Terining virusli kasalliklari virusli dermatozlar



Download 39,66 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2022
Hajmi39,66 Kb.
#673355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Terining virusli infeksiyalari

K l i n i k a s i. Yuz, ikki ko‘z atrofi, bo‘yin, ko‘krak, qo‘l panjasi, qorin sohasi, jinsiy a'zolarning ko‘z ilg‘a- maydigan terisida, ba'zan badan terisining kattagina qismida yasmiqdek keladigan mayda-mayda tugunchalar paydo bo‘ladi. Bu tugunchalar sog‘lom teri rangida, o‘rtasida kindikka o‘xshab bosilgan yassi shaklda berch bo‘lib, og‘rimaydi. Ikki yon tomondan siqib ko‘rilsa, mollusk tanachalari deb ataladigan muguzlangan epi- teliy hujayralaridan iborat bo‘tqasimon massa chiqadi. Ba'zilari teri sathidan sal osilibroq turadi, uni oyog‘ida o‘tirgan molluska tugunchalari deyiladi. Ba'zan tugun- chalar bir-biri bilan qo‘shilib, katta-kichik mollusklar hosil qiladi.
Tashxisi. Tashxis tez va aniq qo‘yiladi, odatda uni o‘smirlar so‘galiga taqqoslanadi. Yuqumli mollusk tugun- chalari anatomik pinsetda qattiq siqib ko‘rilganda, ichi- dan suzmaga o‘xshash massa ajralib chiqadi; mikroskopda ko‘rilganda, katta-katta oval protoplazmasida kiritmalari bor hujayralar topiladi (molluskli tanachalar). O‘smirlar so‘galining o‘rtasida kiprikka o‘xshash botiqlik bo‘lmaydi; yuqumli mollusk qo‘l-oyoq kaftlari hamda tovonda uch- ramaydi.
D a v o s i. Tugunchalar pinset bilan siqib tashlanadi yoki o‘tkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olinadi; o‘rni 2—3 % li yod eritmasi bilan artiladi. 3 % li oksolin, interferon malhamlari surtiladi. Ba'zan diatermokoagulatsiya, krioterapiya qo‘llaniladi. Kasallikning oldini olish maqsadida uni vaqtida aniqlash va davolash muhim.
O‘tkir uchli kandiloma
O‘tkir uchli kandiloma teri va shilliq qavatlarning doi- miy ishqalanadigan qismlarida paydo bo‘ladigan so‘gal- simon o‘smalar.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Popova guruhiga mansub papullomatoz akantomatoz filtrlanuvchi virusidir. U o‘zi- ning ko‘p belgilari bilan oddiy va o‘rab oluvchi uchuq virusiga o‘xshab ketadi. 0haxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, surunkali nospetsifik yallig‘lanish, trixomonoz, kandidoz, xlamidioz, ureaplazmoz kabi kasalliklar o‘tkir uchli kandilomaning avj olishiga sabab bo‘ladi. Jinsiy mu- loqot vaqida ham yuqib qolishi mumkin. Bu kasallik bilan, aksariyat 20—40 yoshdagilar va undan kattalar kasallana- dilar, bolalarda juda kam kuzatiladi. Inkubatsion davri 7— 8 haftadan 9—10 oygacha davom etadi.

Download 39,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish