Tema: Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari inventarizatsiyasining xususiyatlari Kirish



Download 39,93 Kb.
bet1/4
Sana03.05.2023
Hajmi39,93 Kb.
#934681
  1   2   3   4
Bog'liq
Амир


Tema: Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari inventarizatsiyasining xususiyatlari
Kirish
1)Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari hisobini tashkil qilish asoslari
2)Avtomobil yoqilg’ilarining hisobi
3)Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari inventarizatsiyasining xususiyatlari
Yakunlash
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari hisobini tashkil qilish asoslari
Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralariga quyidagilar kiradi: - yoqilg’i - benzin, solyarka, suyultirilgan gaz, siqilgan tabiiy gaz; - yog’lash materiallari - aftol, solidol, litol va boshqalar; - ehtiyot qismlar va agregatlar-dvigatel, akkumulyator, avtoshina, ressorlar, porshin, gilza va boshqalar; - xo’jalik inventarían - turli oichamli kalitlar, domkratlar, maxsus kiyim-kechaklar, xalatlar, poyafzal va boshqalar; - boshqa materiallar-temir-tersaklar, simlar, bo’yoqlar, doka, bo’z va boshqa xilma-xil materiallar. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari hisobini to’g’ri va o’z vaqtida yuritishning muhim shartlaridan biri bo’lib ombor xo’jaligi, ustaxona (sex), garaj, avtomobillarga yoqilg’i qo’yish shoxobchasi (AYOQSH) va boshqa yordamchi bo’linmalar ishini rasional tashkil qilish hisoblanadi. Avtotransport korxonalarining ombor xo’jaligi deganda ehtiyot qismlar va agregatlar, xo’jalik inventarían hamda boshqa materiallaring saqlash joylari tushuniladi. Ustaxona (sex)lar-ATVlari ta’mirlash, ularga turli agregatlari yasash va o’matishga ixtisoslashgan yordamchi boiimlar. Garaj -ATVlaring turishi va saqlanishi uchun mo’ljallangan joy yoki qurilmalar. Avtotransport korxonada garajlar ochiq, yarim ochiq (ayvon) hamda yopiq ko’rinishli bo’lishi mumkin. Har bir garaj o’zining tartib raqamiga ega bo’ladi, chunonchi, ularing peshtaxtasiga ATV ning davlat belgisi raqami yozib qo’yiladi. AYOQSH deganda avtotransport korxonasi maydonida alohida ajratilgan yer maydonida joylashgan hamda maxsus qurilmalar (yer osti va yer ustidagi sistemalar, yoqilg’i quyuvchi avtomatlar va boshqalar) bilan jihozlangan yordamchi xo’jalik tushuniladi. Bu xo’jalik belgilangan barcha tegishli xavfsizliklar, chunonchi, inson hayoti xavfsizligi, ATVlaring texnik xavfsizligi talablariga to’liq javob berishi lozim. AYOQSHlarga o’matilgan sistemalar va bochkalaring hajmlari, ularga ketadigan yoqilg’ining sig’imlari individual tarzda maxsus shkala (jadval) bilan belgilanadi. Ushbu shkala (jadval) korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Sistemalar va bochkalaring sig’imiga doir ma’lumotlar ularga ochilgan inventar kartochkalarda ko’rsatiladi.
Avtotransport korxonalari rahbarlari ishlab chiqarish zaxiralari saqlanadigan va ishlatiladigan barcha xo’jaliklar bo’yicha qatiiy moddiy javobgarlikni o’matishlari, chunonchi, ombor mudirlari, ustaxona (sex) boshliqlari, AYOQSH mudiri vaboshqalar bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzishi lozim. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining soniy va summaviy hisobi yuritiladi. Chunonchi, ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylarida (ombor, ustaxona, sex, AYOQSH) ularing soniy hisobi olib boriladi. Buning uchun turli hisob registrlari (kartochkalar, jumallar, qaydnomalar)ning namunaviy shakllaridan foydalaniladi. Avtotransport korxonalarining buxgalteriyasi barcha ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik vatahliliy hisobini yuritadi. Respublikamizning 21 -son BHMS «Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriyahisobi schotlar rejasi va uni qoilash bo’yicha yo’riqnoma»ga muvofiq avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining sintetik hisobi 1000 «Materiallari hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda olib boriladi. Bunday schotlar, chunonchi, 1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar», 1030 «Yoqilg’i», 1040 «Ehtiyot qismlar», 1080 «Inventar va xo’jalik buyumlari» 1090 «Boshqa materiallar» schotlari hisoblanadi. Ushbu doimiy aktiv schotlaring debetidategishli nomdagi ishlab chiqarish zaxiralarining davr boshi va oxiridagi qoldig’i hamda ularing turli manbalardan kelib tushishi evaziga ko’payishi aks ettiriladi. Bu schotlaring kreditida ishlab chiqarish zaxiralarining ishlatilishi va boshqa chiqimlari ko’rsatiladi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq avtotransport korxonalarining barcha turdagi ishlab chiqarish zaxiralari yuqorida nomlari keltirilgan schotlarda ularing tannarxi bo’yicha hisobga olinadi. Ushbu BHMSga asosan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularing sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olish va tashib keltirishga doir barcha qo’shimcha xarajatlari oladi.
Sotib olishda ta’minotchilarga to’langan QQS summasini ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxiga kiritilishi yoki kiritilmasligi avtotransport korxonalari ishlayotgan soliq rejimiga bogiiq. Chunonchi, umumdavlat soliqlarini toiovchi avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta’minotchilarga to’langan QQS summasi ularing tannarxiga kiritilmaydi, balki budjet bilan hisob-kitoblarda kamaytirishga olib boriladi. Bundan faqatgina shahar yoiovchi transporti xizmatlariga sarflangan ishlab chiqarish zaxiralariga to’g’ri keluvchi QQS summasi istisnodir. Buturdagi avtotransport xizmatlariga sarflangan yoqilg’ i moylash materiallari, ehtiyot qismlar vaboshqamateriallargato’g’ri keluvchi QQS summasi budjet bilan hisob-kitoblarda kamaytirishga olib borilmaydi, aksincha ularga to’g’ri keluvchi QQS summasi ishlab chiqarish zaxiralari tannarxiga hamda mos ravishda ko’rsatilgan xizmatlar tannarxiga kiritiladi. Yagona soliq to’lovi rejimida faoliyat yurituvchi avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta’minotchilarga toiangan QQS summasi to’lig’icha ishlab chiqarish zaxiralari tannarxiga kiritiladi. Ishlab chiqarish zaxiralari hisobini yuritishda ular qiymatini hisobdan chiqarishning tanlab olingan usuli muhim rol o’ynaydi. Chimonchi, FIFO (birinchi tushum-birinchi chiqim) usulda ishlab chiqarish zaxiralari qanday qiymatda kirim boigan boisa, o’sha qiymatda kelib tushish ketma-ketligi bo’yicha hisobdan chiqarib boriladi. Agar avtotransport korxonasida AVECO usuli tanlab olingan boisa, u holda ishlab chiqarish zaxiralarining hisobdan chiqarilishida dastlab ularing o’rtacha qiymati (tannarxi) topib olinadi va o’sha qiymat (tannarx) bo’yicha ular hisobdan chiqariladi. Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari ishlab chiqarish zaxiralarining hisobdan chiqarilishida LIFO usulini qoilash respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq ta’qiqlangan. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarining tahliliy hisobi moddiy javobgar shaxslar, ushbu boyliklarning tasdiqlangan nomenklaturalari, ularing kirim qiymatlari (baholari) bo’yicha yuritiladi.



Download 39,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish