Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Afina qudratining o’sishi



Download 1,03 Mb.
bet14/83
Sana21.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#569538
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
2 5343597116235192245

2. Afina qudratining o’sishi. Yunon-fors urushlari va 1-Afina dengiz ittifoqining tashkil topishi vaqtida Afinaning dengizchilik qudratiga asos solingan. Solon reformalari Afina grajdanlariga mulkiy senziga qarab ma'lum siyosiy huquqlar va majburiyatlar yuklatilgan edi. Afina kambag'allari – fetlar mablag'i kam bo'lgani uchun yordamchi otryadda xizmat qilardilar. Flot 1-Afina dengiz ittifoqining tayanchi bo'lib uchun fettlarning roli ortgan. Ular Afina demosning davlatmandroq qismi - zevgiylar va suvoriylar bilan tenglasha boshlagan. Fetlar mil.av. V asrda Afina qudratining tayanchi bo'lib qolgan.
Afina demosi yunon-fors urushlari davrida yuqoriga ko'tarilib, o'sha vaqtdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan. Demos tufayli xo'jalik haqiqat ravnaq topgan. Mil.av. V asrda qishloq joylarda qishloq demosining vakillari mayda va o'rta dehqonlar yashaganlar. Yirik yer egaligi oz bo'lgan. IV asrda yirik yer egaligi rivojlanadi. U aristokratiya hukmronligida emas, oligarxiyaning o'sishi tufayli rivojlanadi.
Yunoniston-Eron urushlari oxirlaridayoq aristokratik va demokratik guruhlar o'rtasida siyosiy o'rtasida siyosiy kurash boshlanadi. Aristokratlar partiyasi harbiy muvaffaqiyatlar tufayli Afinada birinchi rol o’ynashga intilgan va bu partiyaga mashhur sarkarda Miltiadning o'g'li, talantli kema darg'asi Kimon boshchilik qilgan. Aristokratlarning kuchlari bevaqt o'tishi bilan kamayib borgan. Demokratik qatlam urushda bo'lgan vaqtda aristokratlar areopachda kuchayib olgan edi. Demokratik partiyaning muhim vazifasi - areopagning siyosiy funktsiyalarini zaiflashtirish bo'lgan.
Mil.avv. 462 yilda demokratik partiyaning yo'lboshchisi Efialt islohot o'tkazgan. U areopagni siyosiy muassasa sifatida yo'q qilishni maqsad qilib qo'ygan. U areopagni obro'sizlantirish uchun uning ayrim a'zolarining poraxo'rligi haqida ma'lumot to'plagan. Efialt islohoti qabul qilingan. Areopagning siyosiy huquqlari bekor qilingan, unga qasddan o'ldirishda va kufroniylikda ayblanganlarnigina sud qilish qoldirilgan. Bu reformasi uchun Efialt aristokratlar tomonidan o'ldirilgan.
Afina demokratik partiyasi o'z mavqeini mustahkamlab olgach, ikki partiya o'rtasida kurash keskinlashdi. Aristokratlar partiyasiga Fukidid (bu kishi tarixchi emas) boshchilik qilgan. Efialtning izdoshi Perikl demokratik partiyaning boshchisi bo'lgan. Bu kurashda demos manfaatlarini himoya qilgan Perikl g'alaba qilgan. Fukidid Afinadan badarg'a qilingan23.
3. Perikl davrida Afina quldorlik demokratiyasining ravnaqi. Perikl yoshligidanoq Afinani demokratik asosda taraqqiy qildirish tarafdorlari orasida o'sgan, yaxshi o'qib, o'zini ulug'sifat tushgani uchun Olimpiyalik laqabini olgan. Perikl qaddi-qomati baland, kelishgan kishi bo'lgan. U haddan tashqari sovuqqon va og’ir bo'lgan. Perikl tevaragida bir to'da faylasuflar, dramaturg va arxitekarlar to'plangan. Haykaltarosh Fidiy, tarixchi Gerodot shular jumlasidandir.
Perikl Afina demosining turmushini yaxshilash to'g'risida g'amxo'rlik qilgan va uning manfaati yo'lida xizmat qilishni o'zining butun hayotining maqsadi qilib qo'yilgan. Perikl demosning o'rta tabaqalariga tayangan. U shahar devorlarini, Afina bilan Pirey portini bog'laydigan devorlarni qurish va mustahkamlanishini tashkil qilgan. U demosga tayanib 15 yil hokimiyat tepasida turgan.
Afina davlat hokimiyatining asosiy organi xalq yig'ini Ekklessiya bo'lgan. Xalq yig'ini- Akropol yaqinidagi yassi tepalik Pniks ustida odatda kamida o'n kunda bir marta to'plangan. Keyinchalik majlislar Afina teatriga ko'chirilgan. Xalq yig'iniga 20 yoshga yetgan barcha afinalik grajdanlar ishtirok etgan.
Afina xalq yig'ini siyosatining hamma asosiy masalalarini hal qilgan. Afinalik har bir grajdan istamagan masalani xalq yig'iniga qo'ya olgan. Qaror ochiq ovoz berish, ya'ni qo'l ko'tarish yo'li bilan qabul qilingan. Yopiq ovoz berish yo'li ham bo'lib, qutiga qora yoki oq toshcha, yoki xat yozilgan siniq sopol parchasi, loviya kabi narsalar tashlangan.
Xalq yig'inidan tashqari boshqa demokratik muassasalar ham bo'lgan. Masalan Klisfen zamonidan qolgan bule – besh yuzlar kengashi xalq yig'ini kun tartibi va masalalarini tayyorlagan. Gelieya - hakamlar sudi yirik demokratik muassasa bo'lib, barcha sudyalarni afinalik grajdanlar qur’a tashlab saylaganlar. 6 ming sudya saylangan, 5 mingtasi hakam, 100 tasi zapas bo'lgan. Afina sudi 10 palataga bo'linib, bu palatalar dekasteriyalar deb atalgan. Sudyalar butun Yunoniston uchun bo'lgan. Afina sudida sud qilinadigan hech bir grajdan uning ishi qaysi dikasteriyada ko'rilishini bilmagan. Buni sud bo'ladigan kuni yoki bir kun oldin bilgan. Da'vogar pora bera olmasligi uchun shunday qoida joriy qilingan. Advokat bo'lmagan. Ayblanuvchi, da'vogar, ularning qarindoshlari sud majlisida himoya nutqlari so'zlashi mumkin bo'lgan.
Afinadagi strateglar - askarboshilar kollegiyasi muhim muassasa bo'lgan. Birinchi strateg ham bo'lgan. Mil.av. 444-429 yillar bu lavozimda Perikl ishlagan. Strateglar kollegiyasi davlatlararo munosabatlar masalasi bilan shug'illangan. Mil.av. V asrning ikkinchi yarmiga kelib strateglar kollegiyasi Afina davlatining bosh hal qiluvchi kollegiyasiga aylangan. Strateglar ochiq ovoz berish yo'li bilan saylangan. Afinaning har bir grajdani davlat lavozimini egallashga qobil hisoblangan.
Afina quldorlik demokratiyasi Afina fuqarolariga katta huquq bergan. Perikl davrida birinchi marta davlat lavozimlariga maosh to'lash joriy qilina boshlaydi. Maqsad lavozimga saylangan kambag'al qiynalmasligi kerak hisoblangan. Sud majlisiga borganlik uchun o'rta hol Afinalikning bir kunlik ish haqi miqdorida haq to'langan. Bu haq dista deb atalar edi.
Teatrga borgan kunga haq to'langan, bu pulga o'sha kun uchun ovqat olsa yetgan. Teatr tomoshalari ongli fuqarolarni tarbiyalab yetishtirish lozim bo'lgan. Mil.av. V asrning oxiri – IV asrning birinchi yarmida hamma davlat lavozimlariga haq to'langan, hatto xalq yig'iniga borganlarga ham. Eski areopag va 9 arxont kollegiyasi saqlanib qolgan, u faxriy organga aylana borgan.
Barcha huquqlardan faqat afinalik grajdanlar foydalangan, ular Afina va Attika aholisining o'ndan bir qismini tashkil etgan xolos. Mil.av. 451 yilda Perikl sof grajdanlik haqida qonun chiqargan. Bu qonunga ko'ra, otasi va onasi to'la huquqli afinalik bo'lgan kishigina grajdanlar qatoriga qo'shilgan. Ayollar siyosiy huquqlardan foydalanmagan. Ular xalq yig'iniga borishlari, davlat lavozimlarini egallashlari teatrga borishlari mumkin bo'lmagan.
Afina davlatida ishlab chiqarish qullar mehnatidan foydalanishga asoslangan. Afina demokratiyasi quldorlarga xizmat qilgan.
Afina demokratiyasining salbiy tomonlaridan biri uning ittifoqchilariga munosabati edi. 1-Afina ittifoqi yunon-fors urushlari davrida tuzilgan. Ittifoqchilar xazinasi Demos orolida turgan. Urush tugagach, bu xazina Afinaga olib kelingan, ittifoqdoshlar tinchlik davrida ham, endi esa Afina foydasiga o’lpon to'lashni davom ettirganlar24.
Shu tariqa, 1-Afina dengiz ittifoqi asta-sekin Afina arxesiga (arxe-hokimiyat), ya'ni Afina dengiz davlatiga aylana borgan. Afinaliklar o’lpondan tashqari, yana yer kam bo'lgani uchun afinalik grajdanlarni ittifoqchilar yeriga ko'chirib, klerlar bera boshlagan. U yerlarda tayanch yuzaga keltirish uchun kleruxiyalar – harbiy dehqonchilik manzillari qurganlar. Agar qo'zg'olon bo'lsa kleruxiyadagilar yordam kelguncha qarshilik qilganlar. O’lpon va jazo otryadiga o'xshagan kleruxiyalar Afina hukmronligidan norozilikka sabab bo'lgan. Afina arxesi mil.av. V asr oxirlarigacha mavjud bo'lgan.
4. Peloponnes urushlarining sabablari. Fukidid “Tarix” asarida Peloponnes urushini batafsil bayon etgan, lekin mil.av. 411 yil voqealari bilan uzilib qolgan. Urushning oxiri Ksenofontning “Yunoniston tarixi”dan ma'lum. Diodorning “Tarixiy kutubxona” asarida ham saqlangan. Plutarxning Perikl, Nikiy, Alkiviads, Lisondr kabi tarixiy shaxslar tarjimai holi haqidagi hikoyalarida Peloponnes urushi voqealari tasvirlangan. Aristofanning Peloponnes urushi vaqtida yozgan komediyalari afinaliklarning mil.av. V asr oxirlaridagi turmushi va kayfiyatini aks ettirgan. Peloponnes urushi qadimgi Yunonistonning quldorlik jamiyatida ichki ziddiyatlarning jamlanishi va keskinlashuvi natijasida kelib chiqqanki, bu ziddiyatlarga viloyatlarning notekis rivojlanishi asos bo'lgan.
Xo'jaligi qoloq Sparta davlati Peloponnes ittifoqiga bosh bo'lgan va Yunonistonda gegemonlikka erishgan 1-Afina dengiz ittifoqiga boshchilik qilayotgan Afina davlatini mag'lub qilib, o'zining hukmronligini ta'minlash maqsadida bo'lgan. Bunda u Afina ittifoqchilari orasidagi kelishmovchiliklardan foydalanmoqchi edi. Korinf va Megaraning Afinadan noroziligini hisobga olgan.
Afina 1-Afina dengiz ittifoqiga bosh bo'lib, Yunonistonda o'z gegemoniyasini o'rnatgan edi. Afina Janubiy Italiya va Sitsiliyada mustahkamlanib olmoqchi edi. Ittifoqchilar Afinaga ko'p miqdorda o’lpon to'lar edilar, bu ular orasida norozilikka sabab bo'layotgan edi, ular orasida tez-tez urushlar avj olayotgan edi.
MIl.av. V asrning ikkinchi yarmida yunon polislarining aksariyati yo 1-Afina dengiz ittifoqiga, yo Peloponnes ittifoqiga kirganligi sababli urush umumyunon tusini olgan. Urushning birinchi bahonasi Korinf, Afina va Spartadan yiroqda Albaniyadagi hozir Durres shahrida, ya'ni o'sha davrdagi yunon dunyosining g'arbiy chekkasidagi Epidamn koloniyasida va Kerkira (hozirgi Kororu) orolida yuz bergan. Bu ikkala joy Janubiy Italiya va Sitsiliyaga boriladigan yo'ldagi muhim bekatlar edi. Epidemida demokratik to'ntarish yuz beradi. Shahardan qochgan oligarxlar Epidemiga hujum boshlagan. Epidemining o'zi Kerkiraning koloniyasi bo'lgan, Kerkira esa o'z navbatida Korinfning koloniyasi edi. Epidemin Kerkiradan yordam ololmagach, Korinfdan yordam olgan. Bundan janjal yanada kuchaygan va Korinf-Kerkira dengiz jangida korinfliklar yengilgan. Ular o'ch olish uchun katta tayyorgarlik ishlarini olib borgan. Natijada Kerkira himoya axtarib birinchi Afina dengiz ittifoqiga kirgan. Bu bilan u o'tmishda Peloponnes bilan tuzilgan sulhni buzdi. Natijada Korinf va Afina o'rtasida Italiya masalasida harbiy nizo kelib chiqdi. Ikkinchi mojaro Korinfning Xalkida yarim orolidagi koloniyasi Potideya atrofida boshlangan. Korinf Potideyani birinchi dengiz ittifoqidan ajralishga undagan va unga qurolli yordam bergan. Shu vaqtda Megara Korinf tomonini olib maydonga chiqqan. Korinf va Megara Spartani ham Afinaga qarshi kurashga undagan. Afinaliklar esa Potideya shahrini qamal qiladi. Megara shahri Egey dengizi sohilidagi barcha shaharlarda va orollarda tanho o'zi savdo-sotiq qilib kelgan. Afina o'z ittifoqiga kiruvchi barcha port va gavanlarni Megara savdogarlari uchun yopib qo'ygan va bu haqda Afina xalq yig'inida qaror chiqartirgan25.
5. Pelopones urushining borishi va uning natijalari. Korinf va Megaraning tazyiqi ostida spartalik Arxidam II komandasi ostida mil.av. 431 yilda urush boshlagan. Arxidam II spartaliklarning quruqlikdagi ustunligini hisobga olib jang rejasini ishlab chiqqan. Shu sababli bu urush Peloponnes urushi deb, uning birinchi davri esa Arxidam deb nom olgan. Arxidam Attikadagi iqtisodiy va siyosiy ahvolni hisobga olib uning qishloq xo'jaligini vayron qilish bu bilan qishloq demosini Periklni qo'llab turgan shahar demosiga qarshi qo'ymoqchi bo'lgan. Spartaliklar shu yo'l bilan afinaliklarni ochiq jang qilishga majbur qilmoqchi edi. Afinaliklarning urush rejasini Perikl ishlab chiqqan. Bu reja afinaliklarning harbiy dengiz ustunligiga asoslangan. Spartaliklardan qishloq aholisini himoya qilish uchun Afina va Pirey porti orasida uzun qalin devor qurdirgan. Harbiy dengiz floti Peloponnesni qamal qilishi Korinfning Sitsiliya va Italiya bilan aloqasini uzishi kerak edi. Afina mustahkam qal'aga aylantirildi. Tuzilgan rejaning kamchiligi shundaki, Afina davlati qishloqlarining vayron qilinishiga e'tibor berilmagan. Attikaga etib kelgan Sparta qo'shinlari tezda Peloponnesga qaytib ketishga majbur bo'lgan.
Mil.av. 430 yilda bosqin takrorlangan. O'sha yili Afina kemalari Sharqdan terlama kasalligining bir turi bilan ko'p odam yo'qotib qaytib kelgan edi. Dehqonlar boshiga tushgan kulfat uchun Periklni mil.av. 430 yilda hokimiyatdan chetlashtirdi. Lekin bir yildan keyin uni oqlab birinchi strateg qilib saylagan va yuqumli kasallikdan vafot etgan. Mil.av. 425 yilda Afina biroz o'nglangach Spartaga qarshi urushni kuchaytirgan. Afina strategi Demosfen Peloponnesni qamal qilib Pilos shahrini egallagan. Lekin afinaliklar floti Pilos gavanidan chiqib ketolmay qoladi. Afinadan Pleyn boshchiligida yordam kelgach, Demosfen va Kleon qo'shinlari spartaliklarni bu yerda tor-mor keltiradi. Spartaliklar sulh so'raydilar, lekin og'ir shartlarga rozi bo'lolmaydilar va urush davom etgan. Tajribali sarkarda Brassit taklifi bilan spartaliklar Egey dengizi shimolidagi muhim rayonlarga zarba bergan. Sparta qo'shinlari Frakiyada Anfipol portini egallab, u yerdagi oltin konlarni va Qora dengizga o'tadigan yo'lni qo'lga oladi. Afinada Kleon boshliq qism bu yerga yuboriladi. Ikalasi orasidagi jangda Brasit ham Kleon ham halok bo'ladi. Amfipol mil.av. 422 yilgacha Afina qo'lidan ketadi. Afina sulh tuzishga majbur bo'lib, unga Nikey boshchilik qilgan. Negaki, har ikkala tomon – Peloponnes ittifoqi ham, birinchi Afina dengiz ittifoqi ham urushda toliqqan edi. Mil.av. 421 yilda sulh tuzilib, uning tashabbuskori Nikiy nomi bilan ataladi. Kelishuvga ko'ra, ikkalasi ham o'zlari egallagan yerlarni bab-baravar bo'shatishlari, tutqunlarni almashtirishi lozim bo'lgan. Bitim 50 yil muddatga tuzilgan edi. Ammo sulh shartlari to'la bajarilmagan. Afinaliklar Messeniya Pilosida, spartaliklar Amfipolda qolganlar. Spartaning ittifoqchilari Korinf, Megera Nikiy sulhini tan olmaganlar.
Peloponnes urushini keltirib chiqargan ziddiyatlar yechilmagan. Kuchlar baravar kelgan. Afina flotiga Peloponnesni qamal qilish rejasi natija bermagan, Peloponnes ittifoqi mustahkam bo'lib qolavergan. Afina demosining savdo hunarmandchilik qatlami urushning teng natija bilan tugashidan norozi bo'lgan, ular orasidan urushni yangidan boshlash tarafdorlari kuchaygan. Ular Peloponnesni g'alla bilan ta'minlab turgan Sitsiliyani egallasak, Spartani yengamiz, Afina ulug' Yunonistonning gegemoniga aylanadi degan fikrga keldilar. Bu avantyuristik reja edi. Afinadagi kurashda Nikiyga qarshi kuchlar, ya'ni urush istovchilari g'olib chiqishgan.
Mil.av. 415 yilda afinaliklar 260 ga yaqin harbiy va yuk kemasini, 32 ming kishini Nikiy va Alkiviad qo'mondonligida Sitsiliya ekspeditsiyasiga tayyorlashgan. Bu ishga Afina bor mablag'ini sarflagan, soliqni ko'paytirgan. Flotning jo'nashiga bir kun qolganda noma'lum shaxslar kemalardagi ko'p germalar - tosh ustunlarni shikastlaganlar. Tosh ustunlarga sayohat va tijorat homiysi mavud Termes byusti o'rnatilgan edi. Bunday ish qilganlar o'limga hukm qilinar edi. Jinoyatchilar topilmagan. Alkiviad va uning do'stlaridan shubha qilganlar. Tergov boshlangan. Alkiviadga o'zini oqlashga imkon bermaganlar. Flot Sitsiliyaga jo'nab ketgan. Flot Sitsiliyaga yetganda, hukumat kemasi Alkiviadni sudga berish uchun keladi, lekin u qochib, spartaliklar tomoniga o'tadi. Alkiviad spartaliklarga Afina harbiy sirlarini aytib bergan. Bu bilan Sitsiliya sohilidagi Afina flotiga zarar yetkazgan. Alkiviad spartaliklarga taktikani o'zgartirish, Attikaga tez-tez bostirib kirish emas, uning territoriyasida mustahkamlangan aholi punktini zabt etib, u yerda baza qurib mamlakatni vayron qilaverish kerak deb maslahat bergan. Alkiviad bu ishlari bilan sotqinga aylangan.
Sitsiliyalik yunonlar afinaliklarni sovuq va dushmanlik bilan qarshi olganlar. Nikiy urushni paysalga solgan, u urushning to'xtalishidan umid qilgan. Bu muddatda Sirakuza mudofaa uchun yaxshilab tayyorgarlik ko’rgan. Afina qo'mondonlaridan biri Lamax halok bo'lgan. Afina floti yakson qilingan. Sirakuzaliklar va spartaliklarning birlashgan qo'shini Afinaning quruqlikdagi qo'shinini qurshab olgan va taslim qilgan. Nikiy va Demosfen qatl qilingan. Asirlar qul qilib sotilgan.
Sitsiliyada Afina qo'shini va floti halok bo'lgan paytda spartaliklar Attikaga bostirib kirganlar. Dekeleya aholi punktini zabt etgan. Spartaliklar bu yerda baza qurib olib, Evbeya oroli bilan aloqani kesib qo'yganlar. Afina qullaridan 20 mingtasi spartaliklar chaqirig'i bilan qochib ular tomonga o'tganlar. Ko'p ustaxonalarda va Lavrion konlarida ish to'xtab qolgan. Dekeleya Afinadan 22 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, spartaliklarning Afinaga hujum qilish xavfi doimo bo'lgan. Afinaliklar shahar devorlari ustidan tunu kun qorovullik qilganlar. Afinaning ittifoqchilari ajralib keta boshlagan.
Alkiviad spartaliklarga kuchli flot tuzish, buning uchun mablag'ni Eron noibi Tissafern orqali olishni maslahat bergan. Mil.av. 412 yilda Tissafern orqali Eron shohi bilan maxfiy shartnomalar tuzganlar. Spartaliklar g'alaba qilsa Yunonistonning Kichin Osiyodagi yerlarini Eronga berishga va'da qilganlar. Alkiviad endi Spartaga kerak bo'lmay qolgan, uni o'ldirishga qaror qilganlar, lekin u Tissafern oldiga qochgan. Afinaliklar kuchlarini qayta tiklashga harakat qilganlar. O’lpon o'rniga 5% li soliq joriy qilingan.
Mil.av. 411 yilda oligarxlar davlat to'ntarishi qilganlar. Ular sulh tuzishga uringanlar, spartaliklar og'ir shartlar qo'yganlar, ya'ni dengiz ittifoqini tor-mor qilishni taklif qilgan. Alkiviad edi Afinaga Sparta flotini tor-mor keltirishni va Tissafern yordamida Afinada oligarxlarni ag'darib tashlashni taklif qilgan. Mil.av. 411 yilda Afinada hokimiyat ag'darib tashlangan va Alkiviad, Frasibul va Frasill boshliq Afina floti Pireyga kelgan. Alkiviad avvalroq strateg qilib saylangan edi. U kechirilgan edi, lekin Afina demosining liderlari Alkiviadning tiraniyaga intilishidan gumonsiragan edilar. Mil.av. 406 yilda Notiy burni yonida Afina floti Sparta eskadrasidan mag'lubiyatga uchragan. Bu voqeada Alkiviad ishtirok etmagan bo'lsada, xalq yig'ini uni noshudlikda ayblagan. U qayta saylanmagan, keyin Frakiya Xersonesidagi o'z mulkiga ketgan.
Notiy burni yonidagi mag'lubiyatdan keyin Afina harbiy kemalari Lesbos orolida Mitilena shahri gavaniga kirib bekingan. Sparta floti qamal qilgan. Afina yangi flot qurgan. Bu flot mil.av. 406 yilda Arginus oroli yonida 8 strateg qo'mondonligida Sparta floti ustidan porloq g'alabaga erishgan, lekin dengiz bo'roni boshlanib, bir necha Afina kemasi cho’kib ketgan. Jangda o’lganlarni ko’mish udumini bo'ron tufayli ijro eta olishmagan. Bu marosimni bajara olmagani uchun xalq yig'ini shosha-pisha strateglarni o'lim jazosiga hukm qilgan. Strateglar qatl etilgan, lekin tezda xato hukm ekani uchun ular oqlangan.
Spartaliklar forslar yordamida yangi flot qurib olganlar va bu flot Gellespontda turgan, Afina floti ham shu yerda edi. Talantli flot boshlig'i Lisandr rahbarligidagi spartaliklar afinaliklar flotini mil.av. 405 yilda to'satdan hujum qilib yakson qilib tashlagan. Shundan so'ng Lisandr floti bilan Afinani suvdan, Dekeleyadagi Sparta qo'shinlarini quruqlikda qurshab olgan. Afinaliklar sulh tuzishga urinib oligarxlar rahbari Feramenni spartaliklar oldiga yuborgan. U uch kun yurib, sulh haqida ish olib bormagan. U bekitiqcha taslim bo'lmoqlikka intilgan. Afinada ocharchilik edi. Tinkasi qurigan afinaliklar mil.av. 404 yilning aprelida taslim bo'lganlar Spartaliklar Afinaga kirganlar, uni Pirey porti bilan bog'laydigan devorni muzika sadolari ostida ag'darganlar. Afina arxesi tarqatilgan. Afina Peloponnes ittifoqi tarkibiga kiritilgan26.
Afina xalq majlisi Sparta tazyiqi ostida Feramen taqdim etgan o'ttiz oligarxdan iborat komissiya saylagan. Bu komissiya yangi davlat tuzumi asoslarini ishlab chiqishi kerak edi. Lekin bu komissiya spartaliklar otryadiga tayangan holda amalda Afinaning hukumati bo'lib olgan. Mashhur oligarxlar Kritiy va Feromen o'ttizlarga bosh bo'lib, terroristik rejim o'rnatganlar. Terrorni asosan Kritiy uyushtirgan. Feramen norozi bo'lganligi uchun qatl etilgan. Alkiviad ham yollanma qotil qo’lidan halok bo’lgan. Sobiq demokrat strateglardan bo'lgan Frasibul Beotiyaga qochgan va afinalik qochoqlardan otryad tuzgan. Frasibul Pirey yaqinlashib qolgan. Aholi oligarx tiranlari qarshi chiqmoqda edi. Oligarxlar Munixiya yonida jangda tor-mor qilingan. Kritiy jangda o'ldirilgan. Mil.av. 403 yilda Afinada demokratiya qayta tiklangan. Umumiy avf e'lon qilingan. O'ttizlar komissiyasi keyinchalik “o'ttiz tiran” laqabini olganlar jinoyati uchun jazoga tortilgan. Afina Peloponnes ittifoqiga a'zo bo'lib qolavergan.
27 yil davom etgan Peloponnes urushi qoloq Spartaning taraqqiy etgan Afina ustidan g'alabasi bilan tamom bo'lgan. Afina demokratik hukumati bir qancha xatolarga yo'l qo'ygan. Eng og'iri Sitsiliya ekspeditsiyasi bo'lgan. Shundan so'ng Sparta Afinani Eronning yordami bilangina yenga olgan. Afinaning yengilish sabablaridan biri unda quldorlik demokratiyasining cheklanganligi bo'lgan. 1-Afina dengiz ittifoqidagi Afina gegemonligi ziddiyatlari ham sabab bo'lgan. Peloponnes urushi butun Yunonistonni kuchsizlantirib qo'ygan. Uning iqtisodiy qudratiga putur yetkazgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish