Texnalogiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalar unversiteti



Download 0,64 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#792461
Bog'liq
1-mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNALOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNVERSITETI
QARSHI FILIALI ‘’TT VA KT’’ FAKULTETI

‘’AX 12-19’’ GURUHI TALABASI


‘’Kiberhuquq va kiberetika” FANIDAN BAJARGAN

1-Mustaqil ishi
Qabul qildi: Elmurodova.B
Tahrirladi: Sodiqov F
1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi
Reja:
1.  Jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish
2. Axborotlashtirish konsepsiyasi 
1994 yil dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasining axborotlashtirish loyihasini qabul qildi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi
uchun zamonaviy axborot (kompyuter) texnologiyalarini hayotimizning barcha
jabhalariga keng joriy etish zarur. Buning uchun, birinchidan, zamonaviy
axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik
subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini
yo‘lga qo‘yish. Ikkinchidan, ilm, fan, ta’lim, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy,
xalq xo‘jaligi va uni boshqarish sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish.
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga
ulanishini ta’minlash kerak.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada
axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va
texnika Davlat Qo‘mitasi (FТDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma tuzildi. Shu asosda Axborotlashtirish haqida (1993 yil,may), EHM
va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muxofazalash haqidagi (1994
yil, may) qonunlar qabul qilindi. 1995 yil sentabridan O‘zR FТDQ ning
Davlat patent idorasida dasturlarni huquqiy muhofazalash bo‘yicha Agentlik
ishlab turibdi. 1994 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda quyilgan masalalar quyidagilardan
iborat edi:
- milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini yaratish;
- axborotlarga tovar sifatida yondoshishning iqtisodiy, huquqiy va
me’yoriy hujjatlarini yuritish;
- axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;
- informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;
- axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni
rag‘batlanti-rish va qo‘llab-quvvatlash;
- informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini
muvofiqlashtirish.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisobga olingan "O‘zbekiston
Respublikasining axborotlashtirish dasturi" ishlab chiqildi va u:
- milliy axborot - hisoblash tarmog‘i;
- kompyuterni matematik va dasturiy ta’minlash;
- shaxsiy kompyuter dasturlarini o‘z ichiga oladi.
2005 yil 12 mayda O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish
agentligi va kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan
O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiya va dastur qabul qilindi.

2-Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika sohasida xalqaro qonunchilik


Reja:
1. Axborot xavfsizligi sohasida tashkilotlarda xavfsizlikni amaliy nuqtai nazardan ta'minlash.
2. Kiberxavfsizlik siyosati.
Kiber-jinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo'lsada, ko'plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo.

Jinoyat quroli – internet va eng so’nggi raqamli texnologiyalar. Mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega.

Buzg’unchi-xakerlarni topib jazolash esa oson ish emas, chunki ular davlatdan doimo bir qadam oldinda.

Bugungi hayotni zamonaviy texnologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Uyali aloqa va internet dunyosidagi so’nggi kashfiyotlar uzoqni yaqin, og’irni yengil, biznes imkoniyatlarni esa kengaytirgan.

Biroq bu qulayliklar boshqa bir sohaga e’tibor qaratmoqda. Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller.

“Google qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, - deydi Myuller.

Ustunlik buzg'unchi-jinoyatchilar tomonida

Qidiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan.

Gap intellektual mulk, mualliflik huquqi va uni o’zlashtirishga urinish haqida ketmoqda. Google qatorida Yahoo, Dow Chemical va Northrop Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi.

Internetda biznes yuritish xavfli bo’lib qolgan, deydi mutaxassislar.

“Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg’unchi-jinoyatchilar tomonida”, - deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo’lidan kelgan odam katta mukofot oladi”.

Buning ustiga, o’tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo’lgani yo’q. Internet - xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi.

“Vaziyat juda murakkab. Hisoblarga ko’ra o’tgan yili Amerika bizneslari qariyb bir trillion dollarga teng intellektual mulkidan ayrilgan. Internet sekinligi, eski texnologiyalar ham katta muammo”.

Himoya mexanizmlari

Rendi Vikers AQSh Ichki xavfsizligi vazirligida shu masala bilan shug’ullanadi. Uning aytishicha, xuruj qayerda rejalanib, uni kim amalga oshirmoqda, buni aniqlash mushkul vazifa.

“Zarur resurslar bo’lmasa, qidiruv somon ichidan nina qidirish bilan barobar. Hukumat buyurtmasi asosida ishlayotgan maxsus xizmat bo’lishi mumkin, yoki zimdan ish yuritayotgan boshqa bir idora. Birovni devorga taqash qiyin”.

Jumboq kaliti, deydi Vikers, jinoyatlarni bir-biriga qiyoslashda.

“Ma’lumotni bir joyga to’plab, tahlil qilib, jinoyatchini izidan axtarib boramiz. Juda mayda ish, tinimsiz surishtiruv talab qiladi. Bu ishda maqsadni aniqlash juda muhim. Bu bir guruh faollarmi yo hukumat? Yoki uyidan turib, mohirligini namoyish etayotgan bir talaba bo’lsachi?”

Prezident Barak Obama nazarida kiber-xavfsizlik XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri. Yadro va ommaviy qirg’in qurollaridan qolishmaydi.

Amerikadek, odamlar hayotini kompyutersiz tasavvur qila olmaydigan jamiyatda, internet xavfsizligi ham birinchi o’rinda. Obama ma’muriyati o’tgan yili yangi idora ochib, bu vazifani unga yuklagan.

“Mustahkam tizim butun jamiyatga foyda, chunki internet texnologiyalar kirib bormagan soha-sanoatning o’zi yo’q”, - deydi internet xavfsizligi bo’yicha ekspert Larri Klinton. “Buzg’unchi virus-programmalar bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chib yurishi sir emas. Demak himoya tizimi barchani qamrab olishi kerak”.

Qo'shma Shtatlar internetdagi jinoyatlarga qarshi kurashga zo'r bermoqda, ammo bir paytning o'zida global tarmoqda erkinlikni ham targ'ib qilmoqda.

Internet erkinligi - inson erkinligi

Har bir shaxs undan axborot olish huquqiga ega. Oqni qoradan ajratish xalqning o'ziga havola, ammo hamma uchun internetga kirish imkoniyati yaratib berilishi kerak, degan siyosat olg'a surilmoqda.

Axborot chegara tanlamaydi, virtual to’siqlarni tan olmaydi. O’tgan yili Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yosh ayolning otib o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. Qo’l telefoniga yozilgan fojia bir zumda internetga yo’l topgan.

Birmada 2007 yilgi ommaviy qo’zg’olon … uni bostirishga safarbar etilgan harbiylar namoyishchilarga qarata o’t ochgani hech kimga sir emas. Tasvirlar internetda fosh etildi.

Bugungi kun axborot tizimlari, deydi Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton, kurrai zaminni bamisoli nerv sistemasi harakatlantirib turadi.

“Hatto avtoritar jamiyatlarda ma’lumotni xalqdan yashirishga qanchalik harakat qilishmasin, kerakli axborotni baribir topib olishyapti”, - deydi Xillari Klinton.

Global miqyosda so’z erkinligi uchun kurashib kelayotgan xalqaro tashkilotlar Barak Obama ma’muriyati masalaga shunchalik ahamiyat qaratayotganini olqishlaydi.
“Tarixda bunaqasi hali bo’lmagan. Internetga kirib, ma’lumot olish har bir shaxsning uzviy huquqi deb tan olinyapti. Amerika tashqi siyosatida belgilab qo’ygan qator vazifalarni, huquq himoyasi bo’ladimi yoki iqtisodiy taraqqiyot, internet erkinligisiz ularni amalga oshirish qiyin”, - deydi Demokratiya va Texnologiya markazi tadqiqotchisi Sintiya Vong.

3-Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika sohasida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi


Reja:
1. Davlat axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalari.
2.Qonunchilikdan misollar

4-Mavzu: Konfidensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari


Reja:
1. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash.
2. Axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirish.
Huquqiy jihatdan axborotni himoyalashning asosiy tizimostlari
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-obyektda konfidensiallik rejimini o'rnatish;
-axborotlarga kirishni chegaralash;
- axborotni himoyalash jarayonining huquqiy ta‟minoti;
-asosiy himoyalash obyekti sifatida konfidensial axborotni aniq
ajratish.
Ko'rib chiqilayotgan tizimostlar qatorida axborotni himoyalash
bo'yicha tashkillashtirish tadbirlarini quyidagi tartibda keltirish
mumkin:
xodimlar bilan tanishish, ularni o'rganish, mahfiy axborot bilan
ishlash qoidalarini o„rgatish, axborotni himoyalash qoidalarini
buzganlik uchun javobgarlik bilan tanishish va boshqalar;
binolarni va aloqa tarmoqlari o'tgan xududlarni ishonchli
qo'riqlashni tashkillashtirish;
Xavfsizlik tizimini shakllantirishda uning oldida qanday masalalar
turganligini aniq anglash lozim. Axborotga kirishni chegaralovchi
bunday komponentlar axborotni kompleks himoyalash tizimining
muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Uning negizida jamoaning har bir xodimi o'z majburiyatlarini bajarishi uchun unga zarur bo'lgan ma'lumotlar yotadi. Bu holda faqat rahbargina barcha materiallarga, ularning muhimlik darajasidan qat'iy nazar, kirish huquqiga ega bo'ladi.
Sifatli ishlab chiqish va ko'rsatilgan qoidalarga qat'iy rioya qilish –
muhim axborotning yo'qotilishi ehtimolligini minimumga keltirishga va
o'g'irlangan ma‟lumotlar hajmini aniqlashga yo'naltirilgan yetarlicha
harakat o'lchamidir. Qoidalarni ishlab chiqish quyidagi savollarga javob berishni nazarda tutadi:
-axborotlarga kirish uchun kimga va qanday holatlarda ruxsat
beriladi;

5-Mavzu: Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik


Reja:
1. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar.
2. Jinoyatlarga belgilangan javobgarliklar.
Bugungi dunyoda, aniqrog‘i, insoniyat hayoti faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasi keng tarqalganligi bilan bir qatorda, tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatni axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini keltirib chiqarmoqda.
Shu bois 2007 yil 27 sentabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007 yil 30 noyabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi va 2007 yil 26 dekabrda rasmiy e’lon qilinib, shu kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Avvalambor, mazkur qonunning qabul qilinishi sabablari, maqsadi, ahamiyati va zaruriyligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va uni jamiyat hayotining barcha jabhalariga joriy etish masalasiga katta e’tibor berib kelinayapti. Natijada axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalardan kundalik hayotda va barcha sohalarda keng foydalanilmoqda.

Bugungi kunda kompyuter yordamida bank faoliyati, iqtisodiyot, havo kemalarini boshqarish amalga oshirilmoqda, katta hajmli ma’lumotlarni yaratish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan bog‘liq axborot texnologiyalari ishlatilmaydigan biror-bir faoliyat sohasi qolmadi. Axborot texnologiyalari nafaqat ma’lumot, u yoki bu hodisa to‘g‘risida bilim olish, balki butun jamiyatni boshqarishning asosiy vositalaridan biriga aylanib bormoqda.

Yuqoridagi holatlarni chuqur tahlil qilgan holda qabul qilingan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 4 moddadan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.

Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” nomli 174-moddasi chiqarib tashlandi va unda belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun javobgarlik Jinoyat kodeksiga birinchi marotaba alohida kiritilgan “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” nomli XX 1 bobda alohida moddada (278 1 -modda) belgilandi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavfli bo‘lib, axborotlashtirish qoidalarini buzish, kompyuter axborotidan, tizimidan qonunga xilof ravishda foydalanish, kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, kompyuter sabotaji, zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish kabi harakatlarda namoyon bo‘ladi.

Kiritilgan yangi bobda 6 ta modda nazarda tutildi. Bular: “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” (278 1 -modda); “Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” (278 2 -modda); “Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish” (278 3 -modda); “Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish” (278 4 -modda); “Kompyuter sabotaji” (278 5 -modda); “Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish” (278 6 – modda).

Bu jinoyatlarning aksariyati (278 1 -, 278 2 -, 278 4 -, 278 5 -moddalari) moddiy va ma’naviy zarar bilan bog‘liq bo‘lib, turli xildagi zarar yetkazilganda jinoyat deb topiladi. Jumladan, “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” (278 1 -modda), “Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish” (278 4 -modda) jinoyatlarining zaruriy belgisi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazish bilan bog‘liq bo‘lganda aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Xulosa
Men bu mustaqil ishdan kiberhuquq va kiberetika sohasidagi qonunchilik bazasini va konsepsiyasini o’rganib chiqdim. Qonunchilik bazasidagi jinoyat kodeksi shu sohada tadbiq etiladi va foydalaniladi. Bugungi kunda bu turdagi jinoyatlarning kirib kelish xavfi kattaligi, ijtimoiy xavfli oqibatlarining yuqoriligi, yetkaziladigan zararning ko‘pligi, mazkur jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksida javobgarlikni nazarda tutuvchi faqat bittagina moddaning mavjudligi, u axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning barcha turlarini qamrab olmaganligi, uning oldini olish va unga qarshi kurashda jinoyat huquqiy choralarning hozirgi davr talablariga javob bera olmasligi axborotlashtirish sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun jinoiy javobgarlikni kiritishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Ziyonet.uz
2.Lex.uz
3.” Axborotlashtirish sohasidagi qonunchilik bazasi” 2008-yil
Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish