Termiz davlat universteti tabiiy fanlar fakulteti


Sanger boʻyicha sekvenirlash usuli



Download 471,35 Kb.
bet4/10
Sana13.06.2022
Hajmi471,35 Kb.
#665200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GENOM DNKNI BISULFIT ISHLASH. BISULFIT SEKVENSLASH fINALL

Sanger boʻyicha sekvenirlash usuli


Sekvenirlanishi kerak boʻlgan DNK namunasi probirkada praymer, DNK polimeraza va nukleotidlar (dATF, dTTF, dGTF va dSTF) bilan aralashtiriladi. Toʻrtta boʻyalib nishonlangan zanjir terminatsiyalovchi dideoksi nukleotidlar ham qoʻshiladi, lekin oddiy nukleotidlarga qaraganda kamroq miqdorda.
Dastlab andoza DNKni denaturatsiyalash (zanjirlarini ajratish) uchun aralashma qizdiriladi, keyin esa praymer bir zanjirli andozaga bogʻlanishi uchun sovitiladi. Praymer bogʻlangach, harorat yana oshiriladi, bu DNK polimerazaga praymerdan boshlab yangi DNK zanjiri sintezlashi uchun sharoit yaratadi. DNK polimeraza zanjirga nukleotid biriktirishni boshlaydi, bu holat normal nukleotid oʻrniga dideoksi nukleotidni zanjirga biriktirguncha davom etadi. Shu nuqtada boshqa nukleotidlar qoʻshilmaydi, shuning uchun zanjir dideoksi nukleotid bilan tugaydi.
Bu jarayon bir nechta sikl davom etadi. Sikl tugagandan soʻng kamida bitta reaksiya davomida nishon DNKning har biriga dideoksi nukleotidi qoʻshilishi deyarli kafolatlanadi. Reaksiya oxirida, probirkada har birining tarkibida boshlangʻich DNKdagi nukleotidlarga ega boʻlgan turli uzunlikdagi fragmentlar boʻladi (quyidagi rasmga qarang). Fragmentlarning oxirgi uchlari soʻnggi nukleotidni koʻrsatuvchi boʻyoqlar bilan yorliqlangan.
Rasm “Sanger boʻyicha sekvenirlash”, Estevezj (CC BY-SA 3.0). Rasm (CC BY-SA 3.0) ruxsatnomasi asosida takomillashtirildi.
Reaksiya tugagach fragmentlar oʻzida gel saqlagan uzun va ingichka nay boʻylab harakatlana boshlaydi, bu jarayon kapillyar gel elektroforezi deb nomlanadi. Qisqa fragmentlar geldagi poralar orqali tez harakatlanadi, uzunlari esa sekinroq harakatlanadi. Har bir fragment probirka oxiridagi “finish” chizigʻini bosib oʻtgandan soʻng, boʻyoqni aniqlashga yordam beruvchi lazer nuri bilan yoritiladi.
Eng kichik fragment (praymerdan keyin bitta nukleotid bilan tugaydigan) finish chizigʻini birinchi bosib oʻtadi, ikkinchi boʻlib undan kattarogʻi (praymerdan keyin ikkita nukleotid bilan tugaydigan) bosib oʻtadi va shu tariqa davom etadi. Shunday qilib, boʻyoq ranglari birin-ketin detektor (aniqlagich)ga yozib olinadi, boshlangʻich DNK boʻlagining ketma-ketligi maʼlum vaqt ichida tiklanadi. Detektor tomonidan yozib olingan maʼlumotlar yuqoridagi xromatogrammada koʻrsatilganidek, fluoressent nurlarining yuqori nuqtaga chiqishini oʻz ichiga oladi. Xromatogrammadagi DNK ketma-ketliklari shu yuqori nuqtalar orqali oʻqiladi.

Download 471,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish