"tasdiqlayman" O’quv ishlari bo‘yicha



Download 5,16 Mb.
bet111/118
Sana13.06.2022
Hajmi5,16 Mb.
#663766
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118
Bog'liq
XOJIMATOV G\'IYOSIDDIN

Internet saytlari

1.http:// www. lee. de – avtomobil tuzilishi to‘g‘risida.


2.http:// www. bk-dtp.de - avtomobil tuzilishi to‘g‘risida
3.http:// www. kfz-technik.de - avtomobil tuzilishi to‘g‘risida.



MA’RUZA MATN


1-Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash servisi sohasi va uning bugungi kun istiqbollari

Mamlakatimiz mustaqillikga erishgan dastlabki kunlardanoq prezidentimiz I.Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini yaratishga katta e’tibor berila boshlandi. qisqa davr ichida Asakada zamonaviy engil avtomobillar, Samarqandda esa avtobus zavodlari qurib bitirilda va ishga tushirib yuborildi. O‘zimizda chiqarilayotgan Neksia, Matiz va ayniqsa Lasetti avtomobillari eng zamonaviy va ancha murakkab elektr va elektron asboblar bilan jihozlangan bo‘lib, bo‘lajak avtomobilchi-muxandislar ularning tuzilishi va ishlashini yaxshi bilishlari zarur.


Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, harakat va ekologik xavfsizlikni oshirish, haydovchi va yo’lovchilarga qulayliklar yaratish kabi vazifalarni bajaruvchi murakkab tizim bo‘lib, avtomobillarning samarali ishlatish darajasi ko‘p jihatdan aynan elektr jihozlarning ishonchliliga bog‘liqdir.
Avtomobillarda elektr energiya dastlab, benzinli ichki yonuv dvigatellarida ishchi ara­lashmasini o‘t oldirish uchun ishlatilgan. Ishchi aralashmasining yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida yondirilishi, o‘t oldirish daqiqasini nisbatan aniq belgilash, ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvati va tejamkorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
SHuning uchun yonilg‘ini elektr uchqun vositasida o‘t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim hisoblanadi.
Elektr energiya iste’molchilar sonining ko‘payishi, ularning quvvatini ortishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish, o‘t oldirish, yoritish tizimlarini shakllanishiga olib keldi. Avtomobillarda turli xil nazorat-o‘lchov asboblari keng ko‘lamda ishlatila boshlandi.
Elektr ta’minot tizimi generator, kuchlanish rost­lagichi va akkumulatorlar batareyasidan iborat. Juda uzoq muddat davomida avtomobillarda asosan o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O‘zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulatorlar batareyasi, startor, kommutasiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni engillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulatorlar batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari qo‘llanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o‘z navbatida, sig‘imi 200…240 Asoat bo‘lgan, takomillashgan akkumulator batareyalarni, quvvati 10…15 kVt gacha bo‘lgan startorlarni ishlab chiqishga olib keldi.
Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasining o‘sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish masalalariga bo‘lgan talabning kuchayishi o‘t oldirish tizimlaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tuo‘dirdi. Klassik yoki kontaktli o‘t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o‘t oldirishning yangi tizimlari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprosessorli o‘t oldirish tizimlari shular jumlasidandi

2-Mavzu: Avtomobil elektr jixozlarini tashxislash.


Elеktr jihozlari vazifasiga ko’ra asosan ikki guruhga-tok manbalari va istе'molchilariga bo’linadi. Enеrgiyaning biror turini elеktr enеrgiyasiga aylantirib bеruvchi asbob va uskuna elеktr tok manbai dеb yuritiladi. Avtomabilda mеxanik enеrgiyani elеktr tokiga aylantirib bеruvchi qurilma gеnеrator va kimyoviy enеrgiyani elеktr enеrgiyaga aylantiruvchi qurilma akkumulyator batarеyasi tok manbalaridir. Tishchalarni soni 18, 36 yoki 72 bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamon generatorlarida ko‘proq 36 tishchali statorlar ishlatilmoqda. Bu tishchalarga 18 (yoki 36, 72) stator g‘altaklari joylashtirilib, ular uch fazaga bo‘linadi. Har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan g‘altak kiradi. Fazalar o‘zaro «yulduz» yoki «uchburchak» sxemasi bo‘yicha mumkin. Stator chul’amlarini «uchburchak» sxemasi bo‘yicha ulanganda undagi faza tokining qiymati chiziqli tokga nisbatan martaga kam bo‘ladi. «YUlduz» sxemasida esa faza va chiziqli toklar bir-biriga teng bo‘ladi. Bu esa «uchburchak» sxemasi bo‘yicha o‘ralgan stator chulg‘amlari uchun diametri kichikroq bo‘lgan sim ishlatish imkonini beradi. SHuning uchun oxirgi vaqtda generatorlarning zarur quvvatini saqlagan holda uni o‘lchamlarini ixchamroq qilish maqsadida stator chulg‘amlarini «uchburchak» sxemasi bo‘yicha o‘rash tobora keng qullanilmoqda.
Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zak 9 va ular orasidaga po‘lat vtulka 15 ga o‘ralgan uyg‘otish chulg‘ami 8 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdan va bir-biridan izolyatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi.
Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho‘tkalar 12 joylashtirilgan, cho‘tkatutqich 14 va to‘g‘rilagich bloki 7 o‘rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan oladi.
Avtomabillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional tizimlarga bo’lish mumkin:

  1. Elektr ta’minot tizimi (generator, kuchlanish relesi, akkumulyatorlar batareyasi).

  2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startyor, akkumulyatorlar batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar).

  3. O’t oldirish tizimi (tok manbai, o’t oldirish g’altagi, uzgich-taqsimlagich, transistor kommutatori, o’t oldirish shamlari).

  4. Nazorat-o’lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko’rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa).

  5. Yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari avtomobil burilishi va to’xtashini ko’rsatuvchi chiroqlar oldingi va orqadagi fara osti chiroqlar va xokazo).

  6. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar isitgich

elektrdvigatellari, kondisionerlar, oyna ko’targichlar va x.k) 7.Dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi.
8.O’tkazgichlar va kommutasiya jihozlari.


Download 5,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish