Telefonda so‘zlashish madaniyati. Undan hamma ham xabardormi?



Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi296,2 Kb.
#97770
Bog'liq
Telefonda-sozlashish-madaniyati



Telefonda so‘zlashish madaniyati. Undan 

hamma ham xabardormi?

 

        


Ha, do‘stlar, bugun telefon chaqaloq bolaning 

ham qo‘lida bor. Ammo undan to‘g‘ri foydalanishni, 

telefon orqali suhbatlashish odobini chaqaloq u 

yoqda tursin, katta yoshli aka-opalarimizning ham 

yaxshi bilaman, deya olmaydi. Shunday ekan, quyida 

keladigan «etiket» – madaniyat talablari bilan 

tanishib chiqish hech kimga ortiqchalik qilmaydi. 

 

Birovga qo‘ng‘iroq qilish qoidalari

 

1. Kech soat 9:00 dan to tonggi 6:00 gacha 



qo‘ng‘iroq qilish yaxshi emas. Agar oldindan 

kelishilgan bo‘lsa, bu boshqa gap. 

 

2.  Agar  ikkinchi  liniyaga  tushib  qosangiz 



–  qo‘ng‘iroq  qilinayotgan  inson  telefoni  band  bo‘lsa, 

«ikkinchi  liniyaga  tushib  qoldingiz»  degan  so‘zlar  yangrashi  bilan  qo‘ng‘iroq  qilishni  to‘xtating, 

madaniyatli odam o‘zi qaytib sizga qo‘ng‘iroq qiladi. Mabodo qilmasa, 5-10 daqiqadan keyin qayta 

qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, chunki odatda telefonda suhbat besh daqiqadan oshmaydi. 

3.  Qo‘ng‘iroq  qilib  tusha  olmasangiz  («tarmoq  band»,  «abonent  xizmat  doirasida  emas»  va  b.), 

imkon  bo‘lganda  telefon  qilishini  so‘rab  SMS  yuboring.  Qoidaga  ko‘ra,  albatta  sizga  qo‘ng‘iroq 

qiladilar. Yoki 5-10 daqiqadan so

‘ng o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling. 

4.  Agar  narigi  tomondan  qo‘ng‘iroq  uzib  qo‘yilsa  yoki  telefon  ko‘tarilmasa,  demak  u  odam  band 

yoki  telefonda  gaplasha  oladigan  holatda  emas  (darrov  u  haqda  yomon  fikrga  borishning  hech 

keragi yo‘q). Agar juda shoshilinch gapingiz bo‘lsa, SMS yozib yuboring – imkoni bo‘lishi bilan o‘zi 

qo‘ng‘iroq qiladi yoki, xuddi avvalgi holatlardagidek, keyinroq qo‘ng‘iroq qiling. 




5.  Necha  marta  urinib,  axiyri  ulana  olsangiz  (balki,  baxtingiz  chopib  bittadayoq  ulanarsiz 

–  uyali 

aloqa operat

orlarimiz omon bo‘lishsin), avvalo salom bering va suhbatdoshingiz gaplasha oladimi 

– shuni aniqlang. 

6. Yuqoridagi qoidalarga barcha insonlar, barcha holatlarda rioya etishlari lozim, hatto qo‘l 

ostingizdagilarga, uka-

singillaringizga qo‘ng‘iroq qilganingizda ham! 

 

Qo‘ng‘iroqqa javob berish qoidalari

 

1. Albatta salomlashing! 



2. Agar band bo‘lsangiz, muloyim suratda suhbatdoshingizni bu haqda  ogohlantiring va keyinroq 

qo‘ng‘iroq qilishini so‘rang (yoki o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingizni ayting – bu holatda ehtiyot bo‘ling: 

keyin esingizdan chiqib qolmasin!) 

3.  Uchrashuvda  bo‘lsangiz,  aslo  qo‘ng‘iroqqa  javob  bermang  –  bu  bevosita  oldingizda  o‘tirgan 

suhbatdoshga  nisbatan  hurmatsizlik  bo‘ladi.  Agar  shoshilinch  qo‘ng‘iroq  bo‘lsa,  unga  javob 

berishdan  oldin  suhba

tdoshingizdan  uzr  so‘rang.  Nima  bo‘lganda  ham,  eng  yaxshisi  «Men 

uchrashuvdaman, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman» qabilidagi tayyor SMSni yuborgan ma’qulroq. 



Telefonda gaplashish qoidalari

 

1. O‘zimning boshimdan o‘tgan va menga ko‘p marta pand bergan holat: Hech QACHON telefon 



orqali telefon raqamini, elektron pochta manzilini, sayt nomi yoki pochta manzilini aytmang! 

Bunday ma’lumotlarni SMS, messenjer (M-agent, Vatsap va b.) orqali yuborgan ma’qul. Chunki, 

birinchidan, og‘zaki aytilganda suhbatdosh xato eshitishi tabiiy. Ikkinchidan, yozma ravishda 

yuborilgan ma’lumotni istalgan payt qayta ko‘rib, foydalanish mumkin bo‘ladi. 

2.  «Uzr»  va  «rahmat»  so‘zlari  doimo  tilingiz  uchida  tursin.  Chunki  bu  so‘zlar  quloqqa  yoqimli 

eshitiladi. 

3.  Gapni  kalta  qiling.  Lo‘nda,  tushunarli  gapiring.  Chunki  siz  suhbatdoshingiz  telefonning  u 

tomonida qanday holatda, qanday sharoitda turganligini bilmaysiz. 

 



  

4.  Tasavvur  qilish,  hisoblab  chiqish,  o‘ylab  ko‘rish  kerak  bo‘lgan  murakkab  narsalar  haqida 

telefonda so‘zlashmang. Sizning o‘zingizga bu oson ko‘rinsa ham, butunlay boshqa joyda, boshqa 

vaziyatda turgan odam uchun gapingizni tushunish qiyin bo‘ladi. 

5.  Kim  bo‘lmasin,  suhbatdoshni  telefon  orqali  urushmang.  Yaxshisi  yuzma-yuz  uchrashishni 

kelishib oling va real uchrashuvda gaplashib oling. 

6. Murakkab vazifalarni telefon orqali topshirmang, og‘irroq yoki nozikroq ishlarni bitkazib berishni 

iltimos  qilmang.  Buning  uchun  elektron  pochtadan,  yozma  messenjerlar  yoki,  eng  yaxshisi, 

bevosita uchrashuvdan foydalaning. 

7.  Suhbat  davomida  tabassum  qilishni  unutmang 

–  buni  suhbatdoshingiz  ko‘rmasa  ham,  albatta 

his etadi. 

8. Oxirgi qoida 

– suhbat uzilib qolsa, kim avvalda qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, o‘sha qayta qo‘ng‘iroq 

qiladi. 

Mana shunday sodda qoidalar. Ularga rioya etsak, o‘zimizni telefonda suhbatlashish madaniyatiga 



ega, deb hisoblasak bo‘ladi. Barchangizga yoqimli suhbatlar tilab qolaman. 

 

Download 296,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish