Tarmoq xavfsizligi fanidan tayyorlagan



Download 98,82 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi98,82 Kb.
#675678
Bog'liq
4- MUS ISH (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

KI ” FAKULTETI
3 – BOSQICH KI 11-19 GURUH TALABASINING
TARMOQ XAVFSIZLIGI
FANIDAN TAYYORLAGAN

4-MUSTAQIL ISH

Bajardi: Panjiyev K
Qabul qildi: Islomova D

QARSHI – 2022
Mavzu: WiMAX texnalogiyasi
Reja:
WiMAX texnalogiyasi
Tarmoqdagi asosiy tahdidlar
Asosiy tarmoq hujumlari

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o’rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog’liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo’glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o’rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko’rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bu bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasining o’ziga bog’liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo. Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kabi moliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi, Wi-MAX, Wi-Bro va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.

WiMAX texnologiyasi: Global Tarmoqqa chiqishning evolyutsiyasi

So’nggi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi.

Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohid internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz.
1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalgam oshiriladi hamda ma’lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon liniyasining butunlay band bo’lishi.

2. Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish mumkin, Lekin liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham foydalanuvchi ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalgam oshirilishi lozim.


3. Ethernet texnologiyasi. Local tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug’I tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni 1 tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.
4. Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16 standartli WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.

WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati.


WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko’tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qo’shilishgan. 2005 yil may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. O’sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo’ygan.

1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko’pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo’lni ochish.
WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari:
WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.
1. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).
2. WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).
Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig’idagi bog’lanish past chastotali diapason (2-11GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bog’lanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma’lumot uzatishga imkon beradi va to’g’ridan-to’g’ri signal ko’rishni talab etmaydi.
Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat “so’nggi milya”, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin.
Qo’shni baza stansiyalari bilan OYCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog’lanish orqali (T3 va shunga o’xshash) provayder bilan doimiy bog’lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmog’i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog’iga o’xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 Km radiusda hizmat ko’rsata oladi.

WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.

WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud.

Fixed WiMAX – fiksatsiyalangan aloqa


Nomadic WiMAX – seansli aloqa
Portable WiMAX – siljish rejimidagi aloqa
Mobile WiMAX – mobil aloqa.

Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga olib keladi.

Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo’llaniladi.

Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug’diradi.

Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz mumkin.
1. Ko’pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.
2. Kanalning yuqori o’tkazuvchanligi.
3. Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning boshqaruvini osonlashtiradi.
4. Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga ko’chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.
5. Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.
6. Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati
7. Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.
8. Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA fuksiyalarini o’zida jamlagani.
9. Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta’minlaydi.
10. Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal yo’qotishlarni boshqara olishni ta’minlaydi.
Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog’lanishi uchun o’ta yuqori chastota diapazonidan(O’YuCh) foydalaniladi. 2-11 GHz. Bu bog’lanish agar ideal darajada bo’lsa, unda ma’lumot uzatish tezligi 20 Mbit/s gacha bo’ladi. Bu bog’lanish abonent va server orasida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinish talab etmaydi. Shuni yodda tutish lozimki, Wi-MAX texnologiyasi nafaqat «oxirgi nuqta» («so’nggi mil»), balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin. Qo’shni baza stansiyalari bilan O’YCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu Wi-MAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, simsiz aloqa texnologiyasi rivojlanishi natijasida qimmat bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlaridan kam foydalanilib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishish mumkin. Bunday texnologiyalarni qo’llash orqali foydalanuvchi mobil va statsionar holatda, ixtiyoriy geografik muhitda ham aloqa almashinuvini va boshqa aloqa xizmatlaridan samarali foydalana oladi va vaqtdan ham, iqtisodiy jihatdan yutuqqa erishiladi. Shularni e’tiborga olib, biz ham Wi-Fi, WiMax va Wi-Bro texnologiyalarining ochilmagan qirralarini o’rganish, ularni qo’llash choralarini topish, parametrlarini optimallashtirish va yangi ko’rinishdagi tarmoq topologiyalarini loyihalashtirish oldimizga qo’yilgan dolzarb va muhim masaladir.


Yillar davomida tashkilotlar kichik shaharcha aholisi uylarining eshiklarini qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. Internet va global tarmoqning keng tarqalishi tarmoqqa bo‘lgan bunday munosabatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi natijasida ochiq eshiklar yopiladigan va qulflanadigan bo‘ldi.
Xavfsizlik nima uchun muhim?
Xavfsizlik muhimdir, chunki kompyuter tizimlari va tarmoqlari himoyalanishi zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida saqlaydi. Siz Internet orqali xarid qilish uchun o‘z kredit kartangizdan foydalanganingizda siz shartnoma tuzayotgan vaqtda internetdagi sotuvchi sizga xavfsiz aloqa ta’minlayotganiga ishonasiz va Siz berayotgan ma’lumotlar uchun hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch bildirasiz Bugungi kundagi identifikatsiyaga tahdid yuqori bo‘lgan davrda tashkilot xodimlari Xavfsizlik bo‘limiga o‘zining ijtimoiy himoya nomeri yoki oilaga oid axborot kabi shaxsiy ma’lumotlari himoyadaligiga ishonadi. Talaba tajriba natijalarini kiritayotganida har gal kompyuterda ishlash imkoni borligi va dastur ishlayotganiga ishonch hosil qiladi. Bular nima uchun tarmoq xavfsizligi zarurligini namoyon etuvchi ba’zi sabablardir. Bu va boshqa sabablarni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1. Axborot va resurslarni shunday himoyasiki, bunda tijorat yoki tashkilotlar muammo va uzilishlarsiz o‘z faoliyatini saqlab qoladi.
2. Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi kafolatlanadi
3. Identifikatsiya va kredit kartalarini o‘g‘irlanishidan himoya etadi.
4. Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari, talabalar va tashkilot xodimlarining ishlashi va o‘yinlar o‘ynashida to‘xtash va buzilishlar yuz bermaydigan etib, engillashtiradi.
5. Kompyuter xakerlarini keyingi zararli hujumlar uyushtirishdan to‘xtatadi.
Xavfsizlik bo‘yicha amaliy tayyorgarliklar
Hujumlardan amaliy himoyalanish mustahkamlikni oshirish jarayonidagi qadamdir. Mustahkamlikni oshirish o‘z tarkibiga tarmoq himoyasi va operatsion tizim usullari orqali hujumni to‘xtatish yoki oldini olish uchun belgilangan vazifalarni qabul qiladi. Siz ishlayotgan tizimni mustahkamlash yo‘lida bir nechta umumiy qadamlar mavjud:
1. Operatsion tizim va tarmoq himoyasi imkoniyatlari bo‘yicha imkoni boricha ko‘proq ma’lumot bilishga intiling va ulardan foydalanishni o‘rganing.
2. Yangi hujumlar va ularni qayta ishlash uchun himoya tashklotlarining veb-sahifalarida tez-tez maslaxat olib turing.
3. Operatsion tizimni ishlatishingiz uchun absolyut zarur bo‘lgan xizmat va jarayonlarnigina yuriting va kerak bo‘lmaydiganlarini o‘chirib tashlang, chunki bunda hujumchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq TCP/UDP portlar va operatsion tizim dasturlari va jarayonlari sonini kamaytiradi (hujum maydonini kamaytirish deb ham ataladi).
4. Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan foydalaning. Ko‘p funksiya bajaradigan kompyuter va tarmoq qurilmalari hujumchilar uchun ko‘p ochiq darchalar yaratishi mumkin. Masalan, internet, DNS va marshrutizatsiya funksiyalarini yagona serverda jamlamang. Alohida server va qurilmalarni boshqarish ham soddaroq, himoya etish ham osonroq.
5. Operatsion tizimning foydalanuvchi login va parollari, himoyalangan guruhlar, huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya protokollari, shifrlash va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan imkoniyatlarini o‘rganing va ulardan foydalaning.
Hujumchilarga qarshi imkoni boricha ko‘proq to‘siqlar qo‘ying.
6. Muntazam ravishda himoya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan darchalarning joyini aniqlash va shu erga yo‘naltirilgan himoyalash kabi usullar qanday o‘rnatilganini tekshirib boring.
7. Foydalanuvchilarni ongli ravishda himoyalanishga o‘rgatib boring.
8. Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda operatsion tizimni nazorat qilib boring.
9. Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, misol uchun, Windows 7 dan hujumga kamroq moyil, deb, xato qilmang. Barcha operatsion tizimlar o‘z nozik tomonlariga ega va hujumchilar barcha turdagi operatsion tizimlarga hujum uyushtirish uchun zararli dasturlar yozishadi. Android va iOS kabi mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. Masalan, Android asosidagi smartfon va planshetlar chiqqanining birinchi yilidayoq ularga bo‘lgan hujumlar soni asosan dastur yuklash orqali hujum hisobiga 400 foizga oshdi. iOS mobil qurilmalariga bo‘lgan hujumlar Android qurilmalariga nisbatan ko‘p bo‘lmaganiga qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar ham o‘sdi.
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish
Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari quyidagilardir:
1. Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga mustahkam parolь bilan kirishni talab eting.
2. Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va shifrlashning operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal shakllaridan foydalaning.
3. Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan foydalaning. Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl ekanligini tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun zarur.
4. Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying.
5. Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs himoyasidan flydalaning.
6. Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum marta kira olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik siyosatini o‘rnating.
7. Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini o‘rnating.
8. Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning.
9. Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash texnologiyalaridan foydalaning.
Mavjud tarmoqlar
Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, deylik. Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, Internet orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi tomonidan ochib ko‘rish mumkin.
Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan uzoqdan ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun kirgan. Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus serverga o‘tib ketdi.
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish
Siz tarmoqda ishlata oladigan bir nechta mustahkamlash usullari mavjud. Ulardan ba’zi usullar maxsus tarmoq uskunalaridan foydalanishni talab etadi, boshqalari esa o‘z ichiga dasturiy ta’minotni oladi. Tarmoqni mustahkamlash usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. tarmoqning ma’lum qismlariga kim kirganini nazorat qilish uchun tarmoqni kommutator va marshrutizator asosida loyihalash;
2. tarmoq fayrvollari va opersion tizim fayrvollaridan foydalanish;
3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon tarmoq topologiyasidan foydalanish;
4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish.
Asosiy tarmoq hujumlari
Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.
Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qara-tishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:

axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping);

xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)

portlarni tekshirish (Port scanning).

Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:

IPSec (Internet protocol security) protokoli;

VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;

IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.

Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Ipsec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yubo-ruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan quyidagilar uchun samarali himoyani ta’minlaydi:

bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;

uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;

homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;

elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.

VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.


VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar o‘rtasida ma’lumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz o‘rnatish kerak. Har bir bo‘limda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi. Agar VPN tarmog‘ining boshqa qismiga ma’lumot jo‘natish kerak bo‘lsa, bu holda barcha ma’lumotlar shlyuzga jo‘natiladi. O‘z navbatida, shlyuz ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmog‘i orqali boshqa filialdagi shlyuzga jo‘natadi. Belgilangan nuqtada ma’lumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi. Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz bo‘ladi.
Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal tarmog‘iga qo‘shishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, o‘z tarmog‘ingizga ulanish yoki u yerdan biror-bir ma’lumotni olish zaruriyati paydo bo‘ldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bog‘lanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir.
VPN ishlash tamoyili. VPN tarmog‘ini tashkil etish uchun yangi qurilmalar va dasturiy ta’minotdan tashqari ikkita asosiy qismga ham ega bo‘lish lozim: ma’lumot uzatish protokoli va uning himoyasi bo‘yicha vositalar.

Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi.


IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi:


himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni yig‘ib tahlillovchi sensor qism tizimi;

sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi;

tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydigan omborxona;

IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni kuzatuvchi boshqaruv konsoli.

Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha:

tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan trafiklarni tekshiradi;

zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi.
Sanab o‘tilgan xavfsizlik bosqichlarini qo‘llagan holda Eavesdropping tahdidiga qarshi samarali tarzda himoyalanish mumkin.

DOS (Denial-of-service) tarmoq hujumning bu turi xizmat qilishdan voz kechish hujumi deb nomlanadi. Bunda hujum qiluvchi legal foydalanuvchilarning tizim yoki xizmatdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishga urinadi. Tez-tez bu hujumlar infratuzilma resurslarini xizmatga ruxsat so‘rovlari bilan to‘lib toshishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hujumlar alohida xostga yo‘naltirilgani kabi butun tarmoqqa ham yo‘naltirilishi mumkin. Hujumni amalga oshirishdan oldin obyekt to‘liq o‘rganilib chiqiladi, ya’ni tarmoq hujumlariga qarshi qo‘llanilgan himoya vositalarining zaifligi yoki kamchliklari, qanday operatsion tizim o‘rnatilgan va obyekt ish faoliyatining eng yuqori bo‘lgan vaqti. Quyidagilarni aniqlab va tekshirish natijalariga asoslanib, maxsus dastur yoziladi. Keyingi bosqichda esa yaratilgan dastur katta mavqega ega bo‘lgan serverlarga yuboriladi. Serverlar o‘z bazasidagi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga yuboradi. Dasturni qabul qilgan foydalanuvchi ishonchli server tomonidan yuborilganligini bilib yoki bilmay dasturni o‘rnatadi. Aynan shu holat minglab hattoki, millionlab kompyuterlarda sodir bo‘lishi mumkin. Dastur belgilangan vaqtda barcha kompyuterlarda faollashadi va to‘xtovsiz ravishda hujum qilinishi mo‘ljallangan obyektning serveriga so‘rovlar yuboradi. Server tinimsiz kelayotgan so‘rovlarga javob berish bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini yurgiza olmaydi. Server xizmat qilishdan voz kechib qoladi.


Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yo‘llari quyidagilar:

tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall);

IPsec protokoli.

Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning birinchi himoya qurilmasi hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT)larida kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni boshqaradi va ma’lumotlarni filtrlash orqali AKT himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot tekshiruvini amalga oshirib, paketlarning tizimga kirishiga qaror qabul qiladi. Tarmoqlararo ekran tarmoqdan o‘tuvchi barcha paketlarni ko‘radi va ikkala (kirish, chiqish) yo‘nalishi bo‘yicha paketlarni belgilangan qoidalar asosida tekshirib, ularga ruxsat berish yoki bermaslikni hal qiladi. Shuningdek, tarmoqlararo ekran ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni ochiq tashqi tarmoqdan himoyalaydi. Himoya vositasining quyida sanab o‘tilgan qulayliklari, ayniqsa, paketlarni filtrlash funksiyasi DOS hujumiga qarshi himoyalanishning samarali vositasidir. Paket filtrlari quyidagilarni nazorat qiladi:

fizik interfeys, paket qayerdan keladi;

manbaning IP-manzili;

qabul qiluvchining IP-manzili;

manba va qabul qiluvchi transport portlari.

Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli himoyani ta’minlab bera olmaydi:


loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa bo‘ladigan barcha suqilib kirish yo‘llarini qamrab olmaydi;

amalga oshirish kamchiliklari — har bir tarmoqlararo ekran murakkab dasturiy (dasturiy-apparat) majmua ko‘rinishida ekan, u xatoliklarga ega. Bundan tashqari, dasturiy amalga oshirish sifatini aniqlash imkonini beradigan va tarmoqlararo ekranda barcha spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiladigan sinov o‘tkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas;

qo‘llashdagi (ekspluatatsiyadagi) kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarni boshqarish, ularni xavfsizlik siyosati asosida konfiguratsiyalash juda murakkab hisoblanadi va ko‘pgina vaziyatlarda tarmoqlararo ekranlarni noto‘g‘ri konfiguratsiyalash hollari uchrab turadi. Sanab o‘tilgan kamchiliklarni IPsec protokolidan foydalangan holda bartaraf etish mumkin. Yuqoridagilarni umumlashtirib, tarmoqlararo ekranlar va IPsec protokolidan to‘g‘ri foydalanish orqali DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega bo‘lish mumkin.

Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir. Kompyuterda 65 536ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda uyning eshigi yoki derazasiga o‘xshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, uyga kirish oson bo‘ladi. Hakker hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi.
Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa kompyuterning nozik nuqtasi hisob-lanadi. Aynan ma’lum bo‘lgan port raqami orqali foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan bo‘lsin, aynan shu raqamlar orqali foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin:

Port #21: FTP (File Transfer Protocol) fayl almashish protokoli;

Port #35: Xususiy printer server;

Port #80: HTTP traffic (Hypertext Transfer [Transport] Protocol) gipermatn almashish protokoli;

Port #110: POP3 (Post Office Protocol 3) E-mail portokoli.

Portlarni tekshirish hujumiga qarshi samarali himoya yechimi tarmoqlararo ekran texnologiyasidan unumli foydalanish kutilgan natija beradi. Barcha portlarni bir vaqtda tekshirish haqidagi kelgan so‘rovlarga nisbatan tarmoqlararo ekranga maxsus qoida joriy etish yo‘li bilan hujumni bartaraf etish mumkin.

Regional simsiz tarmoqlar.
Ethernet texnologiyasi. Local tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernetning yutug‘i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni 1 tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.

Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.


Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16 standartli WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.

WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati.


WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko’tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qo’shilishgan. 2005 yil may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. O’sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo’ygan.

WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko’pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo’lni ochish.

WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.


WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).

WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).
Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig’idagi bog’lanish past chastotali diapason (2-11GHz) orqali amalga oshiriladi. Bunday bog’lanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma’lumot uzatishga imkon beradi va to’g’ridan-to’g’ri signal ko’rishni talab etmaydi.
Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat “so’nggi milya”, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin.
Qo’shni baza stansiyalari bilan OYCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog’lanish orqali (T3 va shunga o’xshash) provayder bilan doimiy bog’lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmog’i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog’iga o’xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km radiusda xizmat ko’rsata oladi.

WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.


WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud:

Fixed WiMAX – fiksatsiyalangan aloqa;

Nomadic WiMAX – seansli aloqa;

Portable WiMAX – siljish rejimidagi aloqa;

Mobile WiMAX – mobil aloqa.

Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga olib keladi.

Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo’llaniladi.

Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug’diradi.

Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz mumkin:

Ko’pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.

Kanalning yuqori o’tkazuvchanligi.

Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning boshqaruvini osonlashtiradi.

Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga ko’chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.

Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.

Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati

Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.

Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA fuksiyalarini o’zida jamlagani.

Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta’minlaydi.



Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal yo’qotishlarni boshqara olishni ta’minlaydi.


Hotimada shuni takidlab o’tishimiz lozimki, hozirda WiMAX texnologiyasi yer yuzasining oz bo’lsada ba’zi bir shaxarlarda ishlatilmoqda hamda sinovdan o’tkazilmoqda. Bizning O’zbekistonimizda esa ushbu texnologiyada xizmat ko’rsatish uchun hozircha MTS (ИП UZDUNROBITA) litsenziyaga ega.
Download 98,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish