1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti va
o`rganish usullari
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti bo’lib tashqi iqtisodiy faoliyatni xo'jalik yurituvchi sub'ekt, firma, korxona darajasida tashkil etish va boshqarish hisoblanadi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatda, ham davlat hokimiyati organlari darajasida, ham xo'jalik yurituvchi sub'ektlar darajasida bitimlarni amalga oshirishning xalqaro-huquqiy, tashkiliy, ma'naviy-axloqiy tamoyillari, normalari va qoidalarining nazariy va amaliy asoslari hisoblanadi.
Iqtisodiy tadqiqot - mavzuni asoslash, gipoteza, maqsad va vazifalarni shakllantirish, tahlil ob'ektlarini tanlash, dasturni tuzish, omillarni to'plash va o'rganish, nazariy umumlashtirish va amaliyotda tadqiqot natijalarini qo'llash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o'z ichiga olgan murakkab tafakkur jarayoni.
Iqtisodiy tadqiqotning asosida metodologiya yotadi.
Fan metodologiyasi - bu ilmiy tafakkurning shakllanish tamoyillari, shakllari va usullari to’g’risidagi ta’limotdir. Metodologiya fanda qo'llaniladigan usullarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |