Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/320
Sana13.02.2022
Hajmi3,44 Mb.
#447053
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   320
Bog'liq
tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti copy

Investitsiya loyihasi 
- bu Shunday hujjatki, unda kapitalni iqtisodiyotning 
turli tarmoq va sohalariga yo‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi 
ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu chora-tadbirlardan maqsad ishlab chiqarish kuchlarini 
yanada rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashdir. 
Ushbu kapital qo‘yilmalar quyidagi maqsadlarga sarflanishi mumkin:
- yangi qurilishga;
- ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlashga;
- ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalarini 
modernizatsiyalashga;
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy talablar darajasida saqlab 
turishga va hokazo.
Investitsiya loyihasining qurilish loyihasidan farqlay bilish lozim. Ma’lumki, 
qurilish loyihasida muayyan obyektning qurilishi bilan bog‘liq texnik, iqtisodiy, 
tashkiliy, konstruktiv va boshqa yechimlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Qurilish loyihasi - 
bu avvalo u yoki bu obyektning qurilishi bilan bog‘liq texnik-iqtisodiy asoslash
tuShuntirish xati, chizmalar va smetalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plamidir.
O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay 
investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi: 
-iqtisodiy barqarorlik; 
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so‘mning to‘lov 
qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish 
va ularni moliyalashtirish bo‘yicha quyidagio millar mavjud: 
-investitsiya loyihalari bilan Shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish; 
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bo‘yicha investitsiya 
loyihalarini tuzishni jadallashtirish; 
-iqtisodiyotda ilm-fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni 
yangilash va yangilarini barpo etish bo‘yicha intellektual investitsion loyihalarni 
amalga kiritilishi. 
Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni, masalan, qurilishni tashkil qilish 
loyihasi (QTL), ishlarni amalga 
oshirish 
loyihasi 
(IAL), materiallar, 
konstruktsiyalar va asbob-uskunalarni yetkazib berish jadvali va hokazolarni ham 
o‘z ichiga olishi mumkin. Ya’ni qurilish loyihasi - bu ko‘proq quruvchilar - 
prorablar, katta prorablar, qurilish uchastkasi va boshqarmalar boshliqlarining 
qo‘lida bo‘ladigan hujjatdir. Moliyalashtirish manbalari tomonidan tasdiqlangan 
qurilish loyihalari va qurilishga ajratilgan yer maydonlari qancha ko‘p bo‘lsa, 
qurilish uchun buyurtmalar “portfeli” ham Shunchalik to‘laroq bo‘ladi.


60 
Endi esa, investitsiya loyihalariga qaytamiz. Aytib o‘tilganlardan tashqari, 
investitsiya loyihalari kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umuman 
moliya-kredit 
tiziminining 
faoliyatini 
yaxshilash, 
mavjud 
injenerlik 
kommunikatsiyalarini 
modernizatsiyalash, 
ekologiyani 
va 
atrof-muhitni 
sog‘lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab 
chiqilishi va kelgusida amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim investitsiya loyihalari global harakterga ega bo‘lib, alohida bir 
mamlakat manfaatlari doirasidan tashqariga ham chiqishi mumkin. Masalan, 
bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kredit liniyalar bo‘yicha ochilgan jami 
summasi 200 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 185 dan ortiq loyihalar ishlab 
turibdi.
Ko‘rinib turibdiki, investitsiya loyihalari turli miqyosda va turli maqsadlarda 
ishlab chiqilishi mumkin. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lganliklari 
hamda avval aytib o‘tilganidek, milliy daromadning “salmog‘ini” sezilarli darajada 
belgilashlari tufayli, investitsiya loyihalarini aynan Shu bo‘g‘in miqyosida ishlab 
chiqish strategiyasi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bugungi kunda korxonalar miqyosidagi investitsiya loyihalari, odatda, 
investitsiya tanloviga havola etish uchun ularning xususiylashtirish dasturiga mos 
ravishda ishlab chiqilmoqda. Bunda masalan, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
investitsiya loyihasini tayyorlash va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi:

investitsiya g‘oyasini shakllantirish;

investitsiya imkoniyatlarini o‘rganib chiqish;

loyihani texnik-iqtisodiy asoslash;

er maydoni ajratish, sotib olish yoki ijaraga olish;

kontrakt hujjatlarini tayyorlash;

loyiha hujjatlarini tayyorlash;

qurilish-montaj ishlarini, Shu jumladan ishga tushirish va sozlash ishlarini 
amalga oshirish;

obyektdan foydalanish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi.
Tabiiyki, bir korxonaning investitsiya loyihasi mazmun jihatdan boshqa 
korxonaning loyihasi bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Har bir investitsiya loyihasi 
ma’lum bir maqsad va vazifalarga qaratilgan bo‘ladi va binobarin, ularning 
moliyalashtirish manbalari ham, pirovard natijalari ham turlicha bo‘ladi.
Ma’lum bir maqsadga qaratilgan investitsiya loyihalari yoki takliflar 
majmumasi 

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish