«Tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Uyga vazifa „Til o‘tmish, til bugun, til bu - ISTIQBOL



Download 3,72 Mb.
bet26/159
Sana05.01.2023
Hajmi3,72 Mb.
#897697
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Bog'liq
Qoraqalpoq davlat universiteti

Uyga vazifa
„Til o‘tmish, til bugun, til bu - ISTIQBOL” mavzusida matn tuzib kelish va unda tilning o‘tmishdagi va bugun ishlatayotgan atamalarni qo‘llash
Mustaqil ta’lim yuzasidan topshiriq
Yoshlar - innovatsion g‘oyalar tashabbuskori” mavzusida korgazmali material tayyorlash
Adabiy o‘qish: Xurshid Davron

ONA TILIM


Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig'ladi o'lim.
Sen deb qurbon bo'ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg'ariy


Kuylab o'tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan


Dilda bo'g'ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,


Nodiramas, sensan so'yilgan
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko'zing o'yilgan.

Ammo dushman o'ldirgan botir


Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To'ldirmoqqa yerni ovozga.

Turkiy tilim, birgina seni.


Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to'kkan har qonni

Shimirding sen o'xshab giyohga.


Ona tilim, omon bo'l mangu,
Sen borsan-ki men ham o'lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko'zlarim bilan so'ylayman.


6-mavzu. Til va nutq. Nutq madaniyati tushunchasi. Nutqiy savodxonlik
I. Og‘zaki nutq:
1-tоpshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Til va nutq
Til so‘zlashish vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo‘lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
1. Til aloqa materiali bo‘lsa, nutq aloqa shaklidir.

  1. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.

  2. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog‘liq holda uzoq bo‘ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og‘zaki nutq so‘zlangan payt-dagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.

  3. Til nisbatan turg‘un, barqaror bo‘lsa, nutq doim harakatda bo‘lib, o‘zgaruvchan hodisa sanaladi.

  4. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo‘lishi mumkin.

1-mаshq.Gaplarni o‘qing, mazmuniga ko‘ra ikki guruhga ajratib, til to‘g‘risidagi fikrlarni bir ustunga, nutq to‘g‘risidagilarini esa ikkinchi ustunga yozing.
1. Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q andin (A. Navoiy). 2. Jamiyatdagi o‘zgarish-lar tilning lug‘at tarkibida o‘z ifodasini topadi. 3. Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib boradi. 4. Agar qaysi til bilan so‘zlaysan, deb so‘rasalar, sidq-u sadoqat tili bilan, deb aytgil («Qobusnoma»). 5. O‘zbek tilining bugungi darajasi, turkiy tillar ichida tutgan mavqeyi uchun biz ko‘p jihatdan o‘tgan asr boshida yashagan ziyolilardan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Ular o‘zbek tilining so‘z yasash imkoniyatlaridan dadillik bilan foydalandilar, xalqda milliy g‘urur, ona tiliga hurmat tuyg‘usini tarbiya qildilar (E. Vohidov). 6. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinai bebaho (Mirtemir). 7. Kishilar tilini rostlikdan boshqa narsa uchun ishlatmasliklari, tarbiyasiz so‘zlar so‘zlamasliklari kerak. 8. Har so‘zda har birovga shirin nuqati bor, Bol tomdi og‘zidinki, tilida naboti bor (Ogahiy). 9. Yomon til egasi vaqti kelib jonidan judo bo‘lishi, hatto iymondan ajralishi mumkin. 10. Tili bo‘lsa uning shakardan shirin, Ulug‘ ham, kichik ham beradi bo‘yin (Yusuf Xos Hojib).
2-tоpshiriq.Matnni o‘qing. Til va nutq to‘g‘risida adib bildirgan fikrlarni ajratib, o‘z so‘zlaringiz bilan yozing va mustaqil matn tuzing.
Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on tarozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so‘z-lagan so‘zidan bilurlar. «Quruq so‘z quloqqa yoqmas», — demishlar.
Agar so‘z aql va hikmatga muvofiq bo‘lib, o‘ziga yoki eshituvchiga bir foyda chiqadurg‘on bo‘lmasa, asalarilar orasida g‘o‘ng‘irlab yurgan qovog‘ari kabi quruq g‘o‘ng‘ur-lamoq faqat bosh og‘rig‘idan boshqa bir narsa emasdur. Boshimizga keladurg‘on qattig‘ kulfatlarning ko‘pi yum-shoq tilimizdan keladur. Shuning uchun: «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», — demishlar.
Tillarning eng yaxshisi so‘zga usta til, so‘zlarning eng yaxshisi bilib va oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdir.
A. Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq»dan.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish