“Tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor prof O. R. Teshaev 201 yil


 Ish paytida gazlar almashinuvi va energiya sarflanishini aniqlash



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/291
Sana26.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#185573
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   291
Bog'liq
Mehnat gigiena fanidan majmua

3. Ish paytida gazlar almashinuvi va energiya sarflanishini aniqlash. 
    Ish bajarayotganda ishning og„irligini belgilovchi ko„rsatkichlardan biri bu vaqt birligidagi 
energiya sarflanishidir. Bu ko„rsatkichga qarab bajarilayotgan ish og„irligi bo„yicha kuyidagi 
kategoriyalarga  bo„linadi:  yengil  ish  –  2,5  kal/daqiqagacha  (120-150  kkal/dak),  o„rtacha 
og„irlikdagi ish – 2,5 dan – 4,1 kkal/daqiqagacha (120-260 kkal/daqiqagacha) va og„ir ishga 
4,1  kkal/dak.  (250  kkal/dak)  dan  yuqori  bo„ladi.  Lekin  shuni  hisobga  olish  kerakki,  fakat 
energiya sarflanishiga qarab ishning og„ir yoki yengilligi haqida tulik xulosaga kelish mumkin 
emas. 


 
 
     Mehnat fiziologiyasi va gigiyenasi amaliyotida energiya sarflanishini vositali kolorimetriya 
uslubi  yordamida  aniqlanadi.  Bu  uslub  prinsipi  asosida  organizmda  nafas  olish  jarayonida 
sodir bo„ladigan gazlar almashinuvini miqdoriy jixatdan aniqlash  yotadi. 
     Gaz almashinuvi aniqlash  kuydagicha olib boriladi. Duglas uslubida o„pka ventilyasiyasi 
aniqlanayotgan paytda Duglas qopidagi nafas bilan chiqarilagn havo uning gazlari tarkibini % 
miqdorini aniqlash  uchun mazsus gaz qabyl qilingan, shisha pipetkaga (150-200 sm
3
 hajmi) 
olinadi.    Bu  havoning  (nafas  bilan  chiqarilgan)  gazlar  tarkibini  aniqlash    uchun  maxsus 
gazoanalizatorlardan  foydalaniladi.  Ular  yordamida  havodagi  kislorod,  karbonat  angidrid  % 
miqdorini aniqlash  mumkin. 
    Atmosfera havosining gazlar tarkibi bazga ma'lum. Shuning uchun nafas bilan chiqarilgan 
havoning  umumiy  hajmi  va  uning  tarkibini  aniqlab  olgach,  atmosfera  havosi  va  nafas  bilan 
chiqarilgan  havodagi  gazlar  tarkibining  %  miqdordagi  farqiga  qarab,  organizm  yutgan 
kislorod va chiqarilgan karbonat angidridning miqdori aniqlaniladi. 
   O„pka ventilyasiyasining hajmini bilgan xolda organizmda nafas olish jarayonida bir daqiqa 
davomida  yutilgan  kislorodning  va  chiqarilgan  karbonat  angidridning  absolyut  miqdori 
(hajmi)  aniqlanadi,  ya'ni  nafas  bilan  chiqarilgan  karbonat  angidridning  yutilgan  kislorodga 
nisbati.  Nafas  koeffitsientining  ko„rsatgichiga  qarab  maxsus  jadvaldan  foydalangan  xolda, 
kislorodning energentik ekvivalenti aniqlanadi. Bir daqiqalik yutilgan kislorod hajmini uning 
energetik  ekvivalentiga  ko„paytirilganda,    kal/daqiqa  da  ifodalangan  energiya  sarflanish 
miqdori hisoblab chiqariladi va bajarayotgan ishning og„irlik kategoriyasi aniqlanadi.     
     Mushak ish qobiliyatini tekshirish 
     Xarakat tizimining funksional xolatida ikkita ko„rsatkich aniqlanadi.  
     Birinchisi  –  mushak  kuchini  qo„l  dinamometri  yoki  boshqa  dinamometr  yordamida 
aniqlanadi, kg larda ulchanadi. Ikkinchi  – mushak chidamliligi, ya'ni ma'lum bo„lgan kuchini 
(dinamometrda,  aniqlanagan  mushak  maksimal  kuchining  yarimiga  teng  bo„lgan  kuchni) 
kancha  vaqt  davomida  ushlab  tura  olish  qobiliyatiga  aytiladi  va  sekundlarda  ifodalanadi. 
Mushak  chidamliligi  mushak  kuchiga  nisbatan  anchagina  sezgir  ko„rsatgichdir.  Shu  sababli 
shu  ko„rsatgich  nafaqat  mushakning  funksional  xolatini  ko„rsatib  qolmasdan,  balki  asab 
tizimining  xolati  haqida  ma'lumot  beradi.  Mushak  chidamliligini  aniqlash    uchun  ergograf, 
dinamograf  yoki  dinamorefleksometrlardan  foydalanadi.  Mushak  kuchini  aniqlash    uchun 
tekshiriluvchi panjasiga dinamometrni yelka tekislgida yoki yon tomonga chuzgan xolda bor 
kuchi  bilan  ikki  marta  sikadi,  bu  ikki  marta  qilinadi,  natijalarning  kattasi  mushak  kuchi 
sifatida qayd qilinadi. Mushak chidamliligi elektr dinamorefleksometr yordamida aniqlanadi. 
Bunda tekshiriluvchi dinamorefleksometrga ulangan panja dinamometrni maksimal kuch bilan 
bir  marta  siqadi  va  bu  kuchning  kattaligini  dinamorefleksometr  shkalasidan  aniqlab  olamiz. 
So„ngra esa tekshiriluvchi maksimal yarimiga teng bo„lgan kuch bilan dinamometrni belgilab 
olamiz.  Dinamorefleksometr  strelkasi  orqaga  qaytib  siqish  kuchining  dastlabki  kamayishini 
ko„rsatgan  paytda  sekundomerni  to„xtatib  quyamiz.  Mushakni  umumiy  chidamlilik  vaqti 
necha sekund ekanligini aniqlaymiz. 
   Asab tizimining funksional xolatini tekshirish. 


 
 
    Hozirgi  zamonda  mehnat  turlarida  ish  vaqtida  asab  tizimida  sodir  bo„layotgan 
o„zgarishlarni aniqlash  juda katta axamiyatni kasb etadi. Boshqa ko„pgina a'zo va tizimlarda 
(yurak-qon  tomir  tizimi,  nafas  tizimi  va  boshqalar)  sezgir  o„zgarishlar  xali  boshlanmagan 
xollarda,  asab  tizimidagi  o„zgarishlarni  aniqlash    imqoniyati  bor.  Masalan,  yengil  jismoniy 
mehnat vaqtida yoki turli xil aqliy mehnat faoliyati davomida birinchi galda o„zgarishlar asab 
tizimida  kuzatiladi.  Mehnat  fiziologiyasida  odam  organizmida  mehnat  faoliyati  jarayonida, 
miya pustloq qismi tomonidan boshqariladigan funksiyalar xususiyatlarini aniqlovchi uslublar 
keng qo„llanadi. Jumladan, shartli reflektor reaksiyalarni tekshirish uslublari, analizatorlarning 
(xarakat, eshitish, ko„rish) funksional xarakatchanligini aniqlash  usullari, ko„rib qabo„l qilish 
tezligini (ya'ni e'tiborni bir joyga tez kuchira bilish qobiliyati) aniqlash  uslubi, panja titrashini 
(tremor) aniqlash  usullari.  
    Eshituv-xarakat  va  kuruv-xarakat  reaksiyalarning  tezligini  aniqlash    usullari  maxsus 
asboblar  (xronorefleksometr,  dinamorefleksometr,  PAV-01)  yordamida  aniqlanadi.  Bu 
asboblar yordamida nurli va tovushli kuzatuvchilari bo„ladigan javob reaksiyasining yashirin 
(latent)  vaqti  aniqlanadi,  sekundlarda  o„lchanadi.  Yuqorida  ko„rsatilgan  asboblar  ishlash 
prinsipi  va  tarkibi  alohida  beriladi.  Odatda  nurli  qo„zg„atuvchilarga  bo„lgan  javob 
reaksiyasining yashirin davri tovushli qo„zg„atuvchinikiga nisbatan uzunroq bo„ladi. Ish kuni 
davomida organizm toliqqan sari ba reaksiyalarning vaqti xam uzayib boradi.  

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish