Tarbiyachining bolalar va ota-onalar bilan muloqat madaniyati Reja


Jihoz:Rangli qalamlar, flamasterlar, rangli qog`ozlar, plakatlar, 3 xil rangdagi gullar. Dars usuli



Download 21,82 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2022
Hajmi21,82 Kb.
#599494
1   2
Bog'liq
Tarbiyachining bolalar va ota-onalar bilan muloqat madaniyati

Jihoz:Rangli qalamlar, flamasterlar, rangli qog`ozlar, plakatlar, 3 xil rangdagi gullar.

Dars usuli: Tinglovchilar 3 xildagi gullarni tanlashlariga qarab 3 guruhga ajratiladi. Qizil, ko`k, yashil. Har qaysi guruh ota-onalar bilan ishlash usullarini ifodalovchi loyiha tuzadi. Unda maslahat, anketa savollari tavsiya ko`rinishlarini aks ettiradi guruh sardorlari tushuntirib himoya qiladilar. Oxirida o`qituvchi baholaydi, rag`batlantiradi, to`ldiradi, xulosalaydi.
Foydalanadigan adabiyotlar.
“Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi

  1. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari.

Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb masalasidir. O`zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisini to`ldiradi. Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib ulg`aydi. Sog`lom muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog`liqdir. Ko`p xollarda bir xil yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko`rish mumkin. Masalan: bir yoshli bolalarning ba`zilari 10 taga yaqin so`zni ayta oladi. Mustaqil yura oladi. Ayni shu yoshdagi ayrim bolalarning esa mustaqil yura olmasligining, zo`rg`a 1-2 ta so`zni ayta olishining guvoxi bo`lamiz. Shuningdek, maktabga boruvchi bolalar jismonan baquvvat, sog`lom, fikri teran, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to`g`risida oddiy mushohada qiladigan. “Yazshi” bilan “Yomon”ni, “Gunoh” bilan “Savob”ni ajrata oladigan bo`ladi. Aynan shu yoshdagi ba`zi bolalarda esa bunga teskari bo`lgan xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday notekislikka asosiy sabab kattalarning e`tiborsizligi yoki bola tarbiyasi bo`yicha yetarli bilimga ega bo`lmasligidir.

Bolani jismonan. Ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va bog`chaning hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi. Shuning uchun xar bir oiladagi pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur. Bog`cha murabbiylari tarbiya borasida ota-onalarga ota-onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila pedagogikasining nozik jihatlarini chuqur bilishlari kerak. Har bir guruh xonalarida ota-onalar sizlar uchun burchak tashkil qilinib, doimiy ravishda har bir oyda guruh bolalari taraqqiyotidagi o`zgarishlar aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-onalar uchun tegishli maslahatlar, tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim bolalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-y`oriqlar beriladi. Masalan: nutqida, jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan bolalarni faqat tarbiyachining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati ham, bog`chadagi faoliyati ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak. Tarbiyachi tomonidan yuqoridagi jadvallar asosida ota-onalar burchagida qo`yiladi. Har qaysi bolaning kamchiligi xisobga olinib, ota-onaga alohida bartaraf qilish yo`l-yo`riqlari beriladi. Ilk matematik tushunchalar, ruhiy rivojlanishi, tabiat haqidagi tushunchalar, tasvirlash faoliyati bo`yicha ilk ko`nikma va malakalar, badiiy adabiyot, xulq-atvori boyicha ko`rsatkichlari ham xuddi shu tartibda tahlil qilinib tegishli maslahat beriladi.

Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishlarini eski tartibda faqat ma`ruzalar o`qish usulidan voz kechgan xolda chaynvord yechish, jumboqli masalalar yechish, anketa savollarga javob olish, ishchanlik o`yinlari o`tkazish kabi noan`naviy uslublardan foydalanish ota0onalarning bevosita bola tarbiyachi bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi.

Ota-onalar yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham ota-onalarni bola tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi.


1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz va manzilingiz.
2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va sharifi.
3. Oilangizda farzandlaringiz uchun qanday sharoitlar mavjud. (tagiga chizing), mahsus xona, burchak, o`yinchoqlar, rasm chizish uchun anjomlar, plastinkalar, rasmli kitobchalar, sport anjomlari, yassi oyoqlikka qarshi massaj qiluvchi anjomlar.
4. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug`ullanasiz?

5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing).


6. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti? (tagiga chizing) tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha bilan oila o`rtasida hamkorlikning yo`ligi.

7. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko`proq shug`ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. (tagiga chizing)


8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz?
9. Farzandingiz ko`proq nimaga qiziqadi?
10. Farzandingizning kelajakda kim bo`lishini xoxlaysiz?
11. Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni rag`batlantirasizmi? (tagiga chizing) ha yoki yo’q.
12. Bolangiz nima sababdan u yoki bu nourin xatolarga yo’l qo’yishi hollariga e`tibor berasizmi? Ha yoki yo`q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi?/tagiga chizing/.
13. Oilangizda o`zaro munosabatni qanday baholaysiz? Juda ham yaxshi, unchalik xam yaxshi, unchalik yaxshi emas, yomon, juda ham yomon./tagiga chizing/.
14. Farzandingiz to`g`risida boshqalardan ma`lumot olishga qiziqasizmi? Ha yoki yo`q. Kimlardan olasiz?Qo`shnilardan,qarindosh-urug`lardan, tarbiyachidan, /tagiga chizing/.
15. Tarbiyaga oid adabiyotlarni, ro’znoma va oynomalarni muntazam o’qib borasizmi?/tagiga chizing/.

Tarbiya haqidagi qanday ro`znoma va oynomalarga obuna bo`lgansiz?

16.Tarbiyaga oid oynai jahon ko`rsatuvlarini tomosha qilasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing/.

17. Farzandingizga ertak, maqol,she`r,hikoyat,rivoyatlar aytib berasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing./

18.Bir oyda necha marta farzandingizning bog’chadagi faoliyatini kuzatgansiz?
19. Bola tarbiyasi bo’yicha qilayotgan ishlaringizni qanday baholaysiz? Namunali,qoniqarsiz./tagiga chizing./

20. arzandingizga milliy qadriyatlarni singdiryapsizmi?Ha yoki Yo`q.”yaxshi” bilan “yomon”ni, “gunoh” bilan “savob” ni ajrata oladimi? /tagiga chizing./


Har bir guruh xonasining ota-onalar burchagida quyidagi maslahatlarning ko’rsatilishi ham ular uchun katta yordan bo’ladi.
- Farzandingiz oldidagi har tomonlama namuna bo’ling.
- Bola bilan g’amxorlik, ruhlantiruvchi, tinchlantiruvchi ohangda gaplashing.
- Bola siz bilan gaplashayotganida uni diqqat bilan eshiting.

- Bola bilan muloqatda bo’lganda tevarak-atrofdagi narsalarning nomini ko’proq ishlating.


- Sekin gaplashing.
- Sizlarning izohlaringiz juda ham sodda,tushinarli bo’lmog’i lozim .
- Sabr –toqatli bo’ling.
- Dastaval boladan “nima?” keyinchalik “nima uchun?” savollariga javob olishga harakat qiling.
- Bolaning savol berishga intilishini rag’batlantiring.
- Bolaga aniq va qattiq talablar qo’ying.
- Farzandingizni qiziquvchanligini va tasavvurini rag’batlantiruvini rag’batlantiring.
- Oilada farzand uchun alohida xona yoki burchak tashkil qiling.
- Sog’lomlashtirish jihozlari, urli xil o’yinchoqlar, bola yoshiga mos qo`shiq, she`r,ertak yozilgan plastinkalar,kitobchalar,rasm chizish anjomlarining yetarli bo’lishini ta`minlang.
- Har dim farzandingizga nima “yomon” , nima “yaxshi”, nima “gunoh”,nima “savob” ekanligini singdirib boring./sharqona odatlar./

- Tarbiyada qiz bolaga alohida,o’g’il bolaga alohida yondoshing.

- O’g’lingiz haqiqiy “alpomish” avlodlarini eslatuvchi, tog’ni talqon qilguvchi polvon, dovyurak, jismonan baquvvat bo’lib yetishsin .
- Qizingizda o’ziga xos ibo,xayo,iffat,andisha kabi ma`naviy fazilatlar ufurib tursin.

Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari va ota-onalar hamkorlikda uzluksiz ta`limning bosh bug’ini hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining vazifalarini amalga oshiradi.


Bugungi kunda bolalar bog’chasiga bortilmagan bolalarni maktabga tayyorlash kechiktirib bo’lmaydigan masaladir.Buning uchun maktabgacha ta`lim muassasalari qoshida “onalar o`quvi”ni tashkil qilish maqsadga muofiqdir.Buning uchun alohida xona jihozlanadi.

- “Ta`lim to’g’risida”gi qonunning 11,30-moddalari maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari ota-onalar o’quvi rejasi,ota-onalar ro’yhati, o’quv muddati ko’rsatilgan jadval, bolalarni rivojlantiruvchi o’yinlar, maslahatlar yozib ko’rsatiladi.

- Uslubiy adabiyotlar, o’yinchoqlar, didaktik materiallar bilan to’ldiriladi.

- Mashg’ulotlar, ma`ruzalar bolalar bog’chasi hodimlari tomonidan o’tiladi,muddati ota-onalar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim otaonalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish.


Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad — oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o‘rganib, ommalashtirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awal o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi darkor.
Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarnio‘qib va hikoya qilib berish mum-kinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kat-talarga hurmat nihida tarbiyalash kabi ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usuUari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshli, imkoniyatlari,o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday o‘ynayotganini ko‘radilar, bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rangbarang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:
-bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
-maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida;
-ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Download 21,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish