Tarix va madaniy meros


Ilk o’rta asrlar shaharlari va me’moriy obidalarining o’rganilishi



Download 1,09 Mb.
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#795311
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ATOYEVA XUMORA

3. Ilk o’rta asrlar shaharlari va me’moriy obidalarining o’rganilishi
O’lkamiz haqidagi daslabki ma’lumotlar “Avesto”da uchraydi. Unda qadimgi viloyatlarning nomlari berilgan. “Yasht” kitobining uchinchi va “Videvdatning birinchi bobida sanab o’tilgan “Yasht” ro’yxatidagi birinchi mamlakat eroniy qabilalarning vatani- “Aryonam Vayjo” (Oriylarning sayhon yerlari)ni sanab o’tgan. U yurtda yaylovlarga ega baland tog’lar, keng va chuqur ko’llar bo’lgan. Keyingi mamlakatlar ro’yxatida Mouru, Gava So’g’da, Xvarizam keltiriladi.
O’rta Osiyoning qadimgi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog’liq masalalar Eron manbalarida: Behustin qoya tosh bitiklari, Suza va Persipol shahar xarobalaridan topib o’rganilgan sopollarga bitilgan hujjatlar, ahamoniy hukmdorlarining Saroyida xizmat qilgan yunon tabibi Ktesiyning “Persika” va Geradotning “Tarix” kitoblarida ham qimmatli mia’lumotlar mavjud. Keyingi Eron hujjatlari va Behustun qoya toshlarida Avestoda keltirilgan viloyatlar ularga ahamoniy shohlarning yurishlari va O’rta Osiyo xalqlari va o’lkalarining ahamoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan o’rni to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
“Avesto” va qadimgi manbalarda o’lkamiz turlicha - Aryonam Vayjo–Aryoshayyona, Turon, Movarounnahr, Turkiston kabi nomlar bilan atalib kelgan. Ayrim o’lkalar yirik tarixiy-madaniy viloyatlar Baqtriya, Marg’iyona, Sug’diyona, Xorazm, Ustrushona, Choch, Farg’ona kabi nomlar bilan atalgan. Bu hududlarning geografik markazi ikki daryo oralig’i bo’lib (Amudaryo va Sirdaryo) u arablar tomonidan Movarounnahr, deb atalgan. Yevropa tarixshunoslari Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni “Transoksoniya” deb ataganlar.
O’rta asrlar davri mualliflari ‘Turon” geografik tushunchasini yetarli tasvirlaydilar. Ba’zi tarixchilar va geograflarning aytishicha, Turon – bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirib, keyinchalik “Turkiston” tushunchasiga aylangan. XVI-XVII asrlarga qadar tarixiy geografik adabiyotlarda, Turkiston o’lkasi sifatida noaniq tasvirlaganlar. XIX-XX asr boshlariga oid adabiyotlarda Turkiston ikki geografik qismga bo’lib ko’rsatilgan; Sharqiy Turkiston (sintszyan – uyg’ur o’lkasi) va G’arbiy Turkiston (O’rta Osiyo) .
O’lkamiz to’g’risida ilk bor ishonchli geografik ma’lumotlarni arab sayyohlari berib o’tgan (IX-XII asrlar). Ular Orol dengizi, Amudaryo Sirdaryo oralig’idagi yerlarni yaxshi bilganlar va bu hududlar to’g’risda turli xil ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Arab sayyohlari o’lkamizning barcha hududlarida bo’lib, u yerlarda yashovchi aholining turmish tarzi, shahar va qishloqlari to’g’risida qiziqarli boy ma’lumotlar qoldirishgan24.
Tarixiy o’lkashunoslikga oid bir qancha qimmatli ma’lumotlarni yurtdoshlarimiz tomonidan ham berib o’tilgan. Abu Rayhon Beruniy deyarli barcha yo’nalishlari bo’yicha buyuk kashfiyotlar qilgan olimdir. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor yerning dumaloq shaklda ekanligini Aniqlab, globusni yaratadi. Beruniyning yirik asarlaridan biri “Al osorul boqiya oqil qurunilxoliya” (“qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) da alloma o’zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, rimliklar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalendar) tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kelib chiqish tarixini tahlil qilib beradi. Bu asarda Turon zamin xalqlarining urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o’z ifodasini topgan.
XI asrda yashab ijod etgan Mahmud Qoshg’ariyning umumiy turkiy tillarni o’rganish, turkiy til shevalarining qiyosiy grammatikasini tuzish, folklor va etnografiya sohasidagi xizmatlari juda kattadir. Shu bilan birga, u tabiiy fanlar terminologiyasini yaratishga va geografiya fanida ham katta hissa qo’shgan. Qoshg’ariyning geografik merosi quyidagilarni o’z ichiga oladi: “Devon” da berilgan tabiiy geografik terminlar va ularning izohi; “Devoni Lug’atit turk” ga ilova qilingan dunyo kartasi; “Devon”da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi; O’rta Osiyodagi ayrim qabilalarning joylashishi haqidagi “aholi geografiyasi”ga doir ma’lumotlar; “Devon”dagi astronomik ma’lumotlar, kalendar sistemasi–lug’atlar va ularning tarixi.
Mahmud Qoshg’ariyning tasviriga ko’ra O’rta Osiyo yer yuzasi jihatidan tog’lik va tekislik qismlaridan iborat, uning tog’lik qismi hozirgi Qozog’iston, O’zbekiston o’lkalariga to’g’ri keladi. Shimoli-g’arbda faqat bitta tog’ - Jabali Qorachuk yozilgan, boshqalarining yozuvi yo’q. Yer yuzasining markazi qilib qoraxoniylar davlatining poytaxti, ma’muriy markazi Bolosog’un shahri olingan. Shuningdek, u o’lkamizdagi joy nomlariga ham shu asarida ta’rif berib o’tgan. Mahmud Qoshg’ariyning ma’lumoti bo’yicha Toshkent XI-XII asrlarda “Tarkan” ham deb yuritilgan25.
XVI asrda yashab ijod etgan davlat arbobi Zahiriddin Bobur (1483-yil 14-fevral) o’lkamiz tarixiga oid “Boburnoma” asarini yozib qoldirgan. Umuman, “Boburnoma”da bir mingga yaqin geografik nom - mamlakat, shahar, qishloq, qal’a, dasht, tog’, davon, dara, daryo, ko’prik, kichik ko’l, chashma, bog’, yaylov, o’tloq va boshqa joylarning nomlari tilga olingan. Masalan Boburning “Boburnoma” asarida Toshkent nomi ustida to’xtalib Toshkent nomini Shosh, ba’zan Choch deb qayd etiladi.
O’rta Osiyo XVI asr oxirlarida yaratilgan muhim geografik asarlardan Yana biri “Sharafnomai shohiy”dir. U Buxoro xoni Abdullaxonning (1533-1589) tarixi bo’lganligidan “Abdullanoma” nomi bilan mashhurdir. Uni Buxorolik shoir, tarixchi va o’lkashunos Mir Muhammad Hofiz Tanish Buxoriy 1584-1591-yillar oralig’ida yozgan. Bu asar geografik nuqtai-nazardan ham muhimdir, chunki asarda XVI asrdagi O’rta Osiyoning tarixiy geografiyasi, shahar va qishloqlari bayon etilgan, harbiy yurishlar, jang maydonlari, turli ko’priklar, kechuv qal’alar, manzil va quduqlar ta’riflangan. Beruniy “Hindiston” asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib o’tgan26.
XVII asrda yashagan tarixchi Mahmud ibn Vali shunday yozadi: “Shosh-Sayxunning o’ng tomonida joylashgan shahar u Turkistonga qaraydi... Uni Choch deb ataydilar biroq hozirgi vaqtda Toshkent nomi bilan mashhurdir”. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida Choch o’zining kamoni shoshiy (o’q-yoylari) bilan mashhur bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Mag’mud ibn Valining yozishicha “Mo’g’il Kepakxon u yerda Saroy qurdiradi. Saroy mo’g’ilcha “Qarshi” deb atalganligi uchun u joylashgan shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo’ldi. U kichik bo’lsa ham did bilan reja asosida qurilgan. Unda ko’plab bog’lar va ekin maydolari mavjud. Ularda madrasa, xonaqa, masjidlar va hamomolar mavjud”27.
1219-yil Mo’g’ullar istilosigacha qadar bo’lgan davrda Gurganjda bo’lgan Yoqub Hamaviy: “Men Gurganj kabi buyuk va go’zal shahar ko’rmadim” –deb yozadi. Qazviniy esa Gurganj haqida fikr bildirib, bu go’zal shahar “Jannatdagi shahar uni chimildiqdagi kelinchakni qo’riqlaganday, farishtalar qo’riqlaydi” deb yozadi. At – Tabariy “payg’ambarlar va podshohlar tarixi” kitobida Samarqand shahriga shoh Samar asos solganligi, “Qand” esa bu joylarda yashagan turk aymog’i ekanligi aytiladi. XV asrda yashab ijod etgan Hofiz Abruyning arabcha yozilgan “Jug’rofiy “ asari «Kitob al-masolik va almamolik» (Yo’llar va mamlakat kitobi) deb atalgan, uni «Ashkon al-akolim» (Iqlimlar surati) deb ham nomlashgan. Kesh shahri haqida Ibn Xavqal bunday yozadi: “Kesh esa ko’handiz, qo’rg’on va rabodga ega bo’lgan shahardir. “Kitob al-masolik va-l-mamolik”Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko’handiz), shahar qo’rg’oni (hisn) va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo’lgan. Hudud-ul-olam muallifi noma’lum, X asrda forsiy tilda yozilgan geografik asar. Mazkur asarning Movarounnahr tavsifi qismida Kesh haqida ham ma’lumot bor. Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning (1113-1167)Kitab al-ansobqomusiy asarida O’rta Osiyo tabiati, xo’jaligi, shaharlari, olim va fuzalolari hahida qimmatli ma’lumotlar berilgan, Kesh alohida viloyat sifatida tavsiflangan. Yoqut al-Hamaviyning (1179-1229) Mu’jam al-buldon asari Sharq mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyo haqida geografik va tarixiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan muhim qomusiy manba hisoblanadi28. O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va manaviy yodgorliklarini o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu o’lka Rossiyaga qo’shib olingach bu yerga turli kasbdagi kishilar ko’plab kela boshladi. Ular orasida mahalliy va moddiy yodgorliklarga qiziquvchi kishilar ham bor edi. V.V.Bartold, V.A.Jukovskiy, N.I.Veselovskiy kabi mashhur sharqshunoslar, A.P.Kun, V.L.Vyatkin, I.T.Poslovskiy, N.A.Ostroumov va boshqa havaskorlar O’rta Osiyoning arxeologiyasi va tarixini o’rganishda o’zlarining xizmatlarini qo’shdilar.
Mahalliy havaskorlardan Akram Asqarov, M.Mirmuhammadovaning ishlari ham diqqatga sazavordir. 1895-yilda V.Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan “Turkiston arxeologiyasi havaskorlari to’garagi” tuzilib, uning ustavi tasdiqlanadi. O’rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanishida S.P.Tolstov, M.Ye.Mason, M.M.Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov, A.Yu.Yakubovskiy, Ya.G’ulomov, V.A.Shishkin, B.A.Litvinskiy, G.A.Pugachenkova singari mashhur arxeologlar o’lkamiz tarixini o’rganishda o’zlarining juda katta hissalarini qo’shdilar. Shuni ham takidlab o’tish kerakki, so’nggi yillar ichida ham arxeologlarning katta gruppasi yetishib chiqdilar. A.Asqarov, A.Muhammadjonov, U. Islomov, I. Albaum, Yu.F.Buryakov, R.H.Sulaymonov, A.S.Sagdullaev, N.Ne’matov, A.Ranov, V.Vinogradov, E.V.Rtveladze, M.Jo’raqulov va boshqalarni aytish mumkin29.
Hozirgi kunda ham O’rta Osiyo arxeologiyasining o’rganilishi ancha yo’lga qo’yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universiteti va pedagogik institutlari, respublika va oblast muzeylari qoshidagi kafedralar va bo’limlar shug’ullanishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so’ng xorijiy mutaxasislarning qadimgi tariximizga bo’lgan ilmiy qiziqishi kuchayib, ularning o’quv va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda vatanimizning turli hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Avstraliya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Yaponiya davlatlari o’quv va ilmiy tadqiqot muassasalari O’zRFA arxeologiya instituti, FA Qoraqalpog’iston bo’limi tarix instituti va O’zMU arxeologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog’iston AR hududlarida arxeologik qazish ishlari olib borilyapti. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, universitetimiz tarix fakulteti ilmiy jamoasi va talabalari Qashqadaryoda arxeologik ilmiy izlanishlar olib borishi natijasida vohaning muste davrdan o’rta asrlargacha bo’lgan tarixi va madaniyati masalalari o’rganildi. Umuman, salkam bir asrlik arxeologik tadqiqot ishlarining natijalari tadqiqotchi olimlarning ilmiy maqolalari, risolalari, monografiyalari, darsliklar va o’quv qo’llammalarida o’z aksini topgan30.
Antik davri O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti murakkab jarayonlar: bosqinchilik yurishlari, xalqlar va madaniyatlarning kirib kelishi, mintaqaviy davlatlarning tashkil topishi va boshqa o’zgarishlar bilan belgilanadi. Bu esa har bintaqada o’ziga xos madaniyatning shakllanishida o’ziga muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Antik davrga kelib qisman qadimgi shaharlarning rivojlanishi bilan birgalikda Yangi shahar markazlari paydo bo’ladi va rivojlanadi31.
Bu davrga oid yirik shahar markazlaridan Dalvarzin, Zartepa, Yerqo’rog’on, Afrosiyob, Ko’ktepa, Tuproqqal’a, Kanxa va boshqadarning o’rnida keng ko’lamli arxeologik tadqiqot ishlari amalga oishirilib, natijada mazkur davr shaharlarining tuzilishi, ulardan o’rin olgan qurilish inshootlari, ularninrg qurilish usullari va texnikasi, shuningdek, qadimgi xalqlar yaratgan boy moddiy va ma’daniy madaniyat namunalari o’rganilgan. Ushbu shahar markazlari iqtisodiy, savdo va madaniy markaz bo’lish bilan birgalikda Yunon – Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, Qang’lar davlati, Xorazm va Davan kabi yirik davlatlar yoki ularning tarkibidagi ayrim ma’muriy bo’linmalarning markazi ham bo’lgan. Shahar xarobalarida va alohida joylashgan diniy inshootlar o’z davri aholisining g’oyaviy qarashlarini ochib berishda yordam beradi. Bu davrda qadimgi O’zbekiston aholisi bir necha dinlarga e’tiqod qilganliklarini hozirgi paytda saqlanib qolgan topilmalar va ibodatxona xarobalaridan ko’rish mumkin. Xususan, Surxon vog’asida Budda ibodatxonalari va stupalari (Qoratepa, Fayoztepa, Zurmala, Dalvarzintepa ibodatxonasi), zardushtiylar (Dalvarzintepa) ibodatxonasi, Xorazm vohasidagi turli xil Ossuariylar va joylardagi diniy xarakterdagi ayrim topilmalar fikrimizning dalilidir32.
Qadimgi qishloq hayotini yoritib berishda ham arxeolog manbalar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ko’plab qishloq xarobalari o’rganilgan. Antik davrga oid yodgorliklardan topib o’rganilgan haykalchalar, tasviriy san’at namunalari, yozuvlar va boshqa moddiy manbalar o’z davri kishilarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotlarini yoritib berish bilan birgalikda boshqa xalqlar bilan aloqalari va o’zaro ta’siri masalalarini ochib berishda yordam beradi. Dalvarzintepa, Xolchayon, qoratepa va Fayoztepa xarobalaridan boy mazmunga ega bo’lgan haykalchalar va tasviriy san’at namunalari ochilib, yuksak darajada rivojlangan madaniyat qaror topganligidan dalolat beradi. Ular o’zida mahalliy madaniyat an’analari bilan bilan birgalikda yunon, hind madaniyati namunalarini aks bu tasvirlar mazmunan ancha boy bo’lib, murakkab mafkuraviy qarashlarni o’zida aks ettiradi. 1948-yilda arxeolog A.Terenojkin Afrosiyobning ilk o’rta asrlarga oid qatlamlarini tekshiradi. 1958-yildan buyon Afrosiyobni o’rganilish davom etmoqda va hozirgacha turli davrlarga oid bir qancha boshqa yodgorliklar ham o’rganildi. VІ asrga mansub Tallu Barzu yodgorligidagi qazuv ishlari jarayonida VІІІ asrga oid sopol idishlar majmui, sosoniylar tangalari, quyi qatlamidan esa antik va Kushon davriga oid temirchilik charxi, sopol idishlar, haykalcha topildi. 1956-1957-yillarda Kofirqal‘a o’rganila boshlanadi33.
Qadimgi So’g’d, Xorazm, Farg’ona vodiysi va Toshkent vog’asi hududlarining bu davrga oid madaniyati o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ular asosan sodda ishlangan haykalchalar va tasvirlaridan iborat bo’lib, motiviga ko’ra ko’proq real hayot, kishilar turmush tarzi va xo’jalik faoliyati yoki nufuzli kishilarni tasvirlashgan. Zarafshon vohasi hududida Yevroosiyoning yevropoed va mongoloid kabi ikki asosiy irq o’rtasida chegara mintaqasini tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, 1971-yili arxeologik G.V.Shishkin Afrosiyobning shimoliy qismida o’rta asrlarga oid juda qalin qatlam ostida er.av.V asrga oid, ya’ni bundan 2500 yil ilgari yashagan odam skletini topdi. Skelet qadimgi so’g’dlik 172 sm, tiriklikdagi vazni 68 kg ga yaqin bo’lgan. Ularning bosh tuzilishi hozirgi o’zbek va tojiklarga o’xshash va orqa tomoni yassi bo’lgan. bu esa O’rta Osiyoda bolani beshikka yotqizish qadimdayoq keng tarqalganini ko’rsatadi. So’g’dliklarning peshonasi tik va keng, qirraburun bo’lgan. Beti o’rtacha kenglikda, lekin mongoloid irqqa xos yuz yapaloqligi ko’rinmaydi. Bu belgilar so’g’dliklarning yevropoed irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi, ular o’zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi Shimoliy Baqtriya odamlariga o’xshaydi. Demak, yevropoed irqiga mansub O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i tipi, ya’ni hozirgi o’zbeklarga va tekislikda yashovchi tojiklarga xos tip er.av.1 ming yillik o’rtalaridayoq So’g’d hududida tarqalgan. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan antropologik tipdan tashqari, so’g’dliklar orasida uzun boshli O’rta yer dengizi irqiga mansub bo’lgan34.
Samarqand yaqinidagi Kofir qal’a va Buxoro viloyatidagi Poykentda olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan o’rta asr odam suyaklari So’g’d hududida yashovchi xalqlar avvalgiday yevropoed O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i antropologik tipi bilan tavsiflanishni ko’rsatadi. Er.av.1ming yillik o’rtalaridan to milodning VI asrlarigacha, ya’ni taxminan ming yil So’g’dda yashagan aholining antropologik xususiyati - tashqi qiyofasi juda kam o’zgargan. So’g’dliklar orasida ko’pchilikka xos bo’lgan O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i antropologik tipdan tashqari boshqa antropologik tiplar ham uchraydi. Bunga VI-VIII asrlarga oid Panjikent antropologik materiallari dalil bo’la oladi35.
Panjikentda bu davrda yevropoed irqiga mansub ikki guruh aholi yashagan. Ikki guruh kishilarning bosh tuzilishi shakli bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur guruhlardagi ko’pchilik erkaklarning boshi uzun, ayollarning boshi esa dumoloq shaklligi Panjikent aholisining VI-VIII asrlarga aralash bo’lganligini ko’rsatadi. Shunday qilib ilk o’rta asrlarda So’g’d aholisining shakllanishida boshqa irqqa mansub aholi ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Milodiy birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida So’g’d aholisi tarkibiga mongoloid irqiy belgilar aralashuvini ko’ramiz36.
Antropologik materiallardan ma’lum bo’lishicha, o’sha davrda mongoloid irqiga taalluqli belgilar shahardan tashqarida (qishloqlarda) yashovchi so’g’dliklar tarkibiga 10-15 % ni tashkil qilgan. Mongoloid antropologik belgilari mavjud odamlar (masalan, yuzning yalpoqlanishi, yonoqlarning bo’rtib turishi, burun burchagining pasayishi va boshqalar) So’g’d hududidagi sharqiy va shimoliy viloyatlardan kirib kelib, mahalliy xalqlar qiyofasining o’zgarishiga ta’sir ko’rsata boshlagan.
Etnografiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning tadqiqot ob’ekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning kelib chiqishi va joylanishi, ijtimoiy hayotti, xo’jaligi va g’oyaviy qarashlari kabi muommolarni o’rganadi.
Dastlabki etnografik ma’lumotlar ibtidoiy jamiyat qaror topganidan keyin qabilalar o’rtasida aloqalar o’rnatilishi natijasida to’plana boshlangan. O’sha davrdayoq ayrim qo’shni qabila, elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik birligini o’rganadilar.


XULOSA

Tarix odamlarni o’ylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqеa va hodisalarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini bеlgilashga yordam beradi.


Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug`ligi va pokligini bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kеngroq foydalanishda, xalqimizning olijanob, hurriyatparvar va erkparvar an'analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas, barkamol, haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya kattadir.
Yurtimiz tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnasha oladigan, idrokli va qobiliyatli, o’zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga, ona xalqiga chеksiz mеhr-muhabbat xis-tuyg’ulari bilan to’lib toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va harbiy vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish qurolidir.
Shuning uchun ham har qanday rivojlangan davlatda tarix fani millatning, xalqning o’tmishini eslatib undan saboq chiqaruvchi fan sifatida joriy etilib, asosiy e’tibor berilib kelinadi. Shu asosda bizning yurtimizda ham tarix ta’limda asosiy o’rinni egallagan. Ammo eng muhim masala yurtimiz tarixini tadqiq etib chuqurroq o’rganish. Bunga masalan tarixiylik belgilari bor hududlarda arxeologik qazishma ishlarini olib borib o’sha yerni tadqiq etish va tariximizning butunligini yanada tiklash, yurtimiz joylashgan yerning qadimiyligini isbotlab, dalillar bilan ko’rsatish kiradi.
Shu paytgacha o’lkamiz hududda olib borilgan izlanishlar natijasida juda ko’plab tosh davriga oid odamning suyak qodiqlari, qadimiy manzilgohlar, yozma va moddiy ashyolar, o’tmishdan darak beruvchi qoyatosh suratlari, shuningdek ilk o’rta asrlar davriga oid svilizatsiya belgisi bo’lgan ilk shaharlar qoldiqlari Qoraqalpog’iston Respublikasidan, Farg’ona vodiysida, Surxondaryo, Buxoro vohasi hududidan va shuningdek boshqa viloyatlar hududlaridan topib o’rganilgan va moddiy- madaniy yodgorliklar ro’yxatiga kiritilgan. Bu yerdagi topilgan ilk shaharlarda hali ham arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda. Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go’shadan, insonning kindik qoni to’kilgan xonadon tuprog’idan boshlanadi. Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg’ayib voyaga yеtgan ona zaminga mеhr-muhabbat va sadoqatda bo’lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog’ini ko’ziga to’tiyodеk surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir.
Zero Vatandan tashqarida baxt bo’lmagan va bo’lmaydi ham. O’zgalar yurti, bеgona diyor hеch qachon Vatan bo’lolmaydi. O’zga yurtda shoh bo’lgandan o’z yurtingda gado bo’lgan afzal dеgan naql bеjiz aytilmagan. Haqiqiy vatanparvar Vatanning og’ir kunida ham, yеngil kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo’ladi.
O’zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar vujud kabi aniqroq va sеvibroq tasavvur qilasan. Yurtimiz tarixining ko’pchilik qismi chet dalatlari olimlari tomonidan o’rganilganligi bu juda achinarli. Shuning uchun ko’proq o’zimiz o’z tariximizni o’rganadihan vaqt keldi. Buning uchun tarix, arxeologiya va tarixning turli sohalarida yaxshiroq sifatliroq ta’li berishga katta e’tibor brishimi zarur. Shundagina katta-katta natijalarga erishamiz.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish