Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING NAZARIY, HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI



Download 2,2 Mb.
bet10/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

2-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING NAZARIY, HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI

1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi.


2. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatining tashkiliy asoslari.


Tayanch soʻzlar: Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasi,


1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi.
Sivilizasiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xoʻjalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga koʻra rivojlanadi, ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor boʻlishini shartlaydi.
Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslarning juda kamligi va olisdaligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar oʻrtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari oʻrtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi.
Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining oʻsishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlarni (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqd bozorlarni) rivojlantirishga, xom ashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi.
Oʻzbekistonda koʻplab korxona va birlashmalar, korporasiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir koʻrsatadi. Ana shu ta’sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining mazmuni toʻgʻrisidagi aniq tasavvurga asoslanishi kerak.
Tashqi iqtisodiy aloqalar — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub’yektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir.
Davlat sub’yektlariga ular zimmasiga davlat tomonidan yuklangan huquq va majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular oʻzini-oʻzi boshqaradigan hududlar, ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (aksiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va oʻrta korxonalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolar)dir.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar — bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyag tashqi iqtisodiy aloqalarni roʻyobga chiqarish jarayonidir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni ixtisoslashtirish, xoʻjalik hayotini baynalmilallashtirish jarayonidan ob’yektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi alohida olingan mamlakatlarning oʻzaro aloqalari va bir-biriga bogʻliqligining kuchayishi bilan belgilanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining iqtisodiy mazmuni birgalikdagi ishlab chiqarishni tashkil etish usullarida ifodalanadi, bularda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan tovarlar yoki xizmatlarni tayyorlashga ixtisoslashadi, soʻngra ularni ayirboshlaydilar. Tovar ayirboshlash pulli yoki pulsiz asosda amalga oshirilishi mumkin. Koʻpchilik hollarda ayirboshlash asosan birinchi variant boʻyicha yuz beradi, ya’ni xorijdan mahsulot oladigan taraf uning egasiga barcha xarajatlarni toʻlaydi. Turli xil tuhfalar, insonparvarlik yordami, ishlarni muvofiqlashtirish, umumiy qarorlarni muhokama va qabul qilish, tajriba almashish, standartlarning xalqaro miqyosda bir xillashtirilishi, atrof muhitni muhofaza qslishga doir chora-tadbirlar va hokazolar ayirboshlashning pulsiz turlarga kiradi.
Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatning ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib oʻtishda oʻrnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi yoʻllarga birlashtiriga mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar koʻrsatish), qoʻshma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida ayniqsa keng tarqalgan.
Tashqi iqtisodiy faodiyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar oʻz ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga egadirlar.
Xalqaro savdoga zamonaviy qarashlar oʻz ichiga bir nechta nazariyani oladi, u Adam Smit allaqachon ta’riflab bergan mutlaq ustunlik nazariyasidan (1776 yil) boshlanadi. U har bir mamlakatda boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha kam chiqimlar bilan tovarlar va xizmatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga imkon beradigan mutlaq ustunlik mavjudligini isbotlab berdi (bunday ustunlik tabiiy tusda boʻlishi yoki iqtisodiy rivojlanish jarayonida egallanishi mumkin). Savdo oʻzaro foydali boʻlishi uchun mamlakatlarning har biri shunday mutlaq ustunlikxa ega boʻlishi kerak, lekin u ishlab chiqarish faoliyatining turli yoʻnalishlaridan oʻrin olishi lozim. Turli davlatlar iqtisodiy faoliyatini ixtisoslashtirishning asosiy shart-sharoitlaridan biri ham ana shundadir. Smit nazariyasidan ixtisoslashtirish qanchalik chuqur boʻlsa, mamlakat oladigan foyda ham shunchalik koʻp boʻladi degan xulosa kelib chiqadi.
D.Rikardoning «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» (1817 yil) kitobida taklif qilingan qiyosiy ustunlik nazariyasiga koʻra mutlaq ustunliklarga ega boʻlmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda olishlari mumkin. Amalda hamma yerda va hamma vaqt mavjud boʻladigan ichki va tashqi narxlar oʻrtasidagi tafovutlar tufayli istalgan mamlakatda ularni ishlab chiqarish mavjud chiqimlar nisbatida qolganlarini ishlab chiqarishga qaraganda ancha foydali boʻlgan va ularni ayirboshlash oʻz ishlab chiqarishiga qaraganda foydaliroq boʻladigan tovar yoki xizmat har vaqt topiladi. Ushbu nazariyaning rivojlanishi almashtirish chiqimlari hisobining muhim ekanligini koʻrsatdi.
Demak, XIX asrdayoq ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish albatta qoʻshimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga olib kelishi, almashtirish chiqimlarining ildam oʻsishi bilan birga borishi isbotlab berilgan. Buning ma’nosi shuki, yanada ixtisoslashtirish maqsadga muvofiq boʻlmay qoladi.
Shunday qilib, qiyosiy ustunliklar nazariyasi quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi: xalqaro savdodan olinadigan eng koʻp yutuq qisman (toʻliq emas!) ixtisoslashtirish sharoitida yuz beradi, ya’ni milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning ob’yektiv chegaralari mavjud.
Xeksher-Olinning savdo nazariyasi sifatnda mashhur boʻlgan nazariya birinchi oʻringa ishlab chiqarish chiqimlarini emas, balki qanday resurslar ana shu chiqimlarga kirishini qoʻyadi, chunki mamlakatlar chiqimlarida ularda ortiqcha mavjud boʻlgan resurslardan foydalanilgan tovarlarni eksport qilishga intiladilar.
Bunda ichki talabni ishlab chiqarilishi uchun resurslar moʻl-koʻl boʻlgan mahsulot bilan toʻldirish omiliga muhim rol ajratiladi.
Ushbu nazariyalar uchun amerikalik mashhur iqtisodchi Vasiliy Leontyev taklif etgan muayyan tuzatishlar zarur. U ishlab chiqarish omillarining bir xilda emasligini qayd etdi, bu omillarni taqchil yoki moʻl-koʻl omillar sifatida koʻrib chiqish mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchi nisbatan cheklangan sharoitda yuqori malakali mutaxassislarning nisbatan ortiqchaligi koʻzga tashlanadi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa malakasiz mehnatning katta xarajatlarini talab etadigan mahsulotni eksport qilishga intiladilar. Ikkala holda ham mehnatni koʻp talab qiladigan mahsulot eksporti yuz beradi, lekin ular turli xarakterga ega. Shu bilan birga tabiiy resurslarga boy koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish koʻp sarmoya talab qiladi, chunki ularni qazib olish katta mablagʻlarni taqozo etadi.
Keyinga vaqtda tashqi savdo yoʻnalishini tovarlarning hayotiy davri nazariyasidan kelib chiqib tushuntiradigan marketologik nazariya paydo boʻldi.
Ushbu nazariyaga koʻra har qanday mahsulotning hayot davri bir necha bosqichdan — joriy etish, oʻsish, yetuklik va tushkunlikdan iborat boʻladi. Lekin bosqichlarning oʻzi ichki va tashqi bozorlar boʻyicha notekis almashadi, ayni shu narsa ishlab chiqarishni ichki bozordai tashqi bozorga qayta yoʻllash shartlari va vaqtini belgilaydi.
Xalqaro savdo miqyos samarasi bilan ham tushuntiriladi. Nazariy jihatdan olganda, u mikroiqtisodiy hodisalarga kiritiladi hamda mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha chiqimlari va hajmlari dinamikasini qiyoslashga asoslanadi. Agar ishlab chihdrish hajmlarini koʻpaytirganda oʻrtacha chiqimlar mahsulot birligiga hisoblaganda qisqarsa miqyos samarasi musbat, koʻrsatilgan koʻrsatkichlar dinamikasi tamoyillari teskari nisbatda boʻlsa manfiy boʻladi.
Rivojlayaish jarayonida koʻp mamlakatlarning (ayniqsa sanoati rivojlangan mamlakatlarning) ta’minlanganligi baravarlashgani sababli ham mutlaq, ham qiyosiy ustunliklar uchun asos yoʻqoladi. Miqyos samarasini beradigan ommaviy ishlab chikdrish ta’minlangan taqdirdagana xalqaro savdo foydali boʻladi. Buning uchun bozor sigʻimi asosiy omilga aylanadi, uni alohida olingan mamlaxatlar ichida ta’minlash qiyin. Bunga, odagda, jahon bozoridagi operatsiyalar hisobiga erishiladi. Yagona integrasiyalangan bozorning shakllanishi shunga olib keladiki, iste’molchilarga koʻp miqdordaga mahsulot ancha past narxlarda taklif qilinadi. Shu tariqa mikroiqtisodiy muammolar makroiqtisodiy darajaga oʻgadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi boʻlgan firmaning daromadi milliy iqtisodiyotning jahon bozoriga integrasiyalanish darajasiga bogʻliqsir.
Boshqa nazariy qarashlar ham mavjud. Lekin ular orasidan, birinchidan, olimlar va amaliyotchilar oʻrtasida keng tarqalgani, ikkinchidan, makroiqtisodiy tusdaligi ifodalangan va, uchinchidan, eng umumlashgani bilan ajralib turadiganlarini olamiz.
Xalqaro savdo mazmuniga doir biz bayon etgan barcha yondashuvlarni ancha osonlik bilan dastlabki ikki qarashga kiritsa boʻladi. Zero, ravshanki, mamlakatda ortiqcha boʻlgan resurslar sarflanadigan mahsulot ham, tovarning hayot davri ham, miqyos samaralari ham — ularning barchasi ishlab chiqarish chiqimlariga bevosita aloqadordir. Shuning uchun dastlabki ikki qarash — eng universal doktrinalar boʻlib, qolganlari esaularni aniqlashtirish hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro savdo tashqi iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlangʻich, muvofiqdashtiruvchi va koʻpaytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning xorijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning darajasiga bogʻliqsir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi.
Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizasiya natijasi hisoblanadi. Ular davlatlar paydo boʻlishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xoʻjaliqdan tovar-pul munosabatlariga oʻtilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida keskin sakrashni tugʻdirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashiga olib keldi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari oʻrtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chikdrish — iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarning mohiyati uning funksiyalarida aniqlanadi. Quyidagilar ana shunday funksiyalar hisoblanadi:
tabiiy resurslar hamda ularning ashyoviy va qiymat shaklidagi mehnat natijalari bilan xalqaro ayirboshlashni tashkil etnsh va xnzmat koʻrsatish;
xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotlari iste’mol qiymatining xalqaro mnqyosdagi e’tirofi;
xalqaro pul muomalasini tashkil etish.
Birinchi funksiya tabiiy resurslar sifatida qazib olinadigan mahsulotlar va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida olinadigan mahsulotlarni mahsulotlar va ularning ashyoviy hamda qiymal shaklidagi mehnat natijalari bozori orqali aniq iste’molchilarga yetkazishdan iborat boʻladi. Ayirboshlashni tashkil etish ayni vaqtda ayirboshlashga xizmat koʻrsatishni ham nazarda tutadi.
Ikkinchi funksiyani bajarish jarayonida tovar-nul munosabatlari harakatining yakunlanissh va pulni xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotiga ayirboshlash tugashi yuz beradi, buning natijasida mahsulotning iste’mol qiymati (yoki amaliy qiymati) xalqaro e’tirofga sazovor boʻladi.
Uchinchi funksiya — turli xalqaro hisob-kitoblarni amalgaoshirish jarayonvda pulning uzluksiz harakagi uchun shart-sharoit yaratishdir.
Ayni vaqgda tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning iqtisodiy tizimiga ta’sir koʻrsatish vositasi boʻlib maydonga chiqadi, u tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmi orqali amalga osshriladi.
Hozirgi jahon xoʻjaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini oʻstirish, xalq xoʻjaligi xarajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashgirish omillarsha aylanadi.
Davlatlar oʻrtasidaga hamkorlik tovarlarni odatdagi ayirboshlatpdan xizmatlar savdosi, texnik-iqtisodiy vazifalarni birgaliqsa hal etish, ilmiy va ishlab chiqarish kooperatsiyasini hamda birgalikdagi xoʻjalik faoliyatining boshqa shakllarini rivojlantirish, shu jumladan qoʻshma korxonalarni barpo etishga qadar kengaymoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalar orqadi jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi muayyan davlatning ichki bozoriga oʻtkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga imkon yaratadi, bu, oʻz navbatida, sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo, moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi.
Mamlakat ichki bozorining rivojlanishi natijasida davlat ichida taklif hajmi talab hajmidan oʻzib keta boshladi, bu hol tashqi savdo operatsiyalarining kengayishi, sarmoya qiymatining arzonlashishi va ishlab chiqarish hamda muomala chiqimlarining kamayishiga olib keladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil etish va ularni boshqarish mexanizmining samaradorligi koʻp jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi.
Tasnif (klassifikasiya) deganda, muayyan belgilar boʻyicha aniq guruhlarga taqsimlash tushuniladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tasnifi tizimi aloqa turlari va shakllaridan iboratdir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar turi — bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining yoʻnalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir.
Tovar oqimining yoʻnalishi bilan bogʻlangan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning bir mamlahatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatda olib kirilishini belgilaydi. Ushbu belgiga koʻra tashqi iqtisodiy aloqalar tovarni sotish va olib chiqish bilan bogʻliq eksport aloqalariga hamda tovarni harid qilish va olib kelish bilan bogʻliq import aloqalariga boʻlinadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan bogʻlangan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga koʻra tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga boʻlinadi.
Aloqa shakli — mazkur aloqa turining mavjud boʻlish usuli, biror-bir aniq aloqa mohiyatining tashqi namoyon boʻlishidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar shakllariga savdo, barter, turizm, injiniring, franchayzing, lizing va hokazolar kiradi.
Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutlaq huquqlar (intellektual mulk) bilan xalqaro ayirboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda tovar deganda har qavday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan energiyaning barcha turlari) va koʻchmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo faoliyatining predmeti boʻlgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi shartnoma chogʻida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi.
Eksport — tovar, ishlar, xizmatlar, intellektual mulk natijalari, shu jumladan ularga doir mutlaq huquqlarni bojxona hududidan xorijga qaytarib olib kelish majburiyatisiz olib chiqishdir. Eksport fakti tovar bojxona chegarasini kesib oʻtgan, xizmatlar va intellektual faoliyat natijalariga doir huquqlar taqdim etilgan paytda qayd etiladi. Bojxona hududidan xorijga tovarlar olib chiqishsiz ayrim tijorat operatsiyalari tovarlar eksportiga tenglashtiriladi.
Xalqaro savdo hajmi, ya’ni jahon tovar oboroti faqat eksport hajmlarini qoʻshish yoʻli bilan, odatda FOB yoki franko — kema borti (ingl. Free on board) narxlarida AQSh dollarida hisoblab chiqiladi. FOB narxi tashish va sugʻurtalash xarajatlarining faqat bir qismini, tovar kema bortiga yetkaaib berilgan paytga qadar, sotuvchi oʻz zimmasiga olishini anglatadi. FOB yetkazib berishning bazis sharti hisoblanib, unga koʻra sotuvchi tovarni yuklab joʻnatish portida (odatda eksportchi mamlakatida) kema portiga yetkazib berish haqini va eksport bojlarini toʻlaydi. Yukni kemada joylashtirishga odatda xaridor haq toʻlaydi. Tovarni tashish, uni sugʻurtalash va import bojlarini toʻlash bilan bogʻliq keyingi xarajatlarni ham xaridor toʻlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida eksportni rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti. MDH mamlakatlari bilan hamkorlik, kooperatsiya va birgalikdaj eksport loyihalari uchun imtiyozli bojxona rejimlari, mashina-texnika eksporgini rivojlantirish va hokazolar eksportni rivojlantiripshing muhim rezervi hisoblanadi. 1997 yil oʻrtalarida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish Davlat dasturi yuksaltirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Import — tovarlar, ishlar, xizmatlar, intellektual faolshgg natijalarini, shu jumladak ularga doir favqulodsa huquqlarni bojxona hududkga qaytarib olib chiqish majburiyatsiz olib kelishdir. Import fakti tovar bojxona chegarasini kesib oʻggan, xizmagglar va intellekzual faoliyat natijalariga doir huquqaar olingan paytda qayd etiladi. Oʻzbekiston bojxona hududining maqomi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan belgilangan. Uning hududsda erkin bojxona zonaladi va erkin omborlar boʻlishi mumyuta, ularning hududi OʻzR bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining chegaralari, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar tegralari OʻzR bojxona chegarasi hisoblanadi.
Import SIF narxlarida hisoblanadi, buning natajasida u eksporg qiymatidan oshadi. SIF (ingl. CIF — cost, insuarance and freight) — yetkazib berish sharti boʻlib, unga koʻra sotuvchi tovarni tayinlangan punktga (odatda, import mamlakatidagi portga) yetkazib berish haqi va tashish vaqtida tovarni sugʻurtalash xarajatlarini toʻlaydi. Shu sababli SIF narxi oʻz ichiga tovar qiymati, uning fraxti va sugʻurtalanishiga doir xarajatlarni oladi.
Tashqi savdoda xizmatlar savdosi katta oʻrin tutadi. Xizmatlar ham tovardir, biroq koʻpincha ashyolashtirilgan shaklga ega emas va tovarlardan bir qator mezonlari bilan farq qiladi.
Xizmatlar — boshqa shaxslar ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik faoliyati boʻlib, mehnat huquqiga oid munosabatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyat bundan mustasno.
Xizmatlar oldi-sotdisi boʻyicha asosiy tashqi savdo bitimlariga transport xizmatlari, injiniring (muhandislik-texnika xizmatlari savdosiga doir operatsiyalar), ijara munosabatlari (lizing), turistlik xizmatlari ekeport-importiga doir operatsiyalar, informatika va boshqarishni takomillapggarish soxdsidagi konsultatsiya xizmatlari, sugʻurtalash va bir qator boshqa xizmatlar kiradi.
Xizmatlarning tashqi savdosi «koʻzga koʻrinmaydigan eksport» deb ham ataladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining belgilashiga koʻra eksport qilinadigan xizmatlarga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga (yoki ularga tenglashtirilgan boshqd hujjatlarga) muvofiq belgilangan tartibda Respublikaning xoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar (ishlar) kiradi.
Eksport-import operatsiyalari bevosita yoki bilvosita boʻlishi, ya’ni tovar sohiblari yoki vositachilar tomonvdan amalga oshirvdishi mumkin. Vositachilar sifatida brokerlar, dilerlar, komissionerlar, konsignatorlar, ulgurji xaridorlar, sanoat agentlari faoliyagg koʻrsatishi mumkin. Zksport-import operatsiyalarvdan tashqdri tadgqi iqtisodiy faoliyat amaliyotida tovarlarni sotish uchun tashqi savdoning savdo, auksion (kimoshdi savdosi) va birja singari maxsus shakllaridan ham foydalaniladi.
Har biri eksport yoki import tovari uchun pul summasini olish yoki toʻlash bilan yakunlanadigan tovarlarni sotishga doir odatdagi eksport-import bitimlari bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyatdatovar ayirboshlash operatsiyalari yoki muqobil kompensasion savdo ham keng qoʻllaniladi. Muhobil savdo tovarlarni sotishga doir operatsiyalarni oʻz ichiga olib, bunda eksportchilarning import qiluvchilardan mahsulot bir qismini yoki eksport qilinayotgan tovarlar bir qismini xarid qilishga muqobil majburiyatlari koʻzda tutiladi. Xilma-xil boʻlgan muqobil bitimlarni tashkiliy-huquqiy asos yoki kompensasiya qovdasiga bogʻliq holda uch guruhga ajratish mumkin: valyutasiz asosda tovar ayirboshlash bitimlari (barter), pul asosida savdo kompensasiya bitimlari va sanoat kompensasiya bitimlari.
Barter bitimlari ob’yektlari odatda bir turdagi tovarlar, asosan xom ashyoning kelshpilgan toʻplamlari boʻlib, bu narsa tovarlarni manyovrlashni istisno etadi. Ayni shu sababli barter muqobil savdoda eng kam tarqalgan bitimdir. Muqobil kompensasion savdoning kattagina qismini pulga asoslangan, eksportchining import qiluvchi taklif etadigan tovarlarni sotishda ishtirokini koʻzda tutadigan savdo kompensadion bitimlari egallaydi. Ushbu turdagi barcha bitimlarni bir necha guruhga boʻlish mumkin: «offset» turidagi bitimlar, «svitch* turidagi bitimlar, boʻnak xaridlari va hokazo. Savdoning ushbu turi sheriklarning ishlab chiqarish aloqalarini koʻzda tutmaydi. Agar muqobil savdo sanoat hamkorligining bir qismi boʻlsa va bevosita ishlab chiqarish sohasi bilan bogʻlansa, u yetkazib berishlarning alohida tasnif guruhini yaratadiki, bu guruh sanoat kompensasion bitimlari deb nom olgan, masalan, bunyod etiladigan ob’yektlar uchun yetkazib beriladigan uskunalar haqi uning yordamida ishlab chiqariladigan tovarlarning muqobil yetkazib berishlari bilan toʻlanadi.
Xizmatlar tashqi savdosida ilmiy-texnika tadqiqotlari natijalari savdosi va mualliflik huquqlari savdosi alohida oʻrin tutadi. Ilmiy-texnika bilimlarini ayirboshlashga doir kelishuvlar nafaqat ilmiy, balki tijorat qiymatiga ham ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlarining oldi-sotdisi bilan bogʻlangan. Ilmiy-texnika bilimlari savdosiga doir operatsiyalarda patentlar, lisenziyalar, tovar belgilari, sanoat namunalari shaklida maydonga chiqadigan intellektual mehnat mahsulotlari, shuningdek «nou-xau* tushunchasi bilan birlashtirilgan texnik bilimlar va tajriba ishtirok etadi.
Tashqi savdo aloqalari moliyaviy aloqalar bilan bogʻlanadi, zero moliya savdo paydo boʻlishi bilan va savdo hosilasi sifatida paydo boʻladi. Moliya — pul oqimida, pullarning uzluksiz boradigan oborotida yuzaga keladigan munosabatlar tizimvdir. Boshqacha qilib aytganda, moliya — pul fondlari shakllanishi va ulardan foydalanshssa hamda pul mablagʻlari oboroti paytida yuzaga keladigan pul munosabatlari tizimidir. Moliya uchta funksiyani bajaradi:
fondlarni shakllantirish va naqd pul mablagʻlarini olish;
pul fondlari va naqs pul mablagʻlaridan fovdalanish;
pul fondlari va naqd pul mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilnsh.
Xalqaro kreditlash, xalqaro sugʻurtalash, xalqaro bank xizmatini koʻrsatish (hisob-kitoblar, depozitlar va boshqa bank operatsiyalari) moliyaviy tashqi iqtisodiy aloqalar shakllari hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarningrivojlanishi va jahon iqtisodiyotida fan-texnika taraqqiyoti ishlab chixdrishga oid va investitsion tashqi iqtisodiy aloqalarning paydo boʻlishi va chuqurlashishiga olib keldi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar nafaqat tovarlar, xizmatlarni ayirboshlash, balki qoʻshma tadbirkorlikni tashkil etish uchun sarmoyalarni olib chiqish va olib kirish, ishchi kuchini olib oʻtish yoʻli bilan ham roʻyebga chikdriladi. Sarmoyani olib chiqish — muntazam ravishda daromad olish yoki boshqa iqtisodiy va siyosiy foydalarga erishish maqsadida pul yoki tovar shaklidagi qiymatni xorijga olib oʻtishdir. Sarmoyani olib chiqishning mohiyati moliyaviy yoki moddiy resurslar bir qismini bir mamlaxatdaga milliy iqtisodiy oborot jarayonidaya olish vauni boshqa mamlakatlardagi ipshab chiqarish jarayoniga kirittddan iborat.
Sarmoyani bir mamlakatdan boshqa mamlakatta olib oʻtish avvalo olib chikdyotgan mamlaxat ichki iqtisodiy rivojlanishining uning tashqi savdosi oʻsishi bilan taqqoslaganda ildam borishi bilan bogʻlanpsh. Lekin shu bilan birgatashqi iqtisodiy faoliyat shakli sifatida sarmoyani olib kirish va olib chiqish oʻzaro bogʻlangan va quyvdagi holatlar tufayli bir-birini shartlaydi: sarmoyani tovar shaklida olib chiqish mashinalar, uskunalar, ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlarni yetkazib berishni anglatadi; sarmoyani olib chiqish — asosan kreditor mamlakatda tovar xaridi uchun taqdim etiladigan kreditlardir. Agar tashqi savdo hajmlari koʻpaysa, demak, sarmoyani olib oʻtish oʻsgan, ya’ni sarmoya eksporti tovarlarni xorijga olib chiqishni ragʻbatlantirish vositasiga aylangan.
Qoʻshma tadbirkorlik goyatda xilma-xil shakllarda amalga oshiriladi, buni sarmoya faoliyat koʻrsatishning muayyan qoidalari shartlagan. Chunonchi, sarmoyadan foydalanish xarakteriga bogʻliq holda xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida uni oyaib chiqishning ikkita ananaviy shakli: tadbirkorlik va ssuda shakllari ajratib koʻrsatiladi.
Sarmoyani olib chiqishning tadbirkorlik shakli sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqa tarmoqlarda mahalliy sarmoyaning ishtiroki bilan filiallar, sho’ba korxonalari, aralash korxonalarni xorijga shib oʻpapni anglagadi. Tadbirkorlik sarmoyasi ikki turda: bevosita investitsiyalar sifatida va portfel investitsiyalari koʻrinishida maydonga chiqadi. Investor tomonidan ular ustidan nazorat ta’minlanadigan xorijiy korxonalarga sarmoya qoʻyilmalari bevosita investitsiyalar deb ataladi. Xalqaro valyuta fondining belgilashiga qaraganda agar xorijiy investorga korxona sarmoyasining kamida 10 foizi tegishli boʻlsa, korxona faoliyatiga ta’sir koʻrsatish ta’minlanadi.
Keyingi oʻn yillarda bevosita investitsiyalarning jadal oʻsayotganini koʻramiz. Agar 60-yillar oʻrtasida bevosita xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 108 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, 1999 yil boshlariga kelib, u 400 milliard dollarga yetdi.
Portfel investitsiyalari xorijiy korxonalarni toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilish bilan bogʻlanmagan va xorijiy kompaniyalarnint qimmatli qogʻozlarni xarid qilish yoʻli bilan amalga oshiriladigan sarmoya qoʻyilmalaridir. Portfel investitsiyalariga taalluqli moliyaviy vositalarning muhim xususiyati shundan iboratki, odatda qimmatli qogʻozlar uyushtirilgan moliya bozorlarida chiqariladi va muomalaga kiritiladi.
Tadbirkorlik sarmoyasidan farq qvdib, ssuda sarmoyasini olib chiqish mablagʻlar tashqi qarzlar, tashqi savdoga yetkazib berishlarni qreditlash, xorij banklariga omonaglar koʻrinishida chiqilishini ashlatadi. Ssuda sarmoyasi tadbirkorlik sarmoyasidan shu bilan farq qiladiki, tadbirkorlik sarmoyasini olib chiqayotganda investor foyda odadi, ssudani berishda esa ssuda foizi oladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, qoʻshma tadbirkorlik nafaqat oʻz firmalarini tashkil qilish shaklida yoki qabul qiluvchi mamlakatning aksiyadorlik jamiyatlariga mablagʻ qoʻyish yoʻli bilan, balki boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
qoʻshma korxonalarni barpo etish;
korxonalarni «ipidan ignasigacha tayyor» qilib barpo etish;
«mahsulot — qoʻlga» turidagi shartnoma, u korxonalarii «ipidan ignasigacha tayyor» qilib qurishdan farq qilib, xorijiy firmaning quriladigan ob’yekt uchun mahalliy mutaxassislar tayyorlashini koʻzda tutadi;
mahsulotni boʻlib olish toʻgʻrisidagi kelishuvlar;
asosan mineral — xom ashyo resurslarini qazib olish ishlanmalari sohasida «tavakkalchilik loyihalari» toʻgʻrisidagi shartnomalar;
lisenzion kelishuv, shu jumladan lisenziyani sotib oluvchiga boshqaruv sohasida «yetkazib beruvchining kompaniyasi amal qiladigan ba’zi qoidalarni hurmat qilish» majburiyatiga ayirboshlash hisobiga qoʻshimcha xizmatlar taqdim etadigan frayachayzing.
Mazkur shakllar asosan eksportga emas, balki mamlakatning ichki bozoriga ishlaydigan tarmoqlarda borgan sari keng rivojlanmoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda ilmiy, texnik, iqtisodiy hamkorlik, ilmiy, madaniy ayirboshlash va sport tadbirlari borgan sari keng tarqalmoqda.
Eksportga mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan, shuningdek import tovarlarini xarid qiladigaya va qayta ishlaydigan hamda tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa shakllarini amalga oshiradigan tarmoqlar, birlashmalar, korxoialar, firmalarning jamuljami mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasini tashkil etadi.
Tashqi iqtisodiy majmua uchta asosiy qismdan tashkil topadi:
ishlab chiqarish faoliyati eksportga mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek import tovarlari va xizmatlarining iste’molchilari hisoblangan korxonalar;
tovarlarni xorijdagi iste’molchilarga yetkazib berish, shuningdek xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotning kelib tushishi bilan bavd boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqochlar, axborot bilan ta’minlash va hokazolar vositasida tashqi iqtisodiy aloqalarni roʻyobga chiqarishni ta’minlaydigan tashkilot va muassasalar.
Tashqi iqtisodiy majmuani rivojlantirishning hozirgi bosqichi faoliyatning ishlab chiqarish va savdo turlarini bevosita, barkdror va uzoq muddatga birlanggirish hdmda majmuani dinamik va muvozanatlashtirilgan ilmiy-ishlab chiqarish-tijorat tizimiga aylantirishni nazarda tutadi.
Eksport salohiyatini oshirish, qoʻshma tadbirkorlikning turli shakllariga kiritish, raqobat qiluvta ishlab chiqarishlarning mavjudligi, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mintaqalar, korxonalar, barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mustaqilligini oshirish Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy majmuasini muvaffaqiyatli rivojlantirish shartlari hisoblanadi.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish