Tarix va madaniy meros


Mavzuning maqsad va vazifasi



Download 1,09 Mb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#795311
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ATOYEVA XUMORA

Mavzuning maqsad va vazifasi: Ushbu kurs ishimdan maqsad ilk o’rta asrlarda o’rta osiyoning geografik o’rnini, uning tarixi o’rganish va bular haqida talaba yoshlarga ma’lumot berish. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quydagilarni o’z oldimga vazifa qilib qo’ydim.

  • Ilk o’rta asrlarda o’lkamiz tarixi (xioniylar, kidariylar, eftallar)

  • Ilk o’rta asrlar shaharlari (Afrosiyob, Poykand, Varaxsha va boshqalari)

  • Ilk o’rta asrlar shaharlari va me’moriy obidalarining o’rganilishi


Mavzuning o’rganilish darajasi: O’rta osiyo juda qadim tarixga ega bo’gan hudud hisoblanadi.Biz uning tarixi o’sha davr adabiyotlar o’rganishimiz mumkin Abdulkarim As-Somoniyning ,,Nasabnoma’’ asari , Ibn Xavqal Istaxriyning ,,Kitob surat al-arz’’ va yana Narshaxiyning ,,Buxoro tarixi’’ asarlari orqali o’rganishimiz mumkin.



  1. Ilk o’rta asrlarda o’lkamiz tarixi (xioniylar, kidariylar, eftallar)

Eftaliylarning tarix sahnasidagi siyosiy hayoti Eron sosoniylari siyosiy tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Buning asosiy sababi o’sha davrning yirik imperiyalaridan biri sanalgan sosoniylar davlatining bir necha bor eftaliylar davlatiga da’vo qilganligidir. Buning misoli sifatida Forslar shohi Ardashir Papakanning (222-241 yy.) qo’shinlari Parfiya shohi Artaban V ning qo’shinlarini 224-yilda mag’lub etib, o’z bosib olgan hududlarida mustahkam o’rnashib olgach sosoniylar Markaziy Osiyoni egallashga bir necha bor urinib ko’rganliklarini ta’kidlash mumkin. Ammian Marsellinning ma’lumotlariga ko’ra sosoniy shohi Shopur II (309-379) xioniy qabilalariga qarshi jang uchun o’zining katta qo’shini va mablag’ini sarflashga to’g’ri kelgan. Shopur II 357-358-yillarda xioniylar bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzgach yurtiga qaytib ketadi. Ittifoqchilik shartnomasiga ko’ra Shopur II va Rim imperatori Konstantin II (337-361 yy) o’rtasidagi Amida (hozirgi Diyorbakir. Turkiya) shahrini egallashdagi bo’lgan jangda 359-yilda xioniylar ishtirok etadilar3. Ammian Marsellinning yozishicha Grumbat boshchiligidagi xioniy qo’shinlari shaharning janubiy darvozasini ishg’ol etadilar. Bu jangda Grumbatning o’g’li vafot etadi. Bu jangdagi g’alaba tufayli shaharning sharqiy qismi xioniylarga o’tadi. IV asrning 60-yil oxiri-70-yil boshlarida Shopur II poytaxti Balx shahri bo’lgan kushonlar bilan ikki bor jang qiladi. Ushbu janglar tarixi bizga arman tarixchisi F.Buzand (IV-V asrlar) asarlaridan ma’lum. Ushbu jang kushonlarning g’alabasi bilan tugaganligini, ikkinchi jang esa ularning mag’lubiyati bilan tugaganligini arman tarixchilari bayon etadilar.
Sosoniy shohi Shopur II ning Markaziy Osiyoda hukmronlik qilayotgan qabilalar bilan bo’lgan jangi manbalardagi turli chalkashliklar tufayli olimlar o’rtasida ko’plab bahslarga sabab bo’lmoqda. A.Gubayeva fikricha Shopur II ning xioniylar bilan bo’lgan jangi natijasida xioniylar Dahistonni egllaydilar4.
V.G.Lukonin ma’lumotiga ko’ra esa IV asrning 60-yillari oxirida Sosoniy shohi Kushonlar shohi bilan to’qnashadi, bu jangda unga xioniylar ittifoqchi bo’ladilar. E.V.Zeymal fikricha o’sha paytda kushon shohi F.Buzand keltirgan ma’lumotidagi “Buyuk kushon shohi -Arshakun”, bu so’nggi kushon podsholaridan biri Vasudeva bo’lgan. Boshqa bir qator olimlar (M.M. Dyakonov, A.M.Mandelstam, V.M.Masson) Shopur II kidariylar bilan to’qnash kelganliklarini va unda sosoniylarga xioniylar ittifoqdosh bo’lganliklarini ta’kidlaydilar. L.X.Ter-Mkrtichyanning ta’kidlashicha esa Shopur II ga qarshi turgan qabila bu faqat xioniylar bo’lib, o’sha davrda ular O’rta Osiyoda mutloq hukmron edilar. R.Frayning ta’kidlashicha esa kushonlarning shuhrati shu qadar ulkan bo’lganki, hatto ularning avlodi eftaliylar va Shohlar sulolasi bo’lgan Qobul hukmdorlari ham o’zlarini to arablar bosqiniga qadar o’z sulolalari tarixini kushonlarga borib taqaganlar.
B.Ya.Staviskiy va B.I.Vaynberg numizmatik materiallarni tahlil etgan holda Shopur I (383-388) va Varahran IV (388-399) hukmronligining so’nggi yillarida sobiq Kushonlar Baqtriyasida kidariylar va xioniylarning tangalari zarb etila boshlanganligi va ushbu hudud bu paytda mustaqil bo’lganligini ta’kidlaydilar5. Dostonlarda Baxrom Go’r nomi bilan mashhur bo’lgan forslar shohi Varaxran V (420-438 yy) hukmronligigacha bo’lgan davrda forslarning O’rta Osiyo chegaralaridagi janglari haqida axborotlar deyarli ma’lum emas. O’rta asr tarixchilari at-Tabari (839-923), ad- Dinavoriyning (IX asr) ma’lumotiga ko’ra Bahrom Go’r hukmronligi paytida Eronga xoqon boshchiligida “turk”larning ulkan qo’shini bostirib kiradi. Ikki o’rtadagi janglar tafsiloti mualliflar tomonidan qiziqarli bayon etilgan. Unga ko’ra Bahrom Go’r ayyorona yo’l tutib turklar ustidan g’alaba qozongan. Shu o’rinda o’rta asr arab va fors manbalarida keltirilgan va forslar shohi Varahran V bilan jang qilgan “turklar” aslida kimlar ekanligini aniqlash muhim. Bu borada hozirda olimlar o’rtasida yagona fikr mavjud emas.
Bir guruh olimlar (I.Markvart, M.E.Massun, E.E.Nerazik, S.V.Vyazigin, B.G’.G’ofurov, K.B.Trever, A.Gubayev) Eron shohiga qarshi xioniylar jang qilgan desalar, boshqa bir guruh olimlar (A.N.Bernstam, M.M.Dyakonov, A.M.Mandelstam, S.P.Tolstov, P.G.Bulgakov) ular- eftaliylar, yana bir guruh olimlar esa (L.N.Gumilev va boshqalar) kidariylar bo’lgan degan fikrni ilgari suradilar. A.N.Pigulevskaya esa aniq bir xalq nomini keltirmaydi va Varaxran V xun qabilalari bilan jang qilganligini ta’kidlaydi. Arman manbalarining guvohlik berishicha Varaxran V ning o’g’li Yazdigird II (438-457), o’z oldiga istilochilik maqsadlarini qo’yadi va uning butun hukmronlik davri O’rta Osiyo xalqlariga qarshi janglar bilan bog’liq. Yazdigird II ning xioniy – eftaliylarga qarshi olib borgan ko’p yillik janglari besamar ketadi. O’rta asr tarixchisi at-Tabari ma’lumotiga ko’ra eftaliy shohi Axshunvor (Vaxshunvor, ba’zi manbalarda Xushnavoz) qo’l ostida 457-yilda Gurdjiston, Toxariston, Balx, Badaxshon hududlari bo’lgan. Shu o’rinda eftaliylar shohi nomining kelib chiqishiga doir turli bahslar ham mavjudligini ta’kidlash joiz. V.A.Livshits bu ism so’g’dcha o’qilib sharqiy eron tilidan kelib chiqib “shohlikni himoya qiluvchi” ma’nosini anglatgan desa;
S.Gomech eftaliy shohi Aksungur deb atalganini ta’kidlaydi, Vizantiya tarixchisi F.Simokatta uni Eftalan, Axshunvor deb tilga oladi. Maxmud Qoshg’ariy uni Axshundar deb tilga olsa, A.Vamberi esa Akshunkar (Aksongar), yani turkchada oq shunqor , ma’nosini anglatganini ta’kidlaydi. L.N.Gumilev esa eftaliy shohining Xushnavoz deb atalgani uni fors tilida “iste‘dodli musiqachi” ma’nosini anglatganini ta’kidlaydi6. B.X.Karmisheva Surxondaryo chegarasidagi Vaxshuvorni tahlil etib, bu nomning eftaliy shohi nomiga o’xshashligini e’tirof etadi. Eftaliylar va sosoniylar o’rtasidagi janglar Pero’z (459-484) davrida avj oladi. Yazdigird II vafotidan so’ng 457-yilda uning ikki o’g’li Xormizd va ukasi Pero’z o’rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Xormuzd taxtni egallagach Pero’z eftaliylar davlatiga qochib ketadi va ulardan taxtni egallashda yordam berishlariga umid qiladi.
Firdavsiy ma’lumotlariga ko’ra eftaliy shohi Faganish Pero’zga Termiz va Vashgird (Vaxsh va Kofirnihon oralig’idagi shahar) shahri evaziga 30 ming harbiy qo’shin beradi. Eftaliylar yordami bilan Pero’z o’z akasini 459-yilda mag’lub etadi va shohlik taxtini egallaydi. Shu yili Pero’z eftaliy shohi Vaxshunvor bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzadi. Kidariylar ustidan g’alaba qozongan Pero’z ittifoqchilik shartnomasi tuzilganligiga qaramay eftaliylarga qarshi jangga tayyorlanadi.
Ad-Dinavoriy ma’lumotiga ko’ra urushning sababi Tohariston aholisining eftaliylardan noroziligi va Pero’zdan yordam so’raganligi bo’lgan. Bu paytda eftaliylar davlati tarkibiga Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari, Turkmaniston cho’llari, Amudaryo oqimi bo’ylab joylashgan hududlar, Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimidagi hududlar (Shimoliy Afg‟oniston) kirgan. Ba’zi ma’lumotlarda Pero’zning eftaliylar ustiga hujumi 457-yilda, boshqa ma’lumotda esa 482-yilda boshlangan va Pero’zning mag’lubiyati bilan tugaganligi ta’kidlanadi. Prokopiy Kesarskiy ma’lumotiga ko’ra Pero’z eftaliylarga ularning ayyorona va aqlan o’ylab topgan rejalari asosida asirlikka tushib qoladi. Eftaliylar shohi Pero’zga shunday badal to’lashini aytadiki, uni Pero’z xursandlik bilan qabul qiladi. Pero’zni ozod etish sharti bu – juda katta miqdordagi oltin edi7. Talab etilgan to’lov Vizantiya imperatori Zenon (479-491-yy.) tomonidan beriladi. Chunki sosoniylar Kavkazning tog’li hududlarida sosoniylar qal’a va gornizonlarni qo’l ostida ushlashi va u yerdan dushmanni o’tkazib yubormaslik sharti bilan Vizantiya imperiyasi ularga subsidiya to’lashi lozim bo’lgan. Eftaliylar va Pero’z o’rtasidagi jang tafsilotlari Ibn al-Fakih tomonidan ham qiziqarli tarzda bayon etilgan.
Manbalarda Pero’zning eftaliylar ustiga uch bora yurish qilgani bayon etiladi. Birinchi yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqach u ikkinchi bor yurish boshlaydi. S.P.Tolstovning ta’kidlashicha Pero’zning ikkinchi yurishi 479-yilda sodir bo‟lgan. Ikkinchi bor asirlikka tushgan Pero’z eftaliylarga o’z ozodligi uchun katta miqdorda kumush tanga, shu bilan birga chegara shahar Talakanni eftaliylarga qaytarib berishi kerak bo’lgan. Pero’zning uchinchi jangining sababi Prisk Paniyskiy ma’lumotiga ko’ra Pero’zning kidariylar shohiga xotinlikka o’z singlisini emas kanizakni yuborganligi ma’lum bo’lib qolgach o’zini haqoratlangan deb his qilganligi uchun shoh Kunha Pero’zdan o’ch olmoqchi bo’ladi. Unga noma yuborib Pero’zdan tajribali harbiylaridan yuborishini iltimos qiladi. Yolg’oni fosh bo’lganligidan bexabar Pero’z Kunxaning talabini qondiradi. Pero’zning yolg’oniga javoban kidariylar shohi u yuborgan harbiylarni ayanchli ahvolga soladi. Ana shu voqea ikki o’rtada yana jang boshlanishiga sabab bo’lgan.
Prisk Paniyskiy bu yerda O’rta Osiyoda yashagan xun qabilalarini “kidariylar” deb atagan va tilga olgan. Bal’amining ma’lumotiga ko’ra Pero’z bu jangni bosh kohin va harbiy qo’shinning qarshiligiga quloq solmay boshlab yuboradi. Urush haqidagi xabar eftaliy shohiga yetib kelgach ular Pero’zga ogohlantirish nomasi yuboradilar, lekin bunga Pero’z bepisand qaraydi. Shunda eftaliylar sosoniylarga tuzoq qo’yadilar. Bu safar ham jang eftaliylarning g’alabasi bilan tugaydi. Pero’z va uning yetti o’g’li vafot etadi. Pero’zning tirik qolgan Kubod ismli o’g’li, ham keyinchalik eftaliy shohiga xotin bo’lgan qizi asirga tushadi. Lekin arman va vizantiya manbalarida Pero’zning jasadi o’lganlar orsida topilmaganligi kelatiriladi.
M.M.Dyakonov va A.M.Mandelstamning ta’kidlashicha Pero’zdan so’ng taxtga o’tirgan uning ukasi Balash (484-488-yy.) eftaliylarga har yili o’lpon to’lagan, sosoniylar bu o’lpondan faqatgina Xusrav I Anushirvon davrida ozod bo’lgan. V.M.Masson esa sosoniylarning eftaliylarga bo’ysungan davrini numizmatik materiallar asosida 484-545-yillar deb ta’kidlaydi8. Chunki Balash, Kubod, Xusrav I tangalarida eftaliy tilida yozuv bitilgan. Iyeshu Stilitning ma’lumot berishicha, Balash sosoniy kohinlari va amaldorlari tomonidan taxtdan ag’darilgach uning o’rniga Pero’zning eftaliylar dargohida bolaligida tutqunlikda ushlab turilgan o’g’li Kubod o’tiradi. V asrning so’nggi choragida Eronda ko’tarilgan Mazdak boshchiligidagi qo’zg’olonni qo’llab-quvvatlagan shoh Kubod saroy a’yonlari va kohinlari tomonidan zindonband qilinadi va mahfiy o’limga hukm qilinadi. Kubod xotini yordamida u yerdan qochib qutiladi va eftaliylar davlatiga yo’l oladi. U yerda Kubod bir paytlar eftaliylar shohiga xotin bo’lgan o’z singlisining qiziga uylanadi. Shu tariqa eftaliylarga kuyov bo’ladi va har yili ularga o’lpon to’lashiga to’g’ri keladi. Shu yillarda Kubodning Vizantiya bilan munosbatlari keskinlashib ketadi. Bunga sabab Vizantiya imperatori Anastasiy I ning eftaliylarga o’lpon to’lash uchun Kubodga yordam berishdan bosh tortgani bo’lgan. Kubod bu masalani jang yo’li bilan hal qilishni afzal ko’radi va bu jangda 502-yilda eftaliylar ittifoqchi sifatida ishtirok etadilar.
506-yilda sosoniylarning Vizantiya ustidan g’alabasi tufayli eftaliylarga Kubod katta miqdorda oltin hadya etadi. U.Mak Governning ta’kidlashicha Kubod eftaliylar bilan ittifoqni buzib ularga qarshi 503-yildan 513-yilgacha davom etgan urush olib boradi.
A.N.Bernshtamning ma’lumotiga ko’ra Kubod 513-yilda eftaliylarni tor-mor etadi va eftaliylar turklarning ta’siriga tushib qoladi. Shu o’rinda eftaliylarning ulkan davlat tuzishdagi harakatlariga e’tibor qaratish lozim. Sosoniylar ustidan g’alaba qozongan eftaliylar o’z davlati chegaralarini kengaytirish maqsadida V asr boshlarida janub tomonga qarab harbiy yurishlarni davom ettiradilar. Hind manbalarida Gupta dinastiyasi hukmdorlari eftaliylar (ular “xun” nomi bilan tilga olinadi) bilan janglar olib borganliklari haqida ma’lumot keltiriladi9.
V.M.Massonning ta’kidlashicha 460-yillarda eftaliylar Hind daryosining o’rta oqimidagi yerlar – Gandharani (hozirgi Pokiston hududlari) egallaydilar. S.P.Tolstovning ta’kidlashicha V asr oxirlarida eftaliylarning yo’lboshchisi Toraman 490-515-yillarda Gupta imperiyasining qarshiligini yengib Sind, Radjastan va Jamna-Ganga vodiylarini egallaydi. Hindistondagi eftaliylarning tangalarida Markaziy Osiyodagi eftaliylarning tangalaridan farqli holda hindcha yozuvlar paydo bo’ladi. Toraman vafotidan so’ng taxtga 515-544-yillarda uning o’g’li Mihirakul o’tiradi. U o’z davlatining poytaxti etib Sagalani (hozirgi Sialkot shahri) tanlaydi. VII asr xitoy sayyohi Syuan Tszanning yozishicha Mihirakul butun Hindistonni o’ziga bo’ysundiradi. Kashmirning “Radjatarangini” deb nomlangan tarixiy solnomasida Kalxan Mixirakulni buzg’unchilik xudosi bilan tenglashtirb, uning shohlik taxtini egallaganligi haqida yozadi. Mixirakul o’z davlati sarhadlarini shimoliy-g’arbiy Hindistonning Djamna-Gangasidan tortib Gvaliorgacha kengaytiradi va u yerda o’z nomiga atab Mihirapur shahrini bunyod etadi. Aynan shu davrda Hindistonda eftaliy hukmdorlari o’z saltanatining yuqori cho’qqisiga ko‟tariladi. Lekin 533-yilda u Aulikar sulolasining hukmdori Yashodharman tomonidan mag’lub etilib asirga tushadi. Aynan shu paytda Mihirakulning ukasi unga qarshi bosh ko’taradi, bu vaziyatda shoh poytaxt Sakalani tashlab chiqib ketishiga to’g’ri keladi. Mihirakul garchi mag’lubiyatga uchragan bo’lsada Gandhara va bir qator qo’shni hududlarni o’z qo’lida saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi. Mihirakulning avlodlari keyinchalik katta kuchga ega bo‟la olmadilar, shuning uchun ham ularning Hindistondagi hokimiyati zaiflashib bordi. Lekin shunday bo’lsada badiiy va epigrafik manbalar ularning VII asrda ham hind hukmdorlariga qarshi kurash olib borganliklari haqida ma’lumot beradi.
Eftaliylar davlati sarhadlari Sharqiy Turkiston hududlariga ham yetib brogan. Eftaliylar tomonidan 479-yili Sharqiy Turkiston, 490-497-yillarda Urumchi davlat tarkibiga qo’shib olingan. 495-yilda janubiy teleutlar, 496-yilda esa shimoliy teleut qabilalari yerlari bosib olindi. Shunday qilib VI asr boshlaridayoq Sharqiy Turkiston eftaliylar qo’liga o’tadi. 516-520 va 526-yillarda eftaliylarning elchilari Janubiy Xitoyga, Lyan imperiyasiga tashrif buyuradilar. Bu elchilikdan maqsad Vey imperiyasiga qarshi ittifoq tuzishdan iborat bo’lgan. 522-yilda Xara-Xoto viloyati juan-juan hukmdori Polomen xitoyliklarga qarshi bosh ko’taradi va eftaliylar tomon qochishga urinadi, lekin uni Vey qo’shinlari tutib olib qatl etadilar. Shu o’rinda aytib o’tish joizki eftaliylarning juan-juanlar bilan qarindoshlik aloqalari bo’lgan. Polomenning uch singlisi eftaliy hukmdorlarga turmushga chiqqan.
Shunday qilib, eftaliylar O’rta Osiyoning katta qismini- Sharqiy Turkistonni va Hindistonnig ko’plab hududlarini o’z qo’l ostilarida birlashtirib VI asr boshlarida yirik imperiyaga asos soladilar10. Bu davr ko‘chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi (konfederatsiya)ning yuzaga kelishi-yangi siyosiy kuchlarning paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.
Shunday kuchlardan biri - Kidariylar xususidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida hamda g‘arb tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma’lumotlarida uchraydi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra Kidoriylarning yuechjilar hukmdori Sidolo yoki tadqiqotlar fikricha Kidor (ba’zan "Kidara") IV-asrda hukmronlik qilgan. Yaponiyalik tadqiqotchi K.Enoki braxmiy yozuvidagi bir qator "Kidara Kushon sha" deb yozilgan tangalarni tadqiq qilgan. Bu taxminan 390-430-yillarga mansub bo‘lib, hind tadqiqotchisi A. Bivarning xulosasiga ko‘ra bunday tangalar 2 ta hokim tomonidan bir vaqtning o‘zida zarb etilgan. Enokining fikricha Kidoriylar Tohariston va Gandxarni 412-437-yillar oralig‘ida o‘z qo‘llarida birlashtirganlar.
Kidariylar masalasi nisbatan ancha kam o‘rganilgan va tadqiqotlar davom ettirilishi kerak bo‘lgan masaladir. Chunki yuqoridagi ma’lumotlarni (jumladan Beyshi) keyinchalik boshqa manbalar tilga olmaydi11. Hindistonga (456 y) ketib Gupta davlatini bosib olganlaridan keyingi kidariylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham deyarli yo‘q. Faqatgina ular Hindistonda 15 yil hukmronlik qilganlari, 477-yil Gandxardan Xitoyga elchilar yuborganliklari ma’lum xolos. Ba’zi tadqiqotchilar ularni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig‘i deb ham tushuntirish berishadi. Shuningdek , kidoriylarning O‘rta Osiyoning janubida xiyoniylar bilan birga ittifoqchiligi hamda ularning Eronga qarshi birgalikdagi harakatlari to‘g‘risida ham turli taxmin va fikrlar mavjud. IV asr o‘rtalarida Turon o‘lkasiga shimoldan ko‘chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi12. Tarixda ular xiyonit yoki xioniylar nomi bilan tanilganlar. Xioniylarning 353-yil So‘g‘d ustiga yurish qilganliklari ma’lum. Xioniylar hukmdori o‘rta yoshlardagi tadbirkor va aqlli davlat arbobi Grumbat ismli shaxs bo‘lgan. 359-yil xioniylar o‘z ittifoqchilik burchlariga ko‘ra Shopur II bilan Suriyaning Amida (Umda) shahri uchun bo‘lgan jangida qatnashishadi. Bu jangda Grumbatning o‘g‘li halok bo‘ladi.
IV asrning 60-70 yillarda Eron bilan munosabatlar yana keskinlashib, Eron shohi Shopur II xioniylar bilan kurash olib boradi va ikki marotaba yengiladi. Bu kurashda xioniylar kidoriylar bilan ittifoqchilikda bo‘lgan bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas. Bu davrda Sirdaryo bo‘yidan Amudaryogacha cho‘zilgan hudud xioniylar ta’siri ostida bo‘lgan. Umuman olganda, xioniylar kidariylar bilan ko‘pincha ittifoqda harakat qilgan bo‘lishlari kerak. Chunki tadqiqotlarda ularning nomi ko‘pincha birgalikda uchraydi. Ularni ba’zida eftalitlarning bir qismi deb ham hisoblashadi. Fikrimizcha, ulardagi o‘zaro farqlanish faqat sulolaviy bo‘lgan. Chunki ularning hammasi qon-qardosh turkiy xalqlardan bo‘lishgan13.



  1. Download 1,09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish