Termiz davlat universiteti tarix fakulteti


Ikkinchi mavzu. O‘zbekiston Respublikasi milliy



Download 1 Mb.
bet6/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

Ikkinchi mavzu. O‘zbekiston Respublikasi milliy

siyosatining asosiy tamoyillari
Insoniy fazilat an’analari qadimdanoq aynan Sharq xalqlariga xos hususiyat bo‘lib, u hozirgi davrgacha avlodlar tomonidan saqlanib, davom etib kelmoqda. IX asr oxiri X asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan mashhur olim Abu Nasr Farobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” kitobida shunday deb yozgan edi: “Haqiqiy saodatga erishish yo‘lida bir-biriga yordamlashish uchun odamlarni birlashtiruvchi shahar fozillar shahridir va saodatga erishish uchun bir-biriga yordamlashish maqsadida birlashgan kishilar jamiyati – fozil jamiyatdir. Yaqin kishisi uchun va barcha shaharlar yaxshi fazilatli bo‘lishi uchun hech narsani ayamaydigan xalq, millat yaxshi fazilatli xalq, yaxshi fazilatli millatdir”.

Dunyo halqlari va mamlakatlari o‘zlarining tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida turli moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratib, o‘ziga xos sivilizatsiyalarga asos solganlar. sivilizatsiyalarning benihoya xilma-xilligi ular rivojlanish bosqichlariga bo‘linishi, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy muhitning xususiyatlari bilan, iqlim sharoitlari, tabiiy-jug‘rofiy joylashish, xo‘jalik yuritish usullari va shu kabi shart-sharoitlar bilan bog‘liq edi. Biz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xalqlarning va asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan aholining hududlararo munosabatlari qanday vujudga kelib, rivojlanganligi misolida ana shunday bog‘liqlikni kuzatishimiz mumkin. Tarixdan ma’lumki, xalqlar o‘rtasidagi xilma-xil munosabatlar, xo‘jalik yuritishning turli shakllari va moddiy-ma’naviy sohaning omillari G‘arbga nisbatan Qadimiy Sharqda ancha erta paydo bo‘lib, rivojlana boshlagan. Buning uchun Qadimgi va O‘rta asr dunyo tarixini esga olishning o‘zi kifoya qiladi. Ana shu tarixdan ma’lumki, xo‘jalik yuritishning muayyan shakllarini, kundalik turmushning ba’zi urf-odatlari, an’analarini G‘arb xalqlari Sharq xalqlaridan o‘rganganlar.

Qadimgi manbalarning dalolat berishicha, dehqonlar bilan chorvadorlar o‘zlarining madaniyat va xo‘jalik sohasidagi yutuqlaridan bir-birlarini bahramand qilganlar, bir-birlari bilan doimiy aloqa qilib turganlar. Ikkala hudud aholisining doimiy etnik, iqtisodiy va tarixiy-madaniy munosabatlari keyingi davrda o‘z natijalarini berdi. Temir davrida jamiyat o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi: ikkala hudud sohiblarining madaniyat va xo‘jalik sohasidagi faoliyati qo‘shni xalqlarning ta’siriga qo‘l keladi va o‘zi ham qo‘shnilarning madaniy rivojlanishiga ta’sir o‘tkazadi. Bu jarayonlar ayrim holatlarda tinch yo‘l bilan davom etdi (qadimiy yo‘llar, savdo-sotiq va boshqalar) ayrim hollarda esa harbiy-siyosiy to‘qnashuvlar ham bo‘lib turdi (ko‘pchilik holatlarda ko‘chmanchilar o‘troq vohalarga hujum qiladilar). Mazkur o‘troq va chorvachilik qabilalarning munosabatlari oxir oqibatda jamiyatning rivojlanishini tezlashtiradi. Jez va temir davrlarida sivilizatsiyalar taraqqiyotining asosiy belgilari agrar xo‘jalik va hunarmandchilik yutuqlarida o‘z ifodasini topadi, bu davrga kelib sun’iy sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi. Chorvachilik va dehqonchilik xo‘jaliklari rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Xalqlarning ijobiy fazilatlari ildizlari qadimiy-tarixiy, madaniy munosabatlarda boshlanganligini tasdiqlovchi misollar topar ekanmiz, bu jarayonda muayyan hududlardagi madaniyatlarning o‘zaro ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tmoq kerak. O‘rta Osiyo janubida va ularning hududiy qo‘shnilarida vujudga kelgan mahalliy sivilizatsiyalarning o‘zaro ta’siri ayniqsa muhim bo‘lgan.

O‘rta Osiyo janubida joylashgan Baqtriya (Balx) va Marg‘iyona (Marv) hududlari o‘lkamizdagi qadimgi sivilizatsiya makonlari hisoblanadi. Ularning madaniyatlari qanday paydo bo‘lgani haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan va bu masala xususida turlicha nuqtai qarashlar mavjud. Ko‘pgina tadqiqotchilar bu sivilizatsiyalarning bunyod bo‘lishini migratsiya jarayonlari bilan bog‘laydilar.

V.M.Massonning fikricha, Murg‘ob daryosi havzasida dastlabki qarorgohning paydo bo‘lishi, Sharqdan Kopetdog‘ etaklariga madaniyatning siljib kelishi bilan bog‘liqdir. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, Marg‘iyonadagi me’morchilik majmuasi Oltintepa qadimgi madaniyatiga oiddir. Olim Eronning shimoli-sharqidan kelgan guruhlar mahalliy aholi bilan til topishib ketganligini inkor qilmaydi. Olimlardan I. Masimov bilan A. Asqarov ham V. Massonning Kopetdog‘ etaklaridan boshlangan migratsiya jarayonlari Marg‘iyonaga, so‘ngra Baqtriyaga yoyilganligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar.

I.V. Sarianidi Janubiy Turkmaniston qabilalari Murg‘ob daryosi havzasini o‘zlashtirganlar deb hisoblasa ham, Baqtriya-Marg‘iyonadagi arxeologiya majmuasining xususiyatlari janubiy Turkmanistondagi Namozgoh V madaniyati bilan o‘xshash bo‘lmay, balki Erondagi o‘sha davr madaniyatiga nisbiy o‘xshab ketadi, deb hisoblaydi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarni qiyosiy tahlil etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin: Baqtriya va Marg‘iyona madaniyatlarining yo‘nalishlari mahalliy sharoitda yuzaga kelgan va mahalliy sivilizatsiyaning mahsuli bo‘lgan. Bu jarayonlarda qo‘shni hududlarda vujudga kelgan madaniy an’analarning muayyan ta’siri bo‘lganligini va mahalliy aholi o‘sha an’analarni o‘zlashtirib, o‘ziga xos yangi asosda rivojlantirganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur.

Chust Farg‘ona vodiysida eng yaxshi o‘rganilgan va mashhur joydir. Aholi orasida Buonamozor deb ataladigan bu qadimiy qishloqning vayronalari hozirgi Chust shahridan ikki kilometr shimolda G‘ovasoy sohilida joylashgan. Bu joyni 1950 yilda M.E. Vorones topgan. Mazkur yodgorlik avvaliga V.I. Sprishevskiy, so‘ngra Yu.A. Zadneprovskiy rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan o‘rganildi. Qazishmalar natijasida topilgan moddiy madaniyat buyumlari boshqa hududlarda topilgan buyumlardan ancha farq qilganligi sababli bu madaniyat fanda “Chust madaniyati” nomini oldi.

Chust madaniyati shakllangan davrda butun O‘rta Osiyo hududida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy-madaniy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu o‘zgarishlar Enasoy (Enisey) va Ural daryolari oralig‘ida yashagan aholi (Andronovo madaniyati) hamda Volga va Don daryolari oralig‘ida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalarning (Yagachbanda madaniyati) kelishi bilan bog‘liqdir.

Shimoldan kelgan bu qabilalar jez davrida O‘rta Osiyoning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Ayni shu davrda O‘rta Osiyo shimolidagi aholining bir qismi janubga siljib borgan, shimolda qolgan guruhlar esa daryolarning havzalarini, tog‘ yonbag‘rilaridagi soylar va buloqlarning sohillarini o‘zlashtirganlar. Bu qabilalar dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan yerlarda sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanishga o‘tganlar. Shu tariqa miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikning oxirlarida va birinchi ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyoning shimoli va sharqiy hududlarida qadimiy dehqonchilik markazlari shakllana boshladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha sivilizatsiya markazlari hali to‘la-to‘kis o‘rganib chiqilmagan bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilar ular o‘rtasida keng ko‘lamli tarixiy-madaniy aloqalar mavjud bo‘lgan va bu aloqalar ularning o‘zaro ta’sirini ta’minlagan, deb hisoblaydilar. O‘zaro aloqalar xususida shuni aytish kerakki, Shumer-Elom an’analari O‘rta Sharqdagi tarixiy sivilizatsiyalarning rivojlanishi uchun asos bo‘lgan. Bekatlardagi imoratlarning ma’muriy qurilish tarixida, sopol buyumlardagi afsonaviy manzaralarda, hunarmandlar yasagan ba’zi buyumlarda shuningdek, diniy marosimlarni o‘tkazishda madaniyatlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari eneolit (mis) davri jez davridan boshlab Hindiston sivilizatsiyasiga va O‘rta Sharq madaniyatiga kuchli ta’sir o‘tkazganligini tadqiqotchilar tasdiqlamoqdalar.

Jez davridan boshlab va so‘ng madaniy eskpensiya vaqtida urbanizatsiyaning rivojlanish miqyosi Janubi-g‘arbiy Tojikiston hududiga yoyilgan va u Shimoli-sharq tomonga yoyila boshlaganda Dasht chorvadorlari madaniyatiga duch kelgan. Bu hol mintaqadagi etnoslarning siyosiy jarayonlarini chigallashtira boshlagan. Dasht va o‘troq jamoalarning chegaradosh hududlarida mavjud tarixiy-madaniy asoslar madaniyatlarining o‘zaro ta’siri kuchaygan.

Xulosa tarzida shuni ta’kidlash lozimki, miloddan avvalgi 2 ming yillikning o‘rtalarida qadimiy Baqtriya hududida quyidagi sivilizatsiya turlari to‘rt tarafga yoyila boshlagan: Sopolli-dashli o‘troq dehqonchilik madaniyati (Sopolli tepa, Jarqo‘ton, Dashli, Mulloli, Bo‘ston, Tandirko‘l, Norak), aralash dehqonchilik madaniyati (ilk Gulxar, Garko‘l, Vaxsh, Maqoni-Mor, Otko‘l, Jarko‘l), Dasht madaniyati (Andronov, Qo‘rg‘ontepa) o‘tish davridagi dehqonchilik va chorvachilik madaniyati (Teguzon, Kangurtut, Qo‘shsoy).

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil etilganda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, shimoldagi chorvadorlar bilan janubdagi dehqonlarning o‘zaro munosabatlari jadal rivojlanishi (avvaliga iqtisodiy-madaniy aloqalar orqali, so‘ngra bevosita ekspansiya (yoyilish) va migratsiya (ko‘chish) orqali miloddan avvalgi 2-ming yillikda O‘rta Sharqdagi tarixiy-madaniy jarayonlarga sezilarli ta’sir o‘tkazdi va mazkur hududlarda yashovchi jamoalarning tarixiy taqdirini belgilashda muhim rol o‘ynadi.

Jez davrida O‘rta Osiyo hududida rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan tarixiy-madaniy mintaqalar mavjud edi, ularning harbiy quvvati bir xil emas edi. Ikki etnik madaniy tizimlar (o‘troq va ko‘chmanchi)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi har xil bo‘lganligi sababli ular o‘rtasidagi ziddiyatlar tobora murakkablashib bordi. Mazkur etnik madaniy tizimlardagi jo‘g‘rofiy-siyosiy aloqalar ijtimoiy-madaniy munosabatlar bilan bab-baravar rivojlanib bordi. Natijada O‘rta Osiyoning tarixiy-madaniy maydonida ijtimoiy tizimlarning qayta guruhlanish jarayonlari yanada jadallashdi. Ularning ba’zilari tanazzulga uchrab halok bo‘ldi, boshqalari qayta tiklana boshladi, uchinchilari qorishib ketib, yangi madaniy negizda rivojlana boshladi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida mazkur murakkab tarixiy-madaniy jarayonlar avvaliga Namozgoh, Oltintepa, Sopollitepa, Gomur, Mergar, Shahri So‘xta kabi dastlabki shaharsimon markazlar rivojlangan vaqtda sodir bo‘lganligi aniqlandi.

O‘zbekistonda sivilizatsiyaning shakllanib rivojlanishida, bag‘rikenglik an’analarining mustahkamlanib kuchayishida, savdo-sotiq va aloqa yo‘llarining ahamiyati katta bo‘ldi. Qadimiy yo‘llar muammolariga oid tadqiqotlar XIX asrning ikkinchi yarmidan shu kungacha davom etmoqda. Ana shu tadqiqotlar O‘zbekiston sivilizatsiyasi butun Sharq sivilizatsiyasi bilan bevosita bog‘liq ekanligini uzil-kesil tasdiqlab berdi.

O‘rta Osiyo qadimiy yo‘llarini o‘rganish uchun ko‘pgina tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan XIX asrning oxirlari va o‘tgan asrning boshlarida tadqiqotchilar o‘rta asr mualliflarining asarlaridan Balxdan Kesh va Samarqandgacha bo‘lgan qadimiy va boshqa yo‘nalishlardagi yo‘llarni bayon etilganini topdilar. Tadqiqot ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, ayrim qadimiy yo‘llaridan o‘rta asrgacha foydalanib kelingan.

O‘lkamiz hududida yashagan eng qadimiy xalqlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ko‘hna yozma manbalarda shu hududlarda istiqomat qilgan aholining iqtisodiy va madaniy aloqalari to‘g‘risida yetarlicha to‘liq ma’lumot bayon etilmagan. Shu sababli arxeologiya, etnografiya va antropologiya sohasidagi izlanishlarning ma’lumotlari g‘oyat ahamiyatlidir. Shu sohadagi ma’lumotlarni tahlil etish natijasida dehqonlar va chorvadorlar tomonidan O‘rta Osiyo hududidagi yerlarni o‘zlashtirish sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni o‘rganish imkoniyati vujudga keldi. Savdo-sotiq, mol ayirboshlash va madaniy aloqalarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hududdagi o‘zaro munosabatlar, jumladan, qadimiy yo‘llar va yo‘nalishlar tarixini o‘rganish ham g‘oyat ahamiyatlidir.

Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklardayoq O‘rta Osiyo hududi Qadimiy Sharqda vujudga kelgan va ko‘p hollarda ayni shu hududga xos bo‘lgan savdo-sotiq, mol ayirboshlash va madaniy munosabatlar tizimiga kira boshlagan edi. Shu paytda eng qadimiy yo‘llar paydo bo‘lishi natijasida sharq xalqlari o‘rtasida madaniy va iqtisodiy munosabatlar, xususan savdo-sotiq rivojlanganligi kuzatiladi. Masalan, miloddan avvalgi 4-3 ming yillikdayoq Janubiy Turkmaniston hududida loydan yasalgan dastlabki g‘ildiraklar, miloddan avvalgi 3-ming yillik o‘rtalariga kelib, xo‘kiz qo‘shilgan to‘rt g‘ildirakli aravalar paydo bo‘lgan. Dastlabki yuk tashish vositalari paydo bo‘lib rivojlanishi ichki hududda qishloq xo‘jalik va hunarmandchilik mahsulotini taqsimlash jarayonini jadallashtirish uchun yaxshi sharoit vujudga keltirganligini bu esa qadimiy yo‘llarda iqtisodiy va madaniy munosabatlar samadorligini oshirishga ko‘maklashganligini ta’kidlab o‘tmoq kerak.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jez davriga kelib O‘rta Osiyodagi yangi yerlarning aholi tomonidan o‘zlashtirilish jarayoni jadal tus oldi. Shu vaqtda O‘rta Osiyoda yashovchi ko‘pdan-ko‘p qabila va etnik guruhlar Qoraqum va Qizilqumning ichki qismidan Pomir va Oloyning yuqori mintaqalaridan tashqari butun hududni o‘zlashtirib bo‘lgan edilar. Shu hududdagi moddiy madaniyat umumiy tarzda olinganda ikki guruhga – chorvachilik xo‘jaligiga ega bo‘lgan Andronovo tarixiy-madaniy jamoasi (Ijtimoiy zona)ga va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Namozgoh tarixiy-madaniy jamoasi (Janubiy zona)ga bo‘linar edi. Ular o‘rtasida va ularga qo‘shni bo‘lgan hududlar bilan qadimiy yo‘llar orqali turli sohalarda aloqa qilib turilar edi. Bu aloqalar chorvadorlar bilan o‘troq aholi o‘rtasida savdo ayirboshlash munosabatlarini tez rivojlantirish imkoniyatini yaratdi. Muayyan hududda tayyorlangan mahsulotning boshqa hududda topilishi yoki qadimiy hududlardan topilgan xom-ashyolar shu fikrni isbotladi.

Masalan, Andronovo madaniyatiga xos bo‘lgan idish-tovoqlar Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona hududlaridan topilgan, Xorazmda yasalgan loy va metall buyumlar ko‘pincha shimoliy hududlardagi qazishmalarda uchrab turadi. Zamonbobo va Xo‘jayli yodgorliklari atrofida Badaxshon lojuvardidan yasalgan buyumlar topilgan.

O‘rta Osiyo hududi qadim zamonlardan qimmatbaho tosh va metallarga boy bo‘lgan, bu yerda topilgan nodir toshlar butun Sharqda ma’lum va mashhur bo‘lgan. Lojuvarddan yasalgan buyumlarga talab katta bo‘lgan.

Yuqorida ta’kidlangan fikr-mulohazalardan shunday xulosaga kelish mumkin: Jez davridayoq qadimiy savdo-tranzit (karvon) yo‘llari paydo bo‘lgan. Ko‘pgina tadqiqotchilar bu yo‘lni “Lojuvard yo‘li” deb ham ataydilar. O‘sha davrda O‘rta Osiyoning savdo yo‘llaridan biri Baqtriya va Marg‘iyonani qadimiy Xorazm, So‘g‘diyona, Markaziy Qozog‘iston va O‘rol bilan bog‘lagan. Badaxshon lojuvardi miloddan avvalgi 3-ming yillikda Mesopotamiyada ayniqsa shuhrat qozongan. Tadqiqotchilarning fikricha, jez davrida Badahshondan janubi-sharq tomonga boriladigan yana bir yo‘l O‘rta Osiyoning qadimiy xalqlarini hozirgi Afg‘oniston orqali Mesopotamiyaning yirik markazlari – Ur, Uruk, Kish, Lagash shaharlari bilan bog‘lagan. Jez davridagi uchinchi yo‘l O‘rta Osiyo janubidagi Baqtriya va Marg‘iyonani Hindiston va Eronning madaniy markazlari bilan tutashtirgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikka kelib, Farg‘ona va Choch hududlari bilan Qadimgi Sharq o‘lkalari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar boshlangan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, shu davrda Mesopotamiya shaharlaridan boshlangan savdo yo‘llari Janubiy Turkmaniston orqali Baqtriya va So‘g‘diyonaga, so‘ngra Farg‘onaga olib borgan. Bu yo‘lning bir tarmog‘i Farg‘onadan G‘arbga, hozirgi Qozog‘iston cho‘llari orqali Uralga va Volga bo‘ylariga borgan. Boshqa bir tarmog‘i esa Farg‘onadan Sharqqa, Shingjonga (Sharqiy Turkiston), Shimoliy Xitoygacha cho‘zilgan.

Miloddan avvalgi 3-ming yillikka kelib O‘rta Osiyo hududlari Mesopotamiya, Hindiston, Eron kabi yuqori sivilizatsiyali mamlakatlar bilan ham o‘zaro munosabatlar o‘rnatgan edi. Zarafshonning yuqori oqimida joylashgan Sarazm qadimgi madaniyat yodgorliklarida hind sivilizatsiyasi ashyolariga o‘xshash buyumlar: chig‘anoq toshdan yasalgan bezaklar, sopol idish namunalari topilgan. Shu o‘xshashliklarga qarab, ikkala hudud o‘rtasida o‘zaro munosabatlar mavjud bo‘lganligini qayd etish mumkin. Shuni aniq aytish kerakki, miloddan avvalgi 2-3-ming yilliklarda O‘rta Osiyo janubida yashagan aholi Mesopotamiya va Eron xalqlari bilan, markaziy hududlarning aholisi esa, asosan, Hindiston bilan bevosita aloqada bo‘lgan. 2-ming yillik o‘rtalarida ichki va tashqi savdo bilan shug‘ullangan Mesopotamiya savdogarlari uchun Mesopotamiya va qo‘shni davlatlar bo‘yicha yo‘l ko‘rsatkich-xaritalar bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar borligini ta’kidlash darkor.

Xalqimiz bag‘rikenglik an’analarining yoyilishi va rivojlanishida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda qadimiy yo‘llarning ahamiyati kattaligiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Shu bilan birga qadim zamonlarda ro‘y bergan migratsiya (xalqlarning ko‘chish) jarayonlari ham bag‘rikenglikning muhim tarixiy ildizlardan biri bo‘lganligini qayd etish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Xalqlar ko‘chishining mahalliy madaniyatga ta’siri haqida keyingi yillarda muayyan tadqiqotlar o‘tkazildi. Ba’zi olimlar O‘zbekiston janubidagi (Bo‘stonsoy) qadimiy aholining o‘rtacha umri uzunligi va antropologik qiyofasini jez davrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududida yashagan aholining ana shunday ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab, ular o‘rtasida unchalik tafovut yo‘q, degan xulosaga keldilar.

Shu davrda O‘rta dengiz irqiy qiyofasiga va o‘z moddiy madaniyatiga ega bo‘lgan xalqlar migratsiya jarayonlari ta’sirida mahalliy aholiga yaqinlashganlar. O‘zbekiston hududi (Chust, Dalvarzin, Sopolli, Jarqo‘ton, Mullali)dagi jez davri yodgorliklari va janubi-g‘arbiy Tojikiston (Shersoy, Makanimar), Janubiy Turkmaniston (Oltintepa, Namozgoh), shimoliy Afg‘oniston va shimoliy Eron madaniyat yodgorliklari aynan shundan dalolat beradi. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlaridagi migratsiya jarayonlari kuchayishi natijasida O‘rta Osiyoning katta hududida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Shu davrda shimoldan kelgan ko‘chmanchi Andronovo madaniyati qabilalari mahalliy aholi bilan qo‘shilib keta boshlab, dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun qulay yerlarga joylashdilar hamda o‘troq hayot tarziga o‘ta boshladilar.

So‘nggi madaniy ekspansiya davom eta borib, iqtisodiy va madaniy rivojlanish doirasi shimoli-sharqiy tarafga – hozirgi janubi-g‘arbiy Tojikiston hududiga yoyiladi va dasht chorvadorlari madaniyatiga duch keladi. Shu paytdan e’tiboran dasht va o‘troq jamoalarning chegara hududlaridagi o‘zaro madaniy ta’sir mintaqada tarixiy-madaniy asosda sodir bo‘layotgan etno-siyosiy jarayonlarni yanada ko‘proq chigallashtirib yuboradi.

Bu davrda dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlarining birlashuvi xo‘jalikni nisbatan samarali yuritishning muhim asosi bo‘ldi. Metall qazib olish va uni qayta ishlashda kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ham yuqori natijalarga erishildi. Jez davri hunarmandlari faoliyatida texnologik o‘zgarishlar tufayli mahsulot sifati yaxshilandi, shubhasiz bu hol ham ichki, ham tashqi omillar bilan bevosita bog‘liq edi.

Miloddan avvalgi 2-ming yillikda janubdagi dehqonlar bilan shimoliy chorvadorlarning (avvaliga aloqa orqali, so‘ngra bevosita ekspensiya va migratsiya, ya’ni yoyilish va ko‘chish orqali) faol o‘zaro munosabatlari O‘rta Osiyodagi tarixiy-madaniy jarayonlarga sezilarli ta’sir o‘tkazdi va mazkur hudud aholisining tarixiy taqdirida, shuningdek bag‘rikenglik an’analari rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari qadimiy xalqlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi bunyodkorlik faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu muhim fikrni quyidagicha talqin etish mumkin: birinchidan, bu vaqtda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘z tabiiy joylashuviga binoan sinflarga bo‘lina boshladi. Arxeologlar o‘tkazgan tadqiqot natijalari O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning janubiy va shimoliy hududlarini ajratib (janubdagi xalqlar dehqonchilik bilan shimoldagi xalqlar chorvachilik bilan shug‘ullangan), bag‘rikenglik an’analariga aloqador faktlarni qiyoslash imkonini beradi; ikkinchidan, erta dehqonchilikni va ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tgan dehqon jamoalari ko‘payganligi demografik vaziyatga ta’sir qildi. Bu hol qadimiy madaniyat sohiblari bo‘lgan sinflarning ko‘chishiga va xo‘jalik yuritish tizimining o‘zgarishiga turtki bo‘ldi. Mazkur omillar bag‘rikenglik an’analarining keng miqyosda yoyilishiga asos bo‘ldi; uchinchidan, o‘lkamiz hozirgi xalqlarining shakllanishi murakkab etno-madaniy sharoitda sodir bo‘ldi. O‘rta Osiyo hududida ro‘y bergan jarayonlarda qadimgi tarixda boshlangan mahalliy urf-odat va an’analar ustun darajada bo‘ldi; to‘rtinchidan, ayni mana shu qadimiy aholi dastlabki urbanistik madaniyatning rivojlanish jarayonida ilk davlatchilik asoslarini yaratdi va o‘lkamiz hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qildi. Ayni shu madaniyat namoyondalari dastlabki dehqon manzillari va birinchi shaharlarni barpo etdilar.

O‘rta Osiyo hududida miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida sodir bo‘lgan voqealar bu o‘lkadagi muayyan tarixiy-madaniy jarayonlar naqadar murakkab kechganligidan dalolat beradi. Shimoliy chorvadorlarning madaniyati (bu madaniyatni shartli ravishda Andronovo madaniyati deb ataymiz) o‘z vaqtida butun Qozog‘iston hududini qamrab olib, G‘arbda Volga daryosi ortidagi dashtlargacha, Sharqda esa Munusins havzasigacha tarqalgan edi. O‘sha paytdagi chorvadorlarning o‘troq aholi bilan madaniy va iqtisodiy munosabatlari izlarini mazkur davr ko‘pgina qal’alarida ham ko‘rish mumkin. Bu joylarda jez va sopoldan yasalgan ko‘pgina buyumlar, mehnat qurollari va harbiy qurollar, shuningdek san’at asarlari topilgan. Bu yodgorliklar o‘z navbatida qadimiyligi jihatidan Old Osiyodan keyingi o‘rinda turishi alohida e’tiborga sazovor holdir.

Antropologik tadqiqotlarining natijalaridan ko‘rinadiki, so‘nggi jez davrida va temir davri boshlarida O‘rta Osiyoning katta hududida yevropeoid irqi namoyondalari tarqalgan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston, Turkmaniston, Shimoliy Afg‘oniston, Janubiy Tojikiston va shimoli-sharqiy Eron hududlaridagi qabristonlardan, qal’a inshootlari qoldiqlaridan topilgan buyumlar ham aynan shu faktni tasdiqlamoqda. Dafn etilganlarni antropologik nuqtai nazaridan qiyosiy o‘rganish buning uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Olimlar arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish asosida quyidagi xulosaga keldilar: jez davriga kelib O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida tarqalgan irq vakillarining yuzlari cho‘ziq va bo‘ylari baland bo‘lgan. Shimoliy dasht va cho‘l hududlarida yashagan qabilalarning janub aholisidan farqi shu bo‘lganki, ularning boshlari yumaloq, yuzlari esa unchalik keng va cho‘ziq bo‘lmagan.

Fanda janubiy qiyofaga ega bo‘lgan kishilar “O‘rta dengiz irqi vakillari” deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo, Hindiston va boshqa mamlakatlarning katta jug‘rofiy makonlarida yashaganlar. Shimoliy toifaga mansub yuzli kishilar janubiy Sibirdan Qozog‘istongacha, O‘rta Osiyoning shimoliy qismidan to Ural va Volga bo‘ylarigacha bo‘lgan hududlarda tarqalganlar.

Prof.A. Sagdullaevning tadqiqotlariga ko‘ra, Jez davrida O‘rta Osiyo hududida qadimiy janubiy toifa vakillarining shimolliklar bilan qorishish jarayoni boshlanadi. Ayni shu davrda o‘lkamiz hududida yashagan jez davri qabilalari qadimgi xalq elatlariga asos soldilar. Bu davr o‘lkamiz hududida yuz bergan murakkab etno-madaniy jarayonlar bilan harakterlanadi. Jumladan, janubiy hududlarning hosildor vohalari o‘troq dehqonlar tomonidan o‘zlashtirilar, shimoliy viloyatlarda esa ko‘chmanchi chorvadorlar bilan o‘troq aholining chambarchas o‘zaro aloqalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-etnik munosabatlar faollashib borar edi. Ana shu munosabatlarning rivojlanishi natijasida bag‘rikenglik an’analari shakllana bordi.

Miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalaridan O‘rta Osiyo hududiga shimoli-sharqdan chorvador ko‘chmanchi yangi etnik guruhlar ko‘chib kela boshladi. Ularning madaniyati mahalliy sivilizatsiyadan birmuncha farq qilar edi. Bu guruhlarning madaniyat yodgorliklari (Tozabog‘ayob) keyinchalik Zarafshon daryosining quyi havzasi hududida topilib o‘rganilmoqda. Toshkent vohasida, Farg‘ona vodiysida, Shimoliy Baqtriyaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida ham ayni shu etnoslarning izlari aniqlandi. Katta hududlarda, jumladan, Qozog‘iston cho‘llarida, Oltoy, Janubiy Sibir yerlarida, Ural oldi hududlarida yashagan etnik guruhlar alohida madaniyat (Andronovo madaniyatini) yaratdilar. Arxeologik va antropologik tadqiqotlari natijasida ana shu ikki sivilizatsiya namoyondalarining etno-madaniy aloqalari va o‘xshash jihatlari aniqlandi.

Qadimgi aholining bunyodkorlik faoliyati mintaqalarning har tomonlama rivojlanishi, jumladan manzilgohlar va shaharlar paydo bo‘lishida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Binobarin, qadimiy shahar aholisining soni va bu shaharlar joylashgan yerni aniqlash juda maroqli va bahsli masaladir. Agar hozirgi vaqtda O‘rta asrlar, mustamlakachilik davri, Sovet davri va mustaqillik davri shaharlari aholisining soni to‘g‘risida muayyan tadqiqotlar o‘tkazilgan va aniq natijalar olingan bo‘lsa, qadimgi shaharlar aholisining sonini aniqlash vazifalari yetarlicha o‘rganilmagan. Qadimgi shaharlar aholisining soni to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar xorijiy olimlarning tadqiqotlari natijasida aniqlandi. Jumladan, G. Chaed shaharsozlikning asosiy belgilari haqida gapirib, besh ming va undan ko‘proq kishi yashagan manzilgohlarni shahar deb hisoblashni taklif qildi. G.Frankfort maxsus tadqiqotlar natijasida Mesopotamiya qadimiy shaharlari aholisining zichligi 1 gektarga 400 kishini tashkil qilar edi, degan xulosaga keldi. V.M. Masson mazkur qiyosiy tahlil xulosalariga tayanib, Kaynubadshohda (Tojikiston) taxminan 2000 kishi, Zartepada (O‘zbekiston) taxminan 6.500 kishi yashagan bo‘lishi mumkin, degan g‘oyani ilgari surdi. Ammo, tadqiqotchi o‘z g‘oyasini to‘la-to‘kis asoslab bermagan va bu xususdagi o‘z shubhasini aytgan.

V.M.Masson o‘zining qadimiy va paleoetnik tadqiqotlariga asoslanib Jaytun madaniyati tarqalgan vaqtlarda Kopetdog‘ etaklaridagi tekisliklarda taxminan 3 ming kishi yashagan, aholi zichligi juda siyrak darajada bo‘lgan – 100 km2ga 14 kishi to‘g‘ri kelgan degan fikrni bayon etadi. Boshqa yodgorliklardan farqli o‘laroq Sopollitepa aholisi haqida mufassal ma’lumotlar bor. Manzilgohning katta qismida madaniy qatlamlar yo‘qligi sababli, hisob-kitob faqat qal’adagi ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan, so‘ngra undan olingan ma’lumotlardan boshqa hududlarda foydalanilgan. Akademik A.A.Asqarovning ko‘p yillik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Sopollitepa qal’asining umumiy maydoni 6,724 m2ni tashkil etadi. Qal’aning birinchi bosqichida 30 ta kichik oila yashagan va har bir oilaga 224 m2 maydon to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi bosqichda 61 oila yashagan, har bir oilaga 110 m2 maydon to‘g‘ri kelgan, uchinchi bosqichda oilalar soni 47 ta bo‘lgan va har bir oilaga 143 m2 maydon to‘g‘ri kelgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Sopollitepada shu davrda taxminan 1255-1506 kishi yashagan.

Akad.E.V.Rtveladze Dalvarzintepa mudofaa devorlarining ichki hududi 17 gektardan iborat bo‘lgan, har bir gektarda 280 kishi yashagan, umumiy hisobga ko‘ra qadimgi shaharda 6 mingdan ko‘proq kishi yashagan deb hisoblaydi. Muallif shu usulda Shimoliy Baqtriyadagi ko‘pgina qadimgi shahar va manzilgohlar aholisining sonini quyidagicha belgilaydi: Zartepa – salkam 3 ming kishi, Xayitobodtepa salkam 1500 kishi; Talashgantepa II salkam 100 kishi; Yalanto‘shtepa salkam 3500 kishi, Kampirtepa 800-900 kishi; Xayrabodtepa salkam 500 kishi, Boboytepa 700 kishidan ko‘proq; Arpapoyatepa salkam 300, Kelinchaktepa 70 dan ko‘proq, O‘qqo‘rg‘on 140-150 kishi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qadimgi shaharlarning aholisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kamligi bilan xarakterlanadi. Shunga qaramay, ana shu ozgina ma’lumotlarni umumlashtirish va bu sohadagi tadqiqotlarni davom ettirish, dastlabki shaharlar aholisi tarixi to‘g‘risidagi tasavvurimizni kengaytiradi. O‘rta asrlar va shundan keyingi davrlar shaharlari aholisining soniga kelganda, bu xususda nisbatan ko‘proq ma’lumot bo‘lib, bu alohida mavzu hisoblanadi.

Bir vaqtlar qadimgi o‘lkamiz hududida yashagan aholining nomi bizga ma’lum emas O‘rta Osiyo aholisi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar Sharqiy Yunon-Rim manbalarida tilga olinadi.

Yunon tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Yevrosiyo katta hududida yashagan qabilalar “skiflar” degan umumiy nom bilan atalgan. Gerodot ularga yuqori baho berib, “bu xalq o‘zining qadimiyligi jihatidan Misrliklardan qolishmaydi” deb yozgan. O‘sha zamondagi boshqa bir tarixchi – Pliniy O‘rta Osiyo hududida yana 20 ga yaqin qabila mavjudligini eslatadi. Yozma manbalarda skiflarning ikki yirik qabilasi: saklar va massagetlar bo‘lganligi ham qayd etiladi.

Behistun kitoblarida saklar uch turga (xaumavarka, tigraxauda, tiay-tara daraya)ga bo‘linadi. Massagetlar to‘g‘risida ham turli fikrlar bor: ular mahalliy chorvador va jangovor jangchi bo‘lganlar. Ammo, bu xalq va qabilalar aynan qaysi irqqa mansubligi haqida yozma ma’lumotlar yo‘q.

“Avesto”da o‘lkamiz hududida yashagan qadimiy qabilalar haqida ba’zi ma’lumotlar berilgan. Shunga binoan, jamiyat a’zolari o‘sha paytda 4 qismga bo‘lingan, ularning birinchisi uy, oilaviy jamiyat bo‘lib “nmana” yoki “dmana”, ikkinchi qarindoshlik jamiyati – “vis”, uchinchi qabila – “zantu”, to‘rtinchisi qabilalar ittifoqi – “dahyu” deb atalgan. Yashtlarning uchinchi bobida bunday deyilgan: “biz Mitra xudosiga ibodat qilamiz, hech kim unga yolg‘on gapirishga haqi yo‘q: agar uyda oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli, qabila va davlat boshlig‘i yolg‘onchi bo‘lsa – jahli chiqqan Mitra oilani, urug‘ni, davlatni va uning boshliqlarini yo‘q qilib tashlaydi”.

“Avesto”da rahbariyat tizimiga oid ma’lumotlarga ko‘ra viloyat “Daxyu” deb, uning boshlig‘i esa “Daxyuopati” deb atalgan. Davlatni boshqaruvchi kishi “Kavi” yoki “Sastar” deb atalgan.

Ammo bu manbada shaharlar va qishloqlarning hokimlari haqida ma’lumot yo‘q. “Avesto” qadimgi jamiyatni uch tabaqaga bo‘ladi. Bu tabaqalar – qohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlardir. Shu manbadagi turli ma’lumotlarga qarab mulohaza yuritganda qadimiy shaharlarda zargarlik, kulolchilik, to‘quvchilik va temirchilik kasblari rivojlangan.

Arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarni qiyosiy tahlil etish asosida ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri xususida yozma xujjatlar yo‘q. Bu davr faqat arxeologik va antropologik ma’lumotlar asosidagina o‘rganiladi.

Qadimgi Sharq (Hindiston, Ossuriya va Eron) yozma manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari va oxirida O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron tarixi hind-eron qabilalarining tarqalishi bilan bog‘liqdir. Hind-Eron qabilalari avvaliga Volga, O‘rol va Janubiy Sibir oralig‘idagi bepoyon hududda yashadilar. O‘rta Osiyo hududidagi aholining joylashuvi, ehtimol miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda etnik guruhlarning bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuni aytish kerakki, Eronning Ahamoniylar sulolasi shohlarining miloddan avvalgi VI asrda O‘zbekiston yerlariga yurishi vaqtida bu xalqlarning bo‘linishi to‘la-to‘kis tugallangan edi. Turli xalqlarning hududiy joylanish chegaralari, viloyatlarning ma’muriy chegaralari va dastlabki shaharlar Ahamoniylar kelishidan ancha avval paydo bo‘lgan edi.

O‘zbekiston hududida yashagan urug‘lar va qabilalarnig tarixi, mahalliy aholining bunyodkorlik faoliyati, bag‘rikenglik an’analari va madaniyati ming yilliklar davomida izsiz yo‘qolgan emas. Bu madaniyat va an’analar dastlabki shaharlar madaniyati ilk davlatchilik tizimining negizini tashkil etdi. Qo‘shnilar bilan munosabatlarda bag‘rikenglik urf-odatlari katta rol o‘ynadi. Bizning ajdodlarimiz hisoblanadigan ana shu qabilalar yirik birlashmalar tuzganliklari qadimiy yozma manbalarda qayd etilgan. Mazkur manbalarning dalolat berishicha, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekistonning dehqonchilik vohalarida so‘g‘dlar, baqtriyaliklar va xorazmiylar yashaganlar, ular yaratgan yuksak shahar madaniyati mustahkam asosga ega bo‘lib qadimgi Sharq shaharsozligi bilan raqobat qila olgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston tog‘lari, dashtlari va cho‘llarida yashagan saklar hamda massagetlar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanganlar, o‘troq aholi bilan madaniy va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirganlar.

O‘lkamiz hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmida yashagan turli xalqlar qadimgi sharqiy eroniy til va lahjalarda gaplashganlar, ularning etnik qiyofasi va tillari bir-biriga yaqin bo‘lgan. Shu sababli so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, saklar va massagetlar qardosh xalqlar bo‘lib, bir-birlarini yaxshi tushunganlar. Ayniqsa, dehqonlar va o‘troq qabilalarning moddiy va ma’naviy madaniyati, shahar toifasidagi xo‘jalik va madaniyati o‘xshash darajada bo‘lgan.

Mustaqil O‘zbekiston milliy siyosatining eng asosiy qoidalari quyidagi tarzda e’lon qilindi:


  • millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar respublika barcha fuqarolarining teng huquqliligi;

  • shaxsning ustuvorligi va jamiyatdagi ijtimoiy adolatni belgilaydigan inson huquqlarining boshqa barcha huquqlardan ustunligi;

  • kam sonli millatlarning haq-huquqlariga e’tibor bilan qarash, ularning tili, an’ana va urf-odatlarini hurmat qilish, ularning o‘ziga xosligini saqlab qolish, shuningdek erkin va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  • har bir oilaning, har bir insonning millatidan qat’iy nazar ijtimoiy himoyalanishini ta’minlaydigan yuksak darajada rivojlangan, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga tayanish;

  • millatlararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlarni ijtimoiy-siyosiy asosda tinch yo‘l bilan hal etish.

Bu maqsadga erishish oson yo‘l bo‘lmay, ba’zi bir muammolar mavjud bo‘lishi tabiiy bo‘lsada, ta’kidlash joizki, bu sohada O‘zbekistonda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi eng muhim vazifa shundan iboratki, millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlar jamiyatdagi belgilovchi holat bo‘lib qolmasligi, notolerantlik kishilar fe’l-atvoridagi odat bo‘lib qolmasligiga erishmoq kerak.

Bag‘rikenglik xalqlar o‘rtasida murosaga kelish yo‘lini topish, mojarolarni bartaraf etishning muhim sharti ekanligini endi ko‘pchilik olim va davlat arboblari ham tan olmoqdalar. 1987-1999 yillarda YuNESKOning Bosh direktori lavozimida ishlagan Frederik Mayorning quyidagi so‘zlarini eslash o‘rinlidir: “Xo‘sh, tolerantlik nima? Bu – yon berish emas, beparvolik emas. Bu – boshqalarni bilish va tushunish demakdir. Bu – boshqalarni o‘zaro hurmat qilish demakdir. Bu – hamjihatlik orqali o‘zaro hurmat demakdir… Tolerantlik nima? Bir xillik emas, balki birlashish demakdir. Biz zo‘ravonlikka qarshimiz, xilma-xillik tarafdorimiz, biz kuch ishlatish va bo‘ysundirishga qarshimiz, qizg‘in munozaralar tarafdorimiz”.

Shunday qilib, tolerantlik (bag‘rikenglik) tamoyili shaxslar, turli sivilizatsiyalarga mansub jamiyatlar, erkaklar va ayollar, katta yoshdagilar va bolalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni bildiradi. Turli nizolar sharoitida tolerantlik – atrofdagilarga zarar yetkazmagan holda o‘zini qaror toptirishdir. Tolerantlik – insoniy his-hayajonni jilovlaydigan, ongli va sergak nuqtai nazardir.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish