5. O’rta asr arab manbalarida Buxoro, Samarqand va Nasaf shahri.
Buxoro Arablar istilosidan avval Buxoro shahri O‘rta Osiyoning yirik savdo va madaniy markazlaridan biri edi. O‘sha davrlarda Buxoroning hududi 30-35 ga teng bo‘lgan. Shahar devorlar bilan o‘rab olingan 7 ta darvozadan iborat bo‘lgan. Shahristondan g‘arbda Ark joylashgan. Arablar istilosigacha Arkda shahar hokimlari Buxor-xudotlar yashardi. Arablar shaharni bosib olgandan so‘ng bu yerda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar.
VIII asrga kelib Samarqand shahriga nisbatan ham obrusi ortib bordi. Bu davrda shahar Shahriston qismga ajratilgan. Al Istaxriy Buxoroda bo‘lgan davrda shaharning shahriston qismidagi darvozalarining nomlarini keltirib o‘tadi. 1.Madina darvozasi; 2. Nur darvozasi; 3. Podkopo darvozasi; 4. Temur darvoza; 5. Bonu Asad darvozasi; 6. Bonu Sad darvozasi bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Samarqand shahri to‘g‘risida X asr arab geografi Istaxriy fikr bildirib shaharni “Mavoraunnahrning quruqlikdagi bandargohi” deb tarif beradi. IX-XII asrlarda shahar hayoti Shahriston devorlaridan tashqariga chiqib, Cho‘ponota tepaliklaridan tortib Darg‘om daryosi etaklariga, Zarafshon vodiysining bepayon kengliklariga yoyilgani takidlangan. Manbalarda keltirilishicha, Samarqand o‘zining ko‘klamzorligi bilan mashhur bo‘lgan.
Nasaf, Istahriy ma’lumotiga ko‘ra, Nasaf-kuhanduz, shahriston va raboddan iborat yirik shahar edi. Shaharni daryo kesib o‘tgan bo‘lib, shahar darvozalari (Buxoro, Samarqand, Kesh, Gubdin) qo‘shni yirik shaharlar va aholi punktlariga eltuvchi nomlar bilan atalgan. Nasaf rabodi ham devor bilan o‘ralgan va uning to‘rt darvozasi bo‘lgan. Bu darvozalar Samarqand, Kesh, Kajarit va Gubdin deb nomlangan. Jome’ masjidi rabodda, bozorlar yonida yirik bozor qad ko‘targan.
6. O’rta asr arab manbalarida Kesh, Chag’oniyon va Termiz shahri.
Ibn Xavqalning “Yo‘llar va yurtlar” asarida Kesh haqida quyidagi ma’lumotlar saqlangan: “Kesh shahristonida to‘rt darvoza bor: Temir darvoza, uning yonida Ubaydulloh darvozasi va to‘rtinchisi tashqi shahar darvozasi. Tashqi shaharda ikkita darvoza bor: ichki shahar darvozasi va Barkanon darvozasi. Siyom tog‘laridan boshlangan daryo shaharning janubida oqadi, yana bir daryo - Asrud; Qashqrud rustoqidan boshlanib, shaharning shimolida oqadi”.
“Kitob al-masolik va-l-mamolik” Abu Zayd Balxiy, Istahriy va Ibn Xavqal ijodi mahsulidan iborat geografik asar. Unda yozilishicha, IX-X asrlarda Kesh qal’a (ko‘handiz), shahar qo‘rg‘oni (hisn) va shahar atrofi (rabod) qismlardan iborat bo‘lgan. Qal’a arablar istilosi davrida xarob etilganicha, hali tiklanmagan edi. Shahar eniga va bo‘yiga 2 km dan ortiqroq maydonni ishg‘ol qilgan va 4 ta darvozasi (tashqi devorda 2 ta darvoza) bo‘lgan. Shahar yonidan daryo oqib o‘tishi, iqlimi issiqligi, mevalar mo‘l-ko‘lligi ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |