Ilmiy abstraktsiya usuli hodisalarning mohiyatini bilish uchun tadqiqot jarayonida kichik hodisalardan, ahamiyatsiz tomonlardan umumiy, muhim xususiyatlarni ajratishdan iborat.
Induksiya usulidan foydalanilganda, umumiy xulosa yagona omillar asosida amalga oshiriladi, ya'ni qarorlar xususiydan umumiyga, omillardan nazariyaga qadar qabul qilinadi.
Deduktsiya usuli tadqiqotlarning teskari yo'nalishini o'z ichiga oladi – ya’ni umumiydan xususiyga boriladi. Ushbu usullar fgipotezalarni ilgari surish imkonini beradi.
Gipoteza - bu har qanday hodisani tushuntirish uchun taqdim etilgan va ishonchli ilmiy nazariya bo'lishi uchun amaliyotda tekshirishni va nazariy asosni talab qiladigan ilmiy taxmindir (farazdir).
Dialektik usul hozirgi hayotdagi barcha voqelik va omillarni to'gri tahlil kqilib, umumlashtiradi va shu asosda bundan keyingi rivojlanish uchun sharoit yaratadi. To'g'ri xulosa chiqarish uchun ilmiy izlanishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: statistik guruhlash, monografik, hisoblash - mantiqiy tahlil qilish metodi, tajriba qo'yish va matematik modellashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |