Tasdiqlangan



Download 325,71 Kb.
bet9/50
Sana11.01.2022
Hajmi325,71 Kb.
#347990
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
374-сон 29.11.2001. Elektr uskunalaridan foydalaniladigan himoya

2.1-jadval. Yerga ulagich shtangalarning minimal o‘lchamlari



Shtangalar

Uzunligi, mm

izolatsiyalovchi qismi

dastagi

1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatish uchun

Cheklanmaydi, ko‘llashga qulay holda belgilanadi

2 500 kV kuchlanishli taqsimlovchi uskunalar va 35 kV kuchlanishgacha bo‘lgan havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulash uchun


2.2-jadval bo‘yicha

110 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga butunlay elektr izolatsiyalovchi materialdan yasalgan hamda elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali yerga ulashni o‘rnatuvchi shtangalar


1400

2.2-jadval bo‘yicha

500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagach o‘rnatuvchi metall zvenolardan iborat yig‘ma shtangalar


1000

2.2-jadval bo‘yicha

110 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridan izolatsiya qilingan yashindan himoya qiluvchi trosslarga yerga ulagichni o‘rnatuvchi


700


300

Laboratoriya va sinov uskunalarida yerga ulagich o‘rnatuvchi

kamida 700

300


2.2-jadval. Izolatsiyalovchi shtangalarning minimal o‘lchamlari



Elektr uskunalarning nominal kuchlanishi, kV

Uzunligi, mm

izolatsiyalovchi qismi

dastagi

1 gacha

Cheklanmaydi, qo‘llashga qulay holda belgilanadi

2 dan 15 gacha

700

300

15 dan 35 gacha

1100

400

35 dan yuqori, to 110 gacha

1400

600

150 gacha

2000

800

220 gacha

2500

800

500 gacha

4000

1000




      1. Shtangalar ishchi qismining konstruksiyasi ajratgichlar bilan ishlash jarayonida sirg‘anib ketishdan holi bo‘lishi lozim. Izolatsiyalovchi shtanga va yerga ulagich shtangalarning umumiy uzulishi yerdan, poldan, havo elektr uzatish tarmoqlarida esa tayanchdan turib, erkin ishlatishni ta’minlashi zarur.

      2. Izolatsiyalovchi shtangalarning umumiy uzunligi uning ishlatish sharoitlariga qarab belgilanadi. Bu shtangalar elektroizolatsiyalovchi material yoki metall bilan ulangan bir necha zvenolardan iborat bo‘lishi mumkin. Teleskopik konstruksiyalarni qo‘llashga ruxsat etiladi. Biriktiruvchi metall qismlari, ularning uzunligi izolatsiyalovchi qism uzunligining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan taqdirda shtanganing uzunligini 2.2-jadvalga asosan aniqlashda olib tashlanmaydi.

      3. Shtanganing massasi, agar u bilan bir odam ishlasa, bir qo‘lga (chegaralovchi halqa yonida ushlab turuvchi) tushadigan eng katta kuch o‘lchov shtangalari uchun 80 N (8 kgs) dan, qolganlari uchun esa (erga ulagich shtangasi uchun ham) 160 N (16 kgs) dan oshmasligi zarur. Kuch bundan ortiq bo‘lgan taqdirda ikkinchi odamning qatnashishi va ko‘tarib turadigan uskuna ishlatilishi talab qilinadi.

      4. Izolatsiyalarni kuchlanish ostida tozalash uchun qo‘llaniladigan izolatsiyalovchi kovak shtangalar ishdan oldin va vaqti-vaqti bilan changtortgich yordamida puflab, tozalab turilishi lozim.

      5. O‘lchov shtangalari tuzilish prinsipi yerga ulashni taqozo etuvchi hollardan tashqari, boshqa barcha holatlarda yerga ulanmaydi.

110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektromontyorni bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar


      1. Izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga (simga, armaturaga) tegib ishlashda odamni uskunalarning yerga ulangan qismidan va boshqa kuchlanishga ega bo‘lgan qismlardan izolatsiya qilish uchun mo‘ljallangandir.

Izolatsiyalovchi qurilmalarga elektr izolatsiyalovchi (bakelit, shishaplastik va boshqa) materiallardan tayyorlangan shtangaldar, narvonlar, tortqilar, arqonlar kiradi.

Moslamalarga ko‘taradigan savatlar, sim oldida ishlash uchun maxsus xonalar, simda harakat qiluvchi aravachalar, tortuvchi qurilmalarning qo‘shimcha qismlari. domkratlar, bloklar va hokazolar kiradi. Moslamalar elektroizolatsiyalovchi materiallardan yoki metalldan yasalishi mumkin.



      1. Tok o‘tkazuvchi qismlarga odam tegishidan oldin uning shaxsiy ekranlovchi komplekti tok o‘tkazuvchan qismlarga maxsus shtanga yordamida (potensiallarni tenglashtirish uchun) ulanishi zarur. Ulovchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi 4 mmgdan kam bo‘lmasligi lozim.

      2. Simga yaqinlashish va unga keyinchalik tegish izolatsiyalovchi narvon yoki izolatsiyalovchi shtanga yoki arqonlarga osilgan kabina yordamida amalga oshirilishi mumkin. Izolatsiyalovchi narvonga alohida bo‘laklardan yig‘ish mumkin. Narvonning yuqori qismi ustunni traversiga mahkamlash uchun qisqich va sharnir bilan jihozlanadi. Bu o‘z navbatida narvonni o‘zaro perpendikulyar bir yoki ikki tekislikda (maydonda) erkin harakatlanishini ta’minlaydi.

      3. Izolatsiyalovchi tortqi simlar va osilgan ilgaklar og‘irligini o‘ziga olish uchun xizmat qiladi. Simga yaqinlashish uchun kabina ishlatilgan taqdirda izolatsiyalovchi tortqilarni ushbu kabina hamda undagi elektromontyor og‘irligini o‘ziga olish uchun ishlatish mumkin.

      4. Izolatsiyalovchi arqonlar asboblarni yuqoriga olib chiqish, narvon va ko‘chma minoralarni joyidan qo‘zg‘atish hamda ishchi holatiga keltirish, montyorning simda, narvonda hamda kabinada turgan vaqtda xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangandir. Izolatsiyalovchi arqonlar sintetik toladan (masalan polipropilendan) tayyorlangan bo‘lib, uning tarkibiga tabiiy tola aralashtirmagan bo‘lishi kerak.

      5. Izolatsiyalovchi arqonlardan tashqari barcha izolatsiyalovchi qurilma va moslamalarda kuchlanish sinfi, ruxsat etilgan yuk ko‘tarish qobiliyati va keyingi sinov muddati aniq ko‘rinishi zarur. Agar narvon alohida bo‘laklardan yig‘ilgan bo‘lsa, belga har bir bo‘lagiga bosiladi.

Izolatsiyalovchi arqonlarda yoki ularga bog‘langan sinov muddati to‘g‘risidagi belgilarda aniq ko‘rinadigan “Faqat kuchlanish ostida ishlatish uchun” yozuvi bo‘lishi lozim.

Download 325,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish