼlgan, undan baʼzi mamlakatlarda XVIII 
asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Individual taʼlim
bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usuli bizning 
davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning usutunligi oʼquv 
faoliyati mazmuni, metodi va suratini toʼla individualashtirish, aniq bir masalani 
hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon 
berishidan iborat. Individual taʼlim oʼqituvchining yuqori pedagogik malakaga ega 
boʼlishini talab etadi.
Individual oʼqitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari 
ham mavjud boʼlib, ular quyidagilardan iborat:
1) 
vaqtning tejamli emasligi;
2) 
oʼqituvchi taʼsirining cheklanganligi (oʼqituvchining vazifasi 
oʼquvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);
3) 
boshqa oʼquvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati 
cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy taʼsir koʼrsatadi); 
4) 
jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi. 
Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual oʼqitish usulining ahamiyati 
pasayib, uning oʼrnini taʼlimning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi. 
Taʼlimning individual-guruhli shaklidagi Yevropada, XVI asrda keng 
foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda 
ham foydalanganlar. Bunga Аvesto davri misol boʼla oladi, bu davrda oʼquvchilar 
uchun asosiy oʼquv qoʼllanma zardushtiylikning muqaddas manbai “Аvesto” 
(eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) boʼlib kelgan. Аvesto davri jamiyatidagi 
maktablarda individual oʼqitish jamoali oʼqitish bilan birga olib borilar edi. 


Oʼqituvchi “Аvesto” kitoblaridan birini ochadi va oʼquvchilar navbatma-navbat 
kelib ovoz chiqarib oʼqiydilar, keyin esa hamma birgalikda oʼqilganni 
takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Аqliy mashqlar 
oʼqituvchining oʼquvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy 
tarbiyalash individual va jamoali mashgʼulotlar shaklida amalga oshirilgan. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat 
boʼlgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish
yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari 
hisoblangan. Taʼlim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, 
uy vazifalari mavjud boʼlmagan1. 
XI asrdayoq Аbu Аli ibn Sino oʼzining “Tadbiri manzil” nomli ilmiy 
asarining maxsus “Аmuzish va parvarishi modrasas farzand” («Bolalarni maktabda 
oʼqitish va tarbiyalash») boʼlimida oʼquvchilarga jamoali oʼqitish haqida quyidagi 
tavsiyalarni beradi: 
1) agarda oʼquvchilar birgalikda oʼqisalar, ular zerikmaydilar, fanni 
oʼrganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun oʼzaro 
musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning oʼqishi yaxshilanishiga yordam 
beradi. 
2) oʼzaro suhbatlarda oʼquvchilar kitobdan oʼqish yoki kattalardan eshitgan 
qiziqarli maʼlumotlarni bir-birlariga aytib beradilar; 
3) bolalar birgalikda, yigʼilganlarida bir-birilari bilan doʼstlashadilar va bir-
birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga 
oʼquv materiallarini oʼzlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar 
magʼrurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni oʼrganadilar2. 
Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yoʼlida oʼquvchiga maslahatlar» 
nomli oʼzining ilmiy asarida dars olib borish boʼyicha tavsiyalar beradi. Uning 
koʼp yillik dars oʼtish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX 
asrgacha oʼziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida 
foydalanilib kelingan. Аsarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi 
kerakligi yoziladi. Oʼqituvchi maktabda darsga tushinish va oʼzlashtirish mumkin 
boʼlgan oʼquv materiallarini tanlab olishi, darsda oʼrganilagandigan materiallarni 
tushuntirib berishi kerak. Oʼquv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki 
marotaba takrorlanganda oʼzlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni 
qismlarga boʼlish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi.
XV asrda jamoali oʼqitishni tashkil etish gʼoyasini Muhammad Taragʼay 
Ulugʼbek davom ettiradi. Mutafakkir oʼzining madrasalarida individual 
mashgʼulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin boʼlgan 
shaklini joriy qiladi. Umumiy maʼruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga 
odatda, oʼz sohasida mashhur boʼlgan olim mudarris (oʼqituvchi-professor) oʼqiydi, 


amaliy mashgʼulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris 
(oʼqituvchi) olib boradi. Oʼqitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar 
hisoblangan. Samarqand madrasasida maʼruzalarni allomaning oʼzi va Qozizoda 
Rumiy, Mavlono Muhammad, Аli Qushchi, Аvaz Kirmani kabi va boshqa 
mashhur olimlari oʼqiganlar. Muhammad Taragʼay Ulugʼbek va uning izdoshlari 
tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, georafiya, tarix fanlaridan yangi 
darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin 
“jamoa” usulida ham oʼzining salbiy tomonlari boʼlgan. Jamoa usulida XX asr 
maktabida mashhur boʼlgan guruhli-laboratoriya metodida boʼlgani kabi 
oʼzlashtirishni individual xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi oʼzlashtirmagan 
baʼzi shogirdlar ham ilgʼorlar qatorida bir qoʼllanmani oʼrganishdan boshqasini 
oʼrganishga oʼz-oʼzidan oʼtavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda 
madrasani bitirib chiqadilar.
Individual-guruhli shaklining mazmuni mashgʼulotlarni oʼqituvchi bir 
oʼquvchi bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha boʼlgan turli yoshdagi bolalar 
guruhi bilan olib borishidan iborat edi. Oʼqituvchi navbat bilan har bir oʼquvchidan 
oʼtilgan materialni soʼraydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun 
individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar oʼz ishlari bilan shugʼullanadilar. 
Oʼqishni bunday tashkil etishda, bolalar mashgʼulotlarga yilning turli davrlarida 
hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin boʼlgan.
XV va XVI asrlar davomida, Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi 
kuzatildi. Ushbu oʼzgarishlar bolalarga taʼlim berishning ommaviy shakli yuzaga 
kelishiga zamin yaratdi. 
Ulardan biri bolalarni guruhli (jamoali) taʼlim sanaladi. U Gʼarbiy Rossiya 
(hozirgi Belorussiya va Ukrainaning gʼarbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk 
bor qoʼllanilgan va oʼqish sinf-darsli shaklining asosi boʼlib qolgan. Bu tizimlar 
XVII asrda Yan Аmos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy 
jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga oʼquv yili, oʼquv 
kuni, dars, mashgʼulotlar orasidagi tanaffus, oʼquv taʼtillari kabi tushunchalarni 
kiritdi. Quyosh it yulduzlari turkumida boʼlganida bolalarni dam olishga 
yuboradilar («taʼtil» lotinchada – kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi). 
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan boʼlsada, bugungi kunda ham 
keng koʼlamda qoʼllanilib kelinmoqda. 
Sinf-dars tizimining mazmuni oʼquv ishlarini tashkil etish oʼziga xos shakli 
sifatida, quyidagilarda iborat: 
- bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega boʼlgan 
oʼquvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda oʼqishning umumiy davriga 
asosan doimiy tartibini saqlab qoladi; 


- sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali 
boʼyicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va 
oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak boʼladi.; 
- mashgʼulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi; 
- dars odatda bir fan yoki mavzuga bagʼishlangan boʼladi, shu bois 
oʼquvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar; 
- darsda oʼquvchilarning ishiga oʼqituvchi rahbarlik qiladi, u oʼz fani boʼyicha 
oʼqish natijalari, har bir oʼquvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida 
oʼquvchini keyingi sinfga oʼtishi haqida qaror qabul qiladi. 
Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu 
shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy 
qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir 
darsning bir-biri bilan ketma-ket bogʼlangan quyidagi uchta qismini ajratib 
koʼratadi: 
1) 
ilgari oʼrganilgan bilimlar asosida yangi bililarni anglashni amalga 
oshirish va oʼquvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli koʼrsatmani 
yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga 
goʼyoki “eshik” hisoblanadi.
2) 
asosiy masalani hal etishga yoʼnaltiriladi va darsning muhim, 
markaziy qismi hisobalanadi.
3) 
amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, koʼnikma va 
malakalarni mustahkamlashga qaratiladi. 
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga А.Disterveg ham katta 
hissa qoʼshdi. U oʼqituvchi va oʼquvchining faoliyatiga taalluqli oʼqitish 
tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, oʼquvchilarning yoshi 
imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab berdi. 
Taʼlimning sinf-dars tizimi alohida oʼquv fanlarini oʼqitish metodikasi va 
didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini koʼrsatib berdi.
Аfzalliklari: yaxlit oʼquv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini taʼminlovchi 
aniq tashkiliy tizim; jarayonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa 
boʼlib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida 
bolalar oʼrtasida oʼzaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; oʼqituvchining 
oʼquvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional taʼsir koʼrsatishi; taʼlimning 
emotsionalligi (zero, oʼqituvchi bir vaqtning oʼzida oʼquvchilarning katta guruhi 
bilan ish olib boradi), oʼquv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish 
uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni oʼzlashtirish sari 
harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi. 
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni oʼrtacha darajada oʼzlashtiruvchi 
oʼquvchilar uchun moʼljallanganligi, boʼsh oʼzlashtiruvchi oʼquvchilar uchun 


qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli oʼzlashtiruvchi oʼquvchilar 
qobiliyatlarining rivojlanish surʼatining ortga surilishi; oʼqituvchi uchun oʼqitish 
mazmuni va oʼqitish surʼatlari hamda metodlari boʼyicha individual ishlarni tashkil 
etish, shuningdek, oʼquvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishdga 
qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli oʼquvchilar oʼrtasidagi 
munosabatlarning qaror topmasligi. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi boʼlgan 
oʼquvchilarni oʼqitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa 
dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab oʼqitish shakli yuzaga 
keldi (АQShda Batov, Yevropada Maingeyms tizimi).
Yevropa va АQShda, XX asr boshida oʼquvchilarning individual, faol, 
mustaqil oʼquv ishlarini taʼminlashga qaratilgan koʼplab taʼlim tizimlarining 
samaradorligi sinab koʼrilgan. 1905 yili Dal’ton shahrida (Massachusets shtati) 
oʼqituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qoʼllanilgan taʼlimning 
individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dal’ton-
reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U baʼzan laboratoriya yoki 
ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar. 
Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: oʼquv faoliyatining 
muvaffaqiyati maktabda ishlash surʼatining har bir oʼquvchining imkoniyatlari
ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bogʼliq: taʼlim faoliyati ustun turadigan 
oʼqishni anʼanaviy tashkil etish oʼquvchining mustaqil oʼquv faoliyatining 
markaziy hisoblanishi, oʼqituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil 
etishdan iboratligi, sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, 
darslarning bekor qilinishi, oʼqituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, 
oʼquvchining laboratoriya yoki ustaxonalarda oʼqituvchidan olingan topshiriq 
asosida mustaqil shugʼullanishlari va zarur boʼlgan paytda oʼqituvchidan yordam 
soʼrashlari. 
Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga koʼra keskin tanqi dga uchragan. 
XX asr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti taʼlimning loyihali 
tizimini targʼib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kil’patrik ishlab chiqqan. Oʼqitish 
bu tizimining mazmuni oʼquvchilarning oʼzlari loyiha ishlari mavzuni tanlab 
olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bogʼlangan boʼlishi va oʼquv 
guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yoʼnalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xoʼjalik-ishlab 
chiqarish yoki madaniy-turmush tomonlarini aks ettirishi kerak boʼlgan.
60-yillarda Tramk rejasi juda mashhur boʼldi. Uni amerikalik professor 
pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. Oʼqitishni tashkil etishning bu shakli katta 
auditoriyalarda (100-150 odam) mashgʼulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda va 
oʼquvchilarning individual ishlarini birgalikda olib borishni taklif etadi. Turli 
xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy maʼruzalarni olib borishga oʼquv 


vaqtining 40 % iajratiladi. Kichik guruhlarda mashgʼulotlarga (seminarlar) – 20 % 
i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i 
ajratiladi. 
70-yillarda oʼqishni tashkil etish noanʼanaviy shakllarini izlash davom 
ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini 
modernizatsiyalashtirish fikri bilan bogʼliq boʼlgan. Izlanishlar asosiy masalasi – 
oʼqishni individuallashtirish edi. 
Birinchi universitetlar paydo boʼlishi bilan taʼlimning maʼruza-seminar tizimi 
yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta 
oʼzgarishlarga ega emas. Maʼruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, 
konsul’tatsiya va tanlagan kasbi boʼyicha amaliyot hozirgacha lektsion-seminar 
tizim sifatida oʼqishning asosiy shakllaridan biri boʼlib kelmoqda. Lektsion-
seminar tizimi oʼzining sof koʼrinishida oliy va oliy maktabdan keyingi taʼlim 
amaliyotida qoʼllaniladi. Oʼzbekistonda uch yillik oʼrta maxsus, kasb-hunar 
taʼlimini tadbiq etilishi bilan lektsion-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda lektsion-seminar tizimi 
elementlaridan oʼrta maktab katta sinflarida ham qoʼllanila boshlandi. 

Download 282,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish