Tayyorladi: Tobilov Jamshid. Ilmiy rahbar: Toshkent – 2023 yil Mavzu: Lombardlarni tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish. Reja: Kirish



Download 131 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2023
Hajmi131 Kb.
#928124
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Lombardlarni tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Bank ishi fakulteti“Bank ishi” kafedrasi
Pul va Banklar fanidan tayyorlagan
K U R S I SHI
MAVZU:Lombardlarni tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish.

Tayyorladi: Tobilov Jamshid.
Ilmiy rahbar:
Toshkent – 2023 yil

Mavzu:Lombardlarni tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari
2. Lombardlarning O’zbekistonda tutgan o’rni va mohiyati
3.Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi
4.Respublikamizda lombard muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari.
Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda. CHunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir. O’zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o’zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.Bunda, ayniqsa, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Agar raqamlarga murojat qilsak, so’nggi 6 yil ichida bank tizimining umumiy kapitali 4,4 barobardan ziyodroqqa o’sdi. 2013 yilning o’zida tijorat banklari umumiy kapitali 25 foizga ko’paydi. Bu davrda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 534,5 mlrd. so’mlik bank aktsiyalari investorlar o’rtasida joylashtirildi. Shuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish ko’pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo’yicha asosan banklarning likvidlik ko’rsatkichini saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi.Banklarning kapital yetarliligi darajasiga kelsak, bu ko’rsatkich ham bir necha yildirki, 24,3 foizni tashkil etib, umum qabul qilingan xalqaro standart (8 foiz)dan uch barobar ziyoddir. Bank tizimi likvidliligi esa 65 foizdan ziyodga etdi («yuqori» indikator bahosi – 30 foiz). Bank tizimining «xavfsizlik yostig’i (zaxirasi)» oxirgi 4 yilda qariyb 3 barobarga o’sdi va 2 mlrd. AQSH dollaridan ortiqni, shuningdek, aktivlar miqdori ularning jami majburiyatlaridan 1,6 barobardan ziyodroqni tashkil etmoqda. Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan omonat turlari 250 dan oshdi.Tijorat banklaridagi jami depozitlar hajmi oxirgi 6 yilda – 6,7 barobarga oshdi va 2014 yil 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan 30,2 foizga oshib, ularning hajmi 26 trln. so’mga etdi. Depozitlar bilan bir qatorda, banklar qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan bo’sh pul mablag’larini faol jalb qilmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga banklarning muomaladagi uzoq muddatli obligatsiyalari miqdori 330 mlrd. so’mni, depozit va jamg’arma sertifikatlari 592 mlrd. so’mni tashkil etmoqda.O’z navbatida tijorat banklarining kapitallashuv darajasining yuqoriligi va ular resurs bazasining kengayishi iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Xususan, o’tgan 2013 yilda banklarning jami aktivlari miqdori 30 foizga oshgan bo’lsa, so’ngi 6 yilda esa 4,7 barobarga ko’paydi. Bu davrda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmining yillik o’sish sur’ati o’rtacha 30 foizni, iqtisodiyotning alohida yo’nalishlari va sohalarida esa undan ham ko’proqni tashkil qilgan. Jumladan, investitsion kreditlarning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 36 foizni, kichik biznes hamda tadbirkorlik sohasiga ajratilgan kreditlarning o’sish sur’ati - 46 foizni, shu jumladan, mikrokreditlarning o’sish sur’ati - 57 foizni tashkil etdi. Ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda real sektorni kreditlashda pasayish tendentsiyasi davom etayotgan bir payitda, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlar xajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra real sektorga yo’naltirilgan kreditlar xajmi 26,5 trln. so’mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 79,3 foizini investitsion maqsadlarga yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil qilgan.2013 yilgi kredit siyosati doirasida ustuvor sohalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun 7,2 trln. so’m miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Oxirgi 13 yilda ajratilgan investitsiya kreditlari hajmi 60 barobardan ortiqqa ko’paydi. Bu esa O’zbekiston bank tizimi mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga muhim hissa qo’shayotganligidan dalolat beradi.So’nggi yillarda yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda aholi faravonligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash, xususan, qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o’zgartirish, namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni ro’yobga chiqarishda tijorat banklarining faol ishtiroki ta’minlanmoqda.Xususan, oxirgi 5 yil davomida respublikamizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4 million 500 ming kvadrat metr bo’lgan 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, bir necha yillardan buyon xalqaro «Mudis» reyting agentligi tomonidan MDH davlatlari ichida faqat O’zbekiston bank tizimiga «Barqaror» reyting bahosi berilmoqda. Bu esa o’z navbatida butun iqtisodiyotimizga berilayotgan baho bilan chambarchas bog’liqdir. 2011 yil natijalariga ko’ra, «Mudis», «Fitch Reytings» va «Standart end Purs» kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan ijobiy reytingiga, O’zbekiston tijorat banklarining 13 tasi ega bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib respublikada faoliyat ko’rsatayotgan barcha tijorat banklari ijobiy bahoga sazovor bo’lishdi. SHuni ham ta’kidlash joizki xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan moliyaviy barqarorlik va bank tizimi rivoji milliy indikatorlariga muvofiq bank tizimi faoliyati va rivojining bahosi «yuqori» darajadagi bahoni ko’rsatadi. Shu bilan birga, Xalqaro valyuta fondi tomonidan olib borilgan oxirgi tadqiqotlar natijalariga ko’ra, O’zbekiston 100 ming katta yoshdagi aholiga to’g’ri keladigan tijorat banklari muassasalari soni bo’yicha MDH davlatlar orasida peshqadam bo’lib turibdi. 2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmo­g’i yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, ularning soni 837 taga etdi. Bank tizimini isloh qilish va liberallashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlarning yana bir misolini Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish talablari bo’yicha «Biznesni olib borish-2014» navbatdagi yillik ma’ruzasining natijasiga ko’ra O’zbekistonning kredit ajratish bo’yicha reytingidagi o’rni 24 pog’onaga ko’tarildi.Lombard tashkilotlari faoliyati va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi mavzuni yoritishdan oldin nobank kredit tashkilotlari tashkil etilishining xuquqiy asoslari, shakillanishi va klassik olimlarning fikirlari xaqida ma’lumotlar keltishirni joiz deb bilamiz. Ma’lumki, nobank kredit tashkilotlari, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi, jumladan, ma’lum shartlarda mikrokredit va mikroqarz beruvchi tashkilotlar hisoblanadi.Mikromoliyalash va mikromoliyaviy xizmatlar bozorining rivojlanish evolyutsiyasi o’tgan XX asrning o’rtalarida aholining kam daromadli qatlamlarigamoliyaviy xizmatlar ko’rsatish borasidagi dastlabki sa’y-harakatlar ushbu xizmatlardanfoydalanishning pirovard maqsadlari bilan bog’langan. Xususan XX asrning 50-70 yillarida davlat idoralari va donor tashkilotlar mayda va kam ta’minlangan fermerlarning ish unumini hamda daromadlilik darajasini oshirish umidida ularga subsidiyalangan qishloq xo’jalik kreditlarini berib kelganlar. 1980-1990 yillarda mikrokreditlar asosan aktivlarga ega bo’lish va ularni jamg’arish, oilalarning daromadini va turmush darajasini oshirish uchun kam ta’minlangan tadbirkorlarga qarz berishdaniborat edi. Mikrokredit oluvchilarning aksariyat qismi esa, ayollardan iborat bo’lib, ular uchun mikrokreditlash ayniqsa samarali vositaga aylangan.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish amaliyotini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari iqtisodiy adabiyotda chuqur tadqiq qilingan.Mikromoliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40 yillarida Germaniya qishloq xo’jaligida yuz bergan tanglik holatidan (og’ir iqlim sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo’lmaganligi) boshlandi va o’sha davrda Fridrix Rayfayzen tomonidan Veyerbush shahrida Evropada birinchi bor “Xlebniy soyuz” o’zaro yordam kassasi tashkil etildi. XX asrning 50-70 yillarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi sust bo’lgan mamlakatlarda davlat organlari va donor tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning mehnat unumdorligi va daromadlari darajasini oshirish umidida subsidiyalashtirilgan qishloq xo’jalik kreditlari berishni boshlagan. 1970 yillardan so’ng rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’minlangan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa maslahat xizmatlari ko’rsatish bo’yicha eksperimentlar o’tkazildi. Guruhli kreditlash uslubiyotiga asoslangan birinchi mikrokreditlash dasturi. Bangladeshda 1976 yilda prof. M.Yunus (Nobel mukofoti sohibi, 2006 y.) boshchiligidagi “Gramin” banki orqali amalga oshirildi va shu yilni mikromoliyalashning tug’ilgan yili, deb nomlash mumkin.Xalqaro Nobel mukofotining laureati, prof. M.Yunus tomonidan mikromoliyaviy xizmatlarning nazariy, uslubiy asoslari ishlab chiqilgan va Bangladeshning Gramin banki amaliyotiga joriy etilgan. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining tub asoslari M.Yunus tomonidan yaratilgan. Uning fikriga ko’ra, nisbatan yuqori foiz stavkalarini aholining o’rta qatlamiga nisbatan qo’llash lozim, kambag’allarga beriladigan mikrokreditlar esa, imtiyozli bo’lishi zarur. Ular mikrokreditlar yordamida kambag’allik balosidan qutuladilar, undan keyin esa, banklar va nobank kredit tashkilotlari ularni o’rta tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari mumkin. M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar bo’yicha amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo’llanilishi o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi. Ularning daromad darajasi past bo’lib, yuqori foiz stavkalaridagi mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag’al qatlamlari va endi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes sub’ektlari yuqori likvidli garov ob’ektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to’sqinlik qiladi. Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo’llaniladigan uslubiyotga ko’ra yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo’llaniladigan usulning yangi ko’rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi, mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o’rganilgandan so’ng kredit beriladi. Mikrokredit va lombard tashkilotlari mijozlar bilan o’zaro munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va o’rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo’lib kreditlash uslubiyotiga ko’ra, bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning shakllanishi mikrokredit va lombard tashkiloti xodimining tashabbusiga ko’ra yuz beradi. Guruh mijozlarni o’zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o’zi hal etadi. Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini baholashadi, kreditlash asta-sekin ko’payuvchi, uncha katta bo’lmagan miqdorda qarz berish yo’li bilan amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar bo’ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to’lanmasa, guruh to qarzini tamoman uzmagunicha navbatdagi kreditni olish imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda nobank kredit tashkilotlarida guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham qo’llaniladi va guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o’zi hal etadi. Guruh kafolati asosida kreditlash uslubiyotining o’ziga xos xususiyati, nafaqat, guruhiy nazoratni, balki biznesda guruh a’zolarining birdamligi va hayrihoxligini, o’zaro bir-birini qo’llab-quvvatlashini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu amaliyotni jamiyatning nisbatan kam ta’minlangan qatlamlarida joriy qilish imkonini beradi. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida keng miqyosda amalga oshirilayotgan nobank kredit tashkilotlari faoliyati iqtisodiy muammolarni hal etishdagi eng samarali moliyaviy vositalardandir. O’zbekistonda ham o’zining turmush farovonligini yaxshilashga harakat qiluvchi kam ta’minlangan aholi qatlamini qo’llab-quvvatlash bo’yicha ma’lum tajribalar to’plangan. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati ish bilan bandlikni kengaytirishda ayniqsa samaralidir. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati odamlarning tadbirkorlik salohiyatini kuchaytiradi. U iqtisodiyot va biznesning shaffofligini oshirish usuli hamdir. Amaliyot ko’rsatishicha, nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi norasmiy kreditlash sektorini qisqartiradi, moliyaviy xizmatdan foydalanish esa mijoz faoliyati shaffofligini oshiradi.O’zbekistonda mikrokreditlash ilk bor 1998 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON) asosida Qoraqalpog’iston va Qashqadaryoda pilot loyihalarni amalga oshirishdan boshlandi. Bundan maqsad kam ta’minlangan aholi qatlamini va ayollarni oila sharoitida savdo, kichik ko’lamdagi ishlab chiqarish, mikrobiznesni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslarga ega bo’lish imkoniyatini kengaytirishdan iborat bo’ldi. Mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlari o’z faoliyati rivojining boshlang’ich bosqichini bosib o’tayotganligi hamda ijtimoiy ahamiyatga egaligini inobatga olib, daromadlari bo’yicha soliqqa tortishning imtiyozli tartibini uzaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunga quyidagi omillar sabab bo’ladi:
- O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari rivojlanishning boshlang’ich bosqichida ekanligi, hozircha ular moliyaviy jihatdan barqaror emasligi, ular faoliyatidan soliq olish davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda katta rol o’ynamasa-da, ushbu tashkilotlar faoliyati rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
- hozirda nobank kredit tashkilotlari resurs bazasi juda zaif bo’lib, uni soliqqa tortish resurslarning yanada qisqarishiga olib keladi va bu mikromoliyalash g’oyasiga putur etkazadi. Vaholanki, nobank kredit tashkilotlari faoliyatining ijtimoiy roli O’zbekistondagi aholi bandligi va demografik vaziyat sohasidagi muammolar sharoitida kuchayib boradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining o’ziga xos jihatlarini inobatga olib hamda Respublikamizda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan omillar tahlil qilinib, shuningdek, rivojlangan mamla-katlarning shunday kooperativlarni tashkil qilish tajribalari-dan kelib chiqib, mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlarining faoliyatini tashkil qilish ishlarini jadallashtirishga e’tibor berildi. Birinchi galdagi vazifa bu nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish edi va unga ahamiyat berila boshlandi.Shu munosabat bilan nobank kredit tashkilotlarini soliq imtiyozlari bo’yicha bo’shayotgan mablag’lardan keyinchalik mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish, operatsion harajatlarini qoplash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda, banklarga ham o’z vaqtida daromad bo’yicha soliq imtiyozlari berilgan ediki, ular bank sektori qaror topishida muhim rol o’ynagan. O’zbekistonda mikrokreditlashning me’yoriy-huquqiy asosi 1999 yilda shakllantirildi. Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 29 fevralda 902 va 903-son bilan davlat ro’yxatiga olingan mikrokreditlash tartiblariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 309-sonli Qaroriga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlashni qonuniy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Mazkur qonun hujjatlari hozirda o’z kuchini yo’qotgan bo’lsada, mikrokreditlashning shakllanishiga muhim hissa qo’shgan.Jahon tajribasidan ma’lumki, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklariga muqobil ravishda tashkil etilgan nobank kredit tashkilotlari, mikrokredit tashkilotlarining ham o’rni kattadir. Bu borada so’nggi davrlarda keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to’g’risida”gi, 2006 yil 20 sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunlari va ularga asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006 yil 7 oktyabrdagi №24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o’sishiga xizmat qilmoqda. Mazkur qonunda mikromoliyalash, mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing tushunchalari to’liq ochib berilgan. Xusuan, mikromoliyalash - mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko’rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar jumlasiga banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish