«tarix» fakulteti


Tojik xalqining madaniyati



Download 466,38 Kb.
bet6/7
Sana30.12.2021
Hajmi466,38 Kb.
#90375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tojik xalqi

Tojik xalqining madaniyati

Pomir xalqlari- Pomir tojiklari o’zlarini pomiri deb atashadi. Tojikiston Respublikasi tarkibidagi G’arbiy Pomirning baland tog’ vodiysidagi Tog’li Badaxshon viloyatida yashagan kichik xalqlar (yozgulomlar, o’z nomi - zgamik), rushonlar (o’z nomi - rixen, ruxni), maxaliy guruh xuflar (o’z nomi - xufik) bilan birga, birtanglar (o’z nomi bartanj) maxaliy guruh arosharlar bilan birga, shugnonlar (o’z nomi-xugni, xununi) mahaliy aholi bajuylar bilan birga, ishqashililar (o’z nomi - ishkoshumi, ishkashimi) voxanlar (o’z nomi - xik, vaxi) va vanjlar) guruhi. Shuningdek, pomir xalqlari Afgoniston Badaxshoni (rushonlar, shugnonlar, ishkoshimlar, voxonlar, zebaklar, munjonlar) da, Pokistoning Chitrol mavzei (munjonlar, yidgalar) da va Xunza daryosi vodiysi (voxonlar) da, Xitoyning Sinszyan- Uygur viloyatida (shugnonlar va voxonlarga qarindosh sarikullar) yashaydilar. Pomir xalqlari katta evropoid irkiga mansub bo’lib, xind-yevropa tillar oilasining sharqiy Eron tili kichik guruhiga kiruvchi til va laxjalarda so’zlashadilar3.

Pomir xalqlari tillariga to’xtaladigan bo’lsak, ularning tillari xind-yevropa tillari oilasining Eroniy tillar guruhiga mansub. G’arbiy va Janubiy Pomir vodiylarida (Tojikistoshshng Tog’li Badaxshon muxtor viloyatida va Afgoniston, Pokiston, Shimoliy Xindistonning unga tutash xududlarida) va Sari kul tog’ tizmalarida (Xitoyning Sinszyan-Uyg’ur muxtor viloyatida tarqalgan). Pomir tillariga vaxan, ishkashim, yozgulom tillari hamda shugnon, rushan, xuf, bartang, urutur, sarikul singari kardosh til va laxjalar kiradi.Hozirgi o’lik tili xisoblangan qadimiy vanj va sargulom tillari ham shu tillari guruhidagi hisoblanngai. Ayrim belgilariga ko’ra, munjon va unga yaqin bo’lgan iydgo tillari Pomir tillariga qo’shilsa-da, bu masala munozarali bo’lib qolmokda.

Pomir xalqlarning tarixiy-genetik tavsifi ularni boshqa sharqiy Eroniy tillardan farqlanuvchi oila sifatida o’rganish imkonini byermaydi. Bir kator shunday belgilar turli Pomir tillarini boshqa sharqiy Eroniy tillar bilan aloxida-aloxida yaqinlashtiradi. Barcha Pomir tillarining struktur o’xshashligi va katta umumiy lug’aviy fond ularning muayyan til jamoasida o’zaro yakin, o’xshash rivojlanganligini ko’rsatadi.

Pomir til yozuviga ega emas. Pomir tilida so’zlashuchilarning ko’pchiligi uchun yozuv va ta’lim tipi- tojik tili, sarikul tilida so’zlashuchilar uchun esa uyg’ur tili hisoblanadi

Dindorlari, asosan islom dinning shia, qisman esa sunna mazxablariga e’tikod qiladilar. Pomir tojiklari yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda rushan, Shuganan, Vaxan nomli davlatlar bo’lgan. Uzoq asrlar mobaynida bu joylarni qanchadan - qancha chet el istilochilari bosib olib. Pomir xalqlari ustidan xukmronlik qilib kelishgan. VII asr oxiridan esa Pomir va Pomir bo’yi yerlari ikki asrdan ko’proq vaqt tibetliklar qo’l ostida bo’ladi. X asrdan Pomir bo’yidagi qadimiy davlatlar yana mustahkam bo’lib oladilar. Keyinchalik bu yerlar bir qancha shohliklar bo’linib ketadi. 30 yilga yaqin vaqt mobaynida Badaxshon afg’onlarga buysunib kelgan, 1878 yilda Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tadi, sungra esa Rossiya o’ziga buysundigan.

Pomir xalqlari yashagan xududlarda qadim zamonlarda Rushon, Shugnon, Voxon davlatlari mavjud bo’lgan. Asrlar mobaynida bu hududlar chet el bosqinchilari tasarrufiga ham kirgan. VII asrning oxirida Pomir yerlari ikki asrdan ko’proq tibetliklar qo’l ostida bo’lgan. X asrning boshlarida Pomir davlati mustakilikka yerishgach, keyinchalik esa aloxida podsholiklarga bo’linib ketgan. Qariyb 30 yil mobaynida Afgoniston Badaxshonga buysungan. 1878 yilda Buxoro xonligi, sungra esa chor Rossiyasi tobeligiga o’tgan.

1925 yil 2 yanvarda Tojikiston muxtor Respublikasi tarkibida Togli Badaxshon muxtor viloyati tashkil etilgan. XX asrning 30-90 yillari va XXI-asrning boshlari davomida jamiyatda sodir bo’lgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar natijasida Pomir xalqlari etno-madaniy jixatdan asta- sekinlik bilan tojiklarga o’zaro yaqinlashib va tobora singib bormoqda.

Pomir xalqlarining asosiy an’anaviy mashg’uloti chorvachilik, hunarmadchilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Tojikistonning boshqa tog’li yerlaridagi singari Pomir bo’yi tojiklarining ham asosiy mashguloti chorvachilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Juda kiyin geografik va iqlimiy shart - sharoitlar tufayli sug’orib dehqonchilik qilishgan yaroqli yerlar juda kamligi sababli bu yerlarda dehqonchilikni keng rivojlantirishning iloji bo’lmagan. Yeri omoch yordamida xo’qiz bilan xaydalgan. Ekin ekishdan oldin yerga ug’it solingan. Xaydalgan yerlarda arpa, bugdoy, nuxat, dukkakli ekinlar, zigir, makkajuxori, ayrim joylarda esa paxta yetishtirilgan.Tog’ yon bag’irlariga mevali daraxtlar o’tkazib, bog’lar yaratganlar, Vaxan va Shoxdalaning ustki qismlari ko’p boqilgan va aksincha, baland tog’li yerlarda, chunonchi Xuf atrofida chorva kamroq saqlangan.


Xulosa

Pomir tojiklar daryolar atrofida yalangliklarda, tog’ etaklarida uy qurganlar. Uy - joylari darvozali tojiklarnikiga o’xshab tosh va yogochdan qurilgan. Yoz kunlari butun aholi ochik xavoda yashaydi. Tunash uchun uchtarafi devor bilan o’ralgan tomsiz joy qurishadi. Ko’p joylarda chivin ko’pligi sababli yog’och ustunlariga o’rnatilgan baland ayvonlarda, daryo bo’ylarida yotishadi.



Kiyim-kechaklari. Erkaklari yaxtak ishton - tambun, ustidan jun chopon "gilim", boshlarida toki do’ppi, oyoqqa yumshoq etik pex kiyishadi. Ayollari uzun yengli ko’ylak kiyishadi, cholvar, boshlariga rumol durracha, keksa ayollar qalpok kiyadilar. Taqinchokdar xalqa, mis bilak o’zuk, o’zuk, xilma - xil munchoq, mugo’z, soch popuklaridan iborat4.

Tojikistonda tog’li joylar, dara, jar va toshqin daryolar ko’p. Bunrun keng, yaxshi yo’llar kam edi. Faqat yalanglikdagi vodiyda katta qishloqlar, shaharlarda yaxshi yo’llar qo’rilgan. Tog’lardagi ko’p qishloqlarda suqmoq yo’llardan osma ko’priklardano’tib borish mumkin edi. Shuning uchun asosiy transport vositasi ot bilan eshak bo’lgan.Tojikistonning shimoliy qismidagi yerlarda ikki g’ildirakli arava va yuk tashilgan.


Foydalanilgan adabiyot



1. O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 2000-2006.

2. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi - T., 2005.

3. ADHAMJON ASHIROV “ETNOLOGIYA” O ‘quv qo 'llanma 2014

  1. Sagdullaev A. S., Aminov B., Mavlonov O‘., Norqulov N., O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. I-qism.- Toshkent, Akademiya, 2000.

  2. Ashirov A. O’zbek xalqining qadimiy e’tiqodlari va marosimlari. - Toshkent, 2007.

  3. Bo’riyev O.Markaziy osiyo etnologiyasi. Toshkent, 2011

  4. Doniyorov A.X. Markaziy osiyo xalqlari etnografiyasi,etnogenez va etnik tarixi.o’quv-uslubiy qo’llanma, Toshkent. Fan, 2003.



Download 466,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish