O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
“ TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ” FAKULTЕTI
4 - BOSQICH TT-12-18S GURUH TALABASINING
“ Optik aloqa asoslari“ fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi : Musayev S.
Qarshi - 2022
Mavzular:
Optik aloqa tizimlarining liniya kodlari
Optik kommutatorlar va modulyatorlar
Optik multipleksorlar va demultipleksorlar
Optik aloqa tizimlarining liniya kodlari
Reja
Liniya kodining parametrlari
2V4V kodini shakllanishi
5V6V sinfini kodli kombinatsiyalari
Liniya kodining parametrlari optik tola parametrlari bilan moslashgan boʻlishi kerak. Raqamli elektr impulslar optik nurlanish (optik tashuvchi) jadalligi yoki quvvatini modulyatsiyalab, raqamli optic signallarning liniya kodini shakllantiradi. Optik liniya kodi elektr liniya kodlaridan farqli ravishda bir qutbli boʻladi.
Optik liniya kodlariga bir qator talablar qoʻyiladi:
1. Raqamli TOA tizimlari liniya kodlarining tuzilishi taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signal tarkibidan taktli chastotani osongina ajratib olishni taʼminlashi kerak.
2. Liniya kodining tuzilishi aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalari sozligini nazorat qilishni, uzatish sifatini va yukori shovqin bardoshlilikni taʼminlashi kerak.
3. Shovqin va dispersiya buzilishlarini kamaytirish uchun optik liniya kodining energetik spektri iloji boricha tor boʻlishi kerak. Spektr orali½i qancha keng boʻlsa, shoqin sathi shuncha ortadi va aksincha.
4. Liniya kodining energetik spektri tarkibida doimiy tashkil topuvchilar boʻlmasligi kerak. Bu TOA tizimlari liniya trakti qurilmalarining kuchlanish taʼminotini yuqori aniqlikda oʻrnatish kerakligi bilan tushintiriladi. Simvollararo xalaqitlarni kamaytirish maqsadida past chastotali sohalarda chatota orali½i chegaralangan boʻlishi kerak.
5. Shuningdek, simvollararo xalaqitlarni kamaytirish uchun energetic spektri yuqoridan chegaralangan boʻlishi zarur.
6. Optik liniya kodi koder va dekoder qurilmalari soddalashuvini taʼminlashi kerak.
Yuqorida keltirilgan talablarning toʻliq hajmdagi yi½indisiga hech qaysi kod javob bermaydi. Shuning uchun qoʻyiladigan talablarga bo½liq holda TOA tizimlarida turli kodlardan foydalaniladi.
TOA tizimlari apparaturalarida qoʻllaniladigan boshlan½ich kod NRZ (non return to zero – nolga qaytmaslik) kodi hisoblanadi. NRZ kodining spektrida taktli chastotaning diskret tashkil etuvchilarini boʻlmasligi sababli taktli chastota ajratgich qurilmasi murakkablashadi va regeneratorning qabul qilish qurilmalarini sinxronizatsiyasi qiyinlashadi.
Barcha optik kodlar blok koʻrinishida boʻlib, ularda boshlan½ich NRZ kodining har bir “m” impulsidan liniya optik kodining “n” impulse shakllanadi. Bunda har doim n>m boʻlib, ortiqcha impulslar liniyaga uzatiladi. Bu liniya kodida ortiqlik deyiladi. Bunday kod mVnV deb belgilanadi, bu yerda “V” (Binary – ikkilik) boshlan½ich va liniyaga uzatiladigan kodlarni ikkilik kodi ekanligini bildiradi. Liniya kodi boshlan½ich kodni uzatishga ketadigan vaqtda uzatilishi kerak. Signallarni liniyaga uzatish tezligi
bu yerda f l – liniya kodi impulslarining ketma – ketlik chastotasi; fm-boshlan½ich kod impulslarining ketma–ketlik chastotasi.
Bunda shuni alohida belgilab oʻtish kerakki, uzatish tezligi oshish bilan liniya kodi n impulslarining ortiqligi kamayishi kerak. Chunki uzatish tezligi ortishi bilan apparaturalar murakkablashadi va liniyada dispersiya oshadi. Turli optik kodlarni koʻrib chiqamiz. 1V2V kodlar. Bu sinfdagi kodlar sodda boʻlib, boshlan½ich kodlarga nisbatan liniyaga uzatiladigan impulslar soni 2-marta oshiq. BI-L (absolyut biimpuls) kodi ham 1V2V sinfidagi kodlarga kiradi. BI-L kodining shakllanishi 7.11–rasmda koʻrsatilgan. Rasmdan koʻrinib turibdiki, boshlan½ich NRZ kodidagi nollar oʻrniga BI-L kodida bir va nollar almashinib, ketma – ket uzatiladi. Bu bilan shovqindan himoyalanganlik ortadi. 1V2V kodlaridan eng koʻp qoʻllaniladigani CMI kodidir. CMI kodi filtr yordamida taktli chastotani ajratish imkoniyatiga ega boʻlgan oddiy koddir. Bunday imkoniyat yarim taktli 1,5*fm chatotada energetik spektrning maksimal ekanligiga bo½liq. Bunday kodlarda boshlan½ich “1” simvoli 11 va 00 bloki koʻrinishida, boshlan½ich “0” simvoli esa 01 (yoki 10) koʻrinishida kodlanadi. 11 va 00 navbatma – navbat oʻzgarishi xatoliklarni aniqlashga yordam beradi.
NRZ dan BI-L kodiga oʻzgartirish
2V4V kodlari. Bu sinfdagi kodga PIM pozitsion – impuls modulyatsiyali kod kiradi. Bunda boshlan½ich 00, 01, 10, 11 kodlardan mos ravishda 1000, 0100, 0010, 0001 liniya kodlari shakllanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |