Tarmoq xavfsizligi


Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish



Download 15,05 Mb.
bet14/130
Sana14.02.2022
Hajmi15,05 Mb.
#448463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Bog'liq
Tarmoq xavfsizligi Uslubiy ko\'rsatma 2021-2022

Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak. Marshrutizatorda konfiguratsion registr mavjud bo`lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketma-ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o`zgartirish kerak bo`ladi.
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 bo`ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi:
R1#show version
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M), Version 12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2)
M860 processor: part number 0, mask 49
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s)
239K bytes of NVRAM.
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write)
Configuration register is 0x2102

Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan bo`ladi. Endi unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko`rib chiqiladi.


Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (4.1-rasm.) orqali ulanish lozim (Rollover deb ham nomlanadi).



4.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi.


Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi konsol port orqali amalga oshiriladi (4.2-rasm).



4.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida ulanishi

Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi (4.3-rasm).





4.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini o`chirib/yoqish tugmasi

Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi, buni amalga oshirish terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k.


Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi:

System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1)
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc.
Initializing memory for ECC
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled
Readonly ROMMON initialized
Self decompressing the image :
##############
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt
rommon 1 >

Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu yerda konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug`i bilan o`zgartiriladi, natiyjada marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion faylni ishga tushirilishida ishlatmaydi. Bundan keyin reset buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga tushiriladi.


rommon 1 > confreg 0x2142
rommon 2 > reset

Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda copy startup-config running-config buyrug`i orqali amalga oshiriladi.




Router>enable
Router#copy startup-config running-config
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec)
Router1#
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console

Bundan keyin paroli unutilgan eski konfiguratsiya qo`yiladi, lekin bu yerda imtiyozli rejimda turganligi uchun eski parolni yangisiga o`zgartirsa bo`ladi.




Router1#conf t
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Router1(config-line)#exit
Router1(config)#line console 0
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Parollar o`zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski qiymatini qayta joyiga qo`yish kerak, buning uchun config-register 0x2102 buyrug`i kiritiladi


Router1(config)# config-register 0x2102

Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator qayta ishga tushiriladi




Router1#copy running-config startup-config
Router1#reload

Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan saqlangan konfiguratsion faylni o`ziga oladi. Yana, no service password-recovery buyrug`ini ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi imkoniyatini o`chirib qo`ysa bo`ladi, buning uchun yuqorida ta`kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.





Download 15,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish