Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi



Download 2,2 Mb.
bet18/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
Respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat qilish, boshqarishni amalga oshiradigan davlat organi hisoblanadigan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (TIAV) Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bilan shugʻullanadi. TIAV xorijda Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlib, respublika nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab barcha tashqi iqtisodiy masalalar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha faoliyat yuritadi. Vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirlngi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
xorij mamlakatlari bilan hamkorlikning Respublika uchun ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tashqi savdoni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida davlat tashda iqtisodiy siyosatini shakllantirish va oʻtkazish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi, ular ushbu faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya qilishlarini koʻzlab, Oʻzbekiston hududida faoliyat koʻrsatayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining operatsiyalarini nazorat qilish;
Oʻzbekistonda va undan tashqarida respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
Oʻzbekistonni umumjahon xoʻjalik aloqalariga faol qoʻshish yoʻli bilan Respublika xalq xoʻjaligi va aholisining chet el mamlakatlari mahsulotiga boʻlgan ehtiyojlarini qdnoatlantirish;
tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan axborot tizimlarini barpo etish, transport ekspeditorlik xizmati koʻrsatilishini ta’minlash, eksport va import tovarlarini sertifikatlash;
respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
chet el investitsiyalarini Respublika iqtisodiyotiga jalb etish va ulardan samarali foydalanish, Respublika sarmoyalarini chet elga oqilona joylashtirish;
Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy foaliyati ishtirokchilarining manfaatlarini Respublikada ham, xorijda ham himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalar masalalarida MDHga a’zo davlatlar bilan, shuningdek boshqa chet el mamlakatlari bilan hamkorlikni ta’minlash. TIAV tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ularning samaradorligini oshirish, bunday aloqalar mexanizmini takomillashtirish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini shakllantirish hamda rivojlantirishda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, konsernlar, uyushmalar, tashkilotlar, shu jumladan jismoniy shaxslarga («tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga») yordam koʻrsatishning umumdavlat, savdo-siyosiy, iqtisodiy, rejali, valyuta-kredit, moliyaviy va tahliliy masalalarini hal egada.
Oʻzbekiston Respublikasi TIAV zimmasiga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini, xalqaro shartnomalar loyihalarini rivojlantirishning strategik masalariga doir takliflarni ishlab chiqish;
yagona tashqi iqtisodiy siyosatni ta’minlash, Respublika hududida tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi, vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, korxonalar tomonidan Oʻzbekiston manfaatlariga rioya qilinishi, shu jumladan tashqi iqtisodiy siyosat, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etish bobidaOʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqddigan majburiyatlar bajarshshshi ustidan nazorat qilish;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlarini taqdim etish va himoya qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar, chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar ishida ishtirok etish, ularda respublikaning tegishli vazirliklar va idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tashqi iqtisodiy sohada kelipshlgan siyosatni oʻgkazishda MDHga a’zo davlatlar bilan hamkorlik;
chet el firmalari, kompaniyalari, tashkilotlarini akkreditatsiyalash;
xorij mamlakatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari faoliyatiga rahbarlik qilish;
Umumrespublika ahamiyatidagi tovarlar bilan eksport-import operatsiyalari oʻtkazilishini tashkil etish, eksport va import tarkibini yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish;
tijorat-axborot va reklama ishlarini oʻtkazish;
respublika va xorijda xalqaro hamda chet el koʻrgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vazirlikning viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha vakillari boshqarmalari, ular huzurida tashkil etilgan xoʻjalik hisobidagi gijorat tuzilmalari, ayrim mintaqalardagi filiallar, xorijdagi savdo va iqtisodiy vakolatxonalar, respublika tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmapari va firmalari, tijorat -rekl ama markazi, transport vakolatxonalari va boshqa tobe tashkilotlar hamda yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan xorijdagi muassasalar kiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi TIAV oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosati doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi rahbarligida amalga oshiradi.
Mintaqaviy vakillar boshqarmasi va hokimiyat hamda davlat boshqaruvining mahalliy organlari tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yaqindan hamkorlik qiladilar.
TIAV xoʻjalik hisobidagi tobe va boshqa tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari boʻyicha mulkiy javobgar boʻlmaydi, mazkur tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa vazirlikning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi TIAV:
Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiryushshng asosiy yoʻnalipshari konsepsiyasini, shuningdek ayrim olingan mamlakatlar, mamlakatlar guruhlari va mintaqalar bilan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish sohasida boshqa istiqbolli dasturlar va prognoz ishlanmalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
eksport-importga doir valyuta rejasiuing loyihasi boʻyicha kvotalarni ajratish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat buyurtmasi eksport va import rejasining muvozanatlashtirilgan loyihasini tasdiqdash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasish!ng Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida statistika hisoboti shakllarini, Oʻzdavstandart va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan respublika uygʻunlashtirilgan tizimini, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan eksport-import operatsiyalarini tarifli va notarif tartibga solish choralarini ishlab chiqadi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklari bilan hamkorlikda tovar-moliya kreditlarining hajmlari va yoʻnalishini, ularga xizmat koʻrsatilishini belgilaydi;
vazirlik va idoralar hamda tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa ishtirokchilari tomonidan davlat topshiriqlari qanday bajarilayotganini tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan savdo vakolatxonalari, chet mamlakatlarning elchixonalari qoshidagi iqtisodiy maslahatchilar bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy shartnomalarining asl nusxalarini saqlaydi;
belgilangai tartibda chet el tashkilotlari va firmalariga Oʻzbekistonda vakolatxonalar ochishga ruxsatnoma beradi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan respublika birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari ishtirokida xorijda tashkilotlarni barpo etishda yordam beradi;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va organlar, chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnika hamkorligi boʻyicha hukumatlararo komissiyalar va qoʻmitalarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qiladi va ularning ishida ishtirok etadi;
xalqaro iqtisodiy va boshqa tashkilotlarda respublika tashqi iqtisodiy aloqalar sub’yektlarining faoliyatini muvofiqpapggiradi;
respublikada tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga koʻmaklashadi;
tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etadi, ularning ish tajribasini, ushbu sohada amal qilayotgan me’yoriy hujjatlar qoʻllanishini oʻrganadi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydigan va keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻiga taqdim etiladigan vazir boshqaradi.
TIAV oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari asosida va ularni ijro etish uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlar, davlat boshqaruvining mahalliy organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi TIAV, vazirlik vakillari, tobe tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar, vakolatxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari qoshidagi iqtisodiy maslahatchilar apparatlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, yoʻriqnomalar, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi, koʻrsatmalar beradi, ularning ijrosini tashkil etadi vatekshiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish uchun joylarda OʻzR TIAV hududiy vakili boshqarmalari tuzilgan. Viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakil boshqarmalari yagona tashqi iqtisodiy siyosat va uni rivojlantirish strategiyasini oʻtkazish, tashqi bozor-
58
daumumdavlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ilmiy-texnika, savdo, madaniy va boshqa aloqalarning natijadorligini oshirish, chet el mamlakatlari bilak hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, ushbu sohada boshqarishni takomillashtirish va xalqaro sahnada samarali ishlash uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan. ^
Vakil boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi TIAV mustaqil tarkibiy bulinmalari sifatida tashkil etilgan va e’tiborii tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishiing umumdavlat, savdo-nqtisodiy, rejali, tahlnliy va boshqa masalalariga hamda ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda vazirliklar, idoralar, korxonalar, konsernlar, uyushmalar, xususiy tadbirkorlarga yordam koʻrsatishga qaratadn.
Vakil boshqarmalari oʻz faoliyatni TIAV boʻlinmalari, unga tobe tashkilotlar, xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, shuningdek xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Vakil boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasining chet el mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash, ushbu aloqalarni respublika, mintaqani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadvda mustahkamlash asosida mintaqdda Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit va investatsiya siyosatini oʻgkazishni ta’minlash;
tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit va investitsiya siyosati va mintaqdning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategik masalalariga doir takliflarni ishlab chiqishda ishtarok etish;
mintaqa tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining ichki va tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
TIAV tashqi savdo tashkilotlariga umumrespublika ahamiyatidagi tovarlar boʻyicha eksport-import operatsiyalarini oʻtkazishda yordam berish, chet el firmalari va tashkilotlariga texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish; 
59
jumladan mintaqa va umuman respublikaning ehtiyojtarini hisobga olgan holda eksport va import tarkibini yaxshilash yuli bilan mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalarining samaradorligini oshirish;
tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining tashqi bozorga chiqishi, shuningdek tadbirkorlik uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish;
TIAV axboroti uchun mintaqaning eksport salohiyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplashda ishtirok etish, mintaqa ichki bozorini muvozanatlashtirishni ta’minlashga va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga yordam koʻrsatish.
Oʻzbekistoya Respublikasi TIAV vakili boshqarmasnni TIAV vakili — boshqarma boshligʻi boshqaradi. Uni vazir buyruq bilan tannnlab, keyin mahalliy hokimiyat organining tasdigʻiga taqsim epgiladi. TIAV vakili oʻrinbosari — boshqarma boshligʻining oʻrinbosari ham shu tartibda tayinlanadi. Boshqarma xodimlarini, vazir bilan kelishib, TIAV vakili — boshqarma boshligʻi tayinlaydi. Boshqarma qoshidagi xoʻjalik hisobidagi firma va tashkilotlar rahbarlarini, vazir bilan kelishib, TIAV vakili — boshqarma boshlngʻi tayinlaydi.
TIAV vakili — boshqarma boshligʻi boshqarmaning butun faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, boshqarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va xodimlar oʻz funksiyalarini samarali amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi. TIAV vakili — boshqarma boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqadagi yagona muxtor vakili hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi TIAV mintaqaviy vakili boshqarmasiga quyidagi huquqlar berilgan:
TIAV boʻlinmalari, boshqa idora va tashkilotlar, bojxona xizmatlari, statistika boshqarmalari, xorijdagi savdo vakolatxonalari, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari, Oʻzbekiston Respublikasining xususiy tadbirkorl aridan uning funksiyalarini bajarish uchun zarur axborot, uslubiy, me’yoriy materiallar, statistika materiallari olish;
oʻzaro hamkorlik asosida respublika, MDHga a’zo davlatlar va chet mamlakatlar bilan tapgqi iqtisodiy masalalarga doir zarur axborot ayirboshlashni amalga oshirish;
TIAV boʻlinmalari xodimlarini ularga yuklangan funksiyalar va vazifalarga muvofiq boshqarma tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish;
kengashlarda va uning topshirigʻi boʻyicha mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish
bilan bogʻliq muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasi TIAV nomidan qatnashish;
— boshqarma qoshida, TIAV bilan kelishib, xoʻjalik hisobidagi firmalar, kichik korxonalar, uyushmalar, koʻshma korxonalar va tashqi iqtisodiy tashkilotlarning boshqaturlarini, shu jumladan chet ellik sheriklar ishtirokida, tashkil etish, shuningdek ularni qayta tuzish va tugatish.
TIAVga tobe boʻlinmalar:
Respublika xoʻjalik hisobidagi «Innovasiya* tashqi iqtisodiy birlashmasi.
Respublika xoʻjalik hisobidagi «Oʻzagroimpeks» tashqi savdo birlashmasi.
Respublika xoʻjalik hisobidagi «Oʻzpromashimpeks* tashqi savdo birlashmasi.
Respublika xoʻjalik hisobidagi «Interservis» tashqi iqtisodiy birlashmasi.
TIAV markaziy mahkamasining tuzilishi:
Rahbariyat.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tahlili va istiqbollari bosh boshqarmasi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bosh boshqarmasi.
Iqtisodiyot va tashqi savdoni rejalashtirish bosh boshqarmasi.
Bayonnoma xizmati va akkreditatsiyalash boshqarmasi.
Eksport salohiyatini rivojlantirish bosh boshqarmasi.
Xalqaro tashishlar boshqarmasi.
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy ekspertizasi boshqarmasi.
Moliya, buxgalteriya hisobi vahisobot boshqarmasi.
Yuridik boshqarma.
Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bosh boshqarmasi.
Kapital qurilish bosh boshqarmasi.
Marketing boshqarmasi.
Vazir huzuridagi inspeksiya.
Oʻzbekiston Resnublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning umumiy qoidalari
Tashqi iqtisodiy aloqalar, har qadsay iqtisodiy toifa singari, huquqiy me’yorlarga ega boʻlib, ular yuridik jihatdan turlicha — qonunlar va direktiv hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻzbekiston Resiublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solish ikki tomonlama hukumat kelishuvlari va qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekistoi Respublikasida tashqi savdo faoliyatiii davlat tomonidan tartibga solnnishining asosiy qoidalari quyqsagilardan iborat:
tashqi savdo siyosati — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining tarkibiy qismi;
tashqi savdo faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi va uning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish tizimining yaxlitligi;
milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat vazifalarini, siyosiy, iqtisodiy va harbiy manfaatlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek OʻzRning ommaviy qirgʻin qurollari va boshqa eng xavfli qurol-yarogʻ turlarini olib chiqishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish maqsadida amalga oshirilayotgan eksport nazorati siyosatining yaxlitligi;
OʻzR bojxona hududining yaxlitligi;
tashqi savdo faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi iqtisodiy choralarining ustuvorligi;
tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarining tengligi va ularning kamsitilmasligi;
tashqi savdo faoliyati ishtirokchilari huquq va qonuniy manfaatlarining davlat tomonidan himoya qilinishi;
davlat va uning organlarining tashqi savdo faoliyatiga oʻzini okdamaydigan aralashishini, uning ishtirokchilariga va umuman Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga zarar yetkazishini istisno etish.
Davlat tashqi savdo siyosati tashqi savdo faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy va ma’muriy usullarini qoʻllash vositasida amalga oshiriladi, yavi:
bojxona tariflari bilan tartibga solish, ya’ni import va eksport tariflarini qoʻllash;
notarif tartibga solish, ya’ni kvotalash, litsenziyalash va hokazolardan foydalanish.
Ushbu usullar OʻzRning «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisi-
62
da»gi qonuniga binoan belgilangan . OʻzR davlat hokimiyati organlari va uning sub’yektlarining aralashishi va turli cheklashlarni oʻrnatishi yoʻli bilan amalga oshiriladigan tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini, xususan xalqaro investitsiya hamkorligi, ishlab chiqarish kooperadiyasi, valyuta va moliya-kredit operatsiyalarini tartibga solish tegishli Respublika qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa huquqiy hujjatlariga binoan amalga oshiriladi.
Import va eksport operatsiyalarini tartibga solish, shu jumladan OʻzR ichki bozorini himoya qilish va OʻzR iqtisodiyotidagi ilgʻor tarkibiy oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish maqsadida import va eksport bojlari belgilanadi.
OʻzRdai eksport va OʻzRga import miqdorin cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
Eksport va importni miqdoriy cheklashlarni favqulodda hollarda OʻzR hukumati:
mamlakatning milliy xavfsieyaigini ta’minlash;
ichki tovar bozoridagi holatni hisobga olgan holda OʻzR xalqaro majburiyatlarini bajarish;
mamlakat ichxi bozorini himoya qilish maqsadlarida joriy etishi mumkin.
OʻzR hukumatining eksport va importni mikdoriy cheklashlarni joriy etish toʻgʻrisidagi qarorlari ushbu cheklashlarni amalga kiritishdan kamida uch oy oldin qabul qilinadi va rasmiy ravishda e’lon qilinadi.
Mixdoriy cheklashlarni belgilash chogʻisa kvotalarni taqsimlash va litsenziyalar berish, odatda, tanlov yoki auxsion oʻtkazish yoxud kvotalarning summar ijrosiga qdsar eksport va (yoki) importga doir operatsiyalarni oʻgkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tanlov yoki auksion oʻtkazish tartibini OʻzR hukumati belgilaydi. Bunday tanlov yoki auksion ishtirokchilari sonini cheklashga yoki mulkchilik shakli, roʻyxatga olish joyi, bozordagi maqyeiga qarab ularni kamsitishga yoʻl quyilmaydi.
Biror-bir tovar jiddiy zarar yetkazadigan yoki shuvday zarar yetkazish xavfini tugʻdiradigan gʻoyagda katta miqsorlarda yoki tegishli shartlar bilan import qilingan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida shunga oʻxshash yoki bevosita raqobat qiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan OʻzR hukumati xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq jiddiy
63
zararni bartaraf etish yoki shunday zarar yetkazilishi xavfining oddini olish uchun zarur boʻlgan darajada yoxud muddatga himoya qilish choralarini qoʻllashga haqdidir.
Tovarlar importiga nisbatan bunday himoya qilish choralari quyidagi shakllardan iboratdir: importni miqdoriy cheklashlar; maxsus oshirilgan bojxona bojlari.
OʻzR hukumatining topshirigʻi va (yoki) OʻzR sub’yekti ijroiya hokimiyati organining, bunday tovarlarni yoki bevosita import tovarlari bilan raqobatlashadigan tovarlarning jami ishlab chiqarishi bunday tovarlar umumiy ishlab chiqdrilishining 50 foizidan koʻproqni tashkil etadigan ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar birlashmasining arizasi boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tayyorlangan Respublika ijroiya hokimiyati organining ma’ruzasi himoya qilish choralarini koʻrish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Himoya qilish choralarini joriy etish rusumqoidalari oshkora boʻlib, OʻzR hukumatining cheklashga tushadigan tovar yoki tovarlarning umumiy miqdori va qiymati koʻrsatilgan holda himoya qilish chorasini joriy etish toʻgʻrisidagi kdrorini rasmiy tarzda e’lon etishni koʻzda tugadi.
Himoya qilish chorasining amal qilishi, uni muddatidan oddin bekor qilgap yoki uzaytirish, shuningdek amal qilish davrida tovarlarning umumiy hajmi va qiymatida ularni himoya qilish chorasiga nisbatan barcha oʻzgartishlarni OʻzR hukumati OʻzRning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda belgilaydi.
Tovar (ishlar, xizmatlar) eksporti va (yoki) importiga doir taqiqchar va cheklashlar quyidagilarni oʻz ichiga oladigan milliy manfaatlardan kelib chiqib belgilanishi mumkin: ijtimoiy axloq va huquq-tartibotga rioya qilish; kishilarning hayoti va sogʻligʻini qoʻriqlash, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi va umuman atrof-muhitni qoʻriqlash;
OʻzR xalqlarining madaniy merosini saqlash; madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ulargadoir mulkchilikhuquqlarini berishdan himoya qilish;
agar bu bilan bogʻliq choralar tegishli ichki ishlab chiqarish va iste’molni cheklashlar bilan bir vaqtda oʻtkazilsa, oʻrnini toʻddirib boʻlmaydigan tabiiy resurslar tugashining oldini olish zarurligi;
OʻzR milliy xavfsizligini ta’minlash;
tashqi moliyaviy ahvolni himoya qilish va OʻzR toʻlov balansini qoʻllab turish;
OʻzRning xalqaro majburiyatlarini bajarish.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar
64
OʻzRda belgilangan farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari hamda talablariga muvofiq kelinsh kerak.
Ekologik jihatdan xavfli mahsulotni olib kirish maxsus nazoratga olinishi kerak. OʻzR hududiga:
yuqorida aytilgan, OʻzRda belgilangan standartlar va talablarga muvofiq kelmaydigan;
OʻzR qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sertifikat, tamgʻalash yoki muvofiqlik belgisiga ega boʻlmagan;
xavfli iste’mol tovari sifatida foydalanilishi taqiqlangan;
iste’molchilar uchun xavf tugʻdiradigan nuqsonlarga ega boʻlgan tovarlarni olib kirish man etiladi.
Koʻrsatilgan tovarlar qayta olib chiqilishi yoki mustaqil ekspertlar tomonidan OʻzR Bojxona kodeksida belgilangan targibda tuzilgan dalolatnoma asosida yoʻq qilinishi kerak.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chogʻidaOʻzR milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va ikki tomonlama foydalaniladigan tovarlarga nisbatan, shuningdek OʻzRning ommaviy qirgʻin quroli va boshqa eng xavfli qurol-yarogʻ turlari va ularni yaratish texnologiyalarini tarqatmaslikka doir xalqaro majburiyatlariga rioya qilish uchun mamlakatda eksporg nazorati tizimi amal qiladi.
Yuqorida koʻrsatilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutlaq huquqlarni olib chiqish OʻzR hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Tovarlar ayrim turlarinish' eksporgi va (yoki) importiga davlat monopoliyasi belgilanadi. Buqday tovarlarningroʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Ayrim turdagi tovarlar eksporti va (yoki) importiga davlat monopoliyasi tovarlar eksporti va (yoki) importiga doir faoliyatni litsenziyalash asosida amalga oshiriladi. Lisenziyalarni Respublika ijroiya hokimiyati organi faqat unitar korxonalarga beradi, ular tovarlar eksporti va (yoki) importiga doir bitimlarni kamsitmaslik va halol tijorat amaliyoti qoidalari asosida tuzishlari shart. Unigar korxona — unga mulkdor birkitib qoʻygan mol-mulkka mulkchilik huquqi boʻlmagan tijorat tashkilotidir.
Chegara savdosi va erkin iqtisodiy zona tashqi savdo faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirishning maxsus rejimlari hisoblanadi.
Chegara savdosi OʻzRning chegaraga tutash hududida doimiy boʻlish
65
joyiga (yashash joyiga) ega boʻlgan shaxslar bilan Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshni davlatlar bilan xalqaro shartnomalarida belgilangan chegaraga tutash hududida doimiy boʻlish joyiga (yashash joyiga) ega boʻlgan chet ellik shaxslar oʻrtasida mavjud chegaraga tutash hudud doirasida ishlab chiqarilgan tovarlarga, shuningdek tegishli chegaraga tutash hudud doirasida iste’mol uchun moʻljallangan tovarlarga nisbatan faqat mahalliy ehtiyojlarni qondirish uchun amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va uning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishda bojxona ishini oqilona tashkil etish muhim rol oʻynaydi, unga OʻzR bojxona siyosati, tovarlar va transport vositalarini OʻzR bojxona hududi orqali olib oʻtish, bojxona ggoʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati tartibi va shartlari kiradi.
Bojxona ishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan .
Bojxona ishini OʻzR bojxona organlari amalga oshiradi, ular huquqni muhofaza qilish orgaklari hisoblanadi. Bojxona organlari tizimiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
mshggaqaviy bojxona boshqarmalari;
ixtisoslashtirilgan bojxona majmualari;
bojxona postlari kiradi.
Bojxona organlari quyidagi funkdiyalarni bajaradi:
bojxona siyosatini ishlab chiqish va uni roʻyobga chiqarishda ishtirok etadi;
bojxona ishi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlaydi hamda bojxona ishini amalga oshirish chogʻida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir choralar koʻradi;
OʻzR iqtisodiy manfaatlarini himoya qiladi;
bojxona bojlari, soliqlar va boshqa bojxona toʻlovlarini
undiradi; _
tovarlar va transport vositalarini OʻzR chegarasi orqali olib oʻtishning ruxsat berish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi;
kontrabandaga, OʻzR bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlargadoir bojxona qoidalari va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishlarga qarshi kurash olib boradi;
OʻzR tashqi savdo bojxona statistikasini va maxsus bojxona statistixasini yuritadi;
66
Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuri-
tadi; _
strategik va OʻzR manfaatlari uchun juda muhim boʻlgan boshhd materiallar olib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshiradi;
OʻzR xalqaro majburiyatlarining bojxona ishiga taalluqli qismi bajarilishini ta’minlaydi;
boshqa funksiyalarni bajaradi.
Bojxona nazoratini1 OʻzR bojxona organlarining mansabdor shaxslari bojxona maqsadlari uchun zarur hujjat va ma’lumotlarni tekshirish; bojxona koʻrigi (tovar va transport vositalari koʻrigi, shaxsiy koʻrik); tovar va transport vositalari hisobi; fuqdrolardan ogʻzaki soʻrash; hisob va hisobot tizimini tekshirish; vaqtincha saqlash omborlari, bojxona omborlari, erkin omborlar, erkin bojxona zonalari va boj olinmaydigan savdo doʻkonlari hamda bojxona nazoratidan oʻtkaziladigan tovar va transport vositalari joylashgan yoki nazorat qilinishi OʻzR bojxona organlariga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan boshqa joylar hududi va xonalari koʻrigi yoʻli bilan; Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida koʻzda tugilgan boshqa shakllarda oʻtkazadi.
Nazorat OʻzR bojxona chegarasi boʻylab yoki boshqa joylarda barpo etiladigan bojxona nazorati zonalarida oʻtkaziladi.
Tovarlar va transport vositalarini OʻzR bojxona chegarasi orqali olib oʻtish ularning bojxova rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bojxona rejimlarining quyidagi turlari mavjud:
erkin muomalaga chiqarish;
reimport;
tranzit;
bojxona ombori;
boj olinmaydigan savdo doʻkoni;
bojxona hududida qayta ishlash;
bojxona nazorati ostida qayta ishlash;
vaqtincha olib kirish (oDib chiqish);
erkin bojxonazonasi;
erkin ombor;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
eksport;
reeksport;
yoʻq qilish;
davlat foydasiga voz kechish.
1 Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat bojxonaxizmati toʻgʻrisida»gi qonuniga qaralsin.
67
Chegaradan olib oʻtiladigan yoki bojxona rejimi oʻzgaradigan tovarlar va transport vositalari, shuningdek boshqa tovarlar va transport vositalari OʻzR qonun hujjatlari bilan belgilanadigan hollarda OʻzR bojxona organiga deklaratsiyalanishi kerak.
Deklaradiyalash bojxona organiga deklaratsiya takdim etishdan iboratdir.
Bojxona deklaratsiyasi (lotincha yoyes1apo — ariza, e’lon) — milliy qonun hujjatlarining talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjat boʻlib, chegaradan olib oʻtiladigan yuk, shu jumladan eksport va import qilinadigan tovarlar, yoʻlovchilar yuki, qoʻl yuki, boyliklar va valyuta toʻgʻrisidagi zarur axborotni oʻz ichiga oladi. Bojxona deklaratsiyasi tovarlarni davlat chegarasidan olib kirish, olib chiqish yoki tranzit qilishda asos boʻlib hisoblanasi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullari
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullari yoki bojxona tariflariga asoslangan tartabga solish bojxona toʻlovlarining umumiy tizimiga kiradigan import va eksport tariflarini qoʻllash bilan bogʻlangan. OʻzR Bojxona kodeksida bojxona toʻlovlarining quyddagi turlari belshlangan: boj (bojxona tarnfi); qoʻshilgai qiymat soligʻi (QQS); aksiz soligi; bojxona rasmiylapggiruvi boʻyncha mutaxassis degan malaka atgestatini bergailik uchun yigʻim; OʻzR bojxona organlari tomonidan litsenziyalar berilishi va litsenziya harakatining yangidan tiklaiishi uchun yigim; tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yignmi; tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yigimi; xabardor qilnnganlnk va maslahatlar uchun haq; dastlabki qarorni qabul qilganlik uchui haq; bojxona auksionlarida ishtirok etganlik uchun haq.
Ushbu toʻloshgar tizimvda boj muhim oʻrinni ishgʻol qiladi.
Boj — bojxona organlari tomonvdan tovar davlatning bojxona hududiga olib kirilganda yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilganda undnriladigaya majburiy badaldir. Tovar deganda istalgan harakatdagi mol-mulk, shu jumladan issiqlik, elekgr energiyalari va energiyaning boshqd turlari tushuniladi.
Bojlar koʻpincha bojtarifi sifatida ishlatiladi. Ayni vaqtda «boj tarifi» atamasi bojlar stavkalarining tizimlashgirilgan roʻyxati sifatida ishlatiladi. Boj tarifi tovarni bojxona chegarasidan olib oʻtishning ajralmas shartidir.
Dunyodagi barcha mamlakatlarda boj tariflari mavjud. Hozirgi tariflar Tovardar tavsifi va kodaashtirilishining uygʻunlashtirilgan tizimi bazasida birxillashtirilgan, bu esa tariflardan turli tillarda foydalanish va bir xil tovarlarga doir bojlar stavkalarini taqqoslashni yengillashgiradi.
Boj tarifisa bojlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishining darajasi, tovarga ishlov berish darajasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik past boʻlsa, boj stavkalari shunchalik yuqori boʻladi, chunki ular yordamida yetarlicha rivojlanmagan tarmoqlar hadsan tashqari kuchli chet el raqobatidan himoya qilinadi. Masalan, Avstriyada bojlar Shveysariadagidan deyarli uch baravar yuqori. Ayniqsa yuqori bojlar (50 foiz va uqdan ortiq) rivojlanayotgan mamlakatlarda belgilanadi.
Tovarlarga ishlov berish darajasining oshishi bilan boj stavkalari koʻpaymoqda. Eng yuqori bojlar odatda sermehnat tayyor buyumlarga belgilanedi, zero ushbu tovarlar bozoradagi kuchli chet el rahobati korxonalarning yopilishi va mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Bojlar deyarli barcha mamlakatlarda yuqori, oʻrta, past bojlarga^boʻlinadi, shuningdek boj toʻlamasdan olib kelish mavjud. Oʻzbekiston Respublikasida koʻproqeng koʻp qulaylikrejimidan foydalanadigan (hamkorlik shartlarida) mamlakatlar uchun qoʻllaniladigan bojlarning oʻrta stavkalari tatbiq etilmoqda.
Bazi mamlakatlar, masalan Yevropa Ittifoqi a’zolari, OʻzRga ancha imtiyozli bojxona tariflari rejimini qoʻllavdilar, ya’ni preferensiya beradilar.
Preferevsiya — bir dayalat tomonidai boshqasiga hamkorlik asosida yoki bir tomonlama tartibda, uchinchi mamlakatlarga tatbiq etmasdan taqdim etladigan maxsus (afzallik) imgiyozlar. Ular koʻpincha bojlardan chegirmalar koʻrinishida qoʻllanilssi.
Bojxona imtiyozlarini olish uchun mamlakat bojxona organlariga mazkur tovar toʻliq OʻzRda ishlab chiqilganini yoki uning korxonalarida jvddiy ravishda qsyta ishlanganini tasdiqlaydigan maxsus hujjat — tovarning kelib chiqish sertifikatini taqdim etish zarur. Bunda Oʻzbekiston korxonalarvdajaddiy ravishda qayta ishlangan tovarlar uchun maxsus mezonlar belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasida boj tarifini rasmiylanpirish tartibi OʻzR «Boj tarifi toʻgʻrisida»gi qonuni bilan targibga solinadi, bu qonunga keyinchalik oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.
OʻzR boj tarifi OʻzR bojxona chegarasidan olib utiladigan, Tashqi iqtisodiy faoliyatiing tovar nomenklaturasn (TIF TN)ga muvofiq hodsa bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan boj (bojtarifi) stavkalarining toʻplamidir.
TIF TN OʻzR hukumati tomonidan xalqaro amaliyotda qabul qilikgan tovarlar tasnifi tizimlarining xalqaro amaliyotidan kelib chiqib belshlanadi.
OʻzRda boj tarifini qoʻllash maqsadlariga quyidagilar kiradi:
OʻzRga tovarlar, ya’ni har qanday hdrakatlanuvchi mol-mulk, shujumladan issiqlik, elektr energiyalari va boshqa xil energiyalarni alib kirishning tovar tarkibini rasionallashtirish;
OʻzR hududida tovarlar olib chiqilishi va olib kirilishi, valkla daromadlari va xarajagglarining oqilona nisbatini qoʻllabquvvatlash;
OʻzRda tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish tarkibvda ilgʻor oʻzgartishlar uchun shart-sharoit yaratish;
OʻzR iqtisodiyotini chet el raqobatining noxush ta’skridan himoya qilish;
OʻzRni jahon iqtisodiyotiga samarali integradiyalash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash.
Boj stavkalari yagona hisobdanadi va OʻzR bojxona chegarasidan tovarlarni olib oʻtadaivn shaxslar, bitim turlari va boshqa omillarga bogʻliq holda oʻzgarmaydi -
Mamlakatimizda boj stavkalarining quyvdagi turlari qoʻllaniladi: advalor; xos; aralash stavkalar.
Advalor (lotincha ay ua1ogeShtp — qiymat boʻyicha) stavkalar boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Xos stavkalar boj undiriladigan tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadi. Aralash sgavkalar bojning advalor hamda xos turlarini oʻz ichsha oladigan stavkalardir.
OʻzR hukumati tomonvdan tovarlarni olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun mavsumiy bojlar belgilanishi mumkin, bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qoʻllanilmaydi. Mavsumiy bojlarning amal qilish muddati bir yilda 6 oydan oshishi mumkin emas.
Oʻzbekisgon Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadvda olib kiriladigan tovarlarga nisbatan vaqtincha bojlarning maxsus turlari: dempnshta qarshi; komlensasiya bojlari qoʻllanishi mumkin.
Maxsus bojlar:
oʻxshash yoki bevosita raqobat qiluvchi tovarlar OʻzR bojxona
70
hududiga mamlakatdagi tovar ishlab chikdruvchilarga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan mikdorda va shartlarda olib kirilayotgan boʻlsa, himoya chorasi sifatida;
— boshqa davlatlar yoki ularning ittifoqlari tomonidan qilinayotgan OʻzR huquqlarini cheklovchi va manfaatlargshi kamsituvchi boshqa haraxatlarga javob chorasi sifatida qullaniladi.
Dempingta qarshi bojlar tovarlar OʻzR bojxona hududiga ularning olib chiqilgan davlatda amalda boʻlgan, real qiymatidan past narhsa olib kirilsa, agar bunday olib kirish mamlakatning shunga oʻxshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfini tugʻdirsa yoxudOʻzRda xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga toʻsqinlik qilsa, koʻllaniladi.
Kompensasiya bojlari OʻzR bojxona hududiga ishlab chiqarish yoki olib kirish paytida bevosita yoki bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar bunday olib kirish mamlakatning oʻxshash tovarlar ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfi boʻlsa yoxud OʻzRda xudsi shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga toʻsqinlik qilsa, qoʻllaniladi.
Koʻrsatilgan alohidagi turdagi bojlar OʻzR qonun xujjatlariga muvofiqOʻzR davlat boshqaruvi organlari tashabbusi bilan oʻgkaziladigan tekshiruv natijalariga binoan qoʻllaniladi. Koʻrsatilgan alohida turdagi bojlarning stavkalari OʻzR hukumati tomonidan har bir holat boʻyicha maxsus belgilanadi va ularning miqdori tekshiruv natijasida aniqtangan bahoni demping tarzida arzonlashtirishga, subsidiyalar va aniqdangan zarar miqdoriga mutanosib boʻlishi kerak.
Yuqorida ta’kidlan gaggidek, advalor stavkalar tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foielarda belgilanedi. Tovarning bojxona qiymatidan: tovardan boj undirish; tashqi iqtisodiy va bojxona statistikasi; tovarlar qiymati bilan bogʻlangan savdo-iqtisodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa choralarini qoʻllash, shu jumladan OʻzR qonun hujjatlariga muvofiqtashqi savdo bitimlari va ularga doir bank hisob-kitoblarining valyuta nazoratini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Olib kirvdadigan, yani import qvdinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash uchun quyvdagi usullar qoʻllaniladi: olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzishan bitimning qiymatiga qarab; aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab; oʻxshash tovar yuzasidan tuzvdgan bitimning qiymatiga qarab; bir turdagi tovarlar yuzasidan tuzvdgan bitimning qiyma
tiga qarab; qiymatlarni chegirib tashlash; qiymatlarni qoʻshish; rezerv usul.1
Olib kirilayotgan tovar yuzasidaya tuzilgan bitimning qiimatiga qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir. Agar asosiy usuddan foydalanib boʻlmasa, bojxona bahosini chiqarishning sanab oʻgilgan usullarini birin-kepsh qoʻllash yoʻli bilan aniqlanishi mumkin. Qiymatlarni chegirib tashlash va qiymatlarni qoʻshish usullari dexlarantning xohishiga qarab teskari ketma-ketliqsa qoʻllanilishi mumkin.
Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga kdrab baholash usulvdan foydalanilganda bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida bevosita baholanadigan shuvday tovarlar bilan bitimning narxi kdbul qilinadi. Bitim narxi — olib kirilayotgan tovarlar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi kerak boʻlgan narhdir. Bojxona qiymatini belgilash uchun bitim narxvdan foydalanilgavda unga quyidagi xarajatlar kiritiladi (agar ular ilgari kiritilmagan boʻlsa):
olib kiriladigan tovarlarni ular bojxona rasmiylashtiruvidan oʻgkaziladigan joyga qadar tashish xarajatlari, shu jumladan yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish bilan bogʻliq xarajatlar;
sugʻurtalash xarajatlari;
kompensasiyaga oid va boshkd vositachilik mukofotlarini toʻlash xarajatlari;
tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasiga muvofiqular baholanayotgan tovarlar bvdan bir butun yaxlit narsa deb qdralgan hollarda konteynerlarning qiymati;
oʻrash qiymati, shu jumladan oʻrash materiallari va unga doir shilar qiymati;
baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish (begonalashtirish) uchun foydalanish maqsadida importchi tomonidan bepul yoki arzon narxda bevosita yoxud bilvosita taqsim etilgan quyidagi tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining tegishli qismi: xom ashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa buttovchi buyumlar (ular baholanayottan tovarlarning tarkibiy qismi hisoblanadilar; baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarshdsa foydalanilgan asboblar, pggamplar, qoliplar va boshqa shu kabi uskunalar; baholanayotgan tovarlarni ishlab 'giqarishda sarflangan yordamchi materiallar (moylash materiallari, yoqilgʻi va hokazo); Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan, baholanayoggan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur muhandislik
1 Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodsksi, Oʻzbskiston Rsspublikasining «Boj tarifi toʻgrisida»gi qonuniga qaralsin.
I A. Hamslov, A.M. Alkmov
72
va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi, dizayn, eskizlar, chizmalar; intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanganlik uchun importchi baholanayotgan tovarlarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi shart boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar; eksportchiga qeytariladigan baholanayoltan tovarlarni xdr qanday keyinchalik sotish (begonalashtirish) yoki foydalanishdan importchi oladigan daromadning bir qismi.
Bojxona qiymapshi aniqlash uchun olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosidan chiqarish usulidan foydalanish mumkin emas, basharti:
importchining baholanayotgan tovarga boʻlgan huquqlari cheklangan boʻlsa; Oʻzbekiston Respublshsasining qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va tovarlar takroran qayta sotilishi (begonalashtirilishi) mumkin boʻlgan jugʻrofiy mintaqa cheklovlari; tovarlar bahosiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklovlar bundan musgasno;
bitim qiymati ta’sirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogliq boʻlsa;
bojxona qiymatini belgilash vaqtida deklarant foydalangan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqdanmagan boʻlsa;
importchi va eksportchi bir-biriga bogʻliq shaxslar boʻlsa, ularning oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga ta’sir etmagan va bu narsa deklarant tomonidan isbot qilinishi kerak boʻlgan hollar bundan mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar bir-biriga bogʻliq shaxslar deb tushuniladi, atar:
bitim qatnashchilaridan bitgasi (jismoniy shaxs) yoki bitim qatnashchilaridan birining mansabdor shaxsi ayni bir vaqtda bitimda qatnashayotgan boshqa shaxsning mansabdor shaxsi boʻlsa;
bitim qdgnashchilari korxonaga birgaliqsa egalik qiluvchi shaxatar boʻlsa;
bitim qatnashchilari mehnat munosabatlari orqali oʻzaro bogʻliqboʻlsa;
bitim qatnashchilaridan biri bitimda kdtnashayotgan boshqa shaxs ustav kalitalining ovoz huquqini beruvchi kamida 5 foiziga teng boʻlgan aksiyalar paketiga ega boʻlsa;
bitimning xdr ikkala kdtnashchisi bevosita yoki bilvosita uchinchi yurqdik yoki jismoniy shaxsning nazorati osgida boʻlsa;
bitim qatnashchilari birgalikda bevosita yoki bilvositauchinchi shaxsni nazorat qilsalar;
bitim qatnashchilari yoki ularning mansabdor shaxslari yaqin qdrindosh boʻlsalar. ■
Ayyaan bir xil tovarlar yuzasndan tuzilgan bitim qnymatiga qarab
73
bojxona bahosini chiqarish uchun baza sifatida aynan bir xil tovarlar bilan bitim narxi qabul qilinadi. «Aynan bir xil* tovarlar deganda har jihatdan, shu jumladan: maqsadi va tavsifi; sifati, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri; qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi kabi belgilari jihatidan baholanayotgan tovarlar bilan bir xil boʻlgan tovarlar tushuniladi-
Tovarning tashqi koʻrinishidagi juz’iy farqlar uni aynan bir xil emas, deb hisoblash uchun asos boʻla olmaydi. Agar deklarant va bojxona organlarida baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqargan shaxs tomonidan tayyorlangan, aynan bir xil tovaryaar toʻgʻrisida ma’lumotlar boʻlmasa, fahdt shundagina turli shaxslar tomonidan ishlab chiharshpan shaxslar aynan bir xil tovarlar deb hisoblanishi mumkin. Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymati boj qiymatini belgilash uchun asos qilib olinadi' agar butovar:
Oʻzbekiston hududiga olib kirish uchun sotilgan (begonalashtirilgan) boʻlsa;
baholanayotgan tovarlar bilan bir vaqtda yoki ular olib kirilgunga kddar koʻpi bilan 90 kun oldin olib kirilgan boʻlsa;
baholanayotgan tovarlar singari oʻshanday tijorat shartlarida va taxminan oʻshancha miqsorda olib kirilgan boʻlsa.
Agar aynan bir xil tovar kam yoki koʻp miqdorda yoki boshqa tijorat sharglarida olib kirilgan boʻlsa, deklarant baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga ana shu farqlarni hisobga olib tuzatishlar kiritshpi va ularning asosli ekanlipshi bojxona organiga hujjatlar bilan tasdiqlab berishi shart. Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab aniqlanadigan bojxona qiymatiga ilgari koʻrsatilgan xarajatlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi kerak. Tuzatishlar deklarant tomonidan toʻgʻri, hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida kiritilishi mumkin. Agar ushbu usulni koʻllash vaqtida aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning ikxi va undan ortiq narxi mavjudligi aniqlansa, olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini belgilash uchun ularning eng past narxi qoʻllaniladi.
Oʻxshash (bir turli) tovar yuzasidan tuzilgan bitim qinmatiga qarab bojxoia bahosini chiqarish uchun baza sifatida import qilinayotgan tovarlar bilan oʻxshash tovarlar boʻyicha bitim qiymati qabul qilinadi. «Oʻxshash* tovar deyilganida har jihatdan bir xil boʻlmasada, oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkibiy jihatdan oʻxshashliligi tufayli baholanayotgan tovar bilan bir xil vazifalarni bajara oladigan va tijorat nuqtai nazaridan uning oʻrnini bosa oladigan tovar tushu-
OʻZBEKISGON RESPUBLIKASIDA TAShQI IHGISODIY FAOLIYaT ASOSLARI
74
niladi. Tovarning oʻxshashliligini aniqlashda uning quyidagi belgilari: maqsadi; sifati, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri; qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi hisobga olinadi.
Qiymatlarnn chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqa-
rish baholanayottan (aynan bir xil yoki oʻxshash) tovarlar Oʻzbekiston Resiublikasi hududida sotilayottan (begonalashtirilayotgan) boʻlgan holda qoʻllaniladi. Koʻrsatilgan usul boʻyicha bojxona bahosini aniqlash uchun baza sifatida tovar birligining baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar olib kelingan vaqtdan boshlab koʻpi bilan 90 kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng katta turkumlarda bitimning sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan ishtirokchisiga sotilgan bahosi qoʻllaniladi.
Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi:
vositachilik haqini toʻlashga qilingan xarajatlar hamda tovarlar erkin muomalaga chiqdrilganidan soʻng OʻzR hududida tashish, sugʻurtalash, yuklash-tushirish xarajatlari;
tovarlarni olib kirish yoki sotish (begonalashtirish) munosabati bilan OʻzRda toʻlanishi lozim boʻlgan import bojlari, soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar summasi.
Olib kirilayotgan vaqtda qanday holatda boʻlsa, shu holatda baholangan, aynan bir xil boʻlgan yoki oʻxshash tovarlar sotilgan (begonalashtirilgan) hollar mavjud boʻlmasa, deklarantning iltimosiga binoan, qoʻshilgan qiymatga tuzatish kiritilib, qayta ishlangan tovar birligining bahosidan foydalanish mumkin.
Qiymatlarni qushish asosida bojxona bahosini chiqarish uchun baza sifatida tovarning: baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan tayyorlovchi tomonidan sarflangan materiallar qiymati va boshqa xarajatlarni; ayni bir turdagi tovarlarni olib chiqilayotgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sotishga xos boʻlgan umumiy xarajatlarni, shu jumladan, OʻzR hududida bojxona rasmiylapggiruvi joyigacha tashish, yuklash va tushirish, sugʻurtalash xarajatlarini; shuvday tovarlarni OʻzRga yetkazib berish natijasida odatda eksportchi oladigan foydani qoʻshgan holda chiqariladigan bahosi qabul qilinadi.
Mazkur usul yordamida bojxona bahosini chiqarishda tovar bahosiga kiritiladigan barcha xarajatlar hisobga olinishi kerak. Agar deklarant koʻrsatilgan beshta usulni ketma-ket qoʻllash natijasida bojxona bahosini chiqara olmasa yoki bojxona organlari bu usullardan foydalanish mumkin emas deb asosli ravshdda hisobla-
75
salar, baholanayotgan tovarlarning bojxona bahosi jahon bojxona siyosatini hisobga olgan holda aniqlanadi va asoslanadi. Bojxona bahosini chiqarish usullari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va GATT (JST) bojxonada bahsshash tizimining qovdalariga muvofiq kelishi kerak.
Rezerv usulni qoʻllaganda bojxona organlari deklarantga ular ixtiyorida boʻjan narxlarga doir axborotni taqdim etadilar. Rezerv usul boʻyicha bojxona bahosini chiqarish bazasi sifatida quyvdagilardan foydalanish mumkin emas:
tovarning ichki bozordagi narxi;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovardarning narxi;
eksport mamlakatidan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxi;
ixtiyoriy tarzda belgilangan yoki ishonchli ravishda tasdiqdanmagan narx.
OʻzR bojxona hududidan olib chiqilayottan tovarlarning bojxona bahosi OʻzR hukumatining qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona bahosini chiqarish tartibi»ga muvofiq belgilanadi.
OʻzR DBK, buyruq chiqarib, mazkur tartibni qoʻllash qoidalarini tasdiqladi.
Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona bahosi bitim narxi, ya’ni tovarlar eksportga sotilayotgaada haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx asosida shakllanadi.
Olib chiqidayotgan tovarlarning bojxona bahosiga xaridor tomonidan qilingan, lekin bitimning haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxiga kiritilmagan quyidagi xarajatlar ham kiritiladi:
komission va brokerlik haqlari;
agar Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasiga muvofiq u olib chiqilayotgan tovarlar bilan bir bugun yaxlit deb qaralsa, konteynerlar va (yoki) boshqa koʻp marotaba ishlatiladigan vdishlarning qiymati;
oʻrash qiymati, shu jumladan oʻrash materiallari va oʻrashga doir ishlarning qiymati;
eksportga ishlab chiqarish yoki sotish uchun xaridor tomonidan sotuvchiga bepul yoki past narxda taklif etiladigan quyvdagi tovarlar va xizmatlar qiymatining tegishli qismi:
olib chiqilayotgan tovarlarning tarkibiy qismi hisoblanuvchi xom ashyo, materiallar, detallar va boshqa butlovchi buyumlar;
olib chiqilayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanil gan asboblar, shtamt’char, qoliplar va boshqa shu kabi narsalar;
olib chiqilayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan yordamchi materiallar;
muhandislik ishlanmasi, tajriba-konstruktorlik ishlari, dizayn, badiiy bezash, eskiz va chizmalar;
xaridor olib chiqilayotgan tovarlarni xarid qilish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita amalga oshirishi lozim boʻlgan, intellektual mulk ob’yektlarida fovdalanganlik uchun litsenziyaga oid va boshqa toʻlovlar;
tovarlar OʻzR bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin xaridor tomonidan tovarlarni keyingi qdyta sotishlar, berish yoki foydalanishdan olingan daromadaing sotuvchiga bevosita yoki bilvosita kelib tushadigan qismi;
OʻzR bojxona hududida undiriladigan soliqlar (bojxona bahosi bayon qilingan paytda toʻlanadigan bojxona toʻlovlarvdan tashqari), agar OʻzR soliq qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq ular tovarlar OʻzR bojxona husudidan olib chiqilayotganida sotuvchiga kompensasiya qilinmasa.
Olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan oldi-sotdi bitimlari mavjud boʻlmaganda yoki oldi-sotdi bitimi narxidan bojxona 6ahosini chiqarish uchun asos sifatida foydalanib boʻlmasa ushbu baho deklarant tomonidan takdim etilgan, uning olib chiqilayotgan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini hamda eksportchi OʻzR bojxona hududidan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarni olib chiqayotganda oladigan foyda miqdorini aks ettiradigan sotuvchi-eksportchining buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan ishlab chiqib yoki olib chiqilayotgan tovarlarni kirim qilish va balansdan hisobdan oʻchirish toʻgʻrisidagi buxgalteriya ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Deklarant taqsim etgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin boʻlmaganda olib chiqilayotgan tovarning bojxona bahosi aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar narxlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar asosida yoki yuqorida koʻrsatilgan xarajatlarni hisobga olgan holda olib chiqilayotgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar qiymati (tannarxi) qiymatining kal’kulyasiyasidan kelib chiqib belgilanadi.
OʻzR bojxona chegarasidan tovarlar olib oʻtilishini tartibga solishning tarifli va notarif choralarini amalga oshirish jarayonida tovar ishlab chiqarilgan mamlakat aniqlanadi. Tovar batamom ishlab chiqarilgan yoxi belgilangan mezonlarga muvofiqyetarli darajada qayta ishlangan mamlakat ana shuvday mamlakat hisoblanadi.
Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona itgifoqlari, mintakd va basharta, tovar ishlab chikdrilgan mamlakagni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakat-

ning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.


Quyidagilar muayyan mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanadi:
uning husudidan yoki hududiy suvlaridan yoxud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa;
mamlakat hududida oʻstirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsuloglari;
mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan yirikhayvonlar; mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot;
mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarda jahok okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari;
mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi boʻlmish ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
mamlakatta qdrashli yoki u ijaraga olxan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori texnoloshya mahsulotlari;
mamlakatda yuqorida koʻrsatilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, uning ishlab chiqdrilgan joyi shu tovarning yetarli darajada qayta ishlangayaligi mezoniga muvofiq aniqlanadi. Tovarning yetarli darajada qdyta ishlanganligi mezonlari quyidagalardan iborat:
tovarni qdyta ishlash natijasida uning tovar nomenklaturasidaga oʻrnining (tovar tasnif kodining) dastlabki toʻrtga kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi;
tovar mazkur operatsiyalar amalga oshirilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanishi uchun yetaryai yoki yetarli boʻlmagan ishlab chiqarish yoki texnologik operatsiyalari ing bajarilishi;
advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallar qiymatining yoki qoʻshvdgan qiymatning foizlardagi ulushi yetkazib berilayotgan tovar baqosining qayd etilgan ulushga yetganida tovar qiymatining oʻzgarishi.
Quyvdagalar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi:
saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning but saqlanshdini ta’minlash boʻyicha operatsiyalar;
tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash boʻyicha ope-
78
ratsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil qilish, saralash, qaytadan oʻrash);
oddiy yigʻuv operatsiyalari;
tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jvddiy farqlantiradigan xususiyatlarni bermaslik.
Agar aniq tovarlar yoki tovar ishlab chiharilgan mamlaxatxususida alohida shartlar aytilmagan boʻlsa, oddiy qoida qoʻllaniladi, unga muvofiq dastlabki toʻrtga belgining istalgan bittasi darajasida TIF TNda tovar oʻrni oʻzgargan boʻlsa, tovar yetarli darajada qayta ishlangan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra, tovarlarni bitga turkum qilib joʻnatishning iloji boʻlmaganligi sababli ular boʻlib-boʻlib yoki yigʻilmagan holda yetkazib berilsa, shuningdek, bir turkum tovar notoʻgri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga boʻlingan boʻlsa, uni shshtab chikdrgan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga koʻra, yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qovdani qoʻshanish sharti quyidagilardaniborat:
boʻlaklarga boʻlingan yoki yigʻiyamagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini, bunday takrimlash sabablarini, TIF TNga koʻra tovarlarning kodlari, har bir turkumga kiradigan tovarlarning qiymagi va ularni ishyaab chiqergan mamlakatni koʻrsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini OʻzR bojxona organiga oldindan malum qilish;
tovar bir necha turkumga notoʻgʻri taqsimlanganligini tasdiqlovchi hujjaglar;
barcha turkumdagi tovarlarning bitga mamlakatdan bitga yetkazib beruvchi orqali yuborilpshlshi;
tovarlarning barcha turkumlari bitga bojxona (bojxona posti) orqali olib kirilganligi;
barcha turkumdagi tovarlar bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan sanadan boshlab yoki birinchi turkumga nisbatan uni togshshrish muddati tugagach 6 oydan kechiktirmay yetkazib berilgvnligi.
Tovar mazkur mamlakatda ishlab chiqarilganiga ishonch hosil qilish uchun OʻzR bojxona organi tovarning kelib chiqishiga doir sertifixatni taqdim etishni talab qilishga haqlidir.
OʻzR bojxona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat vakolatli organ tomonvdan beriladi, basharti uning zarurligi tegishli kontraktlarda, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalarida qayd etilgan va xalqaro majburiyatlarda nazarda tutilgan boʻlsa.
OʻzR bojxona hududiga tovar olib kirilganvda tovarning kelib
chiqishiga doir sertifikat quyidagi hollarda albatga taqsim etiladi:
boj tarifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonvdan preferensiya berilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqsoriy cheklovlar (kvotalash) orqali yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
agar bu narsa OʻzR ishtirokchi boʻlgan xalqaro kelishuvlarda, shuningdek atrof tabiiy muhitni, aholi salomatligini muhofaza qilish, Oʻzbekiston iste’molchilarining huquqlariny va jamoat tartibi, davlat xavfsizligi va OʻzRning boshqa juda muhim manfaatlarini himoya qilish borasidagi OʻzR qonun hujjatlarvda nazarda tutilgan boʻlsa;
bojxonada rasmiylashtirishga taqdim etilgan hujjatlarda tovarlar xdersa ishlab chiqsrilganligiga doir ma’lumotlar boʻlmagan yoki OʻzR bojxona organida tovarni deklaratsiyalashda tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga doir notoʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatilgan deb taxmin qilishga asos boʻlgan hollarda.
Tovarni bojxonada rasmiylashtirish chogʻida bojxona deklaratsiyasi va boshqd hujjatlar bilan birga tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat ham taqsim etiladi, u koʻrsatilgan tovar tegishli mamlakatda ishlab chiqarilganligidan soʻzsiz guvohlik berishi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
joʻnatilayotgan tovarning tegishli kelib chiqish mezonlariga mosligi haqvda tovar joʻnatuvchi tomonidan berilgan yozma ariza;
sertifikatda keltirilgan tovarlarning haqiqiyligi toʻgʻrisida tovar olib chiqib ketilayotgan mamlaxatning sertifikat bergan vaksshatli organining yozma guvohnomasi.
Sertifikat yoki undagi ma’lumotlarning, shu jumladan, tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi ma’lumotning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, OʻzR bojxona organi qoʻshimcha yoki aniqlik kiritadigan ma’lumot berishini soʻrab, ushbu sertifikatni bergan organga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqsrilgan mamlakat sifatida koʻrsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin.
OʻzR qonun hujjatlari va (yoki) u ishtirokchi boʻlgan xalqaro kelishuvlarga muvofiq tovarlarini chiqarish mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlgavdaginaOʻzR bojxona organi buvday tovarni OʻzR bojxonachegarasidan chikdrishni rad etishi mumkin.
Tegishli tarzda rasmiylaiggirilgan sertifikat yoki tovarning
80
kelib chiqishiga doir ma’lumotlar takdim etilmaganligi tovarni bojxonachegarasidan chiqarishni rad etishga asos boʻlmaydi.
Qayerda ishlab chiqarilganligi aniq belgilanmagan tovarlar OʻzR boj tarifining eng yuqori sgavkalari boʻyicha bojlar toʻlangach chikdriladi.
Bojxonada rasmiylashtirish amalga oshirilganidan keyin uzogʻi bilan bir yil ichida tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakat haqida tegishli guvohnoma olinsa, tovarlarga nisbatan eng koʻp qulaylik berish tartibi yoki preferendial rejimi qoʻllanilishi (qayta tiklanishi) mumkin.
OʻzR bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan olib kiriladigan, shuningdekOʻzR hududida joylashgan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kiriladigan tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari OʻzR hukumati tomonidan belgilanadi.
Boj undirishdan quyidagilar ozod qilinadi:
chet davlatlar vakillarining, OʻzR qonun hujjatlari yoki OʻzR xalqaro kelishuvlariga muvofiq boj toʻlamasdan bularni olib kirish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslarning rasmiy yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaishiga moʻljallab OʻzR bojxona hududiga olib kiriladigan yoki bu hududsan olib chiqiladigan buyumlar;
OʻzR qonun hujjatlariga muvofiq OʻzR valyutasi, chet el valyutasi (numizmatika maqsadlari uchun ishlatilgandan tashqari), shuningdek qimmatli qogʻozlar;
OʻzR qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkiga aylantirilishi lozim boʻlgan tovarlar;
insonparvarlik yordami sifatida, avariyalar va halokatlar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida OʻzR bojxona hududiga olib kiriladigan va uvdan olib chiqiladigan tovarlar; bepul oʻquv, davolash va maktabgacha tarbiya muassasalari uchun moʻljallangan oʻquv qoʻllanmalari;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan begʻaraz yordam tariqasida va (yoki) xayriya maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish tarzvda OʻzR bojxona hududiga olib kiriladigan va (yoki) ushbu hududdan olib chiqiladigan tovarlar;
uchinchi davlatlar uchun moʻljallangan va bojxona nazorati ostida OʻzR bojxona hududidan tranzit rejimida olib oʻtiladigan tovarlar;
OʻzR xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan takdim etilgan kreditlar hisobigaOʻzR bojxona hududiga olib kiriladigan uskunalar, shujumladan mashinalar, mexanizmlar, shuningdek tegishli uskunani yetkazib berish komplektiga kiradigan materiallar va butlovchi buyumlar (aksizga tortiladiganlaridan tashqari);
Umuman boj toʻlashdan ozod etish OʻzR xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan savdoiqtisodiy munosabatlarsda:
OʻzR bilan birga erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqini tashkil qilgan yoxud shunday zona yoki ittifoq tuzish maqsadini koʻzlovchi bitimni imzolaxan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
OʻzR hukumati tomonidan belgilanadigan, vaqti bilan, lekin koʻpi bilan besh yilda bir marotaba koʻrib chiqiladigan OʻzR milliy preferensiyalar tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojtoʻlashdan ozod etish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferendial tartibdatovar olib kirishga (olib chiqishga) tarif kvotalari belgilash kabi prefensiyalar belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi .
Oʻzbekiston bojxona hududi doirasida savdo siyosatini amalga oshirish chogʻida quyidagi tovarlarga nisbaggan ilgarygoʻlangan bojni qaytarish, boj stavkalarini pasaytirish va bojdan ozod etish koʻrinishida tarif imtiyozlarini berishga yoʻl qoʻyiladi:
tegishli bojxona rejimlari doirasida bojxona nazorati ostida OʻzR bojxona hududiga olib kiriladigan va (yoki) undan olib chiqiladigan tovarlar;
OʻzR qatnashadigan hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq xorijda investitsiya hamkorligi ob’yektlarining qurilishi uchun komplekt yetkazib berishlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlar;
OʻzR bojxona hududidan OʻzR qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, respublikaning davlat ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berishlar hajmida olib chiqiladigan tovarlar;
OʻzR bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlar, shuningdek OʻzR qonunlariga muvofiq OʻzR hukumati yoki u vakolat bergan davlat organi tomonidan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuvlarda koʻzda tutilgan hsllarda yoki chet el invesgisiyalarini qoplash davri mobaynida ana shu korxonalar olib chiqadigan tovarlarning ayrim turlari.
Bojxona bojlaridan tashqari barcha mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida, tovarlarni olib kirish paytida turli yigʻim va soliqlar undiriladi. Ularning ba’zilari import qilinayotgan davlat ichki bozoridagi raqobat shart-sharoitini baravarlashtiradi, chunki mamlakatda ishlab chiqarilgan xudsi shun-
82
day tovarlardan bilvosita solikdar olinadi, boshqalari proteksion tusga ega (mamlakatning sanoat tarmoqlarini himoya qiladi), yana birlari fiskal maqsaddarni koʻzlaydi, toʻrtinchilari xoʻjalikning alohida sektorlarini moliyalash uchun (eksportni ragʻbatlantirish, portlarni ta’mirlash vahokazo), beshinchilari bojxona apparatini tutib turish uchun undiriladi.
Tovarlar olib kirilganida qoʻshimcha soliq va yigʻimlarning umumiy summasi koʻpincha bojtarifida belgilangan undiriladigan bojlar summasidan oshib ketadi, buning ustiga ba’zi yigʻimlar qatiy belgilangan stavkalarga ega emas, kon’yunkturaning holatiga va hukumatning iqtisodiy siyosatiga bogʻliq holda undiriladi, bu esa eksportchini import qiluvchi mamlakatda yukni bojxonada rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisida oldindan tasavvur hosil qilish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma’muriy (tarifsiz) chora-tadbirlari
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning tarifsiz choratadbirlari — davlatlar oʻrtasidaga erkin savdoni qiyinlapggiradigan yoki cheklaydigan, iqtisodiy, ma’muriy va texnik tusdagi (boj tarifidan tashqdri) chora-tadbirlar majmuasidir Ushbu majmuaga kvotalash; litsenziyalash; ikki tomonlama ahamiyatga ega tovarlar vatexnologiyalar eksporti ustidan nazorat kiradi.
Eksport va importgʻti kvotalash muayyan mudsatga alohida tovar lar (ishlar, xizmatlar), mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari boʻyicha olib chiqish va olib kirishga miqdoriy yoki qiymat cheklovlaridan iboratdir. Xalqaro savdoda kvotalash buni iqtisodiy, siyosiy sharoitlar yoki toʻlov munosabatlarinigʻpholati taqozo etgan hollarda qoʻllaniladi. Ichki bozorda talab va taklif regulyatori sifatida foydalaniladi. Chet ellik savdo sheriklarining kamsituv harakatlariga javob chorasi sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Bir qator mamlakatlarda tarif kvotalari ham mavjud, bunda import qilinuvchi tovarlarga ular qiymati yoki miqsori doirasida oddiy hajmdagi boj solinadi, belgilangan cheklovlar oshib ketganida tovarlarga nisbatan bojlargʻting oshirilgan sgavkalari qoʻllaniladi.
Barcha mamlakatlarda importni, xususan, uni taqiqlash, miqdorini limitlash, litsenziyalash, bojxona organlarining farmoyishlari, yetkazib beruvchilarga boshqa majburiy talablarni izhor etish yoʻli bilan tartibga solishning turli ma’muriy vositalaridan foydalaniladi.
Chunonchi, savdogʻsh toʻliq taqiqlash bilan bir qatorda (u odatda
, 83
BMT qaroriga kura boʻladi) koʻp mamlakatlar kishilar hayoti va salomatligi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilish manfatalarini koʻzlab, axloq va diniy qonun-qoidalardan kelib chiqib muayyan tovarlarni olib kirishga qisman taqiqlar belgilaydi. Shartli taqiq ham qoʻllaniladi: agar yetkazib beruvchi hokimiyat organlarining muayyan koʻrsatmalariga amal qilmasa, importga ruxsat berilmaydi. Doimo amal qiladigan taqiqlardan tashqari mavsumiy va vaqtincha choralar qoʻllaniladi. Importni ochiqdan-ochiq taqiqlash bilan birga pardalangan taqiq ham qoʻllaniladi, masalan, chet el kemalarining mamlakat ichki suvlariga kirishi taqiqlanadi.
«Kvotalash (keng qamrovli, yakka tartibdagi, tarifli, mavsumiy va hdkazo)» shaklidagi importni an’anaviy miqdoriy cheklashlarga qoʻshimcha sifatida ularning nisbatan yangi shakli — yanada qatgiqroq taqiqlash choralarini qoʻllash tahdidi bilan haqiqatda tiqishtiriladigan: yetkazib berishlarning oʻzini oʻzi «ixtiyoriy» cheklashi kengtarqdldi. Bunday oʻzini oʻzi cheklash yetkazib berishlarni qisqartirish, ularning yillik oʻsishini kamaytirish yoki narxlarni oshirish koʻrinishida tatbiq qilinadi.
Lisenziyalash ham koʻp tur-xillarga ega, buning ustiga rivojlanayotgan mamlakatlarda koʻpincha importga ruxsat importchining muayyan muqobil harakatlarida tezroq beriladi, masalan, u mahalliy mahsulotni sotib olish yoki mamlakatda tayyorlangan tovarlarning bir qismini tashqi bozorda sotish majburiyatini olganida.
Import tovarlariga doir maxsus talablar, birinchi navbatda xavfsizlik va ekologiya me’yorlariga nisbatan talablar muhim rol kasb etadi, bunda ushbu talablarning bajarilishi tasdiqlovchi hujjatlarni beradigan yoki ularni berishdan bosh tortadigan nazorat qiluvchi muassasalar tizimi bilan ta’minlanadi.
Xavfsielik qoidalari alohida e’tiborga loyiq, chunki ular odatda majburiy qoidalar hisoblanadi va, bundan tashqari, iste’molchiga tovar nuqsonli ekani bilan zarar yetkazilishi keyinchalik yetkazib beruvchi uchun katta xarajatlarga sabab boʻlishi mumkin. Bu narsa avvalo avtomobil va mogosikllarga, zamonaviy xillari juda koʻp boʻlgan maishiy elektrotexnikaga, tibbiyot asboblari, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqlidir.
Koʻppsha mamlakatlarda iste’molchilarning manfaatlarini muhofaza qiladigan va ularni buzganlik uchun kdttiq jazo choralarini koʻzda tutadigan qonunlar qabul qilingan. Xususan, YeI mamlakatlarida barcha iste’mol tovarlarini yetkazib beruvchilar savdo tarmogʻiga kishilar hayoti va salomatligiga tahdid tugʻdirmaydigan (toʻgʻri foydalanganda, boshqa tovarlarga va iste’molchilarning muayyan toifalari, masalan, bolalar uchun ehtimol boʻlgan ta’si-
84
rvda) buyumlarnigina chiqarshilari shart. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu direktivaga muvofiqtayyorlovchi yoʻriqnomalarda, tamgʻalash paytida, yorliqlarda xaridorni uning buyumini iste’mol qilish bilan bogʻlangan barcha ehgimoliy xatarlardan xabardor kvdishi kerak.
1993 yilda YeI uchinchi mamlakatlardan olib kirilayotgan tovarlarning xavfsizlik qovdalariga muvofiqligi ustidan nazorat qilish toʻgʻrisida maxsus hujjat qabul qidsi. Uning asosida YeI tashqi chegaralarida amalga oshiriladigan ana shunday tovarlarning bojxona organlari tomonvdan maxsus tekshiruvi belgilandi. Bojxona organlariga ana shu nuqgai nazardan shubhali tuyulgan yoki tovarga ilova qilinuvchi hujjatlarga, zarur axborotga ega boʻlmagan tovarlarni tutib qolish huquqi berildi. Tovarlarni yetkazib beruvchilarning oʻzlari sobiq buyumlari va «iste’mol» chiqindilarini tugatish toʻgʻrisida tashvish chekishlari kerak boʻladi. Natijada tovarlarni yengillashtirgan holda, xususan, ikkilamchi qayta ishlash yoʻli bilan utillashtirish mumkinligi koʻp tovarlar importchilariga qoʻyiladigan yangi talablardan biriga aylanmoqda. Ayni shu sababli reklamarolini oʻynayligan muayyan ramzlar («yashil delfin», «havorang farishta», «oppoq oqqush» va hokazo) koʻrinishida ekologikjihatdan «doʻst» tovarlar oʻramvda maxsus «ekomarkirovka» yuzaga keldi va keng yoyildi.
Gʻa|>biy Yevropa mamlakatlari qishloq xoʻjalik tovarlarini, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish paytida radioaktivlikning yoʻl qoʻyiladigan mikdorlari borligiga doir sertifikatlarni talab qiladilar. 1995 yvddan boshlab bu mamlakatlar farmasevtika mahsulotini olib kirishga doir talablarni qattiqlalggirdilar.
Bir qator mamlakatlarga tirik mollar va goʻsht mahsulotlarini olib kirish paytida fermerlar hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradigan gormonlarni qoʻllamaganliklari toʻgʻrisidagi hujjatlarni takdim etishlari lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish paytida ba’zan boʻyash modsalari, shirin qiluvchi moddalar, boshqa qoʻshimchalarga cheklashlar belgilanadi.
Tovarlarni tamgʻalash va yorliq yopishtirishga doir turli majburiy talablar ham eksport yoʻ;shdatoʻsiq boʻlishi mumkin. Masalan, AQTTTda import qilinadigan tovarlar ingliz tilvda, sotish paytiga kddar aniq, oʻchirib boʻlmaydigan va yuvsa ketmaydigan yozuvlar bilan tamgʻalanishi kerak. Kanadada oʻravdagi yozuklar ham aniq va tushunarli, lekin eqdi ikki rasmiy tilda — ingliz va fransuz tillarida boʻlishi shart. Shvesiyada oziq-ovqat tovarlari va dorixona mahsulotlari uchun oʻramda ularning tarkibi shved va fin tillarida koʻrsatilishi lozim.
85
Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni kvotalash va litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlariga binoan belgilangan.
Mamlakatimizda eksport va import mikdoriy cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Ushbu cheklovlar faqat favqulodsa hollarda OʻzR hukumati tomonidan: OʻzR milliy xavfsizligini ta’minlash, OʻzRning xalqaro majburiyatlarini bajarish; OʻzR ichki tovar bozorini himoya qilish maqsadida joriy etiladi.
Miqsoriy cheklovlarni belgilash paytida kvotalarni taqsimlash va litsenziyalar berilishi, odatda, tanlov, auksion oʻgkazish yoʻli bilan yoki Oʻzbekiston TIAV tomonidan tayyorlovchi tashkilotlarga imtiyozli huquq taqdim etilishi bilan eksporg va (yoki) importga doir operatsiyalarni haqiqatda kvotani summar ijrosiga qadar oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.
Tanlov va auksionlar OʻzR hukumatining qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan miqdoriy cheklovlar joriy etilishida eksport va import kvotalarini sotishga doir tanlov va auksionlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Tanlovni eksport va import kvotalarini sotishga doir tanlov va auksionlarni oʻtkazishni tashkil etuvchi idoralararo komissiya (Komissiya) oʻtkazadi.
Umumiy kvota va kvota mavjud.
Umumiy kvota OʻzR hukumati tomonidan joriy etiladigan eksport va importning mikdoriy cheklovlarini oʻz ichiga oladi.
Kvota OʻzR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Oʻzbekiston TIAV bilan kelishgan holda belgilaydigan hamda tanlov yoki auksionda joylashtirish va sotish maqsadida Komissiyaga yetkazipadigan umumiy kvotaning bir qismi (ulushi)dir.
Tanlovlar ochiq va yopiq boʻladi.
Ochiq tanlov — tashqi savdo faoliyatining har qanday ishtirokchilari ipggirok eta oladigan tanlovdir. Komissiyaning qdroriga koʻra ochiqtanlov oldindan baholash bilan oʻtkazilishi mumkin. Oldindan baholash deyilganida ochiq tanlovda ishtirok etish uchun amaliy ish tajribasiga va ochiq tanlovga qoʻyiladigan tovar samarali eksporti yoki importining imkoniyatlariga ega boʻlgan da’vogarlarni tanlash tushuniladi. Oldindan baholash Komissiya tomonsdan tasdiqlangan nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Yopiq tanlov — Komissiyaning rasmiy taklifnomasini olgan, tashqi savdo faoliyatining oʻzbekistonlik ishtirokchilari qatnasha oladigan tanlovdir.
Tanlovni oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi qarorni Komissiya qabul qiladi.
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
tanlov mavzuini belgilash; tanlovni oʻtkazish shaklini belgilash;
tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lonni tayyorlash va tanlovni oʻtkazish sanasidan kamida 30 kun avval uni matbuotda e’lon qilish;
yopiq tanlovning boʻlgʻusi ishtirokchilarini belgilash va ularga taklifnomalarni yuborish;
ochiq tanlovda ishtirok etishga kiritish uchun da’vogarlarni oldindan baholashni oʻtkazish maqsadida yoʻl-yoʻriq materiallarinituzish;
tanlov hujjatlarini tayyorlash va uni davogarlar oʻrtasida tijorat shartlarida tarqatish;
tanlov takliflarini da’vogarlardan qabul qilish. Tanlov taklifiga da’vogarning tanlovda ishtirok etish niyati jiddiyligidan guvohlik beruvchi va tanlov shartlari bajarilishini ta’minlaydigan soʻzsiz va qaytarib olinmaydigan bay puli tanlov ishtirokchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi TIAV maxsus hisobvaragʻiga kiritilganini tasdiqlaydigan bank kafolatnomasi yoki toʻlov hujjati ilova qilinishi kerak. Bay pulining hajmini Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi TIAV taklifiga koʻra belgilaydi. Agar gʻolib kelishuvni tanlov taklifida bayon etilgan shartlarda tuzishdan bosh tortsa, bay puli qaytarilmaydi va agar u taklifni uni qabul qildish muddati tugaganidan keyin chaqirib olsa, bay puli tanlov ishtirokchisiga qaytarilmaydi;
dastlabki baholashning joriy etilishi; tanlovga kelib tushgan takliflarni baholash va tanlov gʻoliblarini aniqtash;
tanlov gʻolibi bilan kvotani sotish sharglari va tartibi toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolash.
Bankrot boʻlgan da’vogarlar, shuningdek oʻzi haqida notoʻgʻri ma’lumotlarni xabar qilgan da’vogarlar tanlovda iiggirok etishgaqoʻyilmaydi.
Tanlov taklifi oʻz ichiga tanlov hujjatlarini, shuningdek tan lov iiggirokchisi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oladigan hujjat larni oladi.
Tanlov hujjatlariga quyidagilar kiradi:
— tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, unda tanlov takliflarini tayyorlash va qabul qilish, ularni baholash, tanlov hujjatlarini olish, konvertlarni ochish, tanlov natijalarini
e’lon qilish va tanlov gʻolibi bilan muzokaralar goritish tartibi bayon kdlinadi;
hujjatlarning texnik qismi, unga doir kvota gaklov ishtirokchilariga taklif etiladigan tovar spesifikatsiyasidan iborat;
hujjatlarning tijorat qismi, u tovar narxi, yetkazib berish va toʻlov shartlari, toʻlovlar grafigi, bitimni moliyalash manbalari, tovarni yetkazib berishlar samaradorligi hisob-kitoblari va respublika byudjetiga chegirmalar hajmi toʻtrisidati ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Tanlov takliflari faqat muhrlangan, ustma-ust solingan konvertlarda qabul qilinadi. Ustki konvertda ilova qilingan xat va bank kafolatnomasi (toʻlov hujjati), ichki konvertda esatayuyuv taklifining oʻzi solingan boʻladi.
Tanlov takliflarini qarab chiqish paytida quyidagilar tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
respublika byudjetiga tushumlar vatoʻlovlarni kiritish muddatlari va miqsori;
respublika byudjeti oldida toʻlovi kechiktirilgan qarzlarnish' yoʻqligi;
tanlov shartlarini bajarish kafolatlari; tanlov ishtiroyushsining mazkur tovar bilan tashqi savdo sohasida ishlash tajribasi.
Taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha afzallik kvotani OʻzR uchun eng foydali iqtisodiy shartlarda roʻyobga chiqarishga qobil boʻlgan tashqi savdo iiggirokchilariga beriladi.
Agar:
tanlovga ikkitadan kam tanlov taklifi kelib tushgan boʻlsa; bank kafolatnomalari yoki toʻlov hujjati boʻlmasa va tanlov takliflari tovarning eksporti yoki importida byudjetning samaradorligi talablarigajavob bermasa;
hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlar notoʻgʻri boʻlsa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Kvotalarning auksionda sotilishini Oʻzbekiston tovar birjalari ushbu birjalar bilan Oʻzbekiston Respublikasi TIAV oʻrtasida tuzilgan xdmkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv asosida amalga oshiradi. Auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish paytida: birjalarning auksion ishtirokchilari oʻrtasidagi raqobatni cheklashga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirishlari taqiqlanadi;
auksionning barcha ishtirokchilari uni oʻtkazishni boshlashga qadar auksion qoidalari bilan maqbul muddatda tanishtirilishlari kerak;
ipggarokchilar tarkibidan auksionda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan shaxslarni chiqarish auksionni oʻtkazish qoidalari buzilgan hollardagina amalta oshirilishi mumkin;
auksion ishtirokchilarining hyech biriga imtiyoali sharoitlar, shu jumladan maxfiy saqlanadigan axborotga ega boʻlish va auksionda ishtirok etganlik uchun haqni kamaytirish boʻyicha, yaratib berilishi mumkin emas.
Auksionda kamida 3 ipggirokchi (shaxs yoki shaxslar guruhi) ipggirok etishi kerak. Bir ishtirokchi bitta auksionning borishida sotishga qoʻyiladigan kvota hajmining 35 foizidan ortigʻini sotib olishi mumkin emas.
Auksion golibi va birja rahbariyati auksionni oʻtkazish kunida uning natijalari toʻgʻrisida shartnoma kuchiga ega boʻlgan bayonnomani imzolaydilar. Auksion gʻolibigaOʻzbekiston Respublikasi TIAV oʻzining vakili orqali savdo oʻtkazilgan kundan boshlab 10 bank kunidan ortiq boʻlmagan muddatga lot auksion qiymatining toʻlangani toʻgʻrisidagi bank tasdiqnomasi asosida sertifikat beradi.
Sertifikat — auksion golibiga kvotalanadigan va litsenziyalanadigan tovarlarning eksporti yoki importiga litsenziya olish huquqkni beradigan hujjatdir.
Import va eksport paytida kvotalashga giyohvandlik vositalari, kuchli ta’sir etadigan va zaharli moddalar tushadi, ular OʻzR hukumatining qaroriga muvofiq kvotalanadi.
Tovarlar importi paytida kvotalashga etil spirti va aroq (Qukumat qarori), shuningdek porox, portlaydigan moddalar, portlash vositalari va pirotexnik buyumlar tushadi.
Tovarlar eksporti paytida kvotalashga OʻzR xalqaro majburiyatlariga muvofiq YeI mamlakatlariga yuboriladigan toʻqimachilik tovarlari (ip va kalavalar, erkaklar, ayollar, bolalarning ustki va ichki kiyimlari, choyshablar, qalin roʻmollar, yostiqjildlari, sochiq va dasturxonlar, boshqa tayyor toʻqimachilik buyumlari) kiradi. m
Toʻqimachilik tovarlari eksportaga kvota OʻzR bilan YeI oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanadi. Kvota har yili tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi TIAV bilan YeIKoʻrtasidagi muzokaralar boʻyicha belgilanadi. Toʻqimachiliktovarlarining boshqa mamlakatlarga eksporti kvotalanmavdi va litsenziyalanmaydi. Kvotalarni yetkazish boʻyicha ishlash tartibi, shunintdek arizalarni qabul qilish va kvotalanadigan tovarlar eksportiga litsenziyalar berish tartibi tegshpli yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
Kvotalanadigan tovarni olib chiqish yoki olib kirishga doir huquqlitsenziya bilan tasdiqlanishi kerak.
89
Lisenziya rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan mudsat davomida eksport yoki import operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beradi. Eksport uchun tovarni yuklash eksport litsenziyasi rasmiylashtirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Lisenziyalash OʻzR hukumatining qarori bilan tasdiqlangan OʻzRda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi. Lisenziyalanadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlarini OʻzR qonun hujjatlari belgilavdi. Lisenziya berilishini Oʻzbekiston Respublikasi TIAV oʻzining mintaqalardagi vakillari orqali amalga oshiradi.
Lisenziyani rasmiylashtirish uchun arizachi quyvdagilarni taqdim etadi:
ariza;
kontraktning koʻchirma nusxasi;
agar vositachi arizachi sifatida ish yuritsa, eqsportchi (importchi) bilan tovar ishlab chiqaruvchisi (iste’molchisi) oʻrtasidagi shartnomaning koʻchirma nusxasi;
ta’sis hujjatlarining koʻchirma nusxalari;
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining koʻchirma nusxalari (yuridik shaxslar uchun — roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va sotiq organining hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi, fuqarolar uchun — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);
ularga nisbatan eksport yoki importning alohvda tartibi amal qiladigan ayrim tovarlar turlari boʻyicha Respublika ijroiya hokimiyati organining qarori;
zarurat boʻlganvda Respublika ijroiya hokimiyati organlarining muayyan faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsatnomasi;
eksport yoki importning miqdoriy cheklovlari belgilangan taqdirda litsenziyani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi TIAV eksport va import kvotalari yoki sertifikatlarini sotishga doir tanlovlar va auksionlarni oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha vdoralararo komissiya bayonnomasidan koʻchirma.
Arizachi taqdim etadigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi TIAVda roʻyxatga olinadi. Lisenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza olingan kundan boshlab 10 kun davomida qabul qilinadi.
Lisenziyalar TIF TNga muvofiq tovarning har bir turiga rasmiylashgiriladi.
Lisenziyalar bir galgi va bosh litsenziyalar boʻladi.
Bir galgi litsenziya bir kontrakt boʻyicha eksport yoki import operatsiyasini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sanadan boshlab 12 joriy oyga qadar mudsadga beriladi.
«Sezgir» tovarlar va ikki xil vazifali texnologiyalar eksportiga bir galgi litsenziyaning amal qilish muddati har bir holda aniq eksport operatsiyasining shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Bosh litsenziya eksport yoki import qilinadigan tovarning har bir turi uchun uning miqdori va qiymatini tovarning aniq xaridori yoki sotuvchisini belgilamasdan koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi. OʻzR hukumatining qarori bosh litsenziyani berish uchun asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi TIAV ariza notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi; ishlab chiqariladigan eksport yoki import mahsuloti toʻgʻrisida ishonchsiz ma’lumotlar berilganligi; kontraktga OʻzR iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazadigan shartlarning kiritilganligi sabablariga binoan litsenziya berishni rad etishi mumkin. Lisenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yozma shaklda ham asoslab berilishi kerak.
Lisenziya egasi litsenziyaning asl nusxasini roʻyxatga olish joyidagi OʻzR bojxona organiga yuboradi. Lisenziya litsenziyalanadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi TIAV litsenziyaning amal kslish shartlari yoki OʻzR qonun hujjatlari buzilgan taqsirda, shuningdek litsenziya egasi taxdim etgan arizaga binoan berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish yoki uni bekor qilish huquqiga egadir.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish