Технологик жараённинг баёни



Download 172 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi172 Kb.
#728313
  1   2   3
Bog'liq
Курс иши технологлар учун 2022





ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ КИМЁ – ТЕХНОЛОГИЯ ИНСТИТУТИ
“ИНФОРМАТИКА, АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА БОШҚАРУВ” КАФЕДРАСИ

Труба ичидаги труба кўринишдаги иситгични автоматлаштириш”

мавзудаги курс ишининг

ТУШУНТИРИШ ХАТИ

Курс ишининг рахбари:


Курс ишини бажарди:

ТОШКЕНТ – 2022


МУНДАРИЖА



1

Мундарижа

3

2

Кириш

4

3

Бошкариш объекти ишлашининг баёни

7

4

Бошкариш объектининг тизимли тахлили

7

5

Улчаш усулини танлаш

8

6

Иккиламчи улчов асбобини танлаш

9

7

Ростлагични танлаш

9

8

Ростлаш таъсир каналини ва ростлаш клапанини танлаш

9

9

Фойдаланилган адабиётлар руйхати

10


Kirish
Avtomatika — fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, bu soha avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish va bu tizimda qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi.
Avtomatika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi harakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida XVIII-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug‘ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina qurilmalarining paydo bo‘lish davrida ishlatila boshlandi. Texnika tarixida birinchi ma’lum bo‘lgan avtomatik qurilma polzunov bug‘ mashinasi (1765-y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o‘rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplari ingliz olimi F. Maksvel tomonidan 1868-yilda ishlab chiqilgan.
Texnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mehnatidan bo‘shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim hollarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o‘z navbatida avtomatikaning muhimligi va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi.
Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini, qabul qiluvchi, uzatuvchi, o‘zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar, rostlagichlar,stabilizatorlar,
ijro mexanizmlari va boshqalar. Bunday texnik vositalar avtomatika o‘zgartgichlari deb ham yuritiladi.
Avtomatikaning asosiy tushunchalari quyidagilar: avtomatik nazorat, avtomatlashtirish, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qa’bul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan darajada saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish – texnalogik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir, ya’ni ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatni yangi bosqichi bo’lib, bunda texnalogik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish mamlakatimizdagi sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llash mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Zamonaviy texnika hamda o‘lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan. Har qanday texnologik jarayonda ma’lum bir yoki bir necha texnologik parametr ishtirok etib, ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o‘zgarishida asosiy o‘rin egallaydi.
Moddiy ishlab chiqarishni takomillashtirishda sifat jihatdan yangi hisoblangan avtomatlashtirish bu sohada haqiqiy tub o‘zgarishlarni vujudga keltiradi, texnologik jarayonlarni qayta ishlab chiqishni, ishchi, muhandis-texnik xodimlarning va xizmatchilarning ixtisoslik bo‘yicha tayyorlashni va boshqarish sohasida o‘zgartirishni talab qiladi. Avtomatlashtirish ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Bundan tashqari, avtomatlatirish avvallari inson ishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlar va yordamchi xizmatlarni avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, mahsulot birligiga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan bog‘liq. Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Xozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat kursatuvchi xodimlar sonini kamaytirish xisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo’lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, sexlar, bo‘linmalar, uchastkalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat kursatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: maxsulot sifatini oshirish, xom ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, chiqarilayotgan maxsulot hajmini oshirish, xizmat kursatuvchi xodimlarning mexnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan uchastkalaridagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
Avtomatikaning bizning mamlakatimizda xam o’rni juda katta va bu xozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda ayniqsa oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida sanoat va avtomatika ancha rivojlandi, yani mamlakatimiz agrar davlatdan sanoatlashgan davlatga aylanib bormoqda, bu albatta avtomatikaning xayotimizga ta’siri qanchalik oshib borayotganini kursatadi.



Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish