Tayyorladi: Tobilov Jamshid. Ilmiy rahbar: Toshkent – 2023 yil Mavzu: Lombardlarni tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish. Reja: Kirish


Lombardlarning O’zbekistonda tutgan o’rni va mohiyati



Download 131 Kb.
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi131 Kb.
#928124
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lombardlarni tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish.

2. Lombardlarning O’zbekistonda tutgan o’rni va mohiyati.
Nobank kredit-moliya institutlari – bu rasman bank emas (bank litsenziyasiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy hizmatlar ko`rsatish bo`lib, ko`p jihatdan banklarnikiga bog’liq va muqobil hisoblanadi. Shuning uchun nobank kredit-moliya institutlari ko`plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular: kredit kooperatsiyalari, lombardlar, lizing va faktoring kompaniyalari va boshqalardir.
Bank bozorining nomoliyaviy qatnashchilari.Nobank kredit moliya institutlari bilan bir qatorda tijorat banklariga raqobatchi sifatida nomoliyaviy korxonalar, va tashkilotlar yoki boshqacha qilib aytganda nobank banklar (nobank banks) – savdo uylari, sanoat korxonalari, pochta va boshqalar kiradi.Bunga yorqin misol qilib amerikaning “Sears, Roebuck & Co” savdi konsernini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu jahonning ancha katta savdo kompaniyasi o`z mijozlariga bir necha yillardan beri tovar sotish xizmatlarini balki boshqa xil moliyaviy xizmatlarni ham ko`rsatib kelmoqda.
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar belgilab berilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Xususan, lombardlarning faoliyatni o‘z mablag‘lari, bank kreditlari va o‘z aksiyadorlaridan olingan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining prudensial talablarga rioya qilishi talab etilmasligi;Ularning faoliyatini tartibga soluvchi normalarni xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish hamda yo‘nalishini kengaytirish ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar soni va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini sezilarli darajada oshirishda asosiy omillardan bo‘ladi.Nobank kredit tashkilotlari soniSo‘nggi besh yil davomida mikrokredit tashkilotlari soni 41 taga, lombardlar soni esa 30 taga ortib, hozir 71 ta mikrokredit tashkilotlari hamda 76 ta lombard aholi va tadbirkorlarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda.Hududlar kesimida nobank kredit tashkilotlari Toshkent shahrida 2 barobarga (jami 64 ta), Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 3 barobarga (mos ravishda 19 ta va 14 ta) hamda Toshkent viloyatida 1,4 barobarga (soni 14 ta) o‘sgan.Shuningdek, o‘tgan bir yil mobaynida nobank kredit tashkilotlari bozorida yangi ishtirokchilarning – 8 ta mikrokredit tashkiloti hamda ularning 32 ta filial va chakana xizmatlar markazlari, 11 ta lombard faoliyat boshlashi natijasida ularning umumiy soni 148 tani tashkil qilgan.Nobank kredit tashkilotlarining aktivlari. Nobank kredit tashkilotlari aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ortib, 2022-yil 1-may holatiga ko‘ra 3,4 trln so‘mni tashkil etgan. Aktivlar o‘sishida kreditlash operatsiyalarining 2,2 barobarga oshishi asosiy omil bo‘lgan.
Xususan, mikrokredit tashkilotlari aktivlari 58 foizga (557 mlrd so‘mga) o‘sib, 1 520 mlrd so‘mga va lombardlar aktivlari 35 foizga yoki 60 mlrd so‘mga ko‘payib, umumiy 231 mlrd so‘mga yetgan.Aktivlar hajmining o‘sishi asosan mikrokredit tashkilotlarida kreditlarning 501 mlrd so‘mga va lombardlarda 47 mlrd so‘mga oshishi hisobiga yuzaga kelgan.Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti jami aktivlari 4 barobarga (1 173 mlrd so‘mga) o‘sgan holda 1 618 mlrd so‘mni tashkil etgan (bunda kreditlash sur’ati 1 105 mlrd so‘mga ortgan).Nobank kredit tashkilotlarining kreditlash amaliyoti2022-yil yanvar—aprel oylarida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 foizga oshib,1,4 trln so‘mni tashkil qildi.2022-yilning 1-may holatiga jami mikromoliyaviy xizmatlar qoldig‘i (1,6 trln so‘m) 52 foizga, xususan, mikrokredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalari qoldig‘i (1 404 mlrd so‘m) 55 foizga va lombardlar kredit qoldig‘i (195 mlrd so‘m) 32 foizga o‘sgan.O‘z navbatida ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan aholining uy-joylarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida tijorat banklariga ajratilgan resurslari qoldig‘i 4 barobarga (1 105 mlrd so‘mga) ortib, 1 428 mlrd so‘mga yetgan.2022-yil 1-may holatiga barcha nobank kredit tashkilotlarining jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga ko‘payib, 3 trln so‘mga yoki umumiy kreditlash hajmidagi ulushi 0,9 foizga yetgan.Bunda so‘nggi bir yil davomida umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasi 2 barobarga oshishi asosan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan kreditlash sur’atlarining yuqori darajada o‘sishi hisobiga shakllangan.Shu bilan birga, 2021-yil 1-may holatiga nisbatan nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar 54 foizga ortib, 1 583 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokredit qoldig‘i 37 foizga kamayib, 16 mlrd so‘mni tashkil etdi.Nobank kredit tashkilotlarining muammoli kreditlari 2022-yil 1-may holatiga nobank kredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalarining 92 foizi “standart”, 5 foizi “substandart”, 1 foizi “shubhali” va 2 foizi “umidsiz” kreditlar sifatida tasniflangan.O‘tgan yillarda koronakrizis oqibatida yuzaga kelgan kredit xatarlarining nobank kredit tashkilotlari moliyaviy holatiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan ko‘rilgan prudensial choralar hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida muammoli kreditlar (NPL 30+) ulushi 8 foiz bandga kamayib, 8 foizni yoki 132 mlrd so‘mni tashkil etgan. Xususan, muammoli kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 52 foiz yoki 62 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa (qoldig‘i 57 mlrd so‘m), lombardlarda 41 foiz yoki 22 mlrd so‘mga o‘sgan (qoldig‘i 74 mlrd so‘m).Nobank kredit tashkilotlarining majburiyatlari va kapitalia) nobank kredit tashkilotlarining jami majburiyatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga oshib, 2,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Xususan, mikrokredit tashkilotlarida 80 foizga oshib, 750 mlrd so‘mni, lombardlarda 8 foizga ko‘payib, 25 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida qariyb 4 barobarga ortgani holda, 1 498 mlrd so‘mga yetgan.Majburiyatlar o‘sishida jalb etilgan mablag‘larning 3 barobarga (1 435 mlrd so‘mga) oshishi asosiy omil bo‘lgan.Ma’lumot uchun: banklardan jalb etilgan kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 1,6 barobarga ortib, 389 mlrd so‘mni, lombardlarda 1,4 barobarga oshib, 6 mlrd so‘mni, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida 4,4 barobarga ko‘payib, 1 428 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, mikrokredit tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘lar 5 barobarga oshib, 57 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
b) mikrokredit tashkilotlarining jami kapitali 41 foizga va lombardlarda 40 foizga oshib, mos ravishda 770 mlrd so‘m hamda 207 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida 15 foizga ko‘payib, 121 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Nobank kredit tashkilotlari jami kapitalining ko‘payishi asosan ustav kapitalining 75 mlrd so‘mga va taqsimlanmagan foydasining 161 mlrd so‘mga oshishi hisobiga to‘g‘ri kelgan.Ma’lumot uchun: nobank kredit tashkilotlari tarkibida chet el mablag‘lari ishtirokidagi tashkilotlar soni 4 taga ko‘payib, 8 taga yetgan.
Bank tizimi – bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul –kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o‘ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.
Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) va emission bo‘lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo‘g‘inidagi moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy adabiyotlarda tijorat banklari jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilib, ushbu mablag‘larni tegishli shartlar (to‘liqlilik, qaytarishlik, muddatlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik) asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga to‘lov hisob kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga asoslangan bo‘lib, ularning asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga yo‘naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli o‘laroq, o‘z foydasini qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji mavjud bo‘lgan shaxslarga tijorat yo‘sinda berish orqali foydasini shakllantiradigan o‘ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi.
Kredit uyushmasi – mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug‘ullanadigan tijorat tashkilotidir. Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjjatlarida, kredit uyushmasi – kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta’rif berilgan. Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot sifatida ta’riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan.
Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma’noda e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi va o‘zining a’zolariga ushbu mablag‘lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlarining, shu jumladan, mikrokredit tashkilotlarini faoliyat yuritishi va tegishli xizmatlarni ko‘rsatishi uchun yetarli darajadagi tashkiliy-huquqiy baza yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida mikrokredit tashkilotlari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari va olib borishlariga asos bo‘lib hisoblanadi. Mikrokredit tashkiloti atamasi “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 3 moddasida quyidagicha izohlanadi:
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir. Mikrokredit tashkilotlari tijorat tashkiloti sifatida tijorat banklarida hisob raqamlarini ochish orqali faoliyatini amalga oshiradi. Hisobvaraqlarni ochish, yopish, boshqa banklarga ko‘chirish Markaziy bankning tegishli yo‘riqnomalari asosida amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo vositachilik kabi faoliyatlar bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas. Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
●mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
●qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
●mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan
●mikrolizing (moliya ijarasi) berish;
●qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish kabilar shular jumlasidan.
Lombardlar – ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi.
Dastlabki lombardlar XV asrlarda Fransiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan “lombard” termini shu tariqa paydo bo‘lgan. Lombardlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o‘rtasida, ko‘pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo‘lgan foiz to‘lovini, ko‘pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish