Jismoniy madaniyat – bu insonning barcha tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqaruvchi, uni tobora insoniylashtirib, ham jismoniy, ham ma’naviy chiniqtirib, yuksaltirib boruvchi jarayondir.
Jismoniy tarbiya –ta’lim oluvchilarda o’z sog’liklarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jahatdan to’g’ri rivojlanishini hamda uning ishlash qobiliyatini oshirish borasida g’amxo’rlik qilish to’yg’usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat turlari borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, ta’lim oluvchilarning yoshiga va jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tyezkorlik, chaqqonlik, sabot-matonat, chidam, iroda va tavsifni qaror toptirish) asosiy harakatlar sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalashdir.
Yoshlar tarbiyasida yuqorida qayd qilib o’tilgandyek jasurlik o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jasur bo’lib voyaga yetishi uchun insonning irodasi baqquvat, iymon-e’tiqodi but bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |