Tekislik va uning ortogonal proyeksiyalari



Download 16,8 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi16,8 Kb.
#818878
Bog'liq
Maxmudova F taqriz


TAQI huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Kasbiy qayta tayyorlash” kursi tinglovchisi Maxmudova Firuzaning “Tekislik va uning ortogonal proyeksiyalari” modulini o’qitishda innovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi kursni tugatish ishiga


TaqRIZ

Maxmudova Firuzaning “Tekislik va uning ortogonal proyeksiyalari” modulini o’qitishda innovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi kursni tugatish ishi oliy ta’limda chizma geometriyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanib dars mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’qitish orqali talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga ilmiy asosda to’g’ri yondoshgan.


Kurs ishining e’tiborli tomonlaridan yana biri shundan iboratki, unda chizmachilik fanini o’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish to’g’risida tushunchalarni shakllantirish mantiqiy fikrlash asosida yoritilgan. Ananaviy innovatsion metodlar asosida har bir mavzudan keyin savollarning ma’lum ketma-ketlikda qo’yilishi bu fanni “online” tizimda ham o’qitish va oqish imkoniyatini yaratib, modul tizimida talabalarning ish olib borishiga zamin yaratadi. Mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, predmeti va ob’ekti, amaliy ahamiyati va fanini o‘qitishning nazariy masalalari, mazmun-mohiyati chizma geometriya fanini o‘qitishda foydalaniladigan interaktiv metodlar to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar to’g’ri va talabga javob beradi.
Kursni tugatish ishi Maxmudova Firuza tomonidan mustaqil bajarilgan va tugallangan ish hisoblanadi hamda noananaviy tizimni amalga oshirishda dadil qo’yilgan ijobiy qadam deb hisoblayman.
Shularni inobatga olgan holda mazkur kursni tugatish ishini himoyaga tavsiya etaman.

Taqrizchi dotsent Sh. Uzokov


TAQI huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Kasbiy qayta tayyorlash” kursi tinglovchisi Maxmudova Firuzaning “Tekislik va uning ortogonal proyeksiyalari” modulini o’qitishda innovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi kursni tugatish ishiga
RAHBAR XULOSASI

Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy bo‘g‘inga aylanadi.


Oliy ta’limda chizma geometriyani o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan o‘rinli foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri. Chunki chizma geometriya talabaning fazoviy tasavvurini o‘stirishda, uning mustaqil fikrlash qobilayati va loyihalashga oid ko‘nikmani egallashiga katta xizmat qiladi.
Kursni tugatish ishining kirish qismida: o‘qitishda modulli yondashuvlar, uning dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari, kursni tugatish ishining predmeti va ob’ekti, kursni tugatish ishining amaliy ahamiyati yoritilgan.
Kursni tugatish ishining birinchi bobida chizma geometriya fanini o‘qitishning nazariy masalalari yoritilgan bo’lib, bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interaktiv ta’limning shakllari keng yoritilgan. Kursni tugatish ishining ikkinchi bobida “Sirtlarning yoyilmalarini yasash usullari” moduli yuzasidan o‘quv-metodik ishlanmalar ishlab chiqilgan.
Kursni tugatish ishi Maxmudova Firuza tomonidan mustaqil bajarilgan va tugallangan ish hisoblanadi. Shularni inobatga olib, mazkur kursni tugatish ishini himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar Katta o’q. Vohidov A
Download 16,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish