Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi



Download 2,2 Mb.
bet11/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

2. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi.
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xoʻjaligining faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻlangan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me’yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq reglamentatsiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq oʻrtasida muayyan ziddiyatlar mavjud.
Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini e’tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa — xalqaro qoidalar ustuvorligini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi ta’sir koʻrsatadi.
Milliy huquqiy hujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq tarzda muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng maqbul yechimi hisoblanadi. Ya’ni xalqaro huquqning qoida va me’yorlari amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali roʻyobga chiqariladi.
Oʻzgartirish jarayonlarining keskinligi Oʻzbekiston milliy qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga keltirish jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan, bir necha bosqichlarda hal etib borildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga taalluqli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarning koʻpligini e’tiborga olib, Oʻzbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga kirishi xususiyatlarini koʻrib chiqamiz.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshharish strategiyasining oʻziga xosliklarini hamda ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorligining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi.
2000 yil boshida mamlakatimiz dunyoning 38 davlati bilan savdo-iqtnsodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlarni, 35 davlat bilan esa sarmoya kiritishni ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisidagi kelishuvlarni imzoladi. Bu oʻrinda ham huquqiy-shartnomaviy bazani shakllantirishda songa emas, balki sifatga e’tibor qaratildi, ya’ni har bir kelishun Oʻzbekistoining milliy manfaatlaridan va sherik davlatning oʻziga xosliklarndan kelib chiqib tayyorlandi.
Oʻzbekistonning AQSh bilan koʻp qirrali hamkorliginining huquqiy bazasini takomillashtirish jarayoni jadal olib borildi, hozir 20 dan ortiq oʻzaro kelishuv va shartnomalar amal qilmoqda, ular qatorida kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish haqidagi kelishuv ham bor. Amerika qit’asi davlatlari ichida AQShdan tashqari katta sarmoya resurslariga va texnologak imkoniyatlarga ega boʻlgan Kanada bilan shartnomaviy huquqiy munosabatlarning rivojlanayotganligini alohida ta’kidlash kerak
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillari asosiga qurilgan oʻzaro xoʻjalik hamkorligini ta’minlovchi Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash orqali oʻz strategik manfaatlariga erishish maqsadida Oʻzbekiston qator ikki tomonlama shartnomalardan tashqari Sherikchilik va hamkorlik toʻtrisida kelishuv shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgrisidagi umumiy kelishuvni ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Hamjamiyati va unga a’zo davlatlar oʻrtasidagi Sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni amalga oshirish boʻyicha 2000-2005 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy tashkiliy chora-tadbirlari umumiy dasturi qabul qilindi.
MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda. Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud boʻlgan iqtisodiy aloqalarningtabiiy davomi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari bilan aloqalar madaniy savdo-sotiq olib borishga toʻsiq boʻlayotgan moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakkablashmoqda.
Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasini ishlab chiqishda va takomillashtirshsda jahonning boshqa mintaqlari mamlakatlari bilan hdm savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish kerak. Masalan, Osiyo mamlakatlari asta-sekin jahon iqtisodiyotsda yetakchi mavqyeni egallamoqdalar, dunyoning katta transport-kommunikadiya imkoniyatlariga ega boʻlgan muhim savdo, moliya markazlariga aylanmoqdalar. Oʻzbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish nuqtai nazaridan Afrika mamlakatlari ham biz uchun katta qiziqish uygʻotadi, bunda e’tibor toʻla qayta ishlangan mahsulotni sotishga qaratilishi kerak. Bu sharoitlarda ushbu mintaqd davlatlariga nisbatan Oʻzbekistonning huquqiy strategiyasi eng avvalo xalqaro mehnat taqsimoti asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan tabaqalashtirshpan holda, har bir davlat uchun alohida ishlab chiqilishi kerak.
Yaqin istiqbolda Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasining shartnomaviy-huquqiy bazasini ishlab chiqishda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OKOM) mamlakatlari bilan saddo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerak. Bu mintaqadagi jddal rivojlanayotgan mamlakatlarda katta valyuta zahiralarining toʻplanishi ularning Oʻzbekistondagi investitsiyaviy faoliyati uchun imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mintaqaviy iqtisodiy guruhlarda va kelishuvlarda Oʻzbekistonning ishtirokini kengaytirish boʻyicha jadal ish olib borish biz uchun keyingi taraqqiyotni belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida oʻz milliy manfaatlarimizni ta’minlash hamda mintakddagi mavjud savdo uyushmalari va kelishuvlarda tegishli savdo-iqtisodiy pozisiyani egallash uchun muhimdir. Ikki tomonlama huquqiy asosda hamkorlik qilish Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OKOM) mamlakatlari bilan iqgioodiy aloqalarga asos boʻlishi kerak, bu Oʻzbekistonning mintaqa darajasida ta’sirining va hamjihatligining mustahkamlanishiga yordam beradi.
Xalqaro moliya-iqtisodiy tashkilotlarga a’zolik koʻn tomonlama hamkorlik darajasida shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish siyosati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi uchun dolzarblik kasb etmoqda. 1994 yiddan boshlab Oʻzbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kiripsh boʻyicha huquqiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, bu tashkilotga a’zolik Oʻzbekiston uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik milliy qonunchilik asosida ham huquqiy tartibga solinadi. «Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgrisida»gi Qonun bu jarayonning samaradorligini ta’minlaydi, unda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, uzaytirish va bekor qilish huquqiy vositalarining amal qilipshda tegashli vazirliklar va idoralarning vakolatlari, ixtisoslashuvdari aniq belgilangan. Bu qonun mamlakat boʻyicha umuman tashqi aloqalarning shartnomaviy -huquqiy bazasini rasmiylashtirish sohasini rivojlantirishga olib keldi.
90-yillardayoq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonuni mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni har tomonlama muvofiqlashtirishda muhim oʻrin egallaydi.
Amaliyotning koʻrsatishicha, bu qonun iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan bozor usullariga bosqichma bosqich oʻtish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqdrish sharoitlarida iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida muhim rol oʻynadi. Biroq 90-yillarning oxirlarida boshlangan mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonlari tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish oldiga yansh-yangi talabgarni qoʻya boshladi. Bundan tashqdri, respublikasda ushbu qonunga u yoki bu darajada daxldor boʻlgan qator qonunlar qabul qilindi. «Valyuta boshqaruvi toʻgʻrisida», «Xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida», «Bojxona tarifi toʻgʻrisida», «Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonunlar shular juml asidandir. Shu munosabat bilan 2000 yilning may oyida mamlakat Parlamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, unda bu sohada keyinchalik qonun yaratish faoliyati uchun asos boʻladigan tashqi iqtisodiy faoliyatning konseptual asoslari aniq belgilab berildi. Qonunning yangi tahririda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshkdrishning ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullarining ustuvorligi metodologik tamoyil sifatida aniq beyagilandi va davlat va uning organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari ishiga noqonuniy aralashishlari maya qilindi.
Qonunning yangi tahriri modsalari mamlakat qonunchiligida yuz bergan oʻzgarishlarni, tashqi saddo rejimini erkinlashtirish vazifalarni hamda boshqa tahririy tuzatishlar va qoʻshimchalarni hisobga olib yangilandi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat mohiyatidan kelib chiqib, yangi tahrirda tashqi iqtisodiy faoliyat turlariga aniqlik kiritildi. Qonunchilikni qoʻllash amaliyotida malakali ishlatish uchun qonundagi asosiy atamalar va tushunchalarning talqini berildi, ular xalqaro-huquqiy definisiyalar bilan mos keladi.
Yangi tahrirdagi qonunga erkinlashgirish talablariga mos yangi qoidalar kiritildi, masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining oʻz huquq va manfaatlariga tegishli axborotlarga ega boʻlish, xorijiy jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston hududida korxonalar ochish huquqi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining hakamlikni va qoʻllaniladigan qonunchilikni tanlash huquqi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatga olish talabi chiqarib taishandi.
Davlat organlarnnilg vakolatlari qisqa va noaniq belgilangan Qonunning eskn tahrirndan farqli oʻlaroq, yangi tahrirda tashqi iqtnsodiy faoliyatni boshqarish uchun mas’ul boʻlgav Oʻzbekiston Respublikasn Vazirlar Mahkamasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiiing asosiy vakolatlari aniq belgilangan.
Mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligi himoya qilish ustuvorligi konsepsiyasini rivojlantira borib, jahon amaliyotida qabul qilingan va GATT/JST bitimlarida kiritilgan himoyaning aniq chora va usullari nazarda tutilgan— himoya, kompensasiya va antvdemping choralari, olib kelinadigan tovarlarga texnik, fitosanitar, ekologik talablar, eksiort-importni taqiqlash va cheklash choralari. Bu hozirgi bosqichda Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning muhim yoʻnalishlarvdan biri — mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish, mamlakat iqtisodny manfaatlari talab qilganda chekladsharni joriy qilish uchun muhimdir. U tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bazaviy qonun hisoblanadi.
Qonunning yangi tahrirvda qurol-yarogʻlarni, harbiy texnikani va ikki maqsadda ishlatishga moʻljallangan tovarlarni eksportini nazorat qilishni boshqaruvchi me’yorlar, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning alohida tartibini (erkin iqtisodiy zona va erkin savdo zonasida imtiyozli sharoitlarni beruvchi) boshqaruvchi maxsus modsalar kiritilgan.
Qonunning yangi tahririda tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlariiing huquqlarni kafolatlashga va burchlarini belgilab berishga bagʻishlangan boʻlimi ancha takomillashtirilgan.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston milliy iqtisodiyoti sub’yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishga qdratilgan, shu jumladan eksport va import operatsiyalarini tariflar vositasida va tarifsiz boshqarishni tartibga solish, eksport mahsuloti ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar koʻrildi.
Mazkur choralarning hammasi imtiyoeli tusda boʻlib, amadsagi huquqiy me’yorlardan ba’zi istisnolarni taqozo etadi. Biroq ular shunchaki imtiyozlar tizimi emas, barcha koʻrsatilgan imtiyozlar aniq yoʻnalishga ega: ular yuqori darajada qayta ishlangan eksport mahsulotini ishlab chikdradigan korxonalargagina tatbiq etiladi, shu sababli undan savdo-vositachi tashkilotlar, xom ashyo resurslarini eksport qiluvchi va shu kabi boshqa tashkilotlar foydalana olmaydilar.
Haqiqdtda oʻz mahsulotini ishlab chiqaruvchi korxonalar va vositachi korxonalar uchun eksport-imiort va soliqlar vositasida tartibga solishning qoʻshaloq tizimi barpo etildi. Agar ularni makroiqtisodiy nazariya pozisiyalaridan turib qaraydigan boʻlsak, hech qanday farq boʻlmasligi kerak, lekin oʻzgartirish jarayonlarini amalda roʻyobga chiqarish ravon sharoitlarda emas, balki oʻtish davri sharoitlarvda yuz bermoqda, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonvdan mazkur iqtisodiy strategiya tanlangan. Ayni ishlab chiqaruvchi korxonalar va vositachi korxonalarning faaliyat koʻrsatish sharoitlarini ajratish goyatda maqsadga muvofiq chora boʻldi, zero hozirgi bozor iqtisodiyotining uzoq vaqg barqaror boʻlishi huddi shu ishlab chiqaruvchi tuzvdmalarga asoslanadi.
Xorij bozorlariga, ayniqsa MDH mamlakatlari bozoriga chiqishga intilib, ishlab chikdrish faoliyati bilan faol shugʻullanayotgan mikroiqtisodiy sub’yektlarning hammasi anchagina qulay huquqiy ahvolga tushib qoddi. Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi korxonalar huquqiy ahvolining foydali jihatlaridan amalda Respublikaning barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlari foydalana oladvdar, binobarin, mupkchilikning istalgan shaklidagi korxona va firmalar eksport-import va soliqqa oid imtiyozlardan foydalanish uchun oʻzlarining asosiy faoliyatlarini tegishli tarzda qayta qura oladilar.
Tabiiyki, oʻz mahsulotining faol eksportini ta’minlash bozorning xorijiy qatnashchilari bilan hamkorlik qilishda yanada real boʻlib bormoqda. Shu sababli mamlakatimiz ishlab chiqdruzchilari va ularning xorijlik sheriklari uchun qonun hujjatlarini muvozanatlapggirish maqsadqsa Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatimizga chet el investitsiyalari oqimini tartibga soluvchi maxsus qonunlari qabul qilindi, 1994 yilda qabul qilingan ana shunday yoʻnalipvdagi dastlabki qonun («Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»), soʻzsiz, chet el investitsiyalarini jalb etish ishida ijobiy rol oʻynaydi, lekin xoʻjalik amaliyotining real holati uni yanada takomillashtirishni taqozo etdi, shuning uchun unga muayyan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritib borildi (1994,1995, 1997 yillarda).
1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasida «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi yangi Qonun amalga kiritildi, u iqtisodiy rivojlanishning oʻzgarib borayotgan sharoitlariga javob beradi, jahon hamjamiyatida chet ellik investorlar va chet el investitsiyalariga nisbatan qabul qilingan barchatalablar va qoidalarni etiborga oladi.
Jahon hamjamiyatida allaqachon tadbirkorlikning milliy rejimini xorijiy qatnashchilarga tatbiq etish qoidasi belshlovchi qoidaga aylangan. U bir qagor xalqaro hujjatlarda; Xalqaro savdo palatasining «Xalqaro investitsiyalar uchun amal qiluvchi qoidalar», Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) «Sarmoya harakatini erkinlapggirish kodeksi» va «Xalqaro sarmoya qoʻyilmalari va koʻp millatli korxonalar toʻgʻrisidagi deklarasiya»sida mustahkamlangan. Bundan tashkdri Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi «Chet el investitsiyalari rejimi toʻgʻrisida amal qiluvchi qoidalar*ni qabul qildi, unda chet el sarmoyasini biror-bir mamlakatta kiritish qoidalari, rejimni qoʻllashga doir standartlar, sarmoya va foydalarni oʻtkazish tartibi, nizolarni bartaraf etish qoida va mexanizmlari, bir qancha boshqa jihatlar tariflangan.
Milliy rejim qoidasi dunyoda borgan sari keng tarqalmoxda. Investitsiya choralarining savdo jihatlariga doir kelishuvga (IChSJ) muvofiq Jahon savdo tashkiloti ishtirokchisi boʻlgan mamlakatlar uchun investitsiya choralariga Tariflar va savdo boʻyicha bosh kelishuv doirasidayoq qabul qilingan tadbirkorlikning milliy rejimi qoidasi tatbiq etiladi. Bundan tashqari, xalqaro savdoda miqdoriy cheklashlardan voz kechish qoidasi qayd etilgan (shu jumladan mahsulot, faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanish boʻyicha, import hajmlari yoki qiymatini cheklash va hokazo).
«Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq Oʻzbekistonda chet el investitsiyalarining yuyatda keng talqinidan foydalanilmoqda. Bular barcha turdagi moddiy va nomodsiy boyliklar va ularga doir huquqlardir. Quyidagilar chet ellik investorlar boʻlishi mumkin:
— xorijiy davlatlar va ularning ma’muriy yoki hududiy organlari;
— xalqaro ommaviy huquq sub’yektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
— xorijiy davlatlarining yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Ushbu talqinda, yondashuvning kent va kompleks tusdaligi tufayli, Respublikaga chet el investitsiyalarining oqimini jiddiy ravishda kengaytirishga shart-sharoit yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi qonuni chet el sarmoya qoʻyilmalari amalga oshirilishi mumkin boʻlgan koʻplab shakllarni e’tirof etadi: ulush qoʻshib qatnashish, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish, mol-mulk va qimmatli qogʻozlarni sotib olish, intellektual mulkka doir huquqdarni kiritish, konsessiyalar olish, savdo va xizmat koʻrsatish sohalari ob’yektlariga, turarjoy binolariga mulk huquqlarini soshb olish, yerga, tabiiy resurslarita egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish, shuningdek Respubdika qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllar.
Mazkur Qonun va oʻz institutlari bilan davlat chet ellik investorlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari paytida ularning huquqdari himoya qilinishini kafolatlaydi. Moddalarning birida shunday deyiladi: «Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqdi rejim, ularning toʻliq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shargnomalarida beyagilab qoʻyilgan rejimga qaraganda noqulayroq boʻlishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroqboʻlishi mumkin emas».
Shu bilan birga chet ellik investorlarga xalqaro huquq qoidalariga muvofiq gʻoyatda keng huquqlar berilgan, shu jumladan invesgisiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yoʻnalishlarini mustaqil belgilash, investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish, oʻzining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish erkinligi.
Chet ellik investorlar investitsiya faoliyati natijasida olingan oʻziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashtirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qiladilar, olingan daromadni mustaqil tasarruf etadilar (shu jumladan uni moneliksiz repatriadiya qilish huquqidan foydalanadilar), Respublikaga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablagʻlariki jalb etish, oʻz hisobvaraqlaridagi milliy valyuta mablagʻlaridan ichki valyuta bozorvda chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish huquqiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar.
Chet ellik investorlar uchun investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har kdnday xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish imkoniyatlari yaratilgan. Ular butun Oʻzbekiston hududi boʻylab erkin harakatlana oladilar, mamlakatimiz investorlari bilan teng holda sugʻurta himoyasiga boʻlgan huquqdan foydalanddvdar.
Chet ellik investorlar uchun ayniqsa shu narsa muhimki, mazkur Qonunning va boshqa qonun hujjatlari yoki xalqaro shartnomalarning qoidalari muvofiq kelmagan hollarda investitsiya faoliyati uchun birmuncha qulay boʻlgan, binobarin, investorlarning manfaatlarini himoya qiladigan qoidalar ustuvor kuchga ega boʻladi.
Aytib oʻtilgan huquqlardan istisnolar arzimagan darajada va ular faqat milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bilan bogʻlangan, bu hol esa har qaqsay davlatda tabiiydir.
«Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunning asosiy qoidalari xalqaro amaliyotda qabul qilingan talablarga toʻliq muvofiq keladi, zero chet ellik investorlar Respublika ichki bozorida mamlakatimiz investorlari bilan teng sharoitlarga qoʻyilgan. Biroq shuni e’tiborga olish joizki, ushbu Qonunga koʻra, chet ellik investorlar Oʻzbekiston hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni barpo etishlari (chet el investitsiyalari aksiyalar, ulushlar, paylar yoki ustav fondining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar toifasiga kiritiladi) va ularga Respublika qonun hujjatlariga binoan taqsim etiladigan imtiyozlar tizimidan foydalanishlari mumkin. Ushbu imtiyozlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 20 martda qabul qilingan «Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi va 1996 yil 31 mayda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari ishtarokidagi korxonalarni barpo etish va ular faoliyatini ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonlarida va bir qator boshqa qonun hujjatlarida ta’kidlangan.
Taqsim etiladigan imtiyozlar tizimida ularning quyidagi turlari ajratib koʻrsatiladi:
Birinchidan. foyda (daromad) soligʻi boʻyicha imtiyozlar, ularda soliq stavkalarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmvda eksport ulushiga bogʻliq holda (tegishlicha 5 dan 10 gacha, 20 gacha, 30 gacha va undn ortiq foialarda) 20 dan 50 foizgacha kamaytirish koʻzda tutilgan; eksport hajmlarini oʻsgirishdan olingan, erkin almashtiriladigan valyutadagi tushumni foyda soligʻini toʻlashdan ozod etish; agar ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi 30 foizdan ortiq boʻlsa, soliq stavkasini foydaning 25 foiziga qadar pasaytirish; Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihadarga sarmoya qoʻyilmalarini amalga oshiruvchi qoʻshma korxonalarni faoliyatning dastlabki 5 yilvda soliq solshssan ozod etish; chet el sarmoyasining ulushi kamida 30 foiz boʻlgan va qishyuq xoʻjalik mahsulotini qayta ishlashga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalarni soliq solishdan ozod etish; yangi bunyod etilgan korxonalar uchun soliq solish stavkalarini dastlabki yilda belgilangan stavkasining 25 foizi va ikkinchi yilda 50 foiziga qadar pasaytirish;
patent sohiblari tomonvdan olingan daromad summalarini ma’lum miqdordagi yillarga soliq solishdan ozod etshs; soliq solinadgan bazani tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish, ekologiya va xayriya fondlariga boʻnaklar, investitsiya faoliyati bilan bogʻliq summalarga kamaytirish; davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha olingan foialar va dividendlarni soliq solishdan ozod etish;
soliqning butun summasini «Oʻzbekengilsanoat* va «Mahalliy sanoat» tizimida reinvestitsiya qilish sharti bilan chet ellik investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan qoʻshma korxonalarni soliq solishdan ozod etish, shuningdek barcha turdapi korxonalarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladigan bir qator boshqa imtiyozlar.
Ikkiichidan, qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar uchun mahsulot olib kirish va olib chiqish tartibi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni lisenziyasiz eksport qilish va oʻzining ishlab chiqarish ehshyojlari uchun mahsulotni import qilish huquqini berish bobida soddalashtiriddi; barcha soliqlar toʻlanganvdan keyin oʻzi ishlab chiqargan mahsulot eksportidan barcha valyuta tushumlarini korxonalarning toʻliq mulkida qoldirish koʻzda tutildi.
Uchinchndan, yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarda agar ustav fondida chet ellik ipggirokchining ulushi 30 foizdan oshsa, barpo etilgan paytdan boshlab ikki yilga chet ellik yuridik shaxslar va qoʻshma korxonalarni soliq solishdan ozod etish koʻzda tutildi.
Toʻrtinchidan, konvertatsiyalashga doir imtiyozlar, unda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish; eksportga mahsulot va tovarlar ishlab chiqarish bilan band boʻlgan; foydaning bir qismini repatriasiya qiladigan; milliy iqtisodiyotning bazaviy va yetakchi tarmoqlarida ustuvor loyihalarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etadigan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi qoʻshma korxonalar uchun valyutani ustuvor konvertatsiyalash huquqi koʻzda tutilgan.
Beshinchidan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun soliq solish boʻyicha ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 2 yil muddatga soliq krediti olish; ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi kamida 500 ming AQSH dollari boʻlgan korxonalarni mol-mulk soligini toʻlashdan ozod etish koʻrinishdagi imtiyozlar.
Oltinchidan, bojxona bojlari, qimmatli qogʻozlar operatsiyalariga doir soliqlar, mol-mulk soligʻi, eng koʻp qulaylik rejimini taqdim etish boʻyicha bir qagor imtiyozlar, ular mulkchilik shaklidan qati nazar barcha turdagi korxonalarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga ham tatbiq etiladi.
Binobarin, chet el sarmoyasi ishgirokidagi korxonalarning Respublika ichida boshqa turdagi korxonalarga nisbatan teng mavqyeda boʻlishi bilan bir qatorda ularga imtiyozdarning ikki toifasi tatbiq etiladi: birinchi toifa qoʻshma korxonalarga, boshqasi barcha turdagi korxonalarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga taalluqlidir.
Shunday qilib, Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati borgan sari xalqaro huquq me’yorlariga yaqinlashtirilayotgan mustahkam qonunchilikka asoslanadi.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish