Taqriz: Frans Kafka. "Jarayon"



Download 0,91 Mb.
bet3/4
Sana23.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#843710
1   2   3   4
Bog'liq
Frans Kafka. Jarayon

Taqriz 3
Tinmay aylanayotgan charxi kajraftorni qay bir intilishimiz, qay bir maqsadimiz ila to‘xtatib qola olamizki, bir zum uning suvratiga mahliyo bo‘lsak-da, yana avvalgi tutumimizga qaytib, jarayonga kirsak. Vaholanki, bunda imkoniyatdan tashqarida bo‘lgan istak, imkoniyat darajasidagi intilishlarimizni yo‘qqa chiqarolmaydi. Ko‘namiz.

Voqealik va reallik


Aslida chalkashlik so‘zi jarayonga ne chog‘lik mos tushmasin, tan olish kerakki, yozuvchi muqaddimada real voqealikni tasvirlaydi. Yozef K. ning ( aybsiz) qamoqqa olinganligi haqida xabar kitobxonda bir muncha asar haqida dastlabki qarashlarni bersa-da, ( “Kafansiz ko‘milganlar”, “1984” - qamoq tasviri) shuning o‘zigina eng katta “portlash” ekanligi kitobxon asarni tugatgandagina ( 340 bet!) anglaydi. Kafka uslubi! Kulminatsiya - asarning eng boshida. Undan keyingi voqealik esa jarayondagi jarayonsizlik! Odatda badiiy asarlarda ruhiyatga kuchli ta‘sir qiladigan o‘rinlar kitobxonni qanchalik ushlab qololsa, (ta‘sir) xotirada umumiy tushuncha va baho berish ham parchadan shakllanadi va intilish ham kulminatsiyaga yaqinlashuvga sabab bo‘ladi. Ammo kitobning o‘rtasida (?) yeyilmog‘i kerak bo‘lgan luqmani boshida istemol qilgan kitobxon, keyingi o‘rinlarda chunon hazm qilishga urinadiki, Kafka bunga aslo yo‘l qo‘ymaydi!(chalkashlik)Yozef K. ni hech bir sababsiz qamoqqa olinishi haqidagi qaror va sud jarayoni kitobxonni mantig‘ini chalkashtirib, yozuvchi qanday ezmalik qilsa ham jimgina tinglashga majbur qiladi.Reallikni boshida payqashga ulgurish yutuq, unda keyini esa sarob.

Chalkashlikdagi tartib.


Bu qanday jamiyat bo‘ldiki, sud, qamoq, qonun kabilarni hal qilishda bir prokuristga kelib chiqishi va yashashining tayini yo‘q bo‘lgan chala rassom ko‘mak berolsa. Aslida, aybdorni qidirishga yozuvchini o‘zi yo‘l qo‘ymaydi. Bunda na hukumat, na jamiyat tarozining og‘ir pallasi bo‘lolmaydi. Arosat , hardamxayollik, chalkashlik, jarayonsizlik , mantiqsizlik- umumiy jihat bo‘lishi mumkin. Ammo alohidalik Yozef K.ning jamiyatdan ajralib chiqishiga urinish, o‘z taqdiriga befarq bo‘lmagani holda (!) intilishda ko‘rilsa , yakun - o‘zingizga ma‘lum. “Jarayon” X.Do‘stmuhammad aytganidek, jarayonsizlikda! Muammoning yechimini, aslida aybdor nima jinoyat qilganini bilishga intilish bilan kitob yakunlanadi-yu, minglab savollar bilan qolaverasiz... Aslida o‘sha chalkashlikdagina tartib o‘rnatmoqchi bo‘lgan Kafkani tushunish qiyin. Bir qancha ortiqcha obrazlar, mushohada-yu, mayda odamlarning haminqadar mulohazalari aslida judayam zeriktiradi. Erix Fromm jarayonni eng uzun tush, deb ta‘riflagan. Mana shu tushda adashib qolish hech gap emas.

Yechim va ibtido.


Aslida me‘yor sifatida qabul qilgan qarashlarimizdan ortiqchasi yoki o‘zgachasini osonlikcha qabul qilolmaymiz. Inson xursandmi kulishi, xafami yig‘lashi, jinoyat sodir etdimi jazolanishi kerak. Balkim, shuning uchun Kafka “Jarayon”i tahlilida ham an‘analarimizga sodiqlikdan tona olmasligimiz uchun ham chalkashlik deb baho berib, ortiqcha boshqotirmadan xalos bo‘lishga urinarmiz..
Aslida qandaydir yechimni kutgan kitobxon ibtidoga qaytmasa bo‘lmaydi.Agar so‘ngi “oydinlik”ni yozuvchi yo‘lak oxiriga ilib qo‘yganda, “E haa ” deb kitobni yopardik, xolos. Yechim -yo‘q! Faqat muqaddima, voqealar aralash-quralashligi bor. 

Endi fikrlaylikchi.. 


Nimani kashf qildik?
“Aholi orasidan hech qanday aybdorlar izlanmaydi”,- degan qarashga zid bo‘lgan voqealikni; Har qanday ayb o‘z sohibini muqarrar jazoga boshlab borishidagi ruhiyat zuddiyatuvini; butun bir tizimning mutloq bema‘nilik asosida ish yuritishidagi o‘zlari aytishganidek “jadallik”ni; jazolovchini shu nom bilan atashga iymangan va mansabdor shaxslarning xo‘jako‘rsinga qilgan munozaralarini jim tinglashdan boshqasiga o‘tolmagan bir “aybdor” holatini; Oddiy yoki juda murakkab voqealarda ham fikrlash tugul ovozi chiqmaydigan “kattalar”ning “jasorati”ni ; Insoniy munosabatlarni tushunishda hach vaqo yo‘qligidan dalolat beruvchi kazolarning safsatalari inson kechmishi yo‘qqa chiqarishda bosh omil bo‘ldi. 
Aslida asar nomining o‘zi kinoya. Jarayon-u, biror bir hayot alomati ko‘rinmaydi. Dialoglar, qahramonlarning o‘ylari, dunyoqarashi voqealikla bir chimdim ham aniqlik kiritmaydi. Qaysidir so‘z tushib qolsa, tushunolmay qolishdan qo‘rqqan kitobxon hijjalab o‘qimasin, bitta konkret fikrni topolmaydi( Ayblov borasida). Yozef K. ning tinkasini quritadigan darajadagi erkinlik-qamoq ruhiyatga zarba beradi. Ongida faqat shu jarayondan chiqishga uringan qahramon, o‘zi bilmagan holda natijasiz jarayonning qurboniga aylanadi. Turli kichkina ilinjlarni bir nuqtaga yig‘ganda ham cho‘kayotgan odamga haschalik nafi tegmagan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, “ Inson o‘z taqdiri, qismati oldida yolg‘iz...”
Qat‘iy qarshilik va keskinlik kerak edi. ( Yozef K. da bu jihat ko‘rinadi, ammo izchil emas). Har qancha imkonsizlik va majburiyat, siquv va muhit g‘ov bo‘lmasin Imkon yaralmaydi, yaratiladi! Qaysidir ma‘noda Yozefdagi “ men” o‘lgandi. Jisman o‘lim esa rasmiyatchilik. Hukumat, siyosati, jamiyat qoralanmaydi, ammo o‘zining yo‘rig‘iga yurishga majbur qiladi :“ Kishining qo‘lidan kichkina bir o‘zgarish qilish kelsa ham bu aslida nodonlikdan boshqa narsa emas”

“Yaxshisi o‘zingizni qismatning qo‘liga topshirib, unga xalaqit bermaslik kerak”

Chorasizlik va faryodning qalbni o‘rtovchi hayqirig‘iga I.Garindek javobni beramiz-u, Yozefning “adolatli sud” istagan nidosiga javob berishga ojizligimizni sezamiz..
Gulinoz Anvarovna


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish