II BOB
Ikkinchi imperiyaning ijtimoiy mohiyati
1851 va 1852 yillardagi ikkita davlat to'ntaruvi natijasida Fransiyada burjuaziyaning favqulodda hukumronligiga asoslangan Napoleon III boshchiligida ikkinchi imperiya tashkil topdi. Bu ochiqdan-ochiq harbiy -burjuaziya diktaturasi edi.
Fransiyada Bonapartlar hukumronligi o'rnatilishi birinchi marta XVIII asr frantsuz. burjua inqilobidan so'ng mamlakatda xalq ommasi va burjuaziyaning o'zaro ko'rashi natijasida zaiflashgari, inqilobdan ortiqcha tashvishga tushgan burjuazivaning mustahkam hokimiyatga bo'lgan zaruriyati va dehqonlarning qo'llab-quvvatlashi natijasida Napoleon 1 hokimiyatga kelishi bilan yuz bergan edi.
Shundan so'ng bo'lib o'tgan liklanish davriga qararnasdan Fransiyaning mustamlak alar dan mabrum bo'lishi va Angliya tomonidan raqobatning kuchayishi uning taraqqiyotini to'xtatib qo'ydi. Ammo XVIII asr franlsuz burjua inqilobining ahamiyati shu qadar buyuk ediki, u juda qisqa vaqt ichida mamlakatni Yevropa qit'asidagi ilg'or mamlakatlar qatoriga olib chiqdi va shuning uchun ham Fransiyada kapitalizmning ziddiyatlari boshqa mamlakatlarga qaraganda kuchliroq namoyon bo'ldi. 1848 yil iyun voqealarida ushbu vaziyat yaqqol ko'zga tashlanadi. 1848 yil inqilobi maglubiyatga uchragandan so'ng frantsu/ burjuaziyasi o'zining hukmronligini saqlab qolish uchun davlat mashinasini yangidan kuchaytirishga harakat qilib, juda ayyor va shu bilan birga katta ta'sirga ega bo'lgan Napoleon III nomzodini ko'tarib chiqdilar. Napoleon Bonapart davridagi kabi dehqonlar yana ushbu nomzodni qo'lladilar. Napoleon I ning jiyani Lui Napoleon III nomi bilan Fransiya taxtiga o'tirdi.
Napoleon III burjuaziya hukumronligini ta'minlagan holda, uning har qanday talab va istaklarini bajarishga harakal qildi. O'z navbatida burjuaziyaning yuqori doiralari- bankirlar. sudxurlar, yirik yer egalari, sanoat burjuaziyasi Napoleon III ning asosiy tayanchlari edi.
Kapitalning kontsentratsiyalanish jarayoni juda tez borib, XIX asrninig 60- yillarida bankir Rotshild va zavodchi Shncyder kabi arximillionerlar paydo bo'ldi. Ular Fransiya boyliklarining aksariyat qismini o'z qo'llarida jamlab olgan edilar. Krezo shahrida Shneyderning butun Fransiyadagi eng yirik to'p ishlab chiqaruvchi va temir quyuvehi zavodlari mavjud edi. Napoleon III davrida Shneyder Qonun ehiqaruvchi korpus deb ataluvchi Quyi palataning raisi edi. Xuddi shunday, yirik bankirlar Fuid va Rotshildlar ham juda katta tasirga ega edilar.
Napoleon III va uning davlat apparati yirik bankirlar, temir yo'l egalari va sanoat qirollariga tobc edi. Imperator muhim davlat lavozimlariga Fransiyaning boshqarish organlariga mmistrlar, senatorlar, davlat kengashi a'zolari, merlar, kommuna, kengashlarining raislarini va boshqa davlal arboblarini tayinlar edi. 1852 yi! konstitutsiyasiga muvofiq quyi palata umumiy saylov asosida saylanardi. Quyi palata -Qonun chiqaruvchi korpusning mavjudligi ikkinchi imperiya davrida parlament tizimining borligiga asos bo'la olmaydi. U Napoleon III ga bo'ysunuvchi va hech qanday qonun chiqaruvchi tashabbusga ega bo'lmagan oddiy palata edi. Barcha dcputatlar va denutatlikka nomzodlardan impcriyaga sodiqlik to'g'risida qasamyod talab qilinar edi. 1848-1849 yillardagi Fransiyadagi inqilobiy voqcalardan vahimaga tushgan burjuaziya Napoleon III davrida politsiya-byurokratik va harbiy apparatni kcngaytirdi. Frantsuz armiyasi tarkibidagi askarlar va zobitlarning soni 400 ming kishiga, ma'muriy apparatdagi amaldorlarning soni esa 500 ming kishiga etdi. Napoleon III nafaqat armiya va politsiyaning, balki 40ming kishilik katolik ruhoniylar va 50 ming kishidan iborat monarxiyachiiarning kuchiga ham tayandi.
1 Tarle Ye. V., Napoleon, M., 1957
Do'stlaringiz bilan baham: |