Tarbiyaviy maqsad



Download 228,72 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi228,72 Kb.
#696167
Bog'liq
Tok-kuchi-va-uni-olchash (2)

Mavzu: Tok kuchi va uni o’lchash
Ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga tok kuchi va uni o’lchash, hamda sodda elektr zanjirlari tuzish haqida bilimlar berish.

Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarni fanga qiziqtirish ularda o’zaro hamkorlik, hurmat, faollik tuyg’usini shakllantirish.
Rivojlantirish maqsadi: O’quvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiya asosida bilimlarni boyitish. Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.8 – sinf “ fizika” darsligi
2.Tok manbayi , ampermetr.
3.Elektr lampochkasi, uzib-ulagich.
Dars turi: Aqliy hujum , masala ishlash. Savol javob
Asosiy tushuncha va atamalar.
-Tok kuchi
-Ampermetr
-lampochka
-ulovchi simlar
-masala yechish
Darsning blok chizmasi
1.Tashkiliy qism 2 min
2.O’tilgan mavzuni so’rash 10 min
3.Yangi mavzuning bayoni 20min
4.yangi mavzuni mustahkamlash 8min
5.O’quvchilarni baholash 3min
6.Uyga vazifa 2 min
Darsning borishi
I Tashkiliy qism: Salomlashish, davomad olish, sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayorgarligini tekshirish
II O’tilgan mavzuni so’rash: Darsni guruhlar o`rtasida musobaqa usulida olib borish uchun sinf 2 guruhga bo`linadi.
1- guruh “ Ampermetr”
2- guruhni “Voltmetr”
­ Har bir guruh raqib guruhga 2 tadan fanga oid topishmoq beriladi har bir to’g’ri topilgan topishmoq uchun rag’bat kartochkasi beriladi.


1-guruh
Yorug’i bor Simdan oqib keladi
Dovrug’i bor Shamol kabi yeladi
O’zi yo’q Olam –olam kuchi bor
Ovozi bor Uy ishiga u tayyor
(Yashin mamaqaldiroq) (Elektr toki)


2-guruh
O’t oladi moshina Tunni qilar kunduzday
Eletr olib undan Nur sochadi yulduzday
U esa olar zaryad (Lampochka)
Kislota hamda suvdan
(Akkumulyator)

Guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqib plakatga tayyorlangan kattaliklar nomini yozadi qolgan o’quvchilarga tarqatma materiallar beriladi. To’g’ri javobga rag’bat kartochkasi beriladi. Uyga berilgan 5-mashqning 3-4- masalalari guruhlar tomonidan qog’ozga ishlab kelinib tahlil qilinadi.




III. Yangi mavzu bayoni
Elektr zanjirdan o’tayotgan tokni tavsiflash uchun maxsus fizik kattalik – tok kuchi kiritilgan
O’tkazgichning ko’ndalang kesimidan vaqt birligida o’tayotgan elektr zaryadi miqdoriga qiymat jihatidan teng bo’lgan kattalik tok kuchi deb ataladi.
Agar o’tkazgich ko’ndalang kesimidan t vaqt ichida q zaryad o’tgan bo’lsa, I tok kuchi quyidagi fo’rmula bilan aniqlanadi:



Xalqaro birliklar sistemasida tok kuchining asosiy birligi qilib fransuz fizigi Andre Mari Amper sharafiga amper (A) qabul qilingan.
O’tkazgich ko’ndalang kesimidan 1 s da 1 C zaryad o’tsa, tok kuchi 1 A bo’ladi. Amalda amperdan tashqari milliamper (mA) va mikroamper (μA) ham qo’llaniladi. Bunda
1A = 1000 mA
1A = 1000000 μA
1mA= 1000 μA
Zanjirdagi tok kuchi ampermetr yordamida o’lchanadi. (1-rasm)
Maktab fizika xonasida foydalaniladigan ampermetrlardan biri
(1-rasmda) tasvirlangan. Ampermetr shkalasiga “A” harfi yozib qo’yilgan. Elektr zanjir sxemasida ampermetr “A” bilan beldilanadi.
Ampermetr elektr zanjirdagi tok kuchi o’lchanadigan iste’molchi bilan ketma – ket ulanadi.
Ampermetrni zanjirga ulashda uning “+” belgisi qo’yilgan qutbi tok manbayining musbat qutbidan kelayotgan o’tkazgichga ulanadi. (2 - rasm). Ampermetrni 2 – rasmda ko’rsatilgan zanjirdagi istalgan manba, kalit va iste’molchiga ketma – ket ulash mumkin. Chunki bunday zanjirning hamma qismida tok kuchi bir xil bo’ladi. Ampermetr iste’molchidan oldin ulansa ham, keyin ulansa ham, uning ko’rsatishi bir xil bo’ladi.

IV Mustahkamlash: 6 – mashqdagi masalalarni ishlash.
1) Elektr zanjirdagi lampochkadan 5 minutda 30 C zaryad o’tgani ma’lum. Zanjirdagi ampermetr lampochkadan qancha tok o’tayotganini ko’rsatadi?
Berilgan: Yechish:
t = 5 min = 300 s;
q = 30 C; Javob: I = 0.1 A
topish kerak I =?
2)Lampochka ulangan elektr zanjirdan o’tayotgan tokning kuchi 0.1 A gat eng Lampochka spirali orqali 8 minutda necha kulon zaryad o’tadi? Shu vaqt davomida lampochkadan o’tgan elektronlar sonini hisoblang?
Berilgan:
I = 0.1 A; Yechish:
t = 8 min = 480 s;
qe= 1.6 10-19 C ta
topish kerak Javob:
q = ?
N = ?


V Uyga vazifa Mavzuni o’qib 6 – mashqni 3-4- masalalari.


1 – rasmda Ampermetr tasvirlangan



2 – rasm ampermetrni zanjirga ulash sxemasi

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish