Tears of joy



Download 27,3 Kb.
bet2/2
Sana02.03.2022
Hajmi27,3 Kb.
#479713
1   2
Bog'liq
Tears of joy. Ganijonova Margiyona.

Quvonch yoshlari.
Shiftga osilgan kuchsiz shamol parragiga termulib yotardim. Chiroq o‘chgan. Oynadan shamol parragidanda salqinroq shabboda kirardi, shunga qaramasdan, vujudimni ter bosardi negadir.
Oyoqlarimdagi og‘riq meni zabun holga keltirib qo‘ygandi. Ikki oy muqaddam bo‘lgan yo‘lakdagi toyilish oqibatida ikkala oyog‘im ham sindi.
Og‘riq bilan birgalikda, chap qo‘l barmoqlarim telefonni qattiq siqib olgan, yuragimdagi azob bilan birgalikda oyoqlarimdagi qattiq, chidab bo‘lmas azob telefonni mahkamroq ushlashimga majbur qiladi.
Kuyovimning qo‘ng‘irog‘ini kutardim! Meni buvilar safiga qo‘shilganimni tasdiqlovchi qo‘ng‘iroq edi u.
Hayotimdagi eng qadrli insonim, mening Munnim, ona bo‘lish arafasida va u hozir shahar tug‘ruqxonasida. Qizim endigina 19 yoshda va bo‘lajak ona. Bu hozirgi zamon uchun yangilik emasdir balki, lekin men uchun shunday.
Munni 7 yoshligida, bir falokat sababli otasidan ayrildi. Men o‘sha paytda hammasi tugadi deb, hayotdan umidimni uzgandim. Lekin unday bo‘lmadi. Ko‘p bilim va barqaror ishsiz Munnining o‘qishi uchun o‘zi kutgandek sharoit yaratib berish maqsadida ko‘plab qiyinchiliklarni boshimdan o‘tkazdim. Garchi bilimga chanqoq, salohiyatli talaba bo‘lsa-da, uni kollejda o‘qitishga qo‘lim kaltalik qildi.
Qizim 18 yoshga chiqqanida, bir bilimli, ishli insondan turmush qurish taklifi keldi va bu Munnining hayotini o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi, shuningdek, menikini ham. U kuyovim bilan birga shaharga ko‘chib ketishdi, men esa, huvillagan hovlida yolg‘iz qoldim. Uyimning fayzi Munni endi uzoqlarda.
Kuyovim uni kollejda o‘qitishni va’da bergandi, biroq qizim tez fursatda homilador bo‘ldi. Bu ayni kutilgan xaqiqat edi ham. Kuyovim farzandi tug‘ilganidan so‘ng, Munnini kollejda o‘qitishini ishontirib aytadi. Bu menga ayon emas, lekin kuyovimdan shubhalanishimga hech bir asos ham yo‘q-da. U Munnim uchun doim g‘amxo‘rlik qiladigan, mehribon va sevimli turmush o‘rtoq, qizim u bilan doimo baxtiyor va bundan men ham bevosita mamnunman. Ba'zan qizimning yoshi uni tashvishga soladi. Shunday bo‘lsa-da, u doim menga mehribon va g‘amxo‘r. Bundan men xuddi bir qo‘lli boksyordek qo‘rqaman va hayot meni o‘ldirayotgandek qo‘rqitadi.
Shu kunlarda keksa xolamning yordamisiz harakatlana olmayapman. Shu tufayli ham qizim Munniga g‘amxo‘rlik qilish chorasizdek tuyuladi, negaki, u tug‘ishini shaharda rejalashtirgandi. Ular qizimga g‘amxo‘rlik qilish uchun kishi yo‘llashgan. Ikkimiz uchun ham boshqa shaharga chiqish ilojsizligi tufayli, qizim bilan ancha oylardan beri ko‘risha olmadik. Shundan beri bizning aloqamizga sababchi bo‘lib kelayotgan yagona narsa bu telefon. Munni turli raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, ahmoqona shubha va qo‘rquvlarini men bilan o‘rtoqlashardi. Men his qilaman, farzand uchun onaning o‘rni qanchalar ta’sir o‘tkaza olishini. Mening sevgi to‘la so‘zlarimdan u kuch oladi va har bir ayol duch keladigan qo‘rquvlarga qarshi kurashishga unga ruh, dalda beradi.
Shu vaqt oralig‘ida, telefon men uchun qanchalar muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab yetdim. Olisdagi, yagona qadrdonim bilan hech bog‘lanmy yashashni, shu telefonsiz qanday chiday olishimini tasavvur ham qila olmayman.
Bir kuni u mendan oyi, farzandli bo‘lish qanday bo‘ladi? Tekshiruvga borganimda, bir ayol birinchi farzandini qanday dunyoga keltirganini aytib berdi, deb so‘radi.
Doimo undan yaxshi narsalar haqida o‘ylab, doim duoda bo‘lishini, bu kabi yomon hayollarga berilmasligini so‘rayman.
Boshqa payti, onajon, men o‘lib qolsam, nima qilasiz?, deb so‘radi.
Uning bu savoli mening hayotdan kutayotgan bor quvonchimni tortib oldi. Uning bu kabi vahimali shubhalari mening yuragimga og‘ir zarba beradi.
Men Munnini dunyoga keltirganimda, undan ham yoshroq edim. Lekin men bunchalar ko‘p yomon hayollarga berilmaganman, shunchaki tug‘ilajak farzandim haqida o‘ylab quvonganman, xolos. Bu kabi qo‘rquvlar bo‘lgan taqdirda ham, meni qo‘llab-quvvatlaydigan, menga dalda beradigan hech kimim bo‘lmagan: onam qattiqqo‘l va qo‘pol edi, men esa hech qanday tasavvurga ega emasdim bu haqida. Ba'zida bilmaslik ham foyda beradi. Mening oy kunim kelgan kuni, qo‘rquv bosa boshladi, lekin tez orada, yoqimtoy chaqalog‘im dunyoga keldi va men uni ko‘rib, barcha qo‘rquvlarni unutdim, juda baxtli edim.
Biroq Munnining savollari meni vahimaga solar, uni yo‘qotib qo‘yish kabi qo‘rqinchli o‘ylar kelardi. Shu lahzada men o‘zimni behush sezardim. U bilan birga men ham bu dunyoni tark etsam kerak deb o‘ylardim.
Men yig‘ladim va uning bu savoli uchun tanbeh berdim xolos.
Boshqa onalar qanday o‘ylaydi bilmadim-u, lekin men uning farzandidan ko‘ra ko‘proq qizimdan tashvishlanaman. Balki xudbinlikdek tuyular, ammo ayni ichimdagi xaqiqat edi. Farzand dunyoga keltirish muhim hodisa emas, chunki har kuni minglab farzandlar dunyoga keladi. Xatto, eng oddiy, arzimas narsalar ham bizning farzandlarimiz yoki yaqinlarimizda sodir bo‘lganda, eng muhim darajaga ko‘tarilar ekan. Mana, hamma gap aslida nimada?!
Men yana qizimni qanday ovutishni bilmadim va bu kabi narsalar bo‘lmaydi deya oldim xolos. Ammo bu qo‘rquv yuragimning uyidagi kutilmagan mehmondek hayollarimda qolib ketaverdi.
Men qizalog‘imsiz qanday yashayman?!
Qizlarning eng ishongan, suyanadigan do‘stlari ularning onalari bo‘ladi. Lekin bizning vaziyatga nazar soladigan bo‘lsak, unga eng kerakli paytimda, uning yonida, u bilan birga emasman: unga dalda bo‘la olmayman, qo‘rquvlarini bartaraf qila olmayman. Shu onda naqadar ojizligimni his qilgan holda, faqatgina yig‘lardim xolos, garchi bundan hech bir foyda yo‘qligini bilsamda. Axir, mening qo‘limdan keladigan yagona narsa shu edi-da faqat, boshqa hech bir narsa qilishga qodir emasdim.
Men uchun eng qadrli bo‘lgan narsalarimdan biri, uning shirin ovozi bilan birgalikda menga hayot olib keladigan, barcha og‘riqlarimni unutishimga yordam bera oladigan telefonimni topdim. Umid bilan uni ko‘zdan kechirdim, ammo hech qanday yangilik yo‘q. Ularga qo‘ng‘iroq qilib, bezovta qilishni istamadim.
Vaqt o‘tgani sari, ichimdagi qo‘rquv ham ortib boraverdi va yomon hayollar ongimni qurshab oldi. O‘zimni har qancha tinchlantirishga harakat qilsam-da, uddalay olmadim. Axir, men avliyo emasman-ku barcha hissiyotlarimni boshqara oladigan. Oddiygina ojizaman, xolos.
Hayollarim chuvalab ketdi, bir biridan vahimali o‘ylar kela boshladi hayolimga. Agar men hozir o‘zimni idora qilmasam, menga nimadir bo‘lishi aniq edi va bunda hech kim yordam bera olmasdi. Buni anglab yeta boshladim.
Hayotim haqida o‘ylay ketdim: hech kimning yordamisiz ko‘plab og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazdim. Barcha qo‘rquvlarni matonat ila yengdim, va o‘rnak qilsa, arzigulik hayotim bor. Bir qiz dunyoga keltirdim, ko‘p qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazdim, qo‘limdan kelgancha o‘qitdim va bir yaxshi insonga uni topshirdim.
Men barcha qiyin yo‘llardan o‘tishga majbur bo‘ldim, bunda menga cheksiz matonat in’om etildi, endi esa mening yagona qo‘rquvim- qizimni yo‘qotib qo‘yish.
Lekin ayni damda tashvish, g‘am yordam beradimi? Qo‘rquvlar biror narsani o‘zgartib, biz kutgandek natija bera oladimi?
Menimcha, hozir kuchli bo‘lishim va iloji boricha yaxshi narsalar haqida o‘ylashim kerak. Tasavvurimga hech narsa kelmas, ko‘zlarim yumilgan edi. Hayolimga yaxshi o‘ylarni keltirib, faqat baxt haqida o‘ylashga harakat qilyapman. Ibodat qilishga harakat qilyapman-u, biroq tarqoq hayollarimni jamlay olmasdim.
Har bir inson hayotdan keladigan yaxshimi yomonmi barcha hodisalarga hodisalarga uchrashi, uni his qilib ko‘rishi kerak va barchasiga u nima bo‘lishidan qat’iy nazar sabr qilib chidashi kerak. Shu kabi hayollar bilan o‘zimni chalgitardim, xolos.
Yaxshi hayollar ila telefonni qattiqroq tutdim. Xatto bu narsa menga qo‘rquvlarimni yengishimga ajib bir ruh ato etayotgandek edi. Shu payti qo‘limdagi telefon tebranib, jiringlay boshladi. Yuragim oddiygina urmadi, u juda qattiq, dukillab urdi go‘yo butun olam eshitadigandek. Go‘shakni ko‘tardim va qulog‘imga olib bordim;
“Onajon…” Bu kuyovimning ovozi edi!
“Labbay…” Ovozim bo‘g‘zimdan titrab chiqardi.
“Tangri bizga bir qizaloq in’om etdi. Munni ham qizalog‘imiz ham juda yaxshi. Xursand bo‘lavering onajon".
Yaratganga shukrona keltirishni istardim-u, lekin ovozim chiqmasdi.
“Ona eshityapsizmi?”
“Ha, o‘g‘lim, eshitdim. Tangri bizga o‘z marhamatini ko‘rsatdi".
Munni va uning qizalog‘I haqidagi yangilikni eshitgandan so‘ng, men go‘shakni qo‘ydim.
Mening erkatoy Munnim endi ona edi, boshqa qizaloqning onasi!
Balki vaqt o‘tib, qizim ham men boshdan o‘tkazgan o‘y-hayollarni, hissiyotlarni boshdan kechirar, balki yo‘q. Har holda, hozirgi qizlar avvalgilaridan ancha dadil.
Yuzlarimdan ko‘z yoshlarim oqardi, quvonch ko‘z yoshlari. 19 yil oldin Munnini ilk bor qo‘limga olganimda ko‘zlarimdan kelgan yosh bilan bir xil edi.
Yuragimdagi kutilmagan mehmon ham tark etdi. Umid qilamanki bu qizimning ham yuragidan tark etadi. Qizim mening qo‘rquvlarimni men uchun bartaraf qildi, buni endi o‘zim qilishim kerak.
Translated by Ganijonova Margiyona.
Download 27,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish