Termiz davlat universiteti 5A 111701-ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi II bosqich magistranti shoymurodova sabohatning



Download 17,59 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi17,59 Kb.
#756338
Bog'liq
Tashqi taqriz


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 5A 111701-TA`LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (BOSHLANG`ICH TA`LIM) MUTAXASSISLIGI II BOSQICH MAGISTRANTI SHOYMURODOVA SABOHATNING “BOSHLANG’ICH SINF ONA TILIDAN TAKRORLASH DARSLARINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI” MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA
T A Q R I Z
Vatanimizda hayotning barcha sohalarida boʻlgani kabi ta‘lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta`lim to`g`risidagi qonunning yangi tahririda ishlab chiqilishi va umumiy o‘rta taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar bunga yorqin misol boʻla oladi.
Hozirgi kunda ta'lim sohasida fan va texnikaning soʻnggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audiovizual, telekommunikatsiya va axborot kommunikatsion texnologiyalarning qoʻllanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda Boshlang’ich sinf ona tilidan takrorlash darslarida innovatsion metodlardan foydalanish orqali talim sifati ham ortadi. O`quvchilarning egallagan bilimlarining puxtaligi va ta’lim sifati ham yanada ortmoqda.
Shu sababli ona tili darslaridan takrorlash darslarini shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanish boshlangich sinf o‘qituvchilari uchun ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi.
Shoymurodova Sabohatning “Boshlang’ich sinf ona tilidan takrorlash darslarini shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanish usullari“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, sakkiz band, har bir bob oxirida xulosa, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalangan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.
Dissertatsiyaning 1- bobi “Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil qilishning umumiy masalalari” deb nomlanadi. Magistr mazkur bobda davlat taʼlim standartlari asosida boshlang’ich taʼlim ona tili darslarini tashkil etish, boshlang’ich sinf ona tili fanining mazmun va mohiyati, takrorlash darslari va uning turlari to‘g‘risida fikr yuritgan.
Shuningdek, boshlang’ich sinf ona tili darslarida takrorlash darslarini shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari uning mohiyati va dars mashg`ulotlarida innovatsion metodlardan foydalanishni ilmiy jihatdan asoslangan.
Dissertatsiyaning 2-bobi “Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion metodlardan foydalanish” deb nomlanib, ushbu bobda boshlang‘ich sinf ona tili darslari samaradorligini oshirishda innovatsion metodlardan foydalanish hamda I-IV-sinflarda ona tilidan takrorlash darslarini shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanish usullari va dars samaradorligiga ta’siri haqida fikr-mulohazalar keltirilgan.
Dissertatsiyaning 3-bobi “Takrorlash darslarini tashkil qilishda olib borilgan tajriba-sinov natijalari tahlili” deb nomlanadi. Mazkur bobda dissertatsiyaning vazifalari oldiga qoʻyilgan masalalarning amaliy samaradorlik natijalari tahlil etilib, boshlang’ich sinf ona tili darslarida tajriba-sinov ishlari samaradorligi ularni tashkil etish va oʻtkazish metodikasi, tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning samaradorlik koʻrsatkichlari yoritilganligi diqqatga sazovordir.
Dissertatsiyada yuqoridagi yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan:
1. Dissertatsiya matnlarida ayrim imloviy xatolar koʻzga tashlanadi.(23, 42, 55 betlar)
2. Ushbu dissertatsiya ishi yanada samaradorligini oshirishga qaratilgan taʼlimiy axborot dasturlarini qoʻllashga oid turli zamonaviy tadqiqotlarning qiyosiy tahlili va ulardan foydalanish imkoniyatlari koʻrsatilganda maqsadga muvofiq boʻlar edi. Yuqoridagi koʻrsatilgan kamchiliklar ishning umumiy mazmuniga taʼsir koʻrsatmaydi.
Shularni inobatga olgan holda, Shoymurodova Sabohat O’rolovna “Boshlang’ich sinf ona tilidan takrorlash darslarini shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanish usullari“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi dolzarb muammoga baʼgishlangan, tugallangan, mustaqil bajarilgan ilmiy ish ekanligini eʼtirof etaman. Mazkur tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyalariga qoʻyilgan talablarga javob beradi va uni himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi:
Termiz davlat universitetining
Pedagogika instituti
Download 17,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish