Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti



Download 30,91 Kb.
bet1/8
Sana15.03.2023
Hajmi30,91 Kb.
#919172
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI (1)


3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI
VA TARAQQIYOTI.


REJA.
1. Antik davr mualliflarining O'rta Osiyoga doir kartografik tadqiqotlari.
2. XIII-XIX asrlarda G'arbiy Yevropada O'rta Osiyo haqidagi tarixiy-geografik va kartografik ma`lumotlar.
3. Rossiyada O'rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma'lumotlar.
4. O'rta Osiyo olimlarining kartografik tadqiqotlari.


Tayanch iboralar.
a). Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolemey, „Geografiyadan qo'llanma" rus geografi I.V. Mushketov, Dj.Tomson, V.Fedchina, V.Dementyev, O.Andryushenkolar.
b). Ingliz, fransuz ,nemis va rus olimilarning ilmiy fikri va qarashlar. (Iogann Mattias Xazning, A.Gumboldt, Genri Yul, Fridrix Ferdinand fon Rixtgofen,Vilgelm Siversning, M.J. Shaffanjon).
v)„KattaChizmagaKitob",Sibir„Chizmasi",I.Krasilnikov,N.Muravyov, Ya.V.Xanikov,P.P.Semenov-Tyanshanskiy,.A.Seversav, A.P.Fedchenko, M.A.Terentev, N.I.Grodekov, .N.Zaysevlarning asarlarida.
g). Al-Xorazmiy xalifa Ma'mun , „Bayt-ul-hikma" „Donishmandlar uyi", Dunyo kartalari", Beruniy. „Tastih as-suvar va tabtih al-quvar" qisqacha „Kartografiya", Al-Balxiy, „Islom atlasi", Mahmud Qoshg'ariy bo'lib, u „Devonu lug'otit turk", Uch globus, Abdurazzoq Samarqandiy.
1. Antik davr mualliflarining O'rta Osiyoga doir kartografik tadqiqotlari.
Qadimgi davrda Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolemey va boshqa antik mualliflarning asarlaridagi O'rta Osiyo haqidagi ma'lumotlar ushbu hududlar haqidagi dastlabki tarixiy-kartografik ma'lumot hisoblanadi.
Chunonchi, Gerodot (miloddan avvalgi 484-425 yillar) o'zining „Tarix" kitobida Kaspiy dengizidan sharqda bepoyon kengliklar mavjudligi haqida ma'lumot beradi. U Kaspiy (Girkan) dengizini yopiq havza deb, uning ko'lami haqida shunday fikr yuritadi: „ Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo 'lib 8 kunda suzib o 'tish mumkin".
Gerodot massagetlarning yerlari haqida ham fikr yuritib, ular „Kaspiy dengizidan sharqda, quyosh chiqish yo'nalishida joylashgan", deb yozadi. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma'lumotlari ham qiziqarlidir.
Gerodot ma'lumotlariga tayanib, Dj.Tomson, V.Fedchina, V.Dementyev, O.Andryushenko kabi olimlar antik davr tarixiy kartalarini yaratganlar. Dj.Tomson Kaspiy dengizining kengligini uzaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi. V.Dementyev, O.Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to'g'riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog'i tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V.Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan „botqoqlik va ko'llar" mavjud hududlar tasvirlangan bo'lsada, biroq baqtriyaliklar va massagetlar yerlari chizilmagan.
Yana bir yunon olimi Ktesiy (miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan yunon olimi. Kichik Osiyoning Knid shahridan bo'lib, miloddan avvalgi 414 yildan boshlab ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib bo'lib xizmat qilgan. Shu vaqt mobaynida u O'rta Osiyoning qadimgi davlatlari va shaharlari to'g'risida batafsil ma'lumot to'plagan. Asosiy ma'lumotlarini o'zining „Persiya tarixi" kitobida yozib qoldirgan bo'lib, uning kattagina bir qismi Baqtriya tarixiga bag'ishlangan). Uning qayd etishicha, qariyb barcha xalqlar satrapliklarga bo'lingan bo'lib, faqatgina sak qabilalarigina satrapliklarga kirmagan.
Ktesiy davrida Baqtriya sharqdagi yirik va ahamiyatli satrapliklardan bin bo'lgan. Baqtriya yerlaridagi kumush konlari haqida gapirib, Ktesiy ushbu zamirining chuqur yer qatlamlarida ushbu metallning ko'pligini yozadi.
Ktesiyga ko'ra, sharqda yirik Shimoliy dengiz (Kaspiy dengizi) bo'lib, dengiz bo'yida girkanlar va ularning qo'shnisi darbiklar istiqomat qilganlar. Ulardan ham sharqda esa parfiyalik va 4,x barkaniyaliklar, xoramney va karmoniylar istiqomat qilishgan. Baqtriya tekisliklariga esa g'arbdan faqatgina kichik tog' yo'li orqali o'tish mumkin bo'lgan. Baqtriya yerlari Tanais daryosidan Hind daryosi bo'ylarigacha bo'lgan yerlarni egallagan. Tanais Baqtriya yerlarini Yevropadan Hind esa Hindistondan ajratib turgan. Ktesiy tasawuriga ko'ra, Tanais Hind daryosiga qarama-qarshi bo'lib, Pont (Qora) dengiziga quyilgan.
O'rta Osiyo haqidagi keyingi ma'lumotlar Aleksandr Makedonskiy yurishlari (miloddan awalgi 329-327 yillar) davrida to'plandi. Keyinroq antik davrning yirik geograf olimi Strabon milodiy I asrda 17 kitobdan iborat „Geografiya" asarini yaratdi. U miloddan awalgi V asrdan-milodiy I asrgacha bo'lgan barcha geograf va tarixchilarning asarlaridan tanqidiy foydalandi.
"Geografiya"ning XI kitobida O'rta Osiyoning Parfiya va Girkaniya kabi o'lkalari, Araks, Oks (Amudaryo), Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Epard (Murg'ob) daryolari haqida, shuningdek, kitobda O'rta Osiyoda yashovchi sak, so'g'd, skif, massaget qabilalari haqida ham ma'lumotlar bor. Amudaryo-ning suvlari esa botqoqliklarga emas, „suvlar mamlakati"ga singishi haqida yozilgan. „Suvlar mamlakati", Shimoliy dengiz deganda Strabon Orol dengizini tushungan, Amudaryoning bir o'zani Girkan qo'ltig'iga quyiladi, deb o'ylagan.
Strabon Yaksart va Oks daryolari bo'ylarida yashovchi qabilalarning joylashuv holatiga ham to'g'ri baho bergan. L Parapamiz (Hindikush) tog'larining shimoliy tarmog'ini Imaus (Pomir) tog'lari deb tushungan. Strabonga ko'ra, O'rta Osiyoda massaget qabilalarining bir qismi tog'larda, yana bir qismi tekisliklarda, uchinchi qismi botqoqliklarda, to'rtinchi qismi esa ana shu botqoqliklardagi orollarda istiqomat qilganlar. Strabon tilga olgan tog'lar Orol dengizi va Kaspiydan sharqdagi tog'lar, ya'ni Tyanshan va Pomirni, vodiy deganida esa Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi yerlarni nazarda tutgan.
Qadimgi dunyoning geografik hamda kartografik bilimlarini umumlashtirgan mashhur olimlardan biri milodiy II asrda yashagan yirik kartograf olim Klavdiy Ptolemeydir. Uning „Geografiyadan qo'llanma" asari antik davrning o'ziga xos geografik ensiklopediyasidir. Ptolemey mazkur asaming birinchi bobida geografiyaning vazifalari va dunyo kartasini tuzishda qanday kartografik proyeksiyani qo'llash lozimligini bayon etgan. Umuman, bu asarni dunyoning geografik atlasi desa ham bo'ladi. Ptolemey bu asaridan tashqari 27 ta kartani o'z ichiga olgan dunyo atlasini tuzdi.
Osiyo Ptolemey «Geografiya»sining V-VII boblarida 12 ta kartada berilgan, 48 ta viloyatga bo'lingan. Uning atlasidagi yigirma ikkinchi kartada O'rta Osiyo hududlari ham aks ettirilgan. Ushbu karta tahlili bo'yicha S.A.Vyazigin, B.P.Ditmar, V.V.Latishevlar maxsus shug'ullanishgan.
Mashhur rus geografi I.V. Mushketovning fikriga ko'ra Ptolemeyning bu kartasida Turkiston to'g'risida hatto XVIII asrning birinchi yarmidagi yevropalik olimlarning tasawurlariga qaraganda ham kengroq va to'g'ri ma'lumotlar bor.
Ptolemeyga qadar barcha yunon muarrixlari Kaspiy dengizini Dunyo okeanining qo'ltig'i deb, noto'g'ri tasawurga ega edilar. Ptolemey ana shu mavjud xato tasawurni inkor qilibgina qolmay, uning noto'g'riligini isbotlab ham bera oldi.
Ptolemey kartasida Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Oks (Amudaryo va uning irmoqlari), Ox (Tajan) va Marg (Murg'ob) daryolari, boshqa ko'plab kichik daryolar bor. Biroq O'rta Osiyoning yirik daryolari Kaspiy dengiziga quyiladigan qilib tasvirlangan. Kaspiy dengizi esa sharqdan g'arbga cho'ziltirib chizilgan.
Kartada tarixiy hududlar (So'g'diyona, Baqtriya, Marg'iyona), xalqlar (xorazmliklar, zariasplar, massagetlar) shaharlar (Tribaktra, Astkana, Xaraxarta, Marakanda, Turkana, Antioxiya-Marg'iyona) aks ettirilgan. Shuningdek, kartada Sirdaryo va Amudaryoning o'rta oqimlari oralig'idagi hudud Transoksiana deb atalgan. Klavdiy Ptolemey kartasi yana shu jihatdan ahamiyatliki, unda O'rta Osiyodagi davlatlar chegaralab berilgan. Bundan tashqari, ptolemey kartasi etnografik jihatdan ham ahamiyatli: kartada 12 qabila (xorazmliklar, toxarlar, massagetlar va hokazo) ajratib ko'rsatilgan.
O'rta Osiyo tog'lar orasidagi bir vodiyda ko'rsatilgan: janubda Paropamis tog'lari, sharqda meridianal cho'zilgan Imaus (Pomir) tog'lari bor.
Shunday qilib, antik davr olimlarining O'rta Osiyo haqidagi deyarli yetti asr mobaynidagi, ya'ni Gerodotdan Ptolemeygacha bo'lgan kartografik tasawurlari keyinroq ancha ilmiy tadqiqotlar bilan boyib bordi.

Download 30,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish