Tasdiqlayman” Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumi direktori



Download 8,59 Mb.
bet8/158
Sana24.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#407767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
Axborot xavfsizligi asoslari

« Tasdiqlayman»

O’IBD o’rinbosari

_______ A. G’aybullayev


Guruhlar

1-KI

2-KI

5-AX

6-AX

Dars o‘tilgan sanasi













Mavzu: 2 - Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro va milliy me’ yoriy-huquqiy baza.

O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni _____

Mashg’ulot turi

Nazariy/Amaliy

Mavzu rejasi

  1. Axborot xavfsizligining dolzarbligi.

  2. Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora – tadbirlar.

  3. Axborot xavfsizligining me’yoriy – huquqiy bazasi.

Mashg’ulot maqsadi

Axborot xavfsziligi asoslari fani to’g’risida tushuncha olish.

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni ozlashtirish oquvchida shaklanadigan asosiy bilim, konikma va kompetensiyalar.

Pedogogik vazifalar:

1. Axborot xavfsizligining dolzarbligini tushuntirib berish;

2. Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora – tadbirlar bilan tanishtirish;

3. Axborot xavfsizligining me’yoriy – huquqiy bazasini yoritib berish.

O’quv faoliyati natijalari:
1. Axborot xavfsizligi dolzarbligini tushunib oladilar;

2. Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora – tadbirlarni tariflaydilar;

3. Axborot xavfsizligining me’yoriy – huquqiy bazasini yoritib beradilar.

O’qitish metodlari

Tushuntirish, ko’rsatish, yo’riqnoma berish, amaliy topshiriq berish va boshqalar.

O’qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, kompyuter, proektor, vidoefilm, namunalar, chizma, interaktiv doska, elektron yo’riqnoma.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda.

O’qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlanganm guruhlarda ishlashga moljallangan oquv xonasi

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so’rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarini baholash

O‘quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq.)

Tashkiliy qism:

1. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.

Mashgulotga tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65 daq.)

Tayanch bilimlarni faollashirish:

1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.

Maqsad va vazifani belgilanishi:

1. Mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi;

2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.

3. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi(-ilova).

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

1. Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy xujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o’quv materiallari bayoni:

1. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.

2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi(-ilova).

Yangi o’quv materialini mustahkamlash:

1. Mustaxkamlash uchun savollar beradi(-ilova). Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

2. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi(-ilova) har bir guruhga topshiriq beradi(-ilova) va baholash mezoni bilan tanishtiradi(-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi(-ilova).

3. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifasini bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qayta aloqa o’rnatadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.

4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, garuhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarni, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.

5. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzuni nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich. Yakuniy

(10 daq.)

Mashg’ulot yakuni:

1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab, baholaydi.

Uyga vazifani berilishi:

Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi(-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

2- Mavzu: Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro va milliy me’ yoriy-huquqiy baza.

Reja:


  1. Axborot xavfsizligining dolzarbligi.

  2. Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora – tadbirlar.

  3. Axborot xavfsizligining me’yoriy – huquqiy bazasi.

Axborot xavfsizligining dolzarbligi

Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining asosiy faoliyat yo`nalishlari bo`yicha ularga yuklatilgan vazifalarning keng ko`lamda bo`lishini hisobga olib, faoliyatni axborot bilan ta`minlash jarayonini to`g`ri tashkil etish juda muhim hisoblanadi. Zero, bu hol davlat organlarini fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini ta`minlash borasidagi holatni tavsiflovchi to`liq va ishonchli axborot bilan ta`minlashga imkon yaratadi.

Shu bilan birga, jamiyatda axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarning kengayishi bilan bir qatorda, mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi ijtimoiy munosabatlar — axborot xavfsizligini ta`minlash ham dolzarb masalalardan biriga aylandi hamda mamlakatimizda qabul qilingan qonun hujjatlariga axborot xavfsizligini ta`minlash borasidagi xalqaro standartlar talablari kiritib borilmoqda.

Shu o`rinda axborot xavfsizligi tushunchasini tahlil qiladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq, axborot xavfsizligi axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligini bildiradi. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:



  • shaxsning axborotdan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar va kafolatlarni yaratish;

  • shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash;

  • shaxsni axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta`sir ko`rsatilishidan himoya qilish.

Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etmoqda. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;

Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;

Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;

Davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;

Davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish