Тарбияни тashkil etish va o’tkazish texnologiyasi



Download 31,88 Kb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi31,88 Kb.
#928576
  1   2   3
Bog'liq
15-маъруза


Тарбияни тashkil etish va o’tkazish texnologiyasi: o’quvchilar yig’ilishi, tarbiyaviy soat, munozara, disput, ishbop o’yinlar, treinglar va boshqalar. O’quvchi-yoshlarning hayotiy faoliyatining asosiy shakli sifatida to’garak va klublar ishini tashkil etish.
to`garakka o`quvchilarni jalb qila olishni;

o`quvchilarning ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish;

o`quvchilarni manbalar ustida mustaqil ishlashga o`rgatish;

davlat ta`lim talablari asosida dasturlar tuzish;

har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida davlat siyosatini amalga oshirish;

o`quvchilar bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish;

o`quvchilarning ta`lim olishi, kasb o`rganishi, sog`lig`i va dam olishi uchun sharoit yaratish;

to`garaklar davomida o`rgatiladigan kasblar bo`yicha tegishli ko`nikma va malakaga ega bo`lishi va o`rgata olishi.



Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

har bir o`quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo`llarini;

maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo`yilgan Davlat standarti talablarini to`garak a`zolarini o`qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o`quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini;

“Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni o`rganishlari;

iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo`llarini;

o`quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo`yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;

bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, parda tikish, milliy qo`g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari;

o`quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;

iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo`llarini.
Yoshlar tarbiyasida to'garaklar faoliyatining tizimli amalga oshirilishining texnologik va metodik jihatlari
To`garak ishlarini tashkil qilish sinfdan tashqi ishlarning eng ko`p tarqalgan shakllaridan biridir. To`garak sinfdan tashqi havaskorlik ishlarining biror turiga umumiy maqsad va intilish bilan birlashgan o`quvchilar guruhidir. To`garak, odatda, bir sinf yoki parallel sinflarning yoki bo`lmasa aralash sinflarning 10 tadan 20 tagacha bo`lgan o`quvchilarini o`z ichiga oladi. To`garak tarkibiga haddan tashqari ko`p o`quvchilarni jalb qilishga intilish ma`qul emas, chunki bu to`garak ishini qiyin-lashtiradi. To`garakka yozilish ixtiyoriy ravishda olib boriladi. To`garakka birinchi majlisda to`garak a`zolaridan saylab ko`rsatilgan to`garak boshlig`i boshchilik qiladi. Agar to`garak a`zolari ko`p bo`lsa, bunday hollarda, odatda, uch o`quvchidan iborat to`garak burosi saylanadi. To`garakka maxsus tayinlangan pedagog rahbarlik qiladi.
To`garaklar o`z ishlarini to`garak a`zolari bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja asosida olib boradilar. Har bir to`garak o`zining taxminiy ish rejasiga ega bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu rejada to`garakning o`z oldiga qo`ygan vazifalari ko`rsatilgan bo`ladi. Ushbu reja asosida to`garakning konkretlashtirilgan kalendar rejasi tuziladi. To`garakning faoliyati va ish sharoitiga qarab uning reja va ish rejasi o`zgartirilishi mumkin. To`garaklarning mashg`ulotlari o`qishdan tashqi vaqtda, muntazam ravishda o`tkazilishi lozim. Har bir to`garakning qilgan ishi albatta to`garakning kundalik jurnaliga to`garak boshlig`i yoki uning bironta a`zosi tomonidan yozib borilishi kerak. O`quvchilar to`garaklari xilma-xil bo`lishi mumkin. Fan to`garaklarining vazifasi to`garak a`zolarining ushbu fanga bo`lgan qiziqishlariga tayanib o`quvchilarning bilimi va ongini har tomonlama Kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, ularni mustaqil ishlashga o`rgatib borish, ularda amaliy ko`nikma va malakalarni hosil qildirishdan iboratdir.
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi:

Fan to’garaklari;

Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;

Sport to’garaklari;

San’at yo’nalishidagi to’garaklar.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni yaxshi yo`lga qo`yishda maktab jamoasi va o`qituvchilarining vazifalari. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilar jamoasi katta e`tibor berishi, “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti, ota-onalar jamoasiva maktab rahbarlari yordamidan har tomonlama foydalanish kerak. O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur. Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qoyishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.


Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak. Sinfdan tashqari ishlarning metodlari va vositalari tarbiya metodlari hamda vositalaridan iboratdir. Ularni tanlash sinfdan tashqari ishning mazmuni, shakli bilan belgilanadi. Masalan, pedagog bolalarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, ong-bilim doirasini kengaytirishga qaratilgan va ‘Inson va fazo“ deb nomlangan sinf mashg‘ulotini tanladi deylik Shunda u quyidagi metodlardan foydalanishi mumkin:

bolalar bilan suhbat (ularning qiziqishlari, mazkur masala yuzasidan xabardorligini aniqlash maqsadida);


bolalarga axborot tayyorlash bo‘yicha topshiriq (o‘ziga xos hikoya metodi);
o‘yin metodi turli variantlarda qo‘llaniladi (sujetli rollarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin elementlari - bunda maxsus o‘yin anjomlari yordamida bolalardan biri ‘kosmos“ga yuboriladi va undan ko‘rayotganlarini tavsiflash so‘raladi);
‘parvoz rejasi“ni tuzish bunda bolalar kosmonavtlar bajaradigan ish turlarini aytib o‘tadilar;
uzoq sayyoralarda qoldirilgan sirli xatlarni rasshifrovka qilish va hokazo.
Metodlarning samarali ish berib kelayotgan jihatini dars jarayonidan keyin rang barang tarzda qo’llasa va amalyotda keng targ’ib etilsa buning natijasi sezilarli darajada bo’ladi. Buning ustiga tog’arklarda hayotdagi voqealar ya’ni reallikka assoslanib tashkil qilinadigan to’garaklarning foyda berish ko’rsatkichi yuqoriroqdir. To'garaklar tashkil etish metodikasi.
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk kasb egalarini tayyorlash masalasi turibdi. Bu masalani hal etishda to`garakni tashkil etish metodikasi fanining o`rni katta.
To`garak ishlarini tashkil etish metodikasi kursining maqsadi, bo`lajak to`garak tashkilotchisiga o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini to`g’ri tashkil etish, ularga qo`shimcha ta`lim tarbiya hamda tanlagan to`garak yo`nalishi bo`yicha boshlang`ich kasb-hunar to`g`risida tushuncha berish, ko`nikma hosil qilishni o`rgatishdan iborat.

Download 31,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish